O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 5.06 Mb.

bet33/57
Sana11.02.2017
Hajmi5.06 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57

bildilar.  Shunitig  uchun  Kam  mahalliy  aholining  ma’naviy-ruhiy  holatiga 

ta’sir  etish  uchun  doimiy  tarzda  musulmon  muassasalari  faoliyatiga 

araiashish,  erli  maktablarni  ma’muriyat  ixtivoriga  o'tkazish,  musulmon 

diniy  idorasi  boshqaruviga  yo'l  qo'ymaslik:  kabi  masalalarga  e ’tibor 

qaratildi.  Bu o'rinda shuni  aytish lozimki,  imperiya hukumati ma’muriyati 

maktab  va madrasalarga  nisbatan turli  xil  kurash  usullarini  qo'lladi.  Biroq 

ming  yillar  davomida  O'rta  Osiyolik  olimlarning  faoliyatlari  naqadar 

ulug'  bo'lganligi  va  o'sha  yillarda  ham  ularning  m o” tabar  shariat 

majmualaridan 

butun 

dunyo 

musulmonlarining 

foydalanib 

kclayotganligini  o'zi  mustamlakachi  ma:murlarini  tashvishga  solmasdan 

iloji  vo'q  edi.  Shuning  uchun  ular ko'plab  mahalliy yoshlarga  bilim  berib 

kelayotgan 

musulmon 

maktabiarini 

rus-tuzem 

maktablari 

bilan 

almashtirishga,  shu  yo'llar  bilan  o'lka  xalqlarini  mustamlaka  siyosati 

asorati  ostida  saqlash,  keyinroq  borib  ularni  ruslar  bilan  qo'shib 

yuborishga zo'r berib,  ustakorlik bilan  harakat qildi.

Yuqorida  keltirilgan  tadbirlar,  imperiyaning  amalga  oshirgan 

mustamlaka  siyosati  mahalliy  mehnatkash  aholining  manfaatlariga 

butunlay  zid  kelishi,  ular  o'rtasida  norozilik  kayfiyatlarini  tug‘ilishida 

katta  zamin  bo'lib  xizmat  qildi.  Imperiya  nia’murlarining  mustamlaka 

siyosatiga  qarshi  qaratilgan  harakatlari  Rossiya  imperiyasi  O'rta  Osiyoni 

bosib  olayotgan  davrlardan  boshlangan  bo'lsa-da,  bu  harakatlar  rus 

qo'shinlari  tomonidan  shafqatsiz  ravishda  bostirib  kelindi.  70-yillardagi 

Po'latxon  q o 'zg ‘olonidan  so  ng  Turkistonning  bir  qancha  shaharlarida 

ham  xalq  ommasining  ommaviy  norozilik  harakatlari  keng  miqyosda 

bo'lib o'tdi.  Rossiya  imperiyasi  bosqiniga qarshi  ko'tarilib turgan  ozodlik 

harakatlari  ichida  *‘0 !o y   malikasi”  nomi  bilan  mashhur  bo'lgan 

Qurbonjon 

dodxoh  Oloy  o'lkasida  tinchlik  o'rnatish  uchun  1876  yilning 

oxiriga 

qadar  mustamlakachilarga  qarshi 

kurashib 

keldi. 

Uning 

qo'shinlariga  qarshi  yuborilgan  general  Skobclev  boshliq  rus  qo'shinlari 

qo  zg‘olonchilarga  qarshi  harakatlarda  yengildi  va  mustamlakachi 

ma’murlar  Qurbonjon  dodxoh  bilan  sulh  tuzishga  majbur  bo'ldi.  O'z 

uinrini  xalqining  tinch-totuv  yashashiga  bag1 ish lagan  Qurbonjon  dodxoh 

1907-yil 97-yoshida vafot etadi.

Farg‘ona  viloyati  Turkistonning  asosiy  paxtachilikka  ixtisoslashgan 

viloyatlardan  bo'lganligi  tufayli,  bu  yerda  vaziyatning  barqaror  bo'lishi 

chorizm  uchun  katta  ahamiyatga  ega  edi.  Ayniqsa,  mahalliy  aholining 

ziclt  joylashganligi,  dehqonlar  ommasining  paxtachilik  jafolaridan  kelib 

chiqayotgan 

qiyinchiliklardan 

qiynalayotganligi, 

mahalliy 

va 

mustamlakachi  ma’murlarining  bu  yerlardaei  beboshliklari  oldini  olish

279


qiyin  bo'lgan  om m aviy  xalq  harakatlarini  keltirib  chiqarishi  mumkin  edi. 

Mana  shunday  g ‘atayonlardan  biri  1878-yilda  Mingtepada  bo'lib  o'tgan 

Yetimxon  boshchiligidagi  isyondir.  Bu  isyondan  so'ng  Farg‘ona  viloyati 

general  gubematori  viloyatdagi  mahalliy  aholidan  g ‘ayriqonuniy  soliq 

undiruvchilarni  ishdan olib tashlashga majbur bo'ldi.

1885-90-yilIarda Andijonnning Qo'rg‘ontepa uezdidagi Darveshxon 

to'ra  boshliq  xalq  harakati  qurolli  qo'zg‘olonga  aylandi.  Ammo,  xalq 

ommasming norozilik harakatlarini qurolli kuch bilan bostirishga o'rganib 

qolgan chor ma’murlari bu harakatlami ham shafqatsizlarcha bostirdilar.

1892-yil “vabo isyoni” nomini olgan Toshkent qo'zg‘oloni XIX asr 

oxiridagi  muhim  voqealardan  biri  bo'ldi.  1892-yilgi  qo'zg'olon  ko'plab 

tarixiy  adabiyotlarda  imperiya  ma’murlarining  o'lkada  vabo  kasali 

tarqalishining oldini  olish  uchun  bo'lgan  harakat deb ta’riflangan  bo'lsa- 

da,  aslida  bu  qo'zg‘olon  Rossiya  imperiyasining  o'lkadagi  yillar 

davomida  olib  borgan 

mustamlaka  siyosatiga  qarshi  qaratilgan 

harakatlardan  biri  edi.  1892-yilgi  vabo  kasali  tarqalish  miqyosi jihatidan 

1872-yildagiga  nisbatan  kuchli  bo'lmasa-da,  mustamlaka  Turkistonda 

iqtisodiy-  ijtimoiy  vaziyat  ancha  keskinlashgan  davrda  yuz  berdi.  1892- 

yilda  Afg‘onistonda  tarqagan  vabo  kasali  o'sha  yili  O 'rta  Osiyoga  ham 

tarqaldi.  1  iyunga  kelib,  Jizzaxda  ham  Rossiyadan  ko'chib  kelganlardan 

bir nechtasi vabo bilan kasallanganligi haqidagi xabar, 7-iyunga kelib esa, 

Toshkentning  eski  shahar  qismida  vabo  bilan  kasallangan  kishilar  ham 

ma’lum bo'ldi.  imperiya ma’murlari  vabo  kasali tarqab ketmasligi  uchun 

chora-tadbirlar  ko'rdilar.  Biroq  belgilangan  chora-tadbirlarda  mahalliy 

aholining diniy va milliy an’analari mutlaqo e’tiborga olinmadi.

Kasallik  tarqalishi  munosabi  bilan  shaharga  kirish  va  shahardan 

chiqish ta’qiqlandi. Shahardagi  12 ta eski qabriston yopilib, va’da qilingan. 

4 ta qabriston o'm iga faqat bittasi ochib berildi.

Vafot  etganlar  dafii  etilishi  bilan  bogMiq  bo'lgan  tadbirlar  haqida 

oqsoqoMar,  m.ullalar,  mirshablar,  cherkov  xizmatchilarini  ogohlantirib 

qo'yish  lozimligi,  ayniqsa,  har  bir'vafot  etgan  kishi  vrach  ruxsatidan 

keyingina  dafn  etilishi  mumkinligi  haqidagi  buyruqlaida  mahalliy 

aholining diniy e’tiqodlari  mutlaqo  hisobga olinmadi. Noiloj  qolgan aholi 

vafot etganlami shahar ichidagi berkitilgan qabristonlarga yashirincha olib 

borib 


ko'ma 

boshladilar.. 

Bulaming 

barchasi 

mustamlakachi 

ma’murlaming zo'ravonlikka asoslangan siyosatining ko'rinishi edi.

Mustamlakachi  .ma’murlarining  bu  tadbirlaridan  norozi  bo'lgan 

shahar aholisi  20-iyun  kuni  shaharning Xonaqo masjidi yonidato'plandi.

280


Shikoyat  xati  yozib,  uni  shahar  hokimiyatiga  yetkazish  uchun  uch 

kishidan  iborat vakil  saylandi.

Biroq 23-iyun kuni shaharda tarqalgan turli mish-mishlar shahardagi 

vaziyatni  og‘irlashtirib,  ommaviy  g‘alayonlar  boshlanishi  ayon  bo'lib 

qoldi.  500  kishilik  olomon  2  ko'cha  bo'ylab  shahar  boshlig'ining  uyi 

toinon  yura  boshladi.  Buni  eshitgan  Putinsev  olomon  bilan  uchrashish 

uchun  eski  shahar  tomon  yo'l  oldi  va  Voronsov  xiyobonida 

qo'zg'olonchilar  bilan  uchrashdi.  Olomondagilar  shahar  oqsoqoli 

Muhammad  "qub  ustidan  shikoyat  qilishga  kelayotganliklarini  aytdilar. 

Putinsev  bilan  kelgan  eski  shahar  oqsoqoli  olomonga  qarab  do'q  urib, 

qamchi  bilan  qo'rqitib  orqaga  qaytarmoqchi  bo'ldi.  Kishilar  uni 

toshbo'ron  qila  boshladilar.  Shu  vaqt  boshqarma  oldiga  soqchilar  bilan 

harbiy  gubemator,  keyin  qurolli  soldatlar  keldi.  Buni  ko'rib.  sarosimaga 

tushib  qolgan  aholi  o'zini  himoya  qilishga  intilmasdan  asta  tarqala 

boshladi.  Ular  hatto  yerda  yotgan  yog'ochni  olib,  o'zlarini  himoya 

qilishga  ham  intilmadilar.  Shundan so'ng qo'zg‘olonchilardan qattiq o'ch 

olish boshlanib ketdi.

Qo'zg'olon 

mustamlaka 

hukumati 

qo'shinlari 

tomonidan 

shafqatsizlarcha  bostirilib,  8  kishi  dorga  osib  o'ldirilishiga,  15  kishini  2 

yil muddat bilan mahbuslar rotasiga yuborishga, 2 kishini olti oyga qamoq 

jazosi  bilan  jazolashga  hukm  qilindi.  Lekin,  mustamlakachi  ma’murlari 

dunyo jamoatchiligi  oldida bu jazolaming shov-shuvga sabab bo'lishidan 

cho'chib,  o'lim  jazosini  umrbod  surgun  bilan  almashtirdilar.  Garchi, 

qo'zg'olon Toshkent shahrining o'zida yuz bergan bo'lsa-da, uning ta’siri 

butun  Turkiston  o'lkasi  bo'ylab  yoyildi.  Chunki  bu  ozodlik  harakati 

mustamlakachilik zulmi ostida yotgan xalqlar tuyg'usini ifoda etar edi.

Rossiya 


imperiyasining 

Turkistondagi 

amaldorlari 

vaziyat 


keskinlashayotganligidan  xavfsirab,  podsho  hukumatidan  joylarda 

xavfsizlikni saqlashning kuchaytirilgan holatini joriy etishni taklif etdilar. 

Bu orqali mustamlakachi ma’murlari o'z oldiga katta siyosiy maqsadlami 

qo'yib,  aholini  qo'rqitish,  imperiya  hukmronligiga  qarshi  kurashga 

chiqishga  botina  olmaslik  kaytiyatlarini  kuchaytirishga  harakat  qildi. 

Shunday  bo'lsa-da,  1898-yil  Andijonda  mutamlakachi  ma’murlariga 

qarshi,  uning  mustamlaka  siyosatiga  qarshi  yana  bir  ozodlik  harakati 

bo'lib o'tdi. Tarixda bu “Andijon qo'zg'oloni” nomini oldi.  Bu qo'g'olon 

1898-yil  Andijon  shahrining  Mingtepa  qishlog‘ida  boshlandi.  Dastlab 

qo'zg'olonchilar  soni  500  kishidan  ortmagan  bo'lsa-da,  biroq  atrofdagi 

qishloqlardan  kelib  qo'shilayotgan  aholi  hisobiga  qo'zg'olonchilar  soni

281


ortib  bordi.  Q o'zg‘olonchilarga  Muhammadali  eshon  -  Dukchi  eshon 

boshchitik qildi.

Dukchi  eshon  o'lkadagi  mustamlaka  siyosatiga  qarshi  Farg'ona 

viloyatidagi  aholini  birlashtirishga,  ularni  imperiyaiiing  mustamlaka 

siyosatiga  qarshi  chiqib,  bu  zulmni  ag'darib  tashlashga  harakat  qildi. 

Qo'zg'oion  stixiyali  tarzda  boshlandi.  17-may  kuni  Tojik  qishlog‘ida 

to'plangan  xalq  ommasi 

Andijon  shahriga  qarab  yo'l  oldilar. 

Qo'zg‘olonchilar  saft  yo'lda  ko'payib  boraverdi.  Natijada  shaharga  etib 

kelganda  ularning safi kengayib,  2000  kishiga etdi.  Olomon  Andijondagi 

rus  garnizoniga  to'satdan  hujum  qildi.  23  soldat  o'ldirilib,  24  soldat 

yaralandi.  Soldatlar  darhol  qurollanib,  qo' zg' olonchilardan  12  kishini 

o'ldiradilar,  qolganlar  qochib  ketadi. 

Tezda 

Farg‘ona  general- 



gubernatorligiga  berilgan  xabardan  so'ng  bu  yerga  qo'shimcha  harbiy 

kuch  keltirildi  va  mahalliy  aholidan  o'ch  olish  boshlanib ketdi.  Tezlikda 

mustamlakachilarga  qarshi  qaratilgan  harakatlarda  ishtirok  etganlar, 

guraon  qilinganlar  qamoqqa  olindi.  Ular  bu  bilangina  cheklanmasdan 

harbiy  kuchlardan  foydalanib,  mahalliy  aholini  qo'rqitish  siyosatini 

kuchaytirdi.

Mustamlakachilar  qo'zg‘olonni  vahshiylik  bilan  bostirishlariga 

qaramay  buning  aks  sadosi  butun  Farg‘ona  vodiysiga  taraldi.  Asaka, 

Quva,  Shaxrixon,  O'sh,  MargMlon  kabi  shaharlar  va  qishloqlarda 

harakatlar  keng  yoyildi.  Lekin  rus  qo'shinlari  hamma  yerda  ham 

qo'zg'olonni  shafqatsizlik  bilan  bostirdi.  Dukchi  eshon  Arslonbob 

qishlog‘ida qo'lga olindi va butun xalq oldida mustamlakachi  ma’murlari 

tomonidan  1898-yil  12-iyunda osib o' Idirildi.

Qo'zglolonda  ishtirok  etgan  477  kishi  ustidan  boshlangan  sud 

jarayoni  uch oy davom etdi. Harbiy sud 362 kishini osib o'ldirishga hukm 

qildi.  Qo'zg1 olonchilardan 351  kishi  turli  muddat  bilan qanalib,  15  kishi 

oilasi  bilan Sibirga surgun qilindi. Biroq, mustamlakachi ma'muriari yana 

jahon  ommasi  oldida  sharmanda  bo'lishdan  cho'chib,  o'lim   jazosini 

surgun bilan almashtirdi.

Qo'zg‘olon  markazi  deb  topilgan  Mingtepa,  Tojik  va  Qashqar 

qishloqlari  imperator  Nikolay  II  ko'rsatmasiga  ko'ra,  Dukchi  eshon 

yurgan yo’li  degan bahona bilan  uch  kun to'pdan o'qqatutilib,  yer bilan 

barobar  tekislandi. 

Mingtepa  qishlog‘i.  o'm ida  450  xonadonga 

mo'ljallangan  yevropacha  yangi  uytar  qurildi.  eshon  yashagan  xonadon 

o'm ida rus cherkovi qurish rejalashttri 1 di.  Xo'jand qishlog‘iga Duxovskiy 

nomi berildi.

282


Xullas,  mustamiakachi  ma’murlari  bu  qo'zg‘olonni  ham  qonga 

botirdilar.  uning  ishtirokchilaridan  ayovsiz  o'ch  oldilar.  Garchi, 

mustamlakasi  ma’murlari  mahalliy  aholining  milliy  ozodlik harakatlarini 

naqadar  shafqatsizlik  bilan  bostirsa-da,  o'lkadagi  g!aiayonlar  va 

qo'zg'olonlar bir daqiqa ham to'xtamadi.

XX 


asr  boshlariga  kelib,  o'lkadagi  bunday  harakatlar  yangi 

bosqichga  ko'tarildi.  Shu  bilan  birgalikda  o'lkada  demokratik  inqilobiy 

harakatlar ham keng avj oJa boshladi.  Mustamlaka sharoitda ishchilaming 

shakllanishi  o’ziga xos  xususiyatlarga  ega  bo'lgan,  xususan, xonavayron 

bo'lgan  dehqonlar  va  hunarmandiar  hisobiga  kengayib  borayotgan 

ishchilar  sinfi  imperiyaning  markaziy  rayonlarida  kuchayib  borayotgan 

demokratik  kuchiar  ta’sirida  bu  harakatlarda  asta-sekin  ishtirok  eta 

boshladiiar. O'lkadagi bir qancha shaharlarda siyosiy talablarni o'zida aks 

etgan namoyishlar bo'ldi.

Ayniqsa,  1900-1903-yildagi  iqtisodiy  inqirozlar,  1904-1905-vildagi 

rus-yapon  urushida  Rossiya  ko'rgan  zararlari  o'lkadagi  ham  mahalliy 

aholining  ahvoliga  salbiy  ta’sir  ctishi  dehqonlar  ommasini  ham  yana 

norozilik  harakatlari  bilan  chiqishiga  turlki  berdi  Oqibatda  o'lka 

viloyatlarida  vaziyat  yanada  kcskinlashb  ketdi.  Samarqand  viloyatida 

dehqonlarinng  g‘alayonlari  natijasida  yuzaga  kelgan  Nomoz  Pirimqulov 

boshchiligidagi  harakatlar  Turkistonda dehqonlar barakatining  asosiy  hal 

qiluvchi  kuchiga  aylandi.  Rossiya  imperiyasining  mustamlaka  siyosati 

o'lkadagi bunday  harakatlarni  doimo zudlik bilan bostirib turdi.  Shu bilan 

birgalikda  milliy  mustaqillikka  intilayotgan,  mahalliy  ziyolilarga  ham 

doimo ta’qih o'tkazib keldi.

O'lka  mehnaikashlarining  ahvoli  1914-yil  Rossiyaning  birinchi 

jahon  urushiga  kirishi  bilan  yanada  og‘irlashib  ketdi.  Urush  yillari 

inehnatkashlarni  ezish  tobora  ortib  bordi.  O'lkada  g‘alla  yetishtirish 

kamayib,  urush  tutayli  o'z  vaqtida  yetkazib  kelinmagan  g‘alla tanqisligi 

natijasida  mahalliy  aholi  orasida  ocharchilik  boshlandi.  Buning  ustiga 

Turkistonda rasmiy soliqlardan tashqari urush ehtiyoji uchun deb aholidan 

har yili turli yig‘im va soliqlar to'plandi.

1916-yil  birinchi jahon  urushining  iqtisodiy  asoratlari  mehnatkash 

aholi  bo'ynida  og‘ir  yuk  bo'lib  turgan  vaqtda  Nikolay  11  ning 

“Impcriyadagi  begona  xalqlar  erkak  aholisini  harakatdagi  armiya 

rayonlarida 

harbiy 

inshootlar  va  shuningdek,  davlat  mudofaasi  uchun 

zarur  bo'lgan  boshqa  har  qanday  og‘ir  ishlarga  jalb  qilish”  haqidagi 

farmoni  chiqdi.  Ushbu  farmonga  ko'ra  Sibir,  O'rta  Osiyo,  QozogMston, 

Kavkaz  ortidan  19  yoshdan  43  yoshgacha  bo'lgan  400  ming  kishini

283


mardikoriikka  oiish  boshlanib  ketdi.  Bu  farmonga  ko'ra,  o'lkadagi  bar 

besh xonadondan mardikor oiinadigan bo'ldi.

Qishloq  xo'jaligida  yig’im  terim  ishlari  boshlanib,  ro'zg'or 

yurituvchi,  oila  boquvchi  erkaklarning  noma’lum  muddatga  uzoq 

o’Ikalarga  mardikoriikka  safarbar  etilishi  chorizmning  mustamlaka 

siyosatidan.  mahalliy  boylaming  siquvidan  ezilib  ketgan  xalqning  sabr 

kosasini to'ldirib yubordi.

4-iyUlda  savdo  va  hunarmandchilik  markazi  bo'lgan  Xo jand 

shahrida,  undan keyin Samarqand, Jizzax,  Kattaqo’rg‘on kabi  shaharlarda 

ham  xalqning  norozilik  harakatlari  bo’lib  o'tdi.  Bu  yerlarda  tezda  yetib 

kclgan  rus askarlari  qo'zg'olonchilar harakatini  shafqatsiz ravishda o'qqa 

tutdilar.

Mustamlaka  ma’muriyati  zulmiga  qarshi  qo'zg‘olonlaming  eng 

kattasi Jizzax shahrida bo'lib o'tdi. Nazirxo'ja eshon boshchilik qilgan bu 

qo'zg‘olon  shu  qadar  katta  bo'ldiki,  bu  tarixda  “Jizzax  qo'zg‘olorii” 

nomini oldi.  1916-yil  12-13  iyul kunlari boshlangan  g‘alayonlar natijasida 

qo'zg'olonchilar qo'ilariga  nima  tushsa qurollanib,  eski  sliahardan  yangi 

shahar tomon yo'l  oldilar,  uezd ma’muriyatini  yakson qildilar. Jizzaxning 

yangi  shahar  bilan  eski  shahar  o'rtasida  yordamga  kelgan  jazo  otryadi 

qo‘zg‘olonchilami  o'qqa  tutdi.  To qnashuvlarda  11  kishi  halok  bo'ldi. 

Olomon orqaga qaytishga majbur bo'ldi.

Bunday  voqealardan  so'ng  qo'zg'olonchilar  yana  eski  shahar 

aholisini  oyoqqa  turg‘izib,  temir  yo'l  lomon  borib,  temir  yo'l  izlarini, 

ko'priklami  buzib,  telefon  simlarini  uzib  tashlaydilar,  Hamma  yerlarda 

mustamlakachilarga  qarshi  harakatlar  boshlandi.  Turkiston  general- 

gubematori 

tomonidan 

polkovnik 

Ivanov 


qo'mondonligi 

ostida 


yuborilgan jazo otryadi eski Jizzaxni ayovsiz o'qqa tutdi. Zomin va Forish 

qishloq  aholisidan qaqshatqich  ravishda o'ch  olinib,  duch  kelgan kishilar 

otib tashlandi.

17-iyulga kelib butun Turkiston. o'lkasida harbiy holat c’lon qilindi. 

Jazo  otryadlari  va  mustamlakachi  ma’murlarga  juda  katta  huquqlar 

berildi.  Shu munosabat bilan aholining ko'cha va maydonlarda to'planishi 

taqiqlatidi.  Imperiya  ma’murlari  harbiy  kuch  ishlatib,  bu  yerdagi 

qo'zg‘olonni  bostirishga mavaffaq  bo'ldilar.  Jizzax  qo'zg‘oloni  bo'yicha 

mingga  yaqin  kishi  qamoqqa  olindi.  151  kishining  ishi.  sudga  berildi. 

Shulardan  84  kishi  osib  o'ldirishga  hukm  qilindi,  biroq  bu  jazo  ham 

keyinroq  “yumshatilib”  boshqa  jazolar  berildi.  1916-yil  qo'zg‘oloni 

o'lkada  mahalliy  aholining  mustamlaka  siyostiga  qarshi  qaratilgan  eng

284


katta  milliy  ozodlik  va  ommaviy  xalq  harakati  edi.  Bu  qo’zg‘olon 

jamiyatning barcha tabaqalarini  harakatga keltirdi  va o'z domiga tortdi.

Rossiyaning  turli  mintaqalariga  mardikorlikka jo'natilgan  mahalliy 

aholi  vakillari  faqat  Rossiya  imperatori  taxtdan  ag‘darilgandan  so'ng 

qaytib  keldi lar  va  o'lkada  yana  milliy  istiqlol  uchun  kurash  harakatlari 

keng  iniqyosda  boshlandi.  O'lka  ziyolilari  endi  o'z  maqsadlarini  to'liq 

amalga  oshirish  uchua  yana  tarix  maydoniga  chiqdilar.  Lekin  “ulug‘ 

davlatchi” mustamlakachilar Turkistonni qo'ldan boy berishni istamadilar. 

Turkistonda  fevral  inqilobining  dastlabki  kunlaridan  boshlab  ishchi 

deputatlari sovetlari  bilan birga soldat deputatlari sovetlari tuzila boshladi. 

Bu  sovetlarning  deputatlari  asosan  yevropa  millatiga  mansub  aholidan 

tashkil  topdi.  Jamoat  tashkilotlari  faoliyatni  boshlash  va  unga  mahalliy 

aholini  ham  jalb  etish,  ularning  birlashtirish  yo'lidagi  harakatlar  keng 

ko'lamda kuchayib bordi.



Jadidchilik harakati va milliy uyg‘onish

“Jadid”  arabcha  so‘z  boMib,  “yangi”  degan  ma’noni  anglatadi. 

Shuning  uchun  ham  yangilik  va  islohotchilikka  intiluvchi,  yangilik 

yaratuvchi  faoliyat bilan  mashg‘ul  bo‘lgan taraqqiyparvar,  ilg‘or ruhdagi 

milliy ziyolilar tarixda “jadid” degan nomga musharraf bo‘ldilar. Ularning 

harakati  esa  jadidchilik  deb  nomlandi.  Bu  harakatning  paydo  boMishi 

bevosita  o‘sha  davrdagi  ichki  muhit  hamda  tashqi  xalqaro  maydondagi 

ijtimoiy-siyosiy va demokratik yangilanishlar bilan bog‘liq bo‘ldi.

XIX 

asr oxiri - XX asr boshlariga kelib, Turkistonda millat taqdiriga 



tahdid  soluvchi  o‘ta qaltis  va  og‘ir  ichki  tarixiy  muhit  paydo  bo‘ldi.  Bir 

tomondan,  Rossiya  imperiyasi  musatamlakachiligi  siyosiy  jihatdan 

mustahkamlandi.  Mustamalka  va  zo'ravonlikka  mukkasidan  ketgan  rus 

bosqinchilari  esa,  endi  o‘z  mafkurasini  singdirish  orqali  ma’naviy 

ustunlikka  ham  ega  boMishi  uchun  mahalliy  xalqni  ruslashtirish,  uning 

g‘ururini  sindirish,  o'zligini  yo‘qotishdek,  o‘ta razil  shovinistik  siyosatni 

kuchaytirdilar.  Ikkinchi  tomondan  esa,  millat  va  xalqimiz  o‘z  siyosiy, 

ma’naviy  huquqiari,  erki  va  hohish-irodasini  yo‘qotdi.  Uchinchidan, 

umuman  musulmon  mutaassibligi  (konservatizm  va  bid’at)  kuchaydi. 

Millatning  ijtimoiy-siyosiy  va  iqtisodiy  ahvoli  hamda  ma’naviyati 

tubanlashdi.  Buning ustiga ustak, din peshvolari  orasidagi  mutaassibiarda 

yangilikka,  dunyoviy  ma’rifal  va taraqqiyotga qarshilik  ham avj  oidi.  Bu 

esa,  Islom dini hamda shariatiga mutlaqo zid ravishda avj oidi.

285


Mutaassiblar  bid’at  botqog‘iga  botgan  holatda,  ijtimoiy  majhul 

(noaniq)likdagi  g ‘aflat  nyqusiga  mast  boMib,  aql  va  fahm-farosatlari 

ojizligi  evaziga,  o ‘zlari  sczmagan  holda  mustamlakachilar  manfaati 

(mafkurasi)ga xizmat qila boshlaydilar.

Millat  va  xalqimiz mana  shunday  ikki  tomonlama o‘ta ayanchli  va 

havfli  ijtimoiy-siyosiy  muhit  hamda  vaziyatga  duch  kelgan  bir  paytda 

musulmon  ziyolilar  din  homiylari  orasidan  yangi  bir  taraqqiyparvar 

guruhning harakati  paydo  boMdi.  Ular «jadid» (yangi) degan ulug‘  nomga 

muyassar  boMgan  holda,  Millat  va  Vatan,  musulmon  xalqlari  uchun 

ma’naviy  qalqon  bo'lib,  kurash  maydoniga  otildilar.  Jadidlar  millatni 

bo‘yin  egishi  va  tanama-taqdir  qilish  havfidan  qutqarishning  birdan-bir 

to‘g‘ri yo‘li avval tarbiya va ma’rifat,  so‘ng islohot ekanligini juda to‘g‘ri 

anglab yetdilar.

Shuning  uchun  ham  jadidlar  millat  va  xalqni  g‘alayon  va 

qo‘zg‘olonga,  inqilobiy  buzg‘unchilik  kabi  yovvoyilikka  da’vat  etmadi. 

Aksincha,  ularni  diniy-dunyoviy  ma’rifat,  ilm-fan,  madaniyat  va 

yangiliklar  bilan  qurollantirib  tarbiyalash,  o‘zligini  anglatish,  ijtimoiy- 

tna’anviy  g‘aflat 

uyqusidan 

uyg‘otib,  turmush 

tar/i,  tafakkuri, 

ma’naviyati,  madaniyati,  adabiyoti  va  maorifini  o‘zgartirishga  bel 

bog‘ladilar.

Abdulla Avloniyning ushbu hikmati jadidlar uchun asosiy e’tiqod va 

amaliy  faoliyat dasturi  boMib qoldi:  «Tarbiya bizlar uchun  yo hayot -  yo 

najot,  yo  halokat  -   yo  saodat,  yo  falokat  masalasidir».  Darhaqiqat,  bu 

paytda  millatni  halokat  va  falokatdan  asrab,  saodatga  olib  chiquvchi 

jadidlar  tarbiyasi  bilan  millatni  ma’nan  tobe  qilib,  halokat  va  talokatga 

duchor  etuvchi  mustamlakachilar  «tarbiya»si  qarama-qarshiligi  paydo 

boMgan edi,

Jadidchilik harakati ba’zi-bir tarixga oid adabiyotlarda aytilganidek, 

“oldin  madaniy-ma’rifiy  harakat  boMib,  keyin  ijtimoiy-siyosiy  harakatga 

o‘sib o'tgani”  yo‘q.  U  o‘z tabiati  maqsad  va mohiyatiga  ko'ra,  dastlabki 

kundanoq,  ijtimoiy-siyosiy,  madaniy-ma’riiiy  va  islohotchilik  harakat 

boMgan.  Ammo  Vatanni  ozod va obod  qilish,  millat va xalqni  hurriyatga 

olib  chiqish,  to‘q  va  farovon,  madaniyatli  qilish  uchun  jadidlar  asosiy 

e’tibomi dastlab madaniy-ma’rifiy ishlarga qaratdilar.

Mustamlakachilarining  asosiy  maqsadi,  xalqni  tnutlaq  tobe  va 

qaram qilish, Turkistonda siyosiy erksizlikni qaror toptirib,  milliy oMimni 

amalga oshirish boMganligiga sharqshunos olim N. N. Veselovskiy (1848- 

1918)  quyidagicha  guvohlik  beradi:  «Biz  Turkistonga  madaniyat  olib 

keldik  deb  o‘ylaymiz.  Bo'ysundirilgan  osiyoliklarga  tinchlik  va

286



Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling