O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/57
Sana11.02.2017
Hajmi5.06 Mb.
#183
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   57
8

-martda  O'zbek  davlat  konsert-etnografiya 

guruhi  ishtirokchisi  -  To'paxon  sahnaning  o'zida  o'ldiriladi,  bir  yildan 

so'ng esaNurxon ismli aktrisa halok bo'ladi.

Shubhasiz,  “Hujum” sharq aybllariga birmuncha erkinliklar,  huquqlar 

berdi.  Lekin,  ushbu  harakat  bosqichma-bosqich,  zo'ravonlik  usullarini 

ishlatmasdan, o 'ta noziklik bilan keng xalq omma ongini ushbu jarayonga 

tayyorlab  amalga  oshirilganda  norasmiy  nikohlar,  ajralishlar,  yolg‘iz 

onalar,  demografik  jihatdan  ayollarning  erkaklarga  nisbatan  ko'pligi 

sababli  jamiyatda  oila  qurish  huquqidan  mahrum  bo'Igan  “ortiqcha” 

ayollar  ko'payib  ketmas,  erkaklar  bilan  ayollar  o'rtasida  “tenglik” 

o'matilishi oqibatida ayollar o'zining sharqona noziklik latofatini yo'qotib 

qo'ymagan bo'lar edi.

Kompartiyaning  madaniy  merosni  inkor  etish  siyosati  arab  yozuvini 

lotin  grafikasiga  almashtirish  haqidagi  qarorida  ham  o 'z  aksini  topdi. 

Buning  sababini  sho'rolar  “madaniy  o’sishda  texnik  xususiyatga  ega 

to'siqlardan  biri  bu  qoloq  transkripsiyadir”  hamda  “an’anaviy  arabcha 

yozuv,  faqatgina  diniy  musulmon  an’analari  nuqtai  nazaridangina 

qimmatlidir” deb  uqtirib, arab yozuvining mavqeini  pasaytirishga harakat 

qiladilar.  Shu  munosabat  bilan  O'zbekiston  kommunistlarining  III- 

qurultoyi:  (1927-yil  noyabr)  “Yangi  lotin  alifbosiga  yanada  shiddatliroq 

yo'l  bilan  o'tish  kerak”  deb  ta’kidladi  va  1929-yilda o'zbek yozuvi  lotin 

grafikasiga  o'zgartirildi.  Ghunki,  O 'rta  Osiyoni  arabtar  istilo  qilgan VIII 

asrdan boshlab nafaqat diniy kitoblar,  balki fanning barcha sohalarida o'n 

uch  asr  mobaynida  yaratilgan  yozma  madaniyat  yodgorliklari,  o'lka 

aholisi amal qilib kelgan huquq manbalari ana shu yozuvda yaratilgan edi.

361


Shu  sababdan  bu  mahalliy  xalqni  nafaqat  dinidan  balki  madaniyatidan, 

o'ziga xos huquqidan ajratib, sovet qolipiga majburan solish edi.

1940-yiIda  esa  lotin  grafikasining  kirillcha  bilan  shoshilinch 

almashtirilishi,  O'zbekiston  aholisining  bilim  darajasining  o'sishiga, 

o'zbek  tilining  rivojiga  salbiy  ta’sir  ko'rsatdi.  Ushbu  holat  savodsizlar 

sonining sun'iy o'sishini keltirib chiqardi. Lekin eng achinarlisi, ma’naviy 

hayot  to 'la  ruslashtirilib,  hamma joylarda  o'zbek  tili  imkoniyatlarining 

cheklanishiga olib keldi.

Mustabid  tuzum  sovetlarcha  savodli  shaxslarni  shakllantirish, 

“savodsizlik”ni tugatish borasida shiddatli  kurashni avj oldirib yubordi  va 

1920  yilning  17  sentabrida TASSR  Maorif xalq  komissarligi  tomonidan 

aholi orasida savodsizlikni tugatish to'g‘risida dekret qabul qilinadi. Unga 

muvofiq, 

8

  yoshdan  40  yoshgacha  bo'lgan  barcha  fuqarolar  o'qish  va 

yozishni  o'rganishlari  shart  bo'lgan.  TASSR  Maorif  xalq  komissarligi 

huzurida  esa  savodsizlikni  tugatish  bilan  shug‘ullanuvchi  favqulodda 

komissiya  ta'sis  etiladi.  “Savodsizlikni  tugatish”  (likbez)  maktab  va 

kurslari  tarmog‘ini  yaratish  borasida  bir  qator tadbirlar  amalga oshirildi. 

Xususan,  1920-y Uning  oxiriga  kelib,  “likbez”laming  soni  bir  mingdan 

oshib ketadi. Ulami bitirganlar esa 70 mingta edi. Ushbu maktablar uchun 

o'qituvchilar  tayyorlashga  ham  katta  e’tibor  qaratilib,  qisqa  muddatda 

mahalliy millatga mansub 



2000

 ta o'qituvchi tayyorlandi.

1924-yilning  boshida  esa  “Bitsin  savodsizlik!”  jamiyati  vujudga 

keladi. 


Uning 

o'zagini 

o'qituvchilar, 

talabalar 

tashkil 

qilgan. 


Savodsizlikni tugatish bo'yicha ushbu jamiyat tomonidan dastlabki paytda 

35  maktab  ochilib,  10200  kishi  o'z  savodini  chiqardi.  Rasmiy  statistik 

ma’lumotlarga  ko'ra,  1937-yilga  kelib,  respublikamizda  savodsizlik 

tugatilib,  kamsavodli  kishilar  soni  2  mlndan  ziyod  bo'lgan.  Aholining 

sovetlar idrokidagi umumiy savodxonligi 67,8% ga yetgan edi.

Shu  o'rinda  aytish  muhimki,  sovet  sotsialistik  davlatchiligi  o'zbek 

xalqining  tub  ma’naviy,  axloqiy  qadriyatlariga  mos  kelmas  edi. 

Tarbiyaviy ishlar ham milliy manfaatlarni aks ettirmas edi.

Sho'ro  hokimiyati  yillarida,  ayniqsa,  20-yillarda  adabiy-madaniy 

hayot qizg‘in tys oldi.

Jadid adabiyoti asr boshidan 20 yillik rivojlanish tajribasiga tayangan 

holda  taraqqiyotning  yangi  bosqichiga  ko'tarilgan,  ham  shaklan,  ham 

mazmunan  barkamollik kasb etgan hamda mazmun mohiyatiga ko'ra 

20

yillarda  yangi  bir  bosqichga  ko'tarilib,  umumturkiy  badiiy  tafakkuming 



zabardast  siymolari  sifatida  etirof  etilgan  Fitrat,  Qodiriy,  Cho'lponni 

ma’naviyat maydoniga chiqardi.

362


A bdurauf  F itrat  (1886-1938)  buyuk  san’atkor,  adib  bo'lishi 

barobarida ijtimoly-siyosiy faoliyat bilan ham chuqur shug‘ullangan ulkan 

davlat 

arbobidir. 



Masalan, 

birgina 


“Buxoro 

xalq 


sho'rolar 

jo'mhuriyatining  Koristitutsiyasi”  Fitrat  tahriridan  keyingina  qurultoyda 

qabul qilinishi uning siyosiy-ijtimoiy sohada nechogMi katta hurmatga ega 

bo'lganini ko'rsatadi. U Buxoro xalq jumhuriyatida ma’sul vazifalarni ado 

etdi.  Fitrat  sovet  hukumati  belgilagan  yo'ldan  emas,  o'z 

yo'lidan 

borishga harakat qildi.  Bu esa,  Moskvaga ma’qul  kelraadi.  Uni tuhmatlar 

bilan Buxoro jumhuriyatidagi barcha lavozimlardan ozod etadilar.

Fitrat  Buxorodagi  jadidchilik  harakatida  faol  ishtirok  etibgina 

qolmay,  bu  harakatga  rahbarlik  ham  qildi.  Bu  boradagi  o'z  qarashlarini 

“Munozara”,  “Hind  sayyohi  qissasi”  singari  asarlariga  singdirdi.  Fitrat 

“Sayha”,  “Hind  sayyohi”,  “Begijon”,  “Oila”  singari  asarlarida  “mavjud 

luzumni qattiq tanqid qildi, uning barcha kamchiliklarini ayovsiz fosh etib 

tashladi”, - degan edi bu haqda Fayzulla Xo'jaev.

Jurnalistik va muharrirlik Fitrat faoliyatida muhim o'rin tutadi. U o'zi 

muharrirlik  qilgan  “Hurriyat”  gazetasida  “Yurt  qayg‘usi”  umumiy 

sarlavhasi  ostida  uchta  sochma  she’r  e’lon  qildi.  “Turkning  nomusi, 

e’tibori,  iymoni,  vijdoni  zolimlarning  oyoqlari  ostida  qoldi.  Turkning 

yurti ulog‘i, o'chog‘i, Turoni yot qo'llarga tushdi”,- deb yozgan edi shoir.

Fitrat  matbuot  bilan  birga,  butun umr  maorif sohasida ham jonbozlik 

ko'rsatdi.  Hatto  Turkiyada  o'qib  yurgan  kezlari  u  yurtdoshlarming 

o'qishiga  к о 'т а к   berish  maqsadida  “Buxoro  ta’limi  maorif jamiyati”ni 

tashkil etishda tashabbus ko'rsatdi.

Fitrat  1921-yilning  bahoridan  Buxoroda maorif ishlarini  tashkil  etish 

hay  u.-,a  rahbarlik  qildi.  Shu  vaqtda  Buxoro  jumhuriyatida  turkiy  til 

davlat  tili че{,  e’|on  etilishi  bevosita  Fitratning jonbozligi  natijasidir.  U 

isloh qilingan  ,tjn alifbosiga o'tish ishlarining tashkilotchilaridan biridir.

Biroq sovet 

va kommunistik mafkura buyuk millatparvaradib

dunyoqarashi  va  asa.-..,.^  baholashga  asta-sekin  o'zining  omonsiz 

tazyic.ini  otkaza  boshladi.  \bdurauf  Fitrat  barcha  asarlari  va  butkul 

faoliyati bilan istiqlol uchun kuu v,^



AMulla Qodiriy (1894-1938) о «щщг noyob iste’dodi, jasorati bilan 

xalqimiz  madaniyati,  adabiyoti  tarhida  yoi



4

--  •  -^Mirdi,  ko'p  asrlik 

milliy adibiyotimiz riVojida tub burilish 

yasagan, 

yangi 

Do—,’  • 



.. 

bergan  romanlar  yaratdi.  Adib  “O'tgan  kunlar”,  “Mehrobdan  <**..,■.  „ 

asarlari bilan o'zbek romanchiligiga asos soldi.

“O’tgan  kunlar”  romani  bilan  o'zbek  adabiyotida  yangi  daw 

boshlandi. Roman qahramonlari qismati ifodasi orqali adib jamiyat hayoti,

363


axloqini,  rus  bosqini  arafasidagi  xalqning ahvoli,  kayfiyatini  teran  tadqiq 

qiladi.  Buyuk  tarixga,  qudratli  davlatchilik,  madaniy,  ma’naviy 

an’analarga  ega  Turkiston  o'lkasining  tanazulliga  yuz  tutish,  rus 

imperiyasining mustamlakasiga aylanish sabablarini ochib beradi.

Qodiriyning asarlari  XX  asrning  ko'plab balo-ofallariga,  qora  bulutli 

kunlariga  duch  keldi  va  ulardan  eson-omon  chiqdi.  Bu  o'lmas  asarlar 

o’zbek  adabiyoti  osmonida  quyoshdek  porlab,  odamlar  vujudini, 

qalblarini charog'on etmoqda.

Cho'lpon  (1897-1938)-ko'p  qirrali  iste’dod  sohibi  edi.  Cho'lpon 

ehtirosli  va  yoniq  asarlari  bilan  o'zbek  xalqining  milliy  ongini 

uyg'otishda,  uning  yangicha  ma'naviyatini  shakllantirishda  katta  xi/mat 

qildi.


20-yillarda  Cho'lpon  bolsheviklar  olib  borgan  siyosatga  nisbatan 

muxolifatga  o'tgani  va  bu  qarashlarini  yashirmay,  she’rlarida  oshkora 

kuylagani  tufayli,  uni  millatchiga  chiqarib  qo'ydilar.  Qo'yilgan 

aybnomalarini  isbotlash  uchurt  asosiy  dalil  sifatida  “Buzilgan  o'lkaga" 

she’rini  keltirdilar.  Chindan  ham  bu  she’rda sovet  voqeligini  madh  etish 

yo'q.  Bu  tom  ma’noda  vatanparvarlik  tuyg‘usi  bilan  sug‘orilgan  she’r. 

She’rda 

ulug‘ 


o'lka 

boshiga 


tushgan 

fojealar, 

haqsizljklarga, 

adolatsizlikka  qarshi,  ona  yurtning  erki  va  ozodligi  uchun  kurashga 

undovchi misralar bor.

Adibning  “Kecha  va  kunduz”  romanida  Turkistonning  zulmga, 

jaholatga, adolatsizlik va haqsizlikka to'la hayotini ochib bergan.

Turkistonning tuganmas  dardlarini, jarohatlarini  anglash va anglatish, 

uni  birlikka,  erkka,  mustaqillikka  chorlash  va  bu  yo'ldagi  fidoyilik  har 

uch adib ijodining mushtarak jihatini tashkil qiladi.

Hamza o 'z she’rlarida faqat ma’rifatga chaqirish bilan cheklanmaydi,. 

u  qadimiy  Turkistonning  siyosiy-ijtimoiy  ahvolini  o'ylaydi,  muxtoriyat 

g'oyalarini  ulug‘laydi.  Masalan,  uning  “Turkiston  muxtoriyatiga”  degan 

she’rida “islom  davlati”ni  bir sanjoq ostida birlashishga chaqiradi, “arab, 

turk,  qobil,  hindiston”  kabi  xaiqlardan  tashkil  topgan  “islom  millatini 

ahillikka,  ittifoq bo'lib ish yuritishga” undaydi.

Mustabid  tuzum  yillari  rcspublikamizda  adabiyot  bilan  bir  qatorda, 

milliy  san’at  ham  rivojlandi.  1918  yilda  Hamza  Farg‘onada  “O'lka 

Sayyor” 

siyosiy 


truppasini 

tashkil 


etdi. 

M.Qori  - 

Yoqubov, 

Y.Egamberdiyev,  H.lslomov,  M.K.uznetsovalar  shu  teatr  qaldirg'ochlari 

bo'ldilar.  O'sha  y ili.  Mannon  Uyg‘ur  Toshkentda 

4

Turon” ^jamiyati 

qoshida  teatr  tuzdi.  Bu  guruh  keyinchalik  O'lka  Davlat  namuna teatriga 

aylandi.  Teatrning  birinchi  aktyorlari-Abror  Hidoyatov,  Muzaffar

364


Muhamedov,  Obid  Jalilov,  Fatxulla  Umarov,  Sayfi  Olimov,  Ma’suma 

Qoricva,  Bosit Qoriev, Ziyo Saidlardir. Mannon Uyg‘ur vatanparvarlik va 

ma’rifatparvarlik  g'oyalari  bilan  sug‘orilgan  Fitrat,  G‘ulom  Zafariy, 

Cho'lpon,  Qodiriy,.  ozarbayjon  dramaturgi  Husayn  Jovid  asarlarini 

sahnalashtirdi.

Shu  yillarda  Qori  "qubov  tomonidan  birinchi  bo'lib  o’zbek  xalq 

musiqa  ansambli  tashkil  etildi.  1926-yilda  esa  yuzaga  kelgan  birinchi 

o'zbek  davlat  konsert  etnografik  ansambliga  atoqli  o'zbek  xonanda, 

aktyor,  sozandalari jalb  etilib,  1929-yilda  uning  zaminida  Samarqandda 

O'zbek davlat  musiqali  teatri  tashkil topdi.  Aynan  o'sha davrlarda atoqli 

o'zbek  ijrochilari chet el  gastrollarida  bo'lishgan:  Tamaraxonim  va Qori 

“qubovlar  Parij  va Berlin(1925)da katta muvafifaqiyat qozonishgan.  1936 

yilda  O'zbek  davlat  ftlarmoniyasining tashkil  etilishi  ijrochilik  san’atini 

ma’lum  darajada  tizimlanishiga  asos  bo'ldi.  O'zbek  xalq  cholg‘u 

asboblari  orkestri,  ashula  va  raqs  ansambllari,  xor  kapellasi,  simfonik 

orkestr uning tarkibida ish boshladi.

Oktabr  to'ntarishidan  so'ng,  respublikamizda  bir  qancha  ilmiy  va 

o'quv  muassalari  tashkil  etildi.  Xususan,  1918  yilda  tashkil  etilgan 

Turkiston Xalq  Universiteti  qoshida bir qancha ilmiy-tadqiqot  institutlari 

faoliyat ko'rsata boshladilar.  Tuproqshunoslik va geobotanika,  biologiya, 

zoologiya,  pedagogika  va  psixologiya,  fizika-matematika,  ekologiya 

ilmiy-tadqiqot institutlari shular jumlasidandir.

Shuningdek,  respublikada  20-yillar  oxiri-30  yillar  boshida  Tropik 

tibbiyot  instituti,  Tibbiy  parazitologiya  va  gelmintologiya  ilmiy-tadqiqot 

instituti,  Suv  xo'jaligi  tajriba-tadqiqot  instituti  va  boshqa  ilmiy 

muassasalar tashkil qilindi.

30-yillarda  respublikamiz  hamda  mintaqada  ilm-fan  ravnaqiga 

munosib  hissa  qo'shgan  mahailliy  millatga  mansub  olimlar  yetishib 

chiqdilar. 

Ular: 


T.Qori-Niyoziy, 

T.Sarimsoqov, 

S.Sirojiddinov,

O.Sodiqov, N.Dolimov, T.Zohidov, U.Oripov, S.Umarov va boshqalardir.

Ilmiy-tadqiqot  muassasalari  tarmog‘i  va  ilmiy  kadrlar sonining jadal 

o'sishi,  olimlar  oldiga  yangi  vazifalarning  qo'yilishi,  ilmiy-tadqiqot 

ishiariga  rahbarlik  qilish  va  ulami  muvofiqlashtirib  turish  ishlarini 

takomiUashtirishni  taqozo  qildi.  1932  yilda  Fan  qo'mitasi  ta’sis  etilib, 

1940 yilda uning negizida Ittifoq FA O'zbekiston filiali (O'zFAN) tuzildi. 

Shu davrdan O'zFAN O'zbekistonning ilmiy-tadqiqot markaziga aylandi. 

Uning  tarkibiga  geologiya,  botanika,  kimyo,  suv  xo'jaligi  muammolari, 

tarix,  til  va  adabiyot  institutlari;  tuproqshunoslik,  zoologiya,  fizika  va

365


matematika  sektorlari;  Toshkent  astronomiya  observatoriyasi;  iqtisodiy 

tadqiqotlar va kartografiya byurosi kiritildi.

1943-yilda  O'zFAN  asosida  O'zbekiston  Fanlar  Akademiyasi 

(O'zFA)  tashkil  etildi,  uning  birinchi  prezidenti  etib  akademik 

Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy saylandi.

O'zbek  matematika  atamashunosligi  asoschisi,  taniqli  matematik 

Toshmuhammad 

Qori 


Niyoziy 

zamonaviy 

o'zbek 

matematik 



tafakkurining  shakllanishi  va  rivojiga  bebaho  hissa  qo'shgan  olimdir. 

Uning Bernniy mukofotiga sazovor bo'lgan uchjildlik “Asosiy matematik 

analiz kursi”  nomli  asarining  ilmiy  qimmati  oliy matematikadan  birinchi 

o'zbek tilidagi  original  qo'llanma ekanligidadir.  O'zbekiston xalqlarining 

madaniy  hayoti  tarixiga  oid  ilmiy  ishlar,  o'zbek  matematika  va 

astronomiya ilmlari tarixi, xususan,  Ulug‘bekning astronomiya maktabiga 

oid asarlai ham Qori Niyoziy qalamiga mansubdir.

Siyosiy qatag‘onlik

1922-yil  30-dekabrda tashkil topgan  SSSR, qudratli 

unitar 


(qo'shma) 

davlat  bo'lib,  unda  rasmiy  federatsiya  subyektlari  suveren  huquqlar  va 

real  mustaqiUikdan  mahrum  edilar,  imperiya  tarkibidan  chiqib  keta 

olmasdilar.  0 ‘zbekiston  ham  faqat nomigagina SSSR tarkibidagi  suveren 

respublika  hisoblangan,  aslida  esa  ittifoqqa  har  tomonlama  qaram  edi. 

SSSRda  qaror  topgan  boshqaruvning  ma’mimy-buyruqbozlik  tizimi 

jamiyatning barcha sohalarini  o‘z  maqsad  va vazifelariga bo‘ysundirgan, 

ijtimoiy-siyosiy hayot o‘ta siyosiylashrtlri

Iib, 

o‘zgacha fikrlashiarga qarshi 



shafqatsiz kurash olib borilar edi.

20-36  yHlarda  mustabid  tuzumga  qarshi  filer  bildirganlami  ta’qib 

ostiga olish ayj oidi. Ayni shu paytda “ 18  lar guruhP‘, “inog‘omovchilik”, 

“qosimovdiilik” kabi siyosiy ishlar to'qib chiqarilgan edi.

“ 18  la r  guruhi”   1925-yil  19-noyabrda  Samarqandda  chaqirilgan 

O'zbekistoB  KP(b)  MQning  plenumi  yig‘ilishi  bir  kun  emas,  to'rt  kun 

davom  etadi.  Buning  asosiy  sabab,  respublikadagi  yuqori  ma’suliyatli 

vazifalami  egallab  turgan  18  shaxsning  o 'z   Wvdztmlaridan  ketishi 

haqidagi  arizasi  bo'ldi.  Ular  o 'z  iste’folari  sababini  xususiy  mulkni 

yo'qotish  hisobiga  o'tkazilgan  yer-suv  islohoti  usullariga  norozilik 

sifatida  izohlashadi.  Shuningdek,  “ 18  lar  guruhi”  ni  eski  xodimlarga 

noto'g‘ri  munosabatda  bo'linayotgani,  rahbarlami  tanlash  feqat  sinfiy 

nuqtai  nazardan  amalga  oshirilayotgani  qoniqtirmaydi.  Bayonotga  imzo

366


chekkanlar  orasida  LXidiraliyev,  M.Saidjonov,  R.Rafiqov  kabi  milliy 

rahbarlar ham bor edi.

“ 181ar”  bilan  RKP(b)  MQ  O'rta  Osiyo  byurosi  raisi  LZelenskiy 

yig'ilish o'tkazgandan so'ng, guruhning 



8

 a’zosi o 'z  “xato”larini tan olib, 

imzolaridan  voz  kechadilar.  Boshqa  10  ta  shaxs  O'rta  Osiyo  byurosida 

bayonotlarini ко'rib chiqishlarini talab qiladilar.

“ 18  lar  bayonoti”  O 'z  K?(b)  MQ  II-qurultoyida  muhokama  etilib, 

ushbu  masala  bo'yicha  qaror  qabul  qilinadi  va  unda:  “18  lar  bayonoti” 

O 'z  KP(b)  MQ  ga  qarshi  yo'naltirilgan  fraksiya  va  guruhbozlik 

xarakterida  bo'lib,  partiya  saflari  birdamligini  buzishga,  partiya 

qurultoyiga to'sqinlik qilishga qaratilgan hamda shaxsiy norozilik, mayda 

buijua kayfiyatini aks ettiruvchi ariza deb ta’kidlanadi.

Shundan 

so'ng, 


“ 18 

lar 


bayonoti” 

tashabbuskorlari 

va 

tashkilotchilarini  aniqlash,  ularni  qat’iy  partiya  javobgarligiga  tortish 



vazifalari  qo'yiladi.  Hamma  joylarda  “ 18  lar  bayonoti”  ning  keng 

muhokamasi  avj  oldiriladi  va  uni  yer-suv  islohotini  barbod  qilish  xavfi 

bor  va  yangi  hayotga  qarshi  bo'lgan  mayda  buijuaziya  va ruhoniylarga 

yon beruvchi bayonot deb soxtalashtiriladi.

Partiyaning  II-qurultoyidan  keyin  bo'lib  o'tgan  plenumda  partiya 

oldida  o 'z  “aybi”  ga  iqror  bo'lmaganlami  egallab turgan  lavozimiaridan 

chetlashtirishga  qaror  qildi.  Xususan,  R.Rafiqov-ichki  ishlar  xalq 

komissarligidan, 

M.Saidjonov-Zarafshon 

viloyat  ijroiya  qo'mitasi 

kotibligidan,  LXidiraliyev-O'zbekiston  yer  ishlari  xalq  komissari 

vazifasidan ozod etiladilar.

Yer-suv  islohotini  o'tkazish  davrida “ 18  lar guruhi” ushbu jarayon 

va MQ ga qarshi  faoliyat yuritishda ayblanishgan  bo'Isa,  oradan  ikki  yil 

o'tgach esa, O 'rta Osiyo byurosining plenumida (1927 yil oktyabr) ularga 

boy-quloqlarning  manfaatini  himoya  qilgan,  yer-suv  islohoti  hamda 

ayollarning 

ozodlikka  chiqishiga  qarshi 

bo'lgan, 

savdogar  va 

hunarmandlaFdan  olinadigan  soliqiami  kamaytirish  va  davlat  apparatini 

milliylashtirish tarafdori bo'lgan degan, soxta aybnomalar qo'yiladi.

Ko'rinib  turganidek,  mustabid  tuzumga,  mutlaq  xukmron  - 

kommunistik  partiyaning  siyosati  va  g‘oyalariga  qarshi  bo'lgaii  har 

qanday chiqishlarga darhol chek qo'yilgan.

“Inog‘omovchilik”  1926-1931  yillarda mustabid tuzum tomonidan 

milliy rahbar va ziyolilaming qatag‘on qilinishiga sabab bo'lgan uydirma. 

“Inog‘omovchilik”-  o'sha  yillarda  O'zSSR  Maorif  Xalq  Komissari 

vazifasini  bajarib  kelgan  Rahim  Inog'omov  (1902-1938)  nomi  bilan 

bog'liq.


367

R.lnog‘omov  va  uning  tarafdorlari  xalq  ta’limi  va  madaniyatini 

proletarlashtirishga  qarshi  chiqib,  VKP  (b)  MQ  O  rta  Osiyo  byurosi 

faoliyatini  tugatish talabini ko'tarib chiqadilar.  Shuningdek, R.Inog‘omov 

o'zbek  mehnatkashlarining  oktabr  to'ntarishiga  tayyor  bo'lmagantiklari 

va  uning  yevropalik  proletar  kuchlar  tomonidan  amalga  oshiritgantigi 

hamda  rus  istibdodiga  qarshi  mustaqillik  harakatida  tarixiy  rolni  faqat 

ziyolilar  o'ynagan,  bizda  esa  hali  proletariat  yo'q  degan  dadil  fikrlami 

bildiradi.

Maxsus  uyushtirilgan  viloyat  plenumlarida  “inog‘omovchilik” 

qoralanib,  u  bilan  ayovsiz  kurash  olib  borishga  da’vat  etiladi.  Hatto 

“inog‘omovchilik”  ni  partiya  saflaridagi  “burjuaziya  agenturasi”  deb 

baholashadi.

“Inog‘omovchilik”  ka  qarshi  kurash  matbuotda  ham  davom  etadi. 

O'rta  Osiyo  byurosining  “Za  partiyu”  degan  jum alida  I.Zelenskiy 

“inog'omovchilik”  ni  qattiq  tanqid qilib,  uning kommunistlar tomonidan 

qo'llab-quwatlanmaganligi,  unga  qat’iy  zarba  berilganligini  alohida 

ta’kidlaydi.

Rahim  Inog(omovga  shu  kabi  asossiz  “aybnomalar”  qo'yilgandan 

so'ng,  uni  Qashqadaiyo  viloyatining  eng  chekka  qishloqlarining  biriga 

ishga  yuborishadi.  Quvg'in  va  ta’qiblar  ta’sirida  R.Inog‘omov  matbuot 

orqali tavba-tazarru mazmunidagi “ochiq xat”i bilan chiqadi.

Inog'omovning  qarashlari  xususida  Mustafo  Cho'qaev  quyidagi 

fikrlami  bildirgan:  “...Biz  ruslarga  iqtisodiy  jihatdan  qaram  bo'lishni 

istamaymiz..  Mana  shu  haqiqatni  kommunist  bo'lishga  shoshilgan 

turkistonlik  yoshlar  anglay  boshladi..  R.lnog

o'zbeklarga  o'z-o'zini  boshqarish  huquqini  berish,  Turkiston  ustidan 

O'rta Osiyo byurosi nazoratini bekor qilinishini talab qilgan.”

“Qosimovchilik” -1929-1930-yillarda milliy an’anaviy sud va huquq 

sohasidagi  qadriyatlami  saqlab  qolish  tarafdorlari  bo'lgan  vatanparvar 

ruhdagi  huquqshunos  mutaxassislarni  mustabid sovet tuzumiga majburan 

bo'ysundirish yo'lidagi (repressiya) qatag‘onga qarshi harakat bo‘ldi.

1929-yilda  O 'zSSR  Oliy  sudining  raisi  Sa’dulla  Qosimovning 

“qosimovchilik” deb noralangan ishini ко'rib chiqish boshlanadi.

S.Qosimov,  B.Sharipov,  sudyalar  M.Mirzokirov,  I.Xo'jayev,  sud 

idorasi  xodimi  Spiridonov  ustidan  1930-yilning  martida  boshlangan  sud 

jarayoni  natijalari  oldindan  tayyorlangan  yolg'onga  aylantiriigan  edi. 

Davlat va jamoat ayblovchilari S.Qosimov va maslakdoshlarining haqiqiy 

jinoiy  ishlarini  isbot  qila  olmadilar.  Biroq,  ularning  M unaw ar  Qori 

Abdurashidxonov  tomonidan  tashkil  etilgan  “Turk  odami  rnarkaziyati”

368


partiyasi  bilan  aloqalari,  S.Qosimovning  Sulton  Segizboev  va  advokat 

Ubaydulia  Xo jayev  (Asadullaxo'jayev),  Yaponiyadagi  Turkiston  milliy 

qo'mitasining muxtor vakili (aslida bunday qo'mita bo'lmagan) Hasanxon 

Qori  Karimov  bilan  do'stona  munosabatda  bo'lganligi  va  b.  bir  necha 

marotaba  esga  olindi.  S.Qosimov  va  uning  tarafdorlari  “bosmachilar”ni 

qo'llab-quvvatlashda,  “aksilinqilobchi  millatchi  tashkilotlar”  a’zolari 

bilan  aloqa  bog'laganlikda,  islom  dinini  himoya  qilishda  ayblandilar. 

Holbuki,  S.Qosimov  va  B.Sharipov  o 'z  xizmat  vazifalarini  bajarish 

vaqtida tub millat manFaatlarini imkoniyat doirasida himoya qilishgan edi. 

S.Qosimov  tergov  va  sud  jarayonida  SSSR  Oliy  sudi  tomonidan 

O'zbekistonning  suverenlik  huquqi  va  milliy  manfaatlari  poymol 

qilinayotganligini ochib tashlashdan cho'chimadi.

Davlat  ayblovchisi  Katanyan  o'zining  nutqida  shunday  deydi: 

“Spiridonov  rus chorizmi tarafdori  bo'lsa,  Qosimov-turk  chorizmi  uchun 

kurashgan, 

Alimov-bosmachilarning 

do'sti, 

xususiy 


mullcchilik 

himoyachisidir. Shuning uchun ular eng oliy jazo-otuvga loyiqdirlar”

1930-yilning  22-iyunida  hukm  e’lon  qilinadi.  Ularning hammasi  yot 

sinf  manfaatlarini  himoya  qilganliklarida,  Sharipov  esa  bosmachilarga 

faol  yordam  berganlikda ayblanadilar.  Katanyan  so'nggi  sud jarayonida: 

'’...adolatli  qonun  g‘alaba  qilsin  va  qon  to'kilsin!”  deb  xitob  qiladi. 

Qosimov va uning 3 tarafdori otib tashlanadilar.

Bu jarayonning asl  mohiyati  ko'zga  ko'ringart  mahalliy  arboblami 

tugatishga qaratilgan edi.

Minglab ziyolilar yo'q qilinishining cho'qqisi  1937-39-yillarga to'g‘ri 

keldi. 1937-yiI  dekabr -  1938 yil  yanvarida XKS  va O'Z KP (b) MQning 

“O'zSSR  Xalq  Maorif  Komissarligi  tizimida  ziyonchilik  oqibatlarini 

bartaraf  etish  bo'yicha  chora-tadbirlar  to'g‘risida”gi  qarori  e’lon 

qilingandan  so'ng,  xalq  ta’limining  barcha  sohalarida,  ayniqsa  mahalliy 

tilda dars beriladigan maktablar,  pedagogik bilim yurtiari va institutlarida 

o'qituvchi kadrlar va talabalami ‘4ozalash” ishlari avj oldirib yuborildi.

Xalq ta’limi tizimidagi  maorifparvar ziyolilarga qarshi olib borilgan 

quvg‘in  va  qatag‘onlarga  “xalq  dushmanlari,  chet  el  josuslari”- 

A.Ikromov,  F.Xo'jayev,  I.Karimov  va  boshqalar  o'zlarining  Maorif 

komissarligidagi  “odamlari”-  Usmonov,  Ro'ziyev,  Sorokin,  Kojuxovlar 

orqali  xalq  maorifiga katta ziyon yetkazishgan,  degan  bo'htonlar “asos” 

qilib  olindi:  “Ular  turli  choralar  bilan  o'zbek  xalqini  sotsialistik 

madaniyatning  ilg‘or.  vakili-buyuk  rus  xalqidan  ajratmoqchi  bo'ldilar, 

yoshlarni  millatchilik  bilan  zaharlashga  harakat  qildilar...  Ular  bir 

tomondan,  o'zbek  maktablarida  Lenin  va  Stalin  asarlarini  o'rganishga

369


imkon  beruvchi  rus  tili  o’qitilishiga  qarshilik  ko'rsatib,  ikkinchi 

tomondan,  marksizm-leninizm  klassiklarining  asarlarini  o'zbek  tiiiga 

tarjima qilinishigato'sqinlik qildilar.”

Ayni  paytda  istiqlol  va  crk  kuychilari,  o'zbek  xalqining  mashhur 

yozuvchilaridan  Fitrat,  Cho'lpon,  Abdulla  Qodiriy,  Usmon  Nosir  Stalin 

istibdodining  begunoh  qurboni  bo'ldilar.  30-yillarda  o'zbek  adabiyotining 

Fitrat va Cho'lpon  kabi “keksa” avlodi  vakillarining erkin  ijod etishiga yo'l 

qo'yilmadi.  Fitrat  1938-yil  4-oktabrda  “...sovet  hokimiyatiga  qarshi 

aksilinqiiobiy, panturkistik ishlar olib borganlikda” ayblanib, otib tashlanadi.

Cho'lpon  1932-yili  F.Xo'jayevning  maslahati  bilan  Moskvaga  borib, 

SSSR XKS  va SSSR  xalqlari  markaziy  nashriyotida tarjimon  bo'lib  xizmat 

qilayotganida,  Toshkentda  badriddinovchilar  ustidan  sud  boshlanadi. 

"‘Badriddinovchilik”-0'zbekiston  SSR  Oliy  sudining  prokurori  Shamsutdin 

Badriddinov  nomi  bilan  bog‘liq  ish.  Sh.Badriddinovga  “Milliy  ittihod” 

tashkiloti  a’zoJari  va bosmachilar bilan aloqa  bogMagan,  Munavvar  Qori  va 

S.Qosimovning  yaqin  do'sti  va  ham  fikri  bo'lgan  degan  ayblar  qo’yilgan 

Sh.Badriddinov 

va uning 

5  tarafdori 

ustidan sud jarayoni  1932-yil 5-may-

15 

iyunda  Toshkentda  bo'lib  o'tadi.  Ana  shu  sudda  fosh  etuvchi  nutq  bilan 



so'zga  chiqqan  Olimov  ismli  guvoh  Cho'lponning  ham  nomini  g'ayrli 

niyatda tUga oladi.  Bu  uning  1937-yilda  qamoqqa olinishiga  sabab  bo'ladi. 

“Cho'lpon  o'z  oldiga  sovet  hokimiyatini  qurol  bilan  ag'darib  tashlash  va 

O'zbekiston  muzofotida  buijua  davlatini  barpo  etish  maqsadini  qo'ygan, 

aksilinqiiobiy  millatchilik  tashkilot  a’zosi  bo'lgan...,  sovet  hokimiyatiga 

qarshi  kurash uchun milliy  kadrlar tayyoriagan..., tashkilotning topshirig‘iga 

muvofiq  aksilsho'roviy-millatchilik  ruhidagi  . she’rlami  yozgan.  Xorijiy 

razvedka organlarining ayg‘oqchilari  Shohid  eson  Musayev,  Fitrat  va  G‘ozi 

Olim  Yunusov  bilan  doimiy  aloqada  bo'lgan...”  degan  soxta  aybnomalar 

asosida sovetlarning jazo organlari tomonidan  1938 yil 4 oktabrda qatl etiladi.

O'zbek romanchiligining asoschisi - Abdulla Qodiriy 20-yillarda “O'tkan 

kunlar”  dan  keyin,  “Mehrobdan  chayon”  asarlarini  yaratib,  o'zbek 

romanchiligini jahon  madaniyati  darajasiga olib  chiqdi.  Biroq,  sovet  rejimi 

uning “O'tkan kunlar” asari kitobxonlami sovet voqeligidan uzoqlashtiradi va 

unda millatchilik qarashlari ochiq aks etgan deb tanqid ostiga olishadi  va bu 

uning  1937-yilda  qamoqqa  olinishi  uchun  asos  bo'lib  xizmat  qiladi. 

Adabiyotimizning  eng  sara  arboblari  qatorida  A.Qodiriy  ham  1938-yil  4- 

oktabrda otiladi.

Taniqli  o'zbek  shoiri,  dramaturg  va  taijimon  Usmon  Nosir  o'zining 

“Yurak”, “Mehrim, “Norbo'ta, “Naxshon” va boshqa she’riy dostonlari bilan 

shuhrat qozongan.  Shuningdek,  u  Dobrolubov,  Lermontov  asarlarini  o'zbek

370


tiliga tarjima qilgan.  Usmon Nosir ham  1944-yilda sovet rejimining begunoh 

qurboni bo'lgan.

O'zbekiston Prezidenti LA.Karimov ta’kidlaganidek, respublika NKVDsi 

“uehlik”  lari  tomonidan  1937-39-yiIlarda  41  mingdan  ziyod  kishi  qamoqqa 

olinib, ulardan 


Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling