O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/57
Sana11.02.2017
Hajmi5.06 Mb.
#183
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   57

hukumati tuziIdi.  Hlikumat tarkibiga  16 tub aholi va 

8

 yevropalik kiritildi. 



Madaminbek  hukumat  boshlig'i  bo‘lish  bilan  bir  qatorda  Farg‘ona 

vodiysidagi bu harakatning Oliy bosh qo'mondoni ham etib saylandi.

1919-yilning  kech  kuziga  kelib  Madaminbek  qd‘l  ostida  30000ga 

yaqin  yigit  qizil  armiyaga  qarshi  janglarai  olib  bordilar.  Bu  paytda 

Shermuhammadbek  qo*l  ostida  20000,  Katta  Ergash  qo‘rboshida  8000 

askar  bo'lgan.  Ana  shu  uchta  lashkarboshi  vodiydagi  jangovar 

harakatiarni yo‘naltirib turdilar.

Madaminbek siymosida  saikaiidalik,  davlat  va siyosat arbobiga  xos 

sifatlar  uyg‘unlashgan  edi.  U  vodiydagi  sovet  hokimiyati  organlariga 

muqobil  ravishda  o‘z  siyosiy  boshqaruv  usulini  joriy  qildi.  “U  bizning 

rahbarlik faoliyatimizda yoM qo‘ygan xato va kamchiliklarimizdan ustalik 

bitan  foydalanardi.  Uning  boshqaruv  apparati,  o‘zining  tribunali  va

316


genshtabi 

boMgan; 


qonunlar 

chiqargan”,-dcb 

e’tirof 


etadi 

Madaminbekka  qarshi  kurashgan  dushmanlaridan  biri  qizil  komissar 

Gramatovich.

Turkistondagi  bu  harakat  1920-yilning  yozi  va  kuzida  o'zining 

yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Kurash yana ham shafqatsiz va murosasiz 

tus oldi.  Farg'ona vodiysi  va Samarqand viloyatidagi  vatanparvarlar bilan 

bir  qatorda  endilikda  Xorazm  va  Buxoro  respublikalaridagi  istiqloJchilar 

ham  bosqinchi  qizil  armiya  jangchilariga  qarshi  muqaddas  kurashga 

otlandilar.  Kurash  bayrogMni  vodiyda  Madaminbek  o'm iga  endi 

Shermuhammadbek ko‘tardi.  Farg'ona  vodiysidagi  butun qo'rboshilar va 

tinch aholi  vakillari Oltiariq tumanidagi G‘oyibota qishlogMda o'zlarming 

navbatdagi  qurultoylariga  to'plandilar.  Qurutoy  1920  yil  3  mayda 

Shermuhammadbek 

boshchiligida 

Turkiston-turk 

mustaqil 

islom 

jumhuriyati yoki  qisqacha qilib aytganda Turkiston muvaqqat hukumatini 



tuzdi.

Shermuhammadbek  Farg'ona  vodiysidagi  kurashchilarning  Oliy 

bosh  qo'mondoni  ham  qilib  sayiandi.  Bolshevik  maddohlardan  birining 

c'tiroficha,  “Madaminbek  qo‘rboshilar  o'rtasida  eng  kuchlisi  boMgan 

boMsa, Shermuhammadbek shubhasiz eng xavflisi edi”.

Turkiston  MIK  raisi 

Inomjon  Xidiraliyevning  keyinchalik 

yozishicha,  “ 1920  yil  sentyabrda  bosmachilaming  soni  70000  kishiga 

yetdi  va kuchli vahima uyg'otdi”.

Quroiii  harakatni  tashkiliy jihatdan  uyushtirishda  Farg'ona vodiysi, 

Buxoro  va  Xorazmdagi  qo'rboshilaming  mazkur  davrda  boMib  o'tgan 

o'ttizdan ortiq qurultoylarining ahamiyati  katta boMgan.  Bu qurultoylarda 

harakat  rahbarlari  saylangan,  qo'rboshilar  yagona  qo'mondonlik  ostiga 

birlashtirilgan.  Ammo  bunga  doim  ham  amal  qilinmas  edi.  Shuningdek, 

qurultoylarda qo‘rboshilar  guruhlari  harakat  qiladigan joylar  va  ulaming 

ta'sir doirasi  belgilab olingan.  Ba’zi qo'rboshilar Oliy bosh qo'mondonga 

bo'ysunmay,  o'zlaricha  mustaqil  harakat  qilgan.  Xolxo'ja  Eshon  kabi 

tnayishatparast kimsalar Ьшп boMganligi to‘g‘ri.

Turkistonda  o‘sha  paytdagi  beqaror  vaziyatdan  foydalangan  ba’zi 

kishilar  talonchilik  guruhlari  tuzib,  xalqni  talaganlar.  Ulami  Turkiston 

mustaqilligi  uchun  qizil  armiyaga  qarshi  hayot-mamot  janglari  olib 

borgan  vatanparvarlar bilan  chalkashtirmaslik  lozim.  Biroq  kommunistik 

mafkura  har  ikki  toifaga  bir  xil  “bosmachilar”  tamg'asini  yopishtirgan.

Turkistondagi  bu  quroiii  harakatning  g'oyaviy  rahnamolari  yetarli 

darajada mavjud boMib, ular asosan jadid munavvarlari va islom ulamolari

317


edi.  Harakatga  g'oyaviy  rahbarlik  qilish  uchun  jadidlar  bilan  ulamolar 

o'rtasida o'zaro raqobat mavjud bo'lgan.

Namanganlik  Nosirxon  to'ra  Sayid  Kamolxon  to'ra  o 'g ii, 

toshkentlik  rnuftiy  Sadriddinxon  Maxsum  Sharifxo'ja  qozi  o'g'li, 

Turkiston  MIK  rayisining  sobiq  o'rinbosari  To'raqul  Jonuzoqov,  asli 

boshqirdistonlik  Ahmad  Zakiy  Validiy  va  boshqalar  bu  harakatning 

g'oyaviy  mafkurachiiari  edilar.  Harakatga  rahbarlik  qilgan  islom 

ulamolari  orasida  yassaviylik  va  naqshbandiylik  tariqatining  pirlari  ko'p 

bo'lgan.

Turkiston,  Buxoro  va  Xorazm  respublikalaridagi  jadidiaming  bir 

qismi  bu  paytda  sovet  tashkilotlarida  faoliyat  ko'rsatishsa-da,  milliy 

mustaqillik to'g'risidagi o 'z  g'oyalaridan  voz kechishmagan edi.  1921  yil 

avgustda Buxoro shahrida Validiy boshchiligida tuzilgan Turkiston Milliy 

Birligi  tashkiloti  butun  Turkiston  mintaqasidagi  bu  guruhlariga  siyosiy 

jihatdan  rahbarlik  qiluvchi  markaz  vazifasini  bajardi.  Bu  davrda 

Munavvarqori Abdurashidxonov rahbarligida Toshkentda “Milliy Ittihod” 

va  “Milliy  Istiqlol”  tashkilotlari  mahfiy  tashkil  etilgan  bo'lib,  ular 

harakatning keyingi rivojlanishida muhim o'rin tutadi.

Ma’lumki,  Turkiston  ayollari  uchun  Vatan  ozodligi  va  uning 

tinchligi  muqaddas  hisoblangan.  Olis  va  yaqin  tarixda  bosqinchilarga 

qarshi  turkiy  ayollarimiz  ham  necha  bor jang  maydonlarida  ot  surgan, 

vatanparvar  kuchlarga  boshchilik  qilgan.  Hatto  ayollardan  maxsus 

bo'linmalar  tuzilgan.  Istiqlolchilar  safida  ayoltar  nafaqat  oddiy jangchi, 

balki  ayrim hollarda qo'rboshi sifatida jang qilishgan.  Farg'ona vodiysida 

Shakarxon  va  Muhiddinbekning  onasi  singari  o'zbek  va  qirg'iz 

ayollaridan  yetishib  chiqqan  qo'rboshilar  milliy  istiqlol  kurashi  tarixiga 

shonli  sahifalar  qo'shdilar.  Karmanalik  Nodira  qiz  esa  Ibrohimbek 

qo'shinida  maxsus  ayollar  guruhiga  boshchilik  qilib,  Sharqiy  Buxoroda 

qizil askarlarga qarshi mardonavor kurashgan.

Farg'ona  vodiysidagi  vatanparvarlar  qo'shiniga  1923-1924  yillarda 

oldin  Islom  Polvon (taxminan  1882-1923),  so'ng Yormat Maxsum  (1929 

yil  halok  boMgan)  kabi  qo'rboshilar  rahbarlik  qildilar.  Bu  paytda 

qo'rboshilaming  kichik-kichik  guruhlari  jang  harakatlarini  olib  bordilar. 

Farg'onada  ulaming  soni  1923  yilda  350-400  atrofida  edi.  Lekin 

qo'rboshilar kurashning mazkur bosqichida turli  sabab va mahalliy shart- 

sharoitlar natijasida doimham bir-birlari bilan kelishib ish ko'rmadilar.

1920-1924  yillarda  bu  harakat  Buxoro  va Xorazm  respublikalarida 

ham  avj  oldi.  Buxoro  va  Xorazmdagi  milliy  muxolifatning  ozodlik 

kurashlari  alohida  o'ziga  xos  yo'nalish  va  xususiyatga  ega  bo'lib,  o'ta

318


murakkabligi  va  ziddiyatliligi  bilan  Turkiston  respublikasidagi  qurolii 

harakatdan  ajralib  turadi.  Bolsheviklar  qizil  armiya  yordamida  Buxoro 

amirligi  va  Xiva  xonligini  kuch  bilan  ag'darib,  hokimiyatni  Buxoroda 

asosan  Yosh  buxoroliklardan,  Xorazmda  esa  Yosh  xivaiiklardan  iborat 

demokratik kuchlar qo'liga berdi.

Buxoro  va  Xorazm  Xalq  Sovet  Respublikalarida  yuzaga  kelgan 

qurolii  muxolifat  shu  boisdan  ham  bir  yo'la  ikki  kuchga  qarshi: 

birinchidan, bu davlatlar hududida joylashib olgan qizil armiya qismlariga 

qarshi,  ikkinchidan esa bolsheviklar yordamida hokimiyatni egallab olgan 

jadidlarga  qarshi  muxoliflik  urushini  olib  bordilar.  Bu  urushning 

Turkistondagi,  xususan,  Farg'ona  vodiysidagi  harakatdan  farqi  ham  ana 

shunda.


Biroq,  Buxoro  va  Xorazm  respublikalaridagi  bu  kurashga  uning 

mohiyati  va  yo-nalishi  nuqtayi  nazaridan yondashadigan  bo!lsak,  u  ham 

umumiy  sovetlarga  qarshi  harakatning  o'ziga  xos  ko‘rinishi  edi. 

Buxorodagi  qarshi  qurolii  harakatning  o'ziga  xos  xususiyati  bir  guruh 

qo‘rboshilaming  Buxoro  respublikasi  hukumati  rahbarlariga  yo'l lagan 

maktubida  aniq 

ifodasini  topgan  edi.  Maktubda  vatanparvarlar 

Buxoroning 

mustaqilligi, 

erkin 


va 

hur 


Vatan 

qurish 


uchun 

kurashayotganl iklari, 

bunday 

Vatanda 


kommunistlar 

bo'lmasligi 

lozimligi,  “Favqulodda komissiya orqali  kam bag" al  aholining mol-mulki 

tortib 


olinganligi, 

“bolsheviklar  jabr 

va 

zulmni 


avj 

oldirib 


yuborgan”liklari  va  “Buxoroning  mustaqilligi  quruq  so'z  bo'lib 

qolgan’4igi, “haqiqatda undan darak yo‘q”ligi ta’kidlanadi.

Shuning  uchun  ham  Buxorodagi  bu  harakat  qisqa  muddat  ichida 

ommaviy  tus  olib  hatto,  Farg'ona  vodiysidagi  harakatga  nisbatan  ham 

kuchayib 

bordi. 


Fayzulla  Xo‘jaycvning 

ta’kidlashicha,  “Sharqiy 

Buxorodagi  bosmachilik  o'zining  strategik  mavqei  jihatidan  qaraganda 

Farg'ona bosmachilariga nisbatan kuchliroq edi”.

Buxorodagi  qo'rboshilar o'rtasida  Ibrohimbek  (1889-1932)  alohida 

salmoqqa  ega.  U  amirlik  tuzumi  ag'darib  tashlangach,  Sharqiy 

Buxorodagi qo'rboshilar guruhlariga  umumiy rahbarlik qilib, bolsheviklar 

va  bosqinchi  qizil  armiyaga qarshi  mustaqillik kurashini  boshladi.  U  o'z 

oldiga  Buxoro  tuprog'ini  qizil  askarlardan  tozalab,  ag'darib  tashlangan 

amirlik  tuzumini  qayta  tiklash  va  saltanatni  sobiq  amir  Said  Olimxon 

(1881-1944)  qo'liga  olib  berishni  asosiy  maqsad  qilib  qo'ydi.  Shuning 

uchun ham  u  kurashga kirgan dastlabki  kunlardanoq sobiq Buxoro  amiri 

tomonidan  moddiy  va  ma’naviy  jihatdan  har  tomonlama  qo'llab- 

quwallandi va rag'batlantirildi.

319


Ibrohimbek  1921  yil  sentabrda  boMgan  Buxoro  qo‘rboshilarining 

qurultoyida  ’‘Islom 

lashkarboshisi”  unvoniga  sazovor  boMdi  va 

Buxorodagi  barcha  istiqlolchilaming  Oliy  bosh  qo'mondoni  qilib 

saylandi.  U  qisqa  muddat  ichida  o‘n  ming  nafardan  ortiq  askar  to‘plab, 

Qorategin  va  Darvoz  viloyatlarini  qizil  askarlar  qoMidan  ozod  qilishga 

muvaffaq boMdi.

Ibrohimbck  qoM  ostidagi  Sharqiy  Buxoro  hududida  o'zining 

boshqaruv usulini  amalga oshirdi. Joylardagi  yangi tuzum tugatilib, uning 

o‘rniga  amirlik  davridagi  boshqaruv  usuli joriy  qilindi.  Ibrohimbekni  bu 

yerdagi  mahalliy  aholi,  xususan,  laqaylar qoMlab-quwatlashardi.  Bundan 

Turkistonda  ish  olib  borayotgan  markaziy  hukumat  vakillari  qattiq 

tashvishga  tushdilar.  “Ibrohimbck-butun  Sharqiy  Buxorodagi  markaziy 

siymo”, deb tan olinadi ulartayyorlagan hujjatlaming birida.

1921-yil  oktabrda  Turkiyaning  sobiq  harbiy  vaziri  Anvar  Poshsho 

(1881-1922) Buxoro shahriga kelib, biroz muddatdan so4ng mamlakatning 

sharqiy  qismiga jo ‘naydi  va sovetlarga qarshi  kuchlarga qo‘shiladi. U tez 

orada  Buxoro  respublikasidagi  istiqlolchilik  harakatining  tan  olingan 

yoMboshchisiga  aylandi.  Anvar  Poshshoning  sa’yi-harakatlari  bilan 

Sharqiy  Buxoroda  birlashgan  lashkar  bunyod  etildi  va  u  turk  zobitlari 

bilan  mustahkamlandi,  g‘arbcha qo‘mondonlik  uslubi joriy  qilindi.  1922 

yil mart oyida Farg‘ona va Samarqand viloyatlaridan  tortib to Xorazm  va 

Sharqiy 

Buxorogacha 

boMgan 

ulkan 


hududda 

Anvar 


Poshsho 

boshchiligida  istiqlolchi  kuchlaming  umumiy  fronti  tuzildi.  Butun 

Turkiston  hududida  bolsheviklarga  qarshi  kurashayotgan  kuchlaming 

harakatlari  yagona  markazga  muvofiqlashtirildi.  Boymirza  Hayitning 

ta’kidlashicha,  Anvar  Poshsho  ko‘rsatmasi  bilan  Buxoro,  Farg'ona, 

Xorazm  qo‘rboshilarining  uchrashuvlari  muntazam  o'tkazib  turildi  va 

ularga 

kerakli 


yoM-yo‘riqlar 

berildi. 

Anvar 

Poshsho 


bilan 

Shermuhammadbek  va  Junayidxon  o‘rtasida  doimiy  ravishda  o‘zaro 

aloqalar  boMib  turgan.  1922  yil  15  aprelda  Boysun  atrofidagi  Kofirun 

qishlogMda  boMgan  Turkiston  qo5rboshilarining  qurultoyida  Anvar 

Poshsho istiqlolchilaming Oliy  bosh  qo'mondoni  va siyosiy  rahbari  qilib 

saylandi.  “Ular  o‘sha  paytda  millatparvarlik  harakatining  eng  qudratli, 

ehtimol eng ommaviy qismini tashkil qila oldi lar”,-deb yozgan edi xorijlik 

tadqiqotchi Glenda Frezer.

1922-yil  4  avgustda  Anvar  Poshsho  Baljuvon  yaqinida  boMgan 

janglaming  birida  qahramonlarcha  halok  boMdi.  Anvar  Poshshoning 

oMimi  haqidagi  xabar  butun  Turkistonga yashin  tezligida  tarqaldi.  Unga 

atab motam marsiyalari to'qildi. Ana shunday motam marsiyalaridan eng

320


mashhuri  Turkistonning  buyuk  milliy  istiqlol  shoiri  Cho'lpon  qalamiga 

mansub  “Baljuvon”  marsiyasidir.  Bu  tnarsiya  1922  yil  avgust .oyida 

bitilgan. 

0

‘zbek  she’riyati 



tarixida  mazmun 

mohiyati, 

maslak 

murosasizligi  jihatidan  “Baljuvon”ga  o‘xshash  yoki  yaqin  keladigan 



ikkinchi  bir  she’r  yozilmagandir.  Bu  she’r  “Anvar  Poshshoning  jasur 

siymosini  gavdalantiruvchi  so'zdan yaralgan she’riy bir haykal” (Ibrohim 

Haqqul) desak aslo mubolag‘a boMmaydi.

Buxoroning markaziy  va g'arbiy  viloyatlarida ham  kurash shiddatli 

tus  oldi.  Qisqa  muddat  davomida  Mulla  Abdulqahhor  (1884-1924) 

boshchiligida  poytaxt  Buxoro  tumanlarida  lashkar to'plandi  va jangovar 

harakatlar  olib  borildi.  Shuningdek,  Mulla  Abdulqahhor  rahbarligida 

Buxoro,  Karmana  va  Nurotada  o‘nlab  qo‘rboshi  guruhlari  faoliyat 

ko'rsatdi.  Bir  hujjatda yozilishicha,  G'arbiy  Buxoroda  uning  qo'I  ostida 

20  ta  qo'rboshi  birlashgan.  O'rmon  Polvon,  Hayit  Amin,  Oston 

Qorovulbegi, Hamro Polvon, Azimxo'ja, Metan Polvon uning eng nufuzli 

qo'rboshilari  sanalgan.  Ular  asosan  GMjduvon,  Shofirkon,  Vobkent, 

Romiton tumanlari va Nurotada o 'z faoliyatlarini kuchaytirdilar.

Ulaming  katta  armiyasi  1922  yil  mart  oyining  boshida  poytaxt 

Buxoro  shahriga  yurish  qildi.  Ular  qizil  askarlar  bilan  shahar  atrofida 

bo'lgan ikki kunlik shiddatli janglardan so'ng Buxoro shahrining katta bir 

qismini  egalladilar  va  bir  necha  soat  mobaynida  o‘z  qo'Uarida  tutib 

turdilar.  So'ngra  shahar  atrofidagi  Bahouddin  Naqshband  ziyoratgohini 

bosqinchilardan tozaladilar.

Buxorodagi  vatanparvarlaiga  qarshi  kurash  qizil  armiya  va  lining 

qo'mondonligidan  katta  kuch-g'ayrat  talab  qildi.  Moskva,  Toshkent, 

Buxoroda  1923 yil may-iyun oylarida o'tkazilgan oliy darajadagi bir qator 

rasmiy  anjumanlarda  bu  masala  eng  dolzarb  muammo  sifatida  kun 

tartlbida turdi.

Mulla  Abdulqahhor  yigitlari  bilan  qizil  askarlar  o'rtasida  1924  yil 

yozi  va  kuzida  G'ijduvon  tumanining  G'ishti  va  Katta  G'amxo'r 

qishloqlarida,  Nurota tog' larida, Shofirkon tumaniga tutash Qmlqumning 

Jilvon  qumliklarida,  Bog'iafzal  va  Vardonze  qishloqlarida  qattiq 

to'qnashuvlar  bo'ldi.  Kuchlar  teng  bo'lmagan  ushbu janglarda  G'arbiy 

Buxoro  vatanparvarlarining  yetakchisi  mag'Iubiyatga  uchradi.  G'arbiy 

Buxorodagi  qo'rboshilar  guruhlariga  sezilarli  zarba  berildi  Mulla 

Abdulqahhor qo'rboshi  Qizilqum  cho'llarida qizil  askarlar  bilan  bo'lgan 

to'qnashuvlaming birida 1924 yilning oxirida halok bo'ldi.

Buxoro  mamlakatidagi  bu harakat qizil  armiya va bolsheviklarning 

tajovuzkorligi,  zo'ravonligi  va  talonchilikka  qarshi  qaratilganligi  bilan

321


alohida  ahamiyatga  ega.  Mujohidlaming  asosiy  maqsadi  qizil  qo'shinni 

haydab  yuborish,  milliy  qadriyatlar,  asriy  e’tiqod  va  urf-odatlaming 

poymol  qilinishi,  xo'rlanishiga  barham  berish  edi.  Yuqorida  ham  aytib 

o'tilganidek,  vatanparvarlar  Buxoroda  ikki  jabhada  turib  kurash  olib 

borishtariga  to‘g‘ri  keldi.  Bir  tomondan,  amirlik  tuzumi  tarafdorlari 

bo'lgan  istiqlolchilar (ular 

0

‘zlarini  mujohidlar deb atashgan) jadidlardan 



iborat yosh Buxoro hukumatiga va shuningdek, qizil armiya qo'shinlariga 

qarshi  kurash  olib  bordilar  (Ibrohmbek,  Mulla  Abdulqahhor  va  b.). 

Ikkinchi  tomondan,  milliy  istiqlol  g'oyalariga sodiq  bo'lgan  istiqlolchilar 

Fayzulla  Xo‘jayev  boshliq  Buxoro  Xalq  Respublikasi  hukumati  bilan 

yashirin  aloqalar  o'matib,  Buxoroning  rauqaddas  tuprog'idan  bosqinchi 

qizil  askarlaming  olib  ketilishi,  Buxoro  respublikasining  mustaqilligi 

amalda qaror topishi  uchun  kurashdilar (Anvar Poshsho, Davlatmandbek, 

Jabborbek va b.).  Aynan ular safiga keyinchalik  Buxoro respublikasining 

juda  ko‘pchilik  rahbarlari  (Buxoro  MlKning  birinchi  raisi  Usmonxo'ja 

PoMatxo‘jayev,  harbiy  ishlar  noziri  Abdulhamid  Oripov,  respublika 

militsiyasi  va  Cheka  boshlig‘i  Ali  Rizo  Afandi  va  b.)  qo'shildilarki,  bu 

arboblarning  aksariyati  kechagi  jadidlar  va  Yosh  buxoroliklar  edi. 

Afsuski,  Buxoro  hukumati  tarkibidagi  milliy  vatanparvar  kuchlar  bilan 

muxolifatdagi  qurolii  istiqlol  guruhlarining  yoMboshchilari  o'rtasidagi 

ochiq bitishuv amalga oshmadi.

Xorazm  respublikasida  ham  1920-yil  bahoridan  boshlab  qizil 

askarlaming  misli  ko‘rilmagan  talonchilik  va  zo‘ravonliklariga  qarshi 

harakat  boshlandi.  Qurolii  kurashni  turkmanlaming  yovmut  urug'i 

boshlig‘i 

Qurbon, 


Mamed, 

Sardor-Junayidxon 

(1857-1938) 

boshchiligidagi  guruhlar ko‘p yillar davomida olib bordi.  lining qo'shini 

saflarida  o'zbek,  qoraqalpoq  va  qozoqlar  ham  ko‘pchitik  edi.  Qisqa 

muddatda Junayidxon o‘z qo'shinini 20000 kishiga yetkazdi.

O'zbek  dehqonlari 

va  hunarmandlaridan 

iborat  guruhlarga 

Madraimboy,  Sa’dulla  bola,  Shokir  bola,  Mavlortbek  va  boshqalar 

rahbarlik  qildilar.  Xususan  Ko'hna  Urganch,  llyali,  Toshhovuz,  Mang'it, 

Qo‘shko‘pir,  Chimboy,  Qo‘ng‘irot  va  To'rtkoMda  harakat  qilgan  o'nlab 

sardorlaming guruhlari  qizil  askarlarga jiddiy zarbalar berdi.  Junayidxon 

boshchiligidagi  armiya hujumga o'tib,  1920  yil  yozida Ko'hna  Urganch, 

Xo'jayli, llyali va Taxtani qayta egalladi, ko'plab qizil askarlarni asir oidi. 

Junayidxon  sovet  qo'mondonligiga  maxsus  maktub  yuborib,  agar  qizil 

armiya  Xorazmdan  chiqib  ketmasa,  asiriami  otib  tashlashini  bildirdi. 

Biroq sovet qo'mondontigi Junayidxonning haqli talablarini rad qilgach, u 

bosqinchi larni otib tashlashga buyurdi.

322


1921 

yil  yozida  Qo'ng'irotda  qo‘zg‘oIoa  ko'tarildi.  Bunday 

ommaviy  ko'tarilishlar tez-tez takrorlanib turdi.  Qishloq  va shaharlarning 

aholisi 


istiqloichilarga  xayrixohlik  bildirgan. 

1922-1923  yillarda 

Xorazmda olib borilgan jangovar harakatlar qizil anniya qo‘mondonligini 

tang ahvolga solibgina qolrnay,  balki  respublikadagi siyosiy  muhitga ham 

jiddiy ta’sir qildi.

Sovet tuzumi  1923  yil oxirida Junayidxon bilan sulh muzokaralarini 

boshlashga  urinib  ko‘rdi.  Biroq  Junayidxon  o'zining  oldingi  talabini, 

ya’ni:  1)  Rossiya  qo‘shinlarini  Xorazmdan  darhol olib  chiqib  ketish;  2) 

shariatga  to‘la  erkinlik  berish;  3)  barcha  sobiq  hokimlar  va  oqsoqollarni 

yana  o 'z   lavozimlariga  tiklash;  4)  soliqlar  va  patentlarni  bekor  qilishni 

qat’iy  talib  qildi.  Biroq  bu  talablami  sovet  hukumati  rad  qilgach, 

muzokaralar o‘z-o‘zidan to‘xtab qoldi.

Junayidxon  qoMida  bo'  paytda  katta  miqdorda  harbiy  kuch 

to‘plangan edi.  Shu  bilan  birga  1923  yilning dekabrida Pitnak,  Hazorasp, 

Bog‘ot,  Xonqa tuman lar ida yangi  sovet hukumatiga qarshi  dehqonlaming 

ommaviy  qo‘zg‘olonlari  boshlanib  ketdi.  Qo'zg'olonchilar  joylardagi 

sovet tashkilotlarini  tugatib,  mamlakat poytaxti  Xiva shahri ustiga yurish 

qildilar.  Qoraqumda turgan Junayidxon qo'shini  ham g‘arb tomondan, bir 

vaqtning o'zida, shaharga qarab harakat boshladi.

1924  yil  10  yanvardan  boshlab  Junayidxonning  15000  kishilik 

piyoda  va  otliqlardan  iborat  qo‘shini  Xiva  shahrini  qamal  qilishga 

kirishdi.  16 yanvarda Xorazm respublikasida harbiy holat joriy qilindi.

Xorazm  respublikasida  sodir  bo'layotgan  voqealaming  bunday 

jiddiy  tus olishidan tashvishga tushgan  RKP (b) MK 0 ‘rta Osiyo byurosi

1924  yil 

6

  yanvarda  bu  masalani  maxsus  muhokama  qildi.  Junayidxon 



boshchiligidagi  istiqloichilarga  qarshi  kurashish  uchun  E.Berzin  (rais), 

Gorodetskiy,  Adinayev  va  Xidiraliyevdan  iborat  favqulodda  komissiya 

tashkil  qilindi  va  u  Xorazm  respublikasiga jo ‘natildi.  Xorazmga  zudlik 

bilan  Rossiyadan  qo‘shimcha  harbiy  qismlar  keltirildi.  Natijada 

Junayidxon qo‘shini  qariyb bir oy davom etgan qamalni  to‘xtatib, orqaga 

chekinishga  majbur  bo‘ldj.  Katta  harbiy  kuchni  to‘plagan  qizil  armiya 

qismlari  Junayidxon  va  boshqa  vatanparvar  kuchlarga  qarshi  hujumga 

o‘tdi.  Mart-aprel  oylarida  boMgan janglarda  Junayidxonning piri  bo'lgan 

Og'ajon Eshon va boshqa qator sardorlar asir olindi.

Xorazm  vohasida  istiqlolchilik  harakati  ayrim  guruhlar  tomonidan 

1935-yilgacha  davom  etdi.  Harakat  Sharqiy  Buxoro  va  Farg'ona 

vodiysida ham ba'zi uzilishlar bilan yuqoridagi davrgacha mavjud bo'ldi. 

Turkiston mintaqasidagi qurolli harakat tarixiga yakun yasab, bu harakatni

323


keng  xalq  ommasi,  birinchi  navbatda  dehqonlar  va  hunarmandlar  qahr- 

g'azabi  hamda  noroziligining  yuksak  darajaga  ko‘tarilganligi  ifodasi  deb 

e’tirof etishiga to‘g‘ri keladi.

6

‘zbekiston  XKS  rayisi  Fayzulla Xo‘jayev  1927-yilda “Katta sovet 



ensiklopediyasi”da  unga  baho 

berib, 


quyidagilarni 

yozgan  edi: 

“Bosmachilik  harakati  shiddatli  siyosiy,  aksilsovet xususiyat kasb etdi  va 

butun  0 ‘rta  Osiyoning  mavjud  uch  respublikasi-Buxoro,  Turkiston  va 

Xorazmdagi  dehqonlar  aholisining  qariyb  ommaviy  harakatiga  aylandi. 

Harakatning  dohiylari*  faqatgina...  Ko‘rshermat  (Shermuhammadbek), 

lbrohimbek  kabilar...  boMib  qolmasdan,  balki  unga  mahalliy  milliy 

ziyolilar, mulla va boylar ham rahbarlik qila boshladilar...”


Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling