O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


osoyishtalik  berdik  deb  o ‘zimizni  ovutamiz.  Ammo  bularda  bir  oliy


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/57
Sana11.02.2017
Hajmi5.06 Mb.
#183
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   57

osoyishtalik  berdik  deb  o ‘zimizni  ovutamiz.  Ammo  bularda  bir  oliy 

tuyg‘u borki,  bu millat va uning milliy iftixoridir...

Musulmonlar  ahvolini  tushunishimiz  kerak.  Siyosiy  o ‘lim  (milliy 

davlatni  y o ‘qotib,  siyosiy  xalq-huquqdan  ayrilish-muxarrir)  og'ir,  milliy 

0

‘lim  esa  undan  ham  o g ‘irroqdir.  Bizning  hukmronligimizda  ular 



(turkistonliklar)  xuddi  shunday  ahvolga  tushdilar.  Shunday  milliy 

manfaatlar borki,  ular xalq och yoki to‘qligidan qat’i  nazar, bir kunmas bir 

kun o ‘zini namoyon etajak”.

Turkistonda  ruslashtirish  siyosatini  amalga  oshirish  bilan  ma’lum 

missionerlar  guruhi  muntazam  ravishda  ish  olib  boradi.  N.Ostroumov, 

M.Miropiev,  V.P.Nalivkin  va  boshqa  ashaddiy  shovinistlar  mana  shu 

guruhning eng ko'zga ko‘ringanlari edilar.  N.Ostroumov o‘z missionerlik 

vazifasiga ko‘ra, Turkistonda general-gubernatordan ham yuqori mavqega 

ega  bo‘lgan.  V.P.Nalivkin  esa  “Yarim  yovvoyi  osiyoliklarni  hamisha 

qo‘rquv  va  vahima  ichida  qaltirab  turishga  majburlash  kerak”  degan 

“dasturilamal” ishlab chiqib, uni mustamlakachi ma’muriyatga ijro  uchun 

taqdim etadi.

XX 

asr  boshiga  kelib  millatni  milliy  o‘Iimdan  saqlab  qolish  va 



istiqlolga  olib  chiqish  uchun  ma’rifat,  ijtimoiy-siyosiy,  madaniy-ma’rifiy 

tarbiya asosiy omil, eng muhim ma’naviy qurol darajasiga ko'tarildi. Buni 

esa  jadidlar  Vatan  ozodligi  yo'lidagi  kurash  harakatining  asosi  deb 

bildilar.  Ular musulmon mutaassibligiga qarama - qarshi ravishda diniy va 

dunyoviy  ma’rifatparvarlik  g'oyalarini  olg‘a  surdilar.  Shariat  qoidalari, 

"Qur’oni  karim”ni  yaxshi  bilganlari  uchun  ham  din  peshvolari  orasidagi 

qoloqlikka,  ’Taraqqiyot  islomga  zid”  degan  aqida  va  tushunchalarga 

qarshi  kurashdilar.  Shuni  alohida  ta’kidlash  kerakki,  jadidchilikning 

paydo 

boMishiga 



aw alo 

islomdagi 

diniy-dunyoviylikning, 

taraqqiyotparvarlik va ilm-fan, shariat amallarining o‘rni katta bo'ldi.

Jadidlarning  dadil  yangilik  yaratishi,  dunyoviylikni  targ‘ib  etishi 

uchun  Payg‘ambarimiz Muhammad  sallollohu  alayhi  vasallamning  mana 

bu ikki hadisi - shariflari  ma’naviy asos va kuch-quvvat boMdi: ’’Oxiratini 

deb  dunyosini  tark  qilgan  ham,  dunyosini  deb  oxiratini  tark qilgan  ham 

sizlarning  yaxshingiz  emas...”,  “Dinda  o'rtacha  yo‘l  tutinglar,  o‘rtacha 

yo‘l  tutinglar,  0‘rtacha  yo‘l  tutinglar,  chunki  ushbu  din  amailarida  kim 

og‘irlashtirib yuborsa uni amal yengib qo'yadi”.

Xulosa shuki, birinchidan, jadidchilik islomdagi taraqqiyotparvarlik, 

ilm-fanga  rag‘bat  va  dunyoviylikning  yangi  davrdagi  ko‘rinishi  sifatida 

paydo  bo‘ldi.  Jadidlar  islomni  har  xil  mutassiblik  bidatlardan  asrab 

rivojlantirdi.  Ikkinchidan,  jadidchilikni  paydo  bo‘lishi  va  rivojlanishiga

287


Sharq  va G ‘arb  mamlakatlarida  rivojlangati  quyidagi  demokratik,  milliy- 

ozodlik, islohotchilik harakatlariningta’siri  ham kuchii  bo'ldi:

1. Jamoliddin Afg‘oniy (1839-1897) va Muhammad Abdoiar (1848- 

1903)  asos  solgan  musulmon  dunyosidagi  islohotchilik  va  “nahda” 

(uyg'onish) harakatlari.

2.  XIX  asming 90-yillaridan  boshlanib,  1905-1907  va  1917 yillarda 

katta g‘alaba(arga erishgan rus sotsial demokratik va inqilobiy harakatlari.

3. Turkiyadagi  aksilmonarxistik, konstitutsion demokratik,  ijtimoiy- 

milliy  uyg'onish  harakatlari:  Tanzimot  (1840-1860),  Yosh  usmonlilar 

(1865-yildan  80-yillargacha),  Yosh  Turklar  (1889-1918)  va  1908-1909 

yillardagi demokratik-inqilobiy harakatlar.

4.  Jadidchilik  harakatining  paydo  bo'lib,  rivojlanishida  qrimlik 

Ismoilbek Gaspiralining (1851-1914) hissasi behad katta boMdi. U Qrimda

XIX  asrning  80-yillardayoq,  Rossiya  bosib  olgan  musulmon  xalqlari 

orasida  birinchi  bo'lib  jadidchilikka  asos  soldi.  Uning  rus  va  turkiy 

tillarda  chop  etilgan  ‘Tarjim on”  (1883-1914)  gazetasi,  “Rossiya 

musulmonligi”  (1881),  “Ovrupa  madaniyatiga  bir  nazar  muvozini»  “ 

(1885)  va  boshqa asarlari  hamda jadid  maktabi  uchun  yozgan  darsiik  va 

qo‘ llanmalari Turkistonga tez kirib keldi.

Ismoilbek  Gaspirali 

1884-yilda  “Tarjimon”  gazetasi  orqali 

musulmonlarga  qarata  shunday  murojaat  qiladi:  “  Suyukli  do‘stlarim, 

bizning uchun eng go‘zal ish  ilm va maorif ishidir.  Eng muqaddas  intilish 

ilmga,  maorifga  intilishdir.  Chunki  insonni  inson  etgan  mehnat  va 

bilimdir. Bilim madaniy turmush (sivilizatsiya) ga yetishish vositasidir.”

I.Gaspirali  1884-yilda o‘n  ikkita bolani yangicha usul-”usuli jadid”- 

savtiya  (tovush)  usuli  bilan  o‘qitib,  qirq  kunda  savodini  chiqaradi.  Ular 

o'qish  va  yozishni  mukammal  o'zlashtira  boshladilar.  U  1892-yiIda 

Turkiston general-gubematori A.B.  Vryovskiy'ga maxsus maktub yo‘Hab, 

unda  maktablarni  isloh  qilish,  jadid  maktablarini  tashkil  etish 

madrasalardan  birini  zamonaviy  -   dunyoviy  oliy  o ‘quv  yurtga  moslab 

isloh  qilishni  taklif etadi.  Ammo  bu  takliflar  amalga oshmaydi.  Shundan 

so*ng  Ismoilbek  Gaspirali  1893-yilda  Toshkentga  keladi  va  ziyoli 

ulamolar  bilan  uchrashadi.  Samarqandda  bo‘ladi.  U  yerdan  Buxoroga 

borib,  amir  Abdulahadni  jadid  maktabi  ochishga  ko‘ndiradi  va  bu 

maktabga “Muzaffariya” degan nomni beradi.  Jadidchilik 

g‘oyasi

Turkistonda  XIX  asr  80-yillarining  ikkinchi  yarmidan  boshlab  tarqalib,



1 Oldingi  ko p g in a  nuiqola va kitoblarda  buning  o'rnidn  Rozenbax  ko'rsatilib,  xatoga  yo'l 

qo'yilgan  muxanir.



shu  asm ing  90-  XX  asming  5-yili  oralig‘ida  muntazam  ijtimoiy-siyosiy, 

madaniy-ma'rifiy harakat sifatida shakllandi.

Jadidchilik  harakati  asosan  ikki  davrga  boMinadi:  1)  XIX  asrning 

90-yillaridan-19l7  yil  fevralgacha;  2)  1917  ytl  fevraldan-1929  yilgacha. 

Birinchi davrning o‘zi  uch  bosqichga bo‘linadi:  1) Jadidchilik g'oyasining 

paydo  boTishi  va muntazam uyushgan harakat shakliga ega bo'lishi (XIX 

asrning  90-yillari-1905-yil);  2)  Jadidchilik  harakatining  nisbatan  tez  va 

qarshiliksiz  rivojlanishi  (1905-1909-yillar);  3)  Jadidchilikning  chorizm 

tomonidan ozodlik,  demokratik  va  inqilobiy harakatlarga qarshi  kurashni 

kuchaytirgan  davrdagi  rivojlanishi  (1909-1916-yillar).  Ikkinchi  davr ham 

voqcalar rivojlanishiga qarab  uch  bosqichga boMinadi:  1)  1917-yil  fevral- 

oktabr; 2)  1917 yil noyabr-  1924-yil; 3)  1925-1929-yillar.

Ja d id la r  maorifi.  Jadidchilik  harakati,  shu  vaqtgacha  islom 

dunyosida  sira  ham  ko‘rinmagan  ilg'or  va  tezkor  o‘qitish  “SaVtiya” 

(tovush) usuliga asoslangan jadid maktablari tashkil topishidan boshlandi. 

Bu  maktablarda  bolalar  bir  yilda  savod  chiqarib,  mukammal  o'qish  va 

yozishni  o‘zlashtiradi.  Buning  uchun  esa  qadim  an’anaviy  musulmon 

maktablarida 5-6 yil o‘qish  kerak boMar edi. Aytish mumkinki, “Savtiya” 

usulidagi jadid maktabi  Vatanimiz tarixidagi  buyuk kashfiyotlar silsilasini 

boyitdi.

Jadid maktabida diniy  va dunyoviy taMim-tarbiya hamda ilm o‘zaro 

uyg‘unlashtirildi.  Bolalar  qulay  partalarda  o‘tirib,  xarita  va  rasmlar 

yordatnida  tez  savod  chiqardi  va  diniy  -   dunyoviy  ilmilami  o‘rgandi. 

Jadid  maktablarida  Qur’oni-karim,  matematika,  geografiya,  ona  tili,  rus, 

arab tillari, ashula va hatto jismoniy tarbiya o‘qitila boshlandi.

Jadid  maktablari  to‘rt  (boshlangMch)  va  yetti  yillik  edi.  Masalan, 

Munavvarqori  Abdurashidxonovning  yetti  yillik  maktabini  bitirgan 

yoshlar  dunyoviy  ilmlami,  rus  tilini  yaxshi  o'zlashtirgan  holda  jadid 

maktabida  o‘qituvchi,  maschitlarda  imom  boMish,  madrasa  va  hatto, 

xorijdagi  dunyoviy  oliy  o‘quv  yurtlarida  o'qish,  savdo  va  boshqa 

korxonalarda kotib boMib ishlash malakasiga ega boMganlar.  Bunday yetti 

yillik  maktablar  Toshkentdan  tashqari,  Qo‘qon,  Samarqand  kabi  yirik 

shaharlarda ham ochiladi.

Jadid maktablari pullik edi. Har oyiga ota-onalar baholi qudrat, ellik 

tiyindan  bir  yarim  so'mgacha  pul  toMadi.  Bu  o‘rinda  har  ota-ona 

o'zlarining boylik va kambag‘allik darajalarini shariat asosida belgilab pul 

beradilar.  35  foizgacha  kambag‘al  va  nochorlaming  bolalari  tekin 

o‘qitildi.  0 ‘ziga to‘q  oilalar esa o‘z xohishi  bilan  uch  so‘mdan  va undan 

ham  ko‘p  pul  bergan.  Bulardan tashqari jadidlaming o‘zlari tashkil etgan

289


xayriya  jamiyatlari  ham  jadid  maktabiarini  mablag'  bilan  ta'minlab 

turgan.


Jadid  maktablarining  ochilishiga  rus  amaldorlari,  musulmon 

mutaassiblari  qarshilik  qiladilar.  Jadidlar katta  matonat  va  fidoyilik  bilan 

eski  maktablarga tegmay  namuna sifatida jadid  maktabiarini  tashkil  etib, 

omma  orasida  katta  obro‘  qozondilar.  Jadid  maktablari  qat’iy  nizom  va 

dastur  va  darsliklarga  asoslandi.-  Tarixda  birinchi  boMib,  jadidlar 

o‘quvchilarga  kundalik,  chorak  va  yillik  baholar  qo‘yishni  joriy  etdilar. 

0 ‘quvchilar  sinfdan-sinfga  o‘tish  va  bitirish  uchun  jamoatchilik  oldida 

ochiq chorak, yillik va bitiruv imtihonlarini topshirganlar.

Maktab  ochgan  jadidlar  dastur,  qoMlanma  va  darsliklarni  ham 

o‘zlari 


yaratdilar. 

Sayidrasul 

Sayidazizovning 

“Ustodi 


avval”, 

Munavvarqori  Abdurashidxonovning  “Adibi  avval”,  “Adibi  soniy”, 

“Tajvid” (Qur’onni qiroat bilan  o‘qish  usuliga  oid qoMIauma), “  Havoyiji 

diniya”  (Shariat qonunlari  to‘plami),  “Yor yuzi”,  “  Usuli  hisob”,  “Tarixi 

anbiyo”,  “Tarixi  islom”,  Abdulla  Avloniyning  “Birinchi  muallim”  va 

“Ikkinchi  muallim”,  “Turkiy  guliston  yohud  ahloq“,  Mahmudxo‘ja  

Behbudiyning  “Qisqacha  umumiy  geografiya”,  “Bolalar  maktubi”, 

“ Islomning  qisqacha  tarixi”,  “Amaliyoti  islom”,  “Aholi  geografiyasiga 

kirish”,  “Rossiyaning  qisqacha  geografiyasi”  va  boshqalar  shular 

jumlasidandir.

Jadid  maktablari  ochilishi  bilan  ba’zi  joylarda  qadim  maktablari 

bo‘shab  qoldilar.  Natijada  eski  va  jadid  maktabdorlari  o'rtasida  jiddiy 

qarama-qarshiliklar  paydo  bo‘ldi.  Bunga  mutaassib  qozi,  mulla  va 

ulamolar ham qo'shildilar.

Jadid  maktablarining jami  soni  va  ular  qayerlarda  ochilib  faoliyat 

yuritganligi  haqida  hozircha  to‘la  ma’lumot  yo‘q.  Lekin  1903  yilda 

birgina Toshkentda 20 ta (shundan 2 tasi  o ‘rta), jadid maktablari  boMgan. 

Ma’lumki,  1909  yildan  keyin  jadid  maktablari  qattiq  nazorat  ostiga 

olinadi, arzimas bahonalar bilan yopiladi.  Ularda o'qitiladigan adabiyot va 

darsliklar  “oxranka”ning  diqqat  markazida  boMadi.  Jadid  maktablari 

Buxoro,  Samarqand,  Toshkent,  Andijon,  Xiva,  To‘qmoq,  Yangi 

MargMlon,  Yeski  Marg‘ilon,  Kattaqo‘rg‘on,  Qizil  0 ‘rda,  Turkiston, 

Chust,  Choijo‘y,  Termtz,  Marv  shaharlarida ochiladi.  Shuningdek,  Juma 

(Samarqand  viloyati),  Qovunchi  (Toshkent  viloyati),  To‘raqo‘rg‘on 

(Namangan  viloyati), 

Po‘stindo‘z  (Buxoro 

viloyati)  kabi 

katta 


qishloqlarda 

ham  jadid 

maktablari 

ochilgan. 

Jadid 

maktablari 



M.Behbudiyning yozishicha,  15-20 yil  ichida jam i  Kavkaz mamlakatlari, 

Bron, Hind, Misr, Hijoz va boshqa joylarida ham joriy bo‘ldilar.

290


Jadidchilikning  asosiy  maqsadlaridan  biri  mamlakatda  zamonaviy 

(yevropacha)  oliy  ta’limni  yo‘lga qo‘yish bo'ldi.  Universitet tashkil  etish 

g‘oyasi  Turkistonda  ilk  bor  1892  yilda  Ismoilbek  Gaspirali  tomonidan 

olg'a  surildi.  I.  Gaspirali  1906-yilda,  yana  “Taijimon”  gazetasida 

to‘g‘ridan  to‘g‘ri  Buxoro  amiri  va  Xiva  xoniga  murojaat  qilib  shunday 

deydi:


‘Tuqoroyi  islom  sizlardan  mol  istamas,  osh  istamas.  Din- 

”Qur’ori”dan,.  jon-Xudodan.  Siz  davlatlik  xonlardan  aholiga  ehson 

ctiladigan  narsa-nashri  maorifga,  taraqqiyot va kamolatga omil  boMuvchi 

oliy  darajalik  maorif  maktablaridir.  Ko'hna  madrasalari  ko‘p  Buxoroi 

sharifda va Xivada endi  biror dorilfununi  islomiya ta’sis etmoq lozim. Bu 

dorilfununlarga bir daraja ilm olgan talaba qabul qilinib, tarix, jo ‘g‘rofiya, 

kimyo,  handasa,  ilmi  huquq,  usuli  idorayi  davlat,  ilmi  iqtisod va boshqa 

lozim  fanlar,  turkiy,  forsiy,  rusiy  va  fransaviy  tillar  o‘rgatilsa...  Ushbu 

dorilfununlarda muallim va mudarrislik qila oladigan ahli karnol bor”

Jadidlar  oliy  ta’limning  asosi-universitet  tashkil  etish  uchun 

Toshkent shahar Dumasidan ham  foydalandilar.  Munavvarqori,  Fitrat, M. 

Behbudiy,  U.  Asadullaxo‘jayev  va  boshqa jadidlar  milliy  dunyoviy  oliy 

ta’lim  g‘oyasini  o‘z  asar  va  maqolalarida  keng  targ'ibot-tashviqot 

qiladilar.  Oliy  ta’limga  zamin  yaratish  uchun,  jadid  maktablarida 

dunyoviy ilmlar o‘qitildi, xorijga yoshlar o‘qishga yuborildi.

Dunyoviy  hozirgi  zamon  oliy  o‘quv  yurti  -   universitetga  asos 

solishga jadidlar  faqat  1918-yilda  Musulmon  xalq  dorulfununini  tashkil 

etish bilan muvaffaq boMdilar.

Umuman, jadidlar juda qisqa vaqt  ichida butunlay yangi ya’ni jadid 

xalq  maorifi  tizimi  ya’ni,  hozirgi  zamon  xalq  raaorifi  tizimiga  asos 

soldilar.

Jadid matbuoti va jurnalistikasi. 

Jadidchilik harakatining ikkinchi 

bir muhim  faoliyati milliy matbuot va jumalistikasiga asos solisb  bo‘ldi. 

Turkiston jadidlari rus demokratik va  inqilobiy harakatining yutuqlaridan 

ham .samarali foydalandilar.

Zolim “oq poshsho” Nikolay II inqilobiy-demokratik harakat bosimi 

ostida 

1905-yil  17-oktyabrda  maxsus  manifestga  imzo  chekib, 



demokratiya,  matbuot va so‘z,  har xil  yig‘inlar o‘tkazish erkinligini joriy 

qilishga majbur bo‘ldi. Buni jadidlar katta quvonch bilan kutib oldilar.

Mana  shundan  so'ng  jadidlar  millat.  himoyasi  uchun  jangovar 

qalqon  va  muazzam  minbar  bo'lgan  gazeta  va jurnallarni  tashkil  etish 

uchun juda shaxdam kurashadilar.

291


Toshkentda  Ismoil  Obidiy  “Taraqqiy”  (1906),  Munavvarqori 

Abdurashidxonov  “Xurshid”  (1906),  Abdulla Avloniy  “Shuhrat” (1907), 

Sayidkarim  Sayidazimboyev  “Tujjor”  (1907),  Ahmadjon  Bektemirov 

‘ Osiyo”  (1908),  Ubaydullaxcrja  Asadullaxo‘jayev  “Sadoi  Turkiston” 

(1914-1915)  gazetalari,  shuningdek,  Abdurahmon  Sodiq  o‘g‘Ii  (Sayyox) 

“Al-Isloh” 

(1915)  jurnalini 

nashr 


etishga 

muvaffaq 

boMdilar. 

Samarqandda  esa  Muhmudxo‘ja  Behbudiy  “Samarqand”  ruscha  (1913) 

gazetasi  va “Oyna” (1913-1915) jurnalini, Qo‘qonda Obidjon  Mahmudov 

“Sadoi  Farg'ona”  (1914)  gazctalarini  chiqardi.  Bu  gazeta  va  jumallar 

doimo  mabfiy  politsiya  “oxraoka”ning  ayg‘oqchilari  kuzatuvi,  ta’qibi 

ostida boMdilar.

'  Jadid  matbuoti  1917-yil  fevralda rus podshosi  taxldan ag'darilgach, 

yanada  rivOjlandi.  Juda  qisqa  vaqt  oraligMda  fevraldan  oktyabrgacha 

Toshkentda  Munavvarqori  Abdurashidxonov  “Najot”  (1917  y.  mart),  A. 

Battol  “Sho‘roi  islom”  (1917  y.  may),  Abdulla  Avloniy  “Turon”  (1917 

y.),  Ahmad  Zaki  Validiy  va  Munavvarqori  Abdurashidxonov  “Kengash” 

(1917  yil  iyim),  “Ulug‘  Turkiston”  (1917  y.),  Qo'qonda  BoMat  Soliyev 

“Yel  bayrog'M” (1917  y.  sentyabr) gazetalarini,  Н.Н.  Niyoziy  “Kengash”, 

Ashurali  Zohiriy  “Yurt”  (1917  yil  iyun)  jumallarini,  Samarqandda  esa 

Shohmuhammadzoda “Hurriyat” (1917 yil aprel) gazetalarini chop etdilar.

Buyuk’  millatparvar  jadidlar,  jadid  matbuoti  orqali  millatni  o‘z 

madaniy-iqtisodiy  ahvoli,  siyosiy  qaram  va  huquqsizligini  anglatishga, 

unda  bosqinchilarga  qarshi  nafrat,  milliy  istiqlolga  ishonch  ruhini 

tarbiyalashga  muvaffaq  boMdilar.  Shuning  bilan  birga  ular  milliy 

muxtoriyat  va  jumhuriyat  g‘oyasini,  millatlararo  tenglik  va  qon- 

qarindoshliknj targ‘ibot qilishni to‘g‘ri yoMga qo‘yadilar.

Jadid adabiyoti va san’ati.  Akademik  A.  N.  Samoylovich  jadid 

adabiyotini  oMganib,  1916-yilda  “Turicistonda yangi  adabiyot  maydonga 

keldi.  Bu  men  uchun  kutilgan  hoi  edi” deb yozgan edi.  Darhaqiqat,  olim 

uchun  kutilgan  “Yangi  adabiyot”-jadid adabiyoti  boMdi.  Bu adabiyot o‘z 

mazmun  v a' mohiyati  hamda  janrlariga  ko‘ra,  ming  yillar  davomida 

sh^kllanib  rivojlangan  mumtoz  adabiyotimizdan  tubdan  farqlanuvchi 

yangi adabiyot boMdi.

1.  Agar  muirttoz adabiyotda  dunyoviylikka  nisbatan  diniy jihat  ustunroq 

boMgan  boMsa, jadid adabiyotida bulaming o‘rtasida o‘zaro tenglik ya’ni 

diniy-dunyoviylik qaror topdi.

2, Jadid adabiyoti mumtoz adabiyotdan farqli ravishda g‘arb adabiyotidagi 

roman,  drama,  esse,  hikoya  va  barmoq  vazniga  asoslangan  she’riyat

292


(poetika) kabi  badiiy janrlar ko‘rinishiga ega bo'ldi.  Proza va publitsistika 

paydo bo'ldi.



3.

  Jadid  adabiyoti  bevosita  ijtimoiy-siyosiy  va  ma’rifatchilik  mafkurasi, 

milliy-ozodlik xususiyatiga ega bo'ldi. Undamazlum xalq hayoti bevosita 

o'/. ifodasini topdi.  Badiiy asarlar jonli  xalq tilida yozildi.  Ijtimoiy faollik 

va milliy ruh bu yangi adabiyotning eng muhim xususiyatiga aylandi.

4.  Jadid  adabiyotidagi 

badiiy-lirik  qahramon  qiyofasi  mumtoz 

adabiyotdagi  qahramon  qiyofasidan  tubdan  o'zgardi.  U  endi  an’anaviy 

oshiq  yohud  ma’rifatparvargina emas, balki  mavjud  mustamlaka jamiyati 

tartib-qoidalari  hamda  milliy  tengsizlik  bilan  kelisha  olmaydigan,  shu 

bilan birga yangicha o‘z ijtimoiy-siyosiy va ahloqiy qarashiga ega bo'lgan 

shaxsdir.

Jadidchilik  harakati  jadid  adabiyotining  asoschilari  boMgan  yirik 

iste’dod  egalari-jadid  adibi,  shoiri,  dramaturgi  va san’ati  arboblarini  ham 

tarbiyaladi.  Jadidshunos,  taniqli  olim,  professor  Begali  Qosimovning 

ta’kidlashicha, 

ularning 

1905-1917-yillarda 

adabiy-madaniy 

harakatchilikda  qizg'in  faoliyat  ko‘rsatganlari  saksondan  ortiq  bo‘lgan. 

Mahmudxo'ja Behbudiy (1875-1919), Sayidahmad Siddiqiy Ajziy (1864- 

1927), Vasliy Samarqandiy (1869-1925), Munavvarqori Abdurashidxonov 

(1878-1931),  Abdulla  Avloniy  (1878-1934),  To‘lagan  Xo'jamyorov- 

Tavallo  (1882-1939),  Sidqiy  Xondayliqiy  (1884-1934),  Avaz O'tar o'g'li 

(1884-1919),  Muhammadsharif  So'fizoda  (1869-1937),  Abdurauf Fitrat 

(1886-1938), Sadriddin Ayniy (1878-1954), Abdulvohid Burxonov (1875- 

1934),  Hamza  Hakimzoda Niyoziy (1889-1929),  Abdulla Qodiriy (1894- 

1938),  Abdulhamid  ChoMpon  (1897-1938)  va  boshqalar  shular 

jumlasidandir.

Jadid  adabiyotida dramaturgiya  ya’ni jadid  dramasi  eng  sermahsul 

va  ommabop janr sifatida alohida  ko‘zga  tashlanadi.  Jadid  g'oyalarining 

xalqqa  yoyilishi,  singishi  va  amaliy  natijalar  berishida  dramaturgiya  va 

teatr san’atining ta’sir ko‘rsatishi  kuchli boMdi. Shuning uchun ham jadid 

adiblarining  aksariyat  yirik  nomayondalari  o‘z  ijodiy-amaliy  faoliyatini 

drama yozish va teatr bilan bogMiq holda olib bordilar.

Mutaxassislaming  aniqlashicha,  1917-yil  oktabr  to'ntarilishigacha 

dramaturgiya sohasida o‘ttizdan ortiq drama, tragediya, komediya asarlari 

yozilgan va ularning ko'pchiligi teatrlarda sahnalashtirilgan. 0 ‘zbek jadid 

dramaturgiyasi  va  teatriga  ilk  bor  asos  solgan  Mahmudxo‘ja  Behbudiy 

bo'ldi.  Uning  “Padarkush”  dramasi  birinchi  bor  1914-yil  27-fevralda 

Toshkcntdagi  “Kolizey”  teatrida  qo'yilishi  juda  katta  madaniy-ma’rifiy 

voqea  bo'ldi.  Bu  kun  o'zbek  teatriga  asos  solingan  sana  sifatida  tarixga

293


kirdi. Shunday qilib,  milliy jadid adabiyoti dramaturgiyasi  va teatri  paydo 

bo‘ldi.  Adabiy tanqidchilik va badiiy tarjimonchilik ham shakllandi.

Jadid  xayriya  va  boshqa  m adaniy-m a’rifiy  jam iyatlari.  Har 

qanday  harakatda  boMgani  kabi  bu harakat  ham o‘z  iqtisodiy asosiga ega. 

Aks  holda  u,  bu  darajada  rivojlanmagan  bo‘lur  edi.  Uning  iqtisodiy 

ta’minot  manbaini  madaniy-ma’rifiy  xayriya  jamiyatlari,  boy-badavlat 

kishilar tomonidan savob olish  va millat nufuzini ko‘tarish uchun. berilgan 

beminnat  ehsonlar  tashkil  etdi.  Jadidchilik  va jadidlar  asosan  o ‘rta  hoi 

musulmon ziyolilari  hamda dunyo  ko‘rgan  ilg‘or  ruhdagi  savdogarlardan 

iborat  bo‘ldi.  Toshkentlik  Sayidkarim  Sayidazimboy  o‘g‘li,  turkistonlik 

Sayidnosir  Mirjalilov (taniqli  yozuvchi  Oybckning qaynotasi),  andijonlik 

Mirkomil  Mirmo‘minboyev  va  boshqa  boylar  jadidchilik  harakati 

rivojlanishiga katta iqtisodiy hissa qo‘shdilar.

Jadidlar  har  xil  xayriya  jamg'armalarini  tashkil  etish,  boy  va 

badavlat  kishilarning  ortiqeha  mablagMarini  millat  va  Vatan  manfaati 

yoMida sarflashga ham katta e’tibor bcrdilar.

Toshkentda  1909-yilda  ‘*Ko‘mak”,  1913-yilda  «Dorilu  ojizin», 

Buxoroda 

1910-yilda  “Tarbiyai  atfol”  xayriya  jamiyatlari  tashkil 

etiladi.  Ulaming  oldiga  qo'yilgan  asosiy  maqsad  sarmoya  topib,  jadid 

maktablariga  yordam  berish  va  iqtidorli  yoshlami  Turkiya  va  boshqa 

xorijiy mamlakatlarga o‘qishga yuborishdan iborat boMdi.

“Ko‘mak”ning 

ta’sischilari 

Munavvarqori 

Abdurashidxonov, 

Nizomqori  Hasanov,  Abdulla  Avloniy,  Basharulla  Asadullaxo'jayev  va 

Toshxo‘ja Tuyoqboyevlar  bo‘ldi.  Bu  va  “Tarbiyai  atfol’'ning  yordamida 

1911 -yilda  15  ta,  1912-yilda  30  ta  turkistonlik  iqtidorlik  yoshlar 

Istanbuldao‘qiganligi  haqida ma’la n o t bor.

Jamiyat  o‘z  a’zolaridan  tushadigan  puldan  tashqari  har  xil 

ishbilarmonlik yoMlari  bilan  ham pul  topadi.  Masalan, gramofon jamiyati 

bilan  kelishib,  bir  necha  xalq  hofizlari  va  o‘z  tarbiyasidagi  maktab 

bolalarining  ashulalarini  gramplastinkalarga  yozdirib,  sotish  bilan, 

ulaming har biridan o‘n tiyindan foyda oladi.  1913-yilda qo‘yilgan birgina 

spektakldan  600  so'mga  yaqin,  Ramazon  bayrami  kuni  “Tomosha 

kechasi” tashkil qilib esa,  1087 so‘tn  17 tiyin foyda olinadi.

Musulmon  jamiyati  uKo‘mak”  ustavida  kambag‘al  o‘quvchi  va 

yetim  bolalar,  qari  va  nogiron  musulmonlarga  ma’naviy  hamda  moddiy 

yordam  berish,  ularga  boshpana,  oshxona,  kasalxona  va  ambulatoriya 

ochish, shuningdek,  maktab  o‘quvchilari  va oliy o ‘quv  yurtlari  talabalari 

uchun nafaqa (stipendiya)lar ta’sis etish ko‘rsatilgan edi.

294


Toshkentda  Munavvarqori,  Abdulla  Avloniy  va  boshqalar  1911- 

vilda  tashkil  etgan  ko‘p  tarmoqli  “Turon’’  nomli  jamiyat  sovet 

hokimiyatining  dastlabki  yillarigacha  samarali  faoliyat  yuritadi.  Uning 

qoshida  teatr  truppasi  (1913  y.),  “Turon”  nomli  kutubxona  va  nashriyot 

(1913  y.)  ham  tashkil  etiladi.  Bular  butun  Turkiston  bo‘ylab  ma’rifat  va 

ziyo,  ilni-fan  tarqalishi,  kitob  chop  etish  va  bosmaxona  ishlari 

ri voj lanishiga katta hissa qo' shdilar.

Qo‘qonda  “G'ayrat”  (1913  y.),  Samarqandda  “Zarafshon”, 

To'raqoMg'onda (Namangan  viloyati) “Kutubxonavi  Is’hoqiya” (1908 y.) 

nomli  kulubxonalar  tashkil  topadi.  Shuningdek,  jadid  bosmaxonasi  va 

kitob do‘konlari ancha keng tarmoq otdi. Jadid lam ing  1916-yildagi  xalq 

qo‘zg‘o!oniga  munosabati.  Jadidchilik  aslida  Vatan  ozodligi  va  millat 

ravnaqi  uchun  kurashning  tinch  demokratik  va  madaniy-ma’rifiy, 

islohotchilik  yoMini  tanlaydi.  Xalqni  behuda  qo‘zg‘olon  ko‘tarib  qon 

to‘kishdan  saqlab,  siyosiy tashkiliy  uyushishga,  aql-farosat  bilan  ish  olib 

borishga  chorlaydi.  Shuning  uchun  ham  ular  1916-yildagi  umumxalq 

qo'zg'oloniga  befarq  boMmadilar,  xalq  bilan  birga  bo‘lib,  uni  ko‘p  qon 

to‘kishdan  saqladilar.  Sovet  tarix  fani  jadidlami  qo‘zg‘olonda  xalq 

tomonida  cmas,  balki  mustamlaka  hukumati  tomonida  boMgan  deb 

noto‘g‘ri ko‘rsatib keldi.

Jadidlar  qo‘zg’olon  ko‘tarib,  oMimga  ham  tayyor  turgan  xalqni 

tinchlantirib, 

yigitlami 

tashkiliy 

uyushgan 

holda 


mardikoriikka 

yu borishga 

rahbarlik 

qiladilar. 

15-avgustda 

Toshkent 

shahrida 

Ubaydullaxo'ja  Asadullaxo'jayev  raisligida  maxsus  qo'mita  tuzildi.  Bu 

tashabbus  boshqa joylarda  ham  amalga  oshadi.  Ular  harbiy  ma’muriyat 

bilan  kclishgan  holda  ish  olib  boradilar.  Samarqand  viloyati  harbiy 

gubematori, general-mayor Likoshinning 759-raqatnli maMumoiiga ko‘ra, 

Jizzaxda 44 ta qishloqqa o‘t qo‘yilgan. Ularning ko‘pi butunlay, yonib-kul 

boMgan.

Jizzax  qo‘zg‘oloni  haqida  maMumot  to‘plab,  kitob  yozmoqchi 



boMgan  va 

1938-yilda  “Milliy  ittihod’ning  a’zosi  sifatida  qamalib, 

qamoqxonada  urib  oMdirilgan  Mamadiyor  Allayorovnlng yozishicha,  rus 

askarlari 40 kishini uyiga qamab, oM qo‘yib yuborgan.

Mardikoriikka  yubormaslikning  iloji  yo'qligini  yaxshi  bilgan 

jadidlar yigitlarni ijtimoiy biqiqlik  va mutaassiblik muliitdan chiqib, o‘zga 

vurtlarda “ko‘zi  ochilishi”ni  ham  nazarda tutdilar.  Haqiqatan  ham  1917- 

yildan  keyin  mardikorlikdan  qaytgan  yigitlaming  ko‘pchiligi  milliy- 

ozodlik  kurashida  va jadidchilik  harakatida  faollik  ko'rsatdilar.  Jadidlar

295


joylardagi  noroziliklar  evaziga  chorizm  amaldorlarini  biroz  yonberishga 

majbur etishga ham muvaffaq bo’ldilar.

Andijon jamoatchiligi  nomidan  1916-yil  iyulda U.Asadullaxo'jayev 

bilan  Vadim  Chaykin  Sanki-Peterburgga  borib,  IV  Davlat  Dumasiga 

Turkistondagi  xunrezlik  va  ozboshimchaliklardan  shikoyat  qiladi. 

Shundan  so‘ng deputatlar Turkistondagi  rus  aholisi  harbiy  majburiyaldan 

ozod qilingan bir pavtda, mahalliy aholidan mardikorlikka olish siyosiy va 

iqtisodiy jihatdan  xavfli ekanligi  haqida harbiy vazir  nomiga telegramma 

yuboradi.  Podsho  Nokolay  11  ham  buni  e’tiborga  olgan  holda 

mardikorlikka  olish  mudatini  15-scntyabrgacha  kechiktirishga  majbur 

bo‘ladi.  A.N.  Kuropatkinni  esa  Turkiston  general-gubematori  qilib 

Toshkentga  yuboradi.  Uning  bilan  birga  duma  a'zolari  Kerenskiy, 

Tavakkalov  hamda  M.Cho'qayev,  Sh.Z.Muhammadiyorov  ham  vaziyatni 

o‘rganish uchun 0‘lkaga keladi.

Ubaydullaxo'ja  Asadullaxo'jayev  bergan  ma’lumotlar  'asosida 

К uгораtkin  o‘zini  xalqchil  qilib  ko‘rsatish  maqsadida  ba’zi  amaldorlami 

ishdan oladi.

Shunday  qilib,  jadidlar  xalq  milliy-ozodlik  harakatiga  g‘oyaviy- 

mafkuraviy  va  tashkiliv  rahbarlik  qilishga  muvaffaq  bo'ladi.  Bu  esa 

jadidchilik,  bu  davrga kelib  Turkistonda  katta  ta'sirchan  ijtimoiy-siyosiy 

kuchga aylanganligidan dalolat bcradi.

Jadidchilik harak ati  va  rus  ijtimoiy  dem okratik  inqilobi.  1917- 

yil  27-fevralda  Rossiya  imperatori  Nikolay  II  rus  demokratik  inqilobi 


Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling