O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


yuboradilar.  Jaloliddin  magMubiyatidan  foydalangan  mo'g'ullar  uning


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/57
Sana11.02.2017
Hajmi5.06 Mb.
#183
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57

yuboradilar.  Jaloliddin  magMubiyatidan  foydalangan  mo'g'ullar  uning 

Ozarbayjonning Mug'on,  Shirkabutdagi  qo'shin yig'ishi  mumkin  bo'lgan 

joylariga qo'qqisdan zarba berishadi.  1231-yil  bahorida  u  Ganjaga  kelib, 

barcha  gina-kudratlarini  unutib,  yana  mo'g'ullarga  qarshi  ittifoq  tuzish 

uchun  musulmon  hukmdorlariga  murojaat  etdi.  Lekin  uning  taklifi 

javobsiz  qolib  ketdi.  Shunda  Suriyadagi  Amida  qal’asi  hokimi  uni  o'z 

oldiga chorlaydi. U Iroqqa borib yana qo'shin.to'plamoqchi bo'ladi.

Amida  yo'li  yaqinida  unga  to'satdan  mo'g'ullar  hujum  qilib 

qolishadi (1231  yil avgust boshi). Uni  15 chog'li mo'g'ul navkarlari ta’qib 

etishadi.  Jaloliddin  o'z  sheriklaridan  ajrab,  Mayafariqin  (Hozirgi

204


Turkiyaning  Silvan  viloyati)  yaqinida  Ayn-ad-dar  qish log

1

 iga  keladi. 



Ushbu  tog'lik  qishloqda  u  kurdlar  qo'liga  tushadi.  O'zini  sulton  deb 

tanishtirgandan  so'ng uni  kurdlar o'ldirishga jazm etmaydilar.  Uni tegishli 

joyga  yetkazib  qo'yish  evaziga  mukofot  va’da  qiladi.  Lekin  kurdlar 

rahbari  xonadonidan joy  olgan horib-tolgan  Jaloliddinni,  boshqa  bir  kurd 

kishisi  o'Igan  inisi  xuni  evaziga  o‘ldiradi.  Bu  voqea  taxminan  1231 

yilning avgust oyi  17-20  sanalari  oralig'ida  ro'y beradi.  Ertasi  kuni  sulton 

buyumlarni  sotib  yurgan  kurd  xususida  Mayafariqin  hukmdori  al-Malik 

al-Muzaffarga  xabar  berishganda  u  qishloqqa  o‘z  sarkardasi  Shahobiddin. 

G'oziyni  yuboradi.  Shahobiddin  G'oziy  sulton  jasadini  olib,  qishloq 

erkaklarining  barini  o'Idiradi  va  qishloqqa  o‘t  qo‘yib  yuboradi.  Muarrix 

an-Nasaviy  buni  eshitib,  shaxsan  Mayafariqinga  keladi.  Jaloliddinning 

tog'asi,  vazir 

0

‘turxon  uning  jasadini  tanib,  qattiq  iztirobga  tushdi. 



Jaloliddin  Manguberdining murdasi  Mayafariqinga dafh  etilib, mo'g'ullar 

kirib  kelgudek  bo'lsa,  haqoratlanmasin  degan  maqsadda  go'ri  yer  bilan 

tekislab yuboriladi.

Uning  ashaddiy  dushmani  Damashq  hokimi  al-Malik  al-Ashrafga 

sulton  halokati  xususida  xabar  yetkazib  suyunchi  so'raganlarida,  u 

qayg‘uga  botib:  ’’Sizlar  uning  o iim i  bilan  meni  qutlamoqchimisizlar? 

Ammo  siz  voqeaning  achchig'mi  tatib  ko'rasizlar.  Olloh  nomi  bilan 

qasam  ichamanki,  uning  halokati  islom  olamiga  m o'g’ullarning  bostirib 

kirishini  anglatadi.  Endilikda biz bilan  Ya’juj  va  Ma’jujlar o'rtasida devor 

bo'lib  turgan  Xorazmshohdek  odam  yo'qdir”,  -deb  javob  bergan  edi.  Ibn 

Vosil  esa  uni  ‘‘m o'g'ullar  va  musulmonlar  orasidagi  istehkom  bo'lgan"’ 

deb  ta’riflagan  edi.  Jaloliddinning  o'limidan  so'ng  uning  shonli  nomi  tez 

orada  xalqlar  tilida  doston  bo'lib  ketdi.  “Jaloliddin  tirik”,  “Jaloliddin 

qaytib  kclayapti”  degan  ovozalar  uzoq  vaqtgacha  m o'g'ullam i  tahlikaga 

solib  kelgan.  O 'zini  “men  Jaloliddinman'’  deb  nomlagan  turli  shaxslar 

m o'g'ullarga  qarshi  ko'p  holatda  isyon  va  qo'zg'olonlarga  boshchilik 

qilganlar 

(masalan, 

1236-yili 

Eronning 

Ustundorida 

ko'tarilgan 

qo'zg'olon,  1255-yili  Amudaryo bo'yidagi  voqealar va h.k).

Musulmon  tarixchilari  o 'z   asarlarida  hamisha  uni  mard  va  jasur 

sarkarda  sifatida  ta’riflashgan  edi.  Jaloliddin  Manguberdini  shaxsan 

bilgan an-Nasaviy u to'g'risida shunday ta’rif bergan edi.

“U  turkiy  bo'lib,  qora m ag'iz  yuzli,  bumi  oldida  qora  xoli  bor o'rta 

bo'yli  yigit  edi.  Fors  tilida  ham  bemalol  so'zlasha  olar  edi.  U 

dovyuraklikda  tcngi  yo'q,  sherlar  ichida  arslon,  otliqlar  ichida eng jasuri 

edi...  Qisqa  so'zli,  hech  qachon  so'kinmagan,  yomon  so'zlami  o'ziga ep 

ko'rmagan, ju d a jiddiy,  atrofdagilar  oldida  o'zini  sipo  tutar,  hech  qachon

205


kulm as,  faqatgina  tabassum  qilib  qo‘yar  edi  xolos.  li  adolatni  sevgan, 

lekin  zamon  zayli  uni  o'zgartirishga  majbur  qilgan.  U  o 'z   fuqarolarini 

dardini  yengillashtirishga  harakat  qilgan,  shuni  hohlagan,  lekin  tanazzul 

davri 


bo'lganligi 

bois 


ham 

zo‘ravonlikka 

y o i   bergan. 

0 ‘zini 


ulug'lasblarini  istamagan.  Bachkana  ta’riflami  yoqtirmagan,  faqat  sulton 

deya  m urojaat  qilishlarini  so'ragan.  lining  farmonlarida  yolg‘iz  so'z: 

’’Yordam  y o lg 'iz Ollohdandir!” degan shior bo'lgan.»

Xorazm shohlar  avlodidan  bo'lgan  M isr  hokimi  al-Muzaffar 

Sayfiddin  Kutuz  ajdodlarning  shonli  kurash  yo'lini  davom  ettirib,  1260- 

yili  Y'aqin  Sharqdagi  Ayn  Jalut  yonida  mo‘g ‘ullarga  qaqshatqich  zarba 

berib, ularning Suriya va Misrga kirib kelishlariga chek  qo‘yadi.

1999-yil 

noyabrda  Jaloliddin  Manguberdi 

tavalludining  800 

yilligining  keng  nishonlanishi,  uning  vatani  Xorazmda  unga  mahobatli 

haykal  o'rnatilinishi,  yurtboshimiz  ta’kidlaganidek  “G'anim   oldida  bosh 

egm agan, 

tiz  cho'kmagan. 

Vatan 

deya 


halok  bo'lgan”  'milliy 

qahram onim izga  xalqimizning  ehtiromi,  muhabbatL  ajdodlar  xotirasini 

m uqaddas saqlashi ramzi  bo'lib qoldi.

M o'g'ullar istilosidan  keyingi siyosiy vaziyat.  Chig'atoy ulusi 

davridagi ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlar, xo'jalik ahvoli

M o 'g 'u llar  istilosidan  so'ng  Movaraunnahr,  Xorazm,  Xurosonning 

gullab-yashnagan  dehqonchilik  vohalari  tamom ila  halokatga  uchradi. 

Sharqda  dong'i  ketgan  qadimiy  va obod  shaharlar, jumladan  Samarqand, 

Buxoro,  Urganch,  X o'jand,  Marv,  Termiz,  Balx,  Nishopur  va  boshqa 

shaharlar  xarobazorga  aylantirildi.  Marvdagi  mashhur  suv  bilan  shaharni 

ta'm iniovchi-Sultonband,  Balxob  daryosidagi  Bandi  amir,  Samarqand 

shahrini  suv  bilan  ta’minlaydigan  yagona  to'g'onlarning  hammasi 

C hingizxon  buyrug'iga  ko'ra  buzib  tashlandi.  Jumladan  Balx  va  uning 

atroflari  6  oy  mobaynida  suv  ofatini  boshdan  kechiradi.  Samarqandning 

asosiy  aholisi,  buxoroliklaming  ko'pchiligi,  Urganch  va  Marv  kabi  ulkan 

shaharlar  ahlining  barchasi  ona  shaharlarini  yo  tark  etdilar  yoki  qirib 

tashlandiiar.  Istilochilar  ilk  bora  yuqori  madaniyalli  aholining  ilm-fan, 

m e'm orchilik 

sohalaridagi 

yutuqlarini, 

yuksak 

darajadagi 



hunarmandchilik,  tijorat,  sug'orm a  dehqonchilikni  shu  o'lkaga  kelib 

ko'rdilar..

Bosqindan  so'ng  sharqqa  dong'i  ketgan  zargarlik,  qurol-aslaha 

yasash,  nafis  matolar  to'qish,  naqshinkor  nimchalar  ishlab  chiqarish 

barham  topdi.  Vohalarda suvsizlikdan yerlar qaqrab dehqonchilikka qiron

206


keldi.  Bir  necha  asrlik  tarixga  ega  bo'lgan  mashhur  ipak  savdo  yo'llari 

izdan  chiqdi.  Ilm-fan,  madaniyat  namoyondalari  xor-zor  etildi.  Tirik 

qolgan 

aholi 


vayronalarga, 

zulm 


va  zo'ravonlikka, 

ochlik 


va 

qashshoqlikka mahkum etildi. 

Chingizxon  tiriklik  vaqtidayoq  o'z 

o g 'illarig a  mulklarini  ulus  qilib  bo'lib  berishni  boshlagan  edi.  1207- 

yildayoq  katta o 'g 'il  ilkiga  Selenga  daryosidan  Irtishgacha  bo'lgan  yerlar 

mulk  etib  berilgan  edi.  Chingizxon  o'lim i  arafasida (1227-yil  avgust)  esa 

boshqa  o'g'illariga  ham  turli  zabt  etilgan  yerlarni  ulus  etib  bo'lib  berdi. 

Janubiy  Sibirdan Xorazm  va Darbandgacha bo'lgan yerlar Jo'chiga, Oltoy 

togMarining  janubiy  sarhadlaridan  to  Amudaryo  va  Sindgacha  bo'lgan 

yerlar 

ikkinchi  o 'g 'il  Chig'atoyga,  Xitoy  va  M o'g'uliston  voris  bo'lmish 

uchinchi  o 'g 'il  O'gedeyga,  Eron  va  Xuroson  Tuliga  ulus  tarzida  bo'lib 

berildi.


Rashididdinning  m a’lumotiga  ko'ra,  Chingizxon  vafotidan  so'ng 

Chig' atoyga 4000 ta askar tekkan ekan.  Ularning boshliqlari o'z navbatida 



b a r b s , 

jaloyir,  qovchin va  orlot qabilalaridan  bo'lgan.  Ibn  Arabshohning 

yozixhicna 

qovchinlar 

Amudaryo 

shimoli 


Buxoroning 

sharqiy 


lomonlarida,  barloslar  Qashqadaryo  vohasida,  orlotlar  Afg'oniston 

shimolida joylashgan  ekanlar.  Keyinchalik  Mahmud  Yalavoch  ham  o 'z 

siyosati  borasida  shu  qabilalarga  suyanib  ish  ko'rar  edi.  M o'g'ullar 

ko'chmanchi  xalq  bo'lgani  uchun  boshqaruv  tizimini  tushunmas  edilar. 

Chingizxon  tiriklik  vaqtidayoq  xorazmlik  taniqli  savdogar,  m o'g'ullar 

xizmatida  anchadan  beri  faoliyat  ko‘rsatayotgan  Mahmud  Yalavochni 

Movarounnahr  noibi  etib  tayinlashini  bildirgan  edi  va  u  tez  orada 

Movarounnahr  noibi  etib  tayinlanadi.  Uning  qarorgohi  esa  Xo'jand 

shahrida joylashadi.  Shubhasiz,  Mahmud Yalavoch yirik va boy savdogar 

b o 'lib . 

manbalarning  xabariga  k o 'ra  uning  boyligi  shunchalik  ko'p 

bolganki,  hatto  u  butun  Movarounnahrdan  olinadigan  soliqni  oldindan 

to'lashi  ham  mumkin  edi.  Uning  ixtiyorida  m o'g'ullam ing  tayanchi 

bo'lgan  soliq  yig'uvchi  m o'g'ul 

bosqoqlari,  mahalliy  hokimlar, 

dorug’alar-harbiy ma’murlar hamda bir muncha m o'g'ul  harbiy otryadlari 

bor edi.


Mahmud  Yalavochga  soiiqlar  tushumini  muntazam  nazorat  etish 

o'lkada  m o'g'ullarga  qarshi  g'alayon  bo'lishini  oldini  olish  ma’suliyati 

yuklatilgan  edi.  Ko'pchilik  aslzoda  zodagonlar,  savdogarlar,  qisman 

ulamolar ham o ‘z jonlari ya qolgan  mol-mulklarini saqlab qolish  borasida 

xiyonatkorona tarzda bosqinchilar xizmatiga o‘ta boshladilar.

O 'z  navbatida  o'lkada  o'zlarining  tayanch  vositasi  bo'lishlariga 

harakat  qilgan  m o'g'ullar  ham  bu  toifadagi  kishilarni  qo'llab-quvvatlay

207


boshladilar.  M o‘g‘ui  xonlari  (viloyat  hokimlari  xon,  oliy  hukm dor  esa 

qoon  yoki  xoqon  deb  yuritilingan)  va  mahalliy  zodagon,  yer  egalarining 

zulmi  natijasida  mehnatkash  xalq  endilikda  ikki  tomonlama  eziia 

boshlandi.  OMponu  soliqlam ing  miqdori  tobora  oshib  bordi,  undan 

tashqari  esa  aholidan  yig 'ib   olinadigan  turli  to'lovu  yig‘imlar, 

jarimalarning  soni  haddan  tashqari  oshib  keta  boshladi.  Yangi  yer 

soligMning-  nomi-” k alo n ”  deyilib,  u  hosilning  o ‘ndan  bir  miqdorida 

olingan.  1235-yilgi  qurultoydan so‘ng esa chorva mol  boshidan olinadigan. 

valpi  soliq-” q o p c h u r”  ta'sis  etilgan.  Unga ko:ra  100  tadan  bir  miqdorda 

chorva  soliqqa  to ‘lanar  edi.  (B u  soliq  asosan  m o'g'ullar  turmush  tar/i 

xususiyatini  hisobga  olgan  holda  joriy  etilgan  edi).  “ Y asoq“qa  ko'ra. 

davlat  xazinasi  uchun  “ sh u len ”  deb  nom  olgan  oziq-ovqat  solig' i  joriy 

qilingan.

Bu  soliqqa  ko‘ra  har  bir  podadan  ikki  yashar qo‘y,  qimiz  uchun  har 

mingta  otdan  bir  biya  hisobidan  olingan.  Soliqlar  asosan  xonlar 

tomonidan  barot  (ijara)  tarzida  oldindan  xazina  uchun  undirilib,  so ‘ngra 

aholidan  z o ‘ravonlik  bilan  oshirilgan  miqdorda  undirilar  edi.  Ayniqsa. 

hunarmandlarning  ahvoli  og‘ir  boMgan  ularning  o‘z  yurtlarida  tirik 

qoiganlari  m ahalliy  xonlarning  mulki  sifatida  isblatilinar  edi.  Masalan, 

1262-yil  Buxoroda  boMgan  Xubilay  qoonning  vakili  bu  yerda  5000  la 

hunarmand  Botuxonga,  3000  tasi  malika  Siyurko‘kteniga  (Xubilay  va 

M unqalam ing  onasi)  tegishli 

boMganligini  qayd 

etadi. 


1246-yil 

Mo‘g‘uHstonda  boMgan  sayyoh  Plano  Karpini  eng  yaxshi  hunarmandlar 

xoqon  xizmatida  ekanligini  va  ularga qullarcha munosabatda  boMishlarini 

qayd  etib  o 'tad i.  Bu  guruh  shaharlik  hunarmandlarga  esa  kundalik  ovqat 

berilib,  ularga  darhaqiqat  qullarcha  munosabatda  boMingan  boMsa. 

ikkinchi guruh  shaharlik hunarmandlarga esa katta soliqlar solingan.

M o‘g ‘ullarga qarashli  boMgan  harbiy qurol-aslaha va anjom lar  ishlab 

chiqaradigan  ustaxonalar-” k o rx o n a”   nomini  olgan  boMib,  u  yerdagi 

hunarmandlar  esa  qul  darajasidagi  kishilar  hisoblanar  edi.  Hunarmandlar 

toMaydigan  maxsus  soliqning  nomi 



“tamg‘a” 

deb  atalgan.  M o‘g ‘ullar. 

shuningdek,  batam om   huquqsiz qullar mehnatidan  ham foydalanishar edi. 

Mo‘g‘ullar  hukm ronligi  davrida  yer  egaligi  holati  ham  o‘zgarib,  yangi 

in’om etilgan yerlar m o‘g‘ulcha 

suyurg‘ol 

nomini olgan.  Suyurg‘ol  hajmi 

jihatidan  (unig  tarkibiga ju d a  katta  yer  maydonlari,  suv  havzalari,  dasht- 

yaylovlar  ham   kirib  ketar  edi)  iqtadan  farq  qilar  edi.  Bu  davrda  davlat, 

mulk  (xususiy . yerlar),  v aqf (diniy  idoralar  ixtiyoridagi  yerlar)  yerlarda 

ko‘p  holda  ijaraga  chorakor  dehqonlar  mehnat  qilishgan.  Bir  qisin 

ijarador-o‘rtahol dehqonlar esa 

muzoriylar 

deb yuritilgan.

208


Buyuk  hoqon  hisoblangan  ()‘gedey  (1229-1241  yy.)  davridayoq 

m o 'g 'u llar  o'zlariga  xizmat  ko'rsatayotgan  ayrim  kishilar,  katta  yer 

egaiari,  savdogarlarga  turli  yorliq  va  pavzalar  bera  boshladilar.  Payza 

qimmatbaho  metall  (oltin,  kumush)  yoki  jez,  yog‘och  taxtalardan 

ishlangan  boMib,  unga  no'yonning  muhri  qo‘yilar  edi.  Bunday  payzaga 

ega  bo'lgan  kishilar,  shu jumladan,  elchilar,  soliq  yig‘uvchilar va boshqa 

siiaxslar  aholidan  turli  yigMm,  to ‘lovlarni  talab  qilib  olish  huquqiga  ega 

edilar.  Ko‘plab  beriladigan  payza  egaiari  aholidan  tekinga  ot-ulov,  yem- 

xashak,  yotar-joy,  oziq-ovqat  talab  qilishga  haqli  ham  edi.  Savdo 

yoMlarida joylashgan  bekatlar  “ yom”  (jom)  deyilib,  ularning  xizmati  va 

h a raj at i  mahalliy  aholi  bo‘ynida  edi.  Bu  bekatlar  bo‘ylab  davlat  ishlari 

bcryicha  ko'plab  elchi,  chopar,  vakil  va  boshqalar  o‘tib,  ularga  xalq 

tekinga  xizmat  qilib,  ularni  ta’minlab  turishi  ham  lozim  edi.  1235-yildan 

boshlab hoqon  farmoniga ko‘ra, har bir yomning aloqa xizmati va harakati 

2  ta tuman  aholisiga yuklatildi.  “Yomlar bo‘yidagi aholida toqat-va  majol 

ham qolmagan edi’> d e b  yozgan edi Rashididdin.

Mahalliy  ahoii-hunarmand,  dehqon,  chorvador,  kim  bo‘lishidan 

qat’iy  nazar  umum  hashar  ishlarida  qatnashishi  va tekinga  ishlab  berishi 

shart  edi.  M o'g'ullarning  ichki  xo‘jalik  hayotni  savdo-sotiq  sohasini  bir 

oz jonlantirish  borasidagi  chiqargan  past  qiymatli  tangalari  aholi  ichida 

o ‘z  o'rnini  topmadi.  Aksincha,  zo‘rlik  po‘pisaga  qaramay,  1232-yildan 

boshlab  Samarqandda  pul  muomalasi  tugatildi,  savdo-sotiq  ayriboshlov 

darajasiga  tushib  qoldi.  Farg'ona,  Shosh,  Termiz  va  boshqa  viloyatlarda 

m o 'g 'u l  istilosidan  so‘ng  pul  zarb  etish  o‘z-o‘zidan tugagan  edi. Natijada 

Lez orada Movaraunnahrda pul  muomalasi butkul  izdan chiqdi.

Mislsiz  jabr-zulm,  aholining  xo‘rlik  va  qashshoqlik  domiga 

tashlanishi,  soliqlarning haddan ziyod o ‘sishi, mehnatkash aholining tinka 

madorini  quritib  yubordi.  Aholi  ichida  mo'g'ullarning  zo‘ravonligi  va 

istibdodiga  qarshi  norozilik  harakati  tobora  kuchayib,  bu  norozilik 

ayniqsa,  1238-yilgi  Mahmud  Tarobiy  qo‘zg‘olonida o ‘z  aksini  namoyon 

qildi.  Bu  ozodlik  qo‘zg‘oloni  1238-yil  Buxorodan  uch  farsah  (taxminan 

18-21  km)  uzoqlikdagi  Tarob  qishlogMda  boshlandi.  Bu  qo‘zg‘olonda 

nio‘g ‘ullar  va  mahalliy  zodagonlar  zulmidan  ahvoli  og‘irlashgan 

hunarmand,  dehqon  va  kambag‘al  aholi,  ayniqsa,  faol  qatnashadi. 

Qo'zg'olonga  esa  asli  Tarob  qishlog‘idan  boMgan  g ‘alvir  yasovchi 

hunarmand usta Mahmud Tarobiy boshchilik qiladi.

Mahmud  Tarobiy 

avval 

o‘z  qishlogMda  istilochilar  zulmi, 

bedodligiga qarshi otashin chaqiriqlar bilan chiqadi. 

0

‘z atrofiga yigMlgan 



qo'zg'olonchilarga  murojaat  etib:  “Yey  haq  toliblari,  qachongacha

209


cutamiz 

va 

intizorlik 

tortamiz. 

Ro‘yi 

zaminni 

tangridan 

40

‘rqmaydiganlardan  pok  qilmoq  lozim.  Kimnmg  qanday  qurolga  qurbi 



yetsa,  qilichmi,  o'q-yoyrni,  kattakmi,  qo‘ Iga  olsin.  QoMdan  kelgancha 

:angridan  qo‘rqmaydiganlardan  birontasini  ham  tirik  qcrymaslik  lozim”,- 

degan  so'zlar  ozodlik  kurashiga  xalqni  da’vat  etadi.  Shu  paytda 

Sherozdan  kelgan  harbiy  anjomlar  ortilgan  karvon  qo‘zg‘olonchilarning 

qurollanishiga 

yordam 

beradi. 

Qo‘zg‘olon 

kuch-qudrati 

oshib 

borayotganligini,  xalq  qo‘zg‘olonchilar  tarafiga  o‘tib  borayotganligini 

ko‘rgan  mo'g'ul  no‘yonlari  Movarounnahr hokimi  Mahmud Yalavochdan 

yordam  so'rashga  majbur  boMadilar.  Mahmud  Tarobiy  o ‘zining  ko'plab 

tarafdorlari  bilan  Buxoro  tomon  yo‘l  oladi.  Buxorolik  aqoid  (diniy  ilm) 

olimi,  mashhur  shayx  Shamsiddin  Mahbubiy  ham  qoMiga  qurol  olib,  o'z 

safdoshlari  bilan  qo‘zg ‘olonchilar  safiga  qo'shiladi.  Tarixchi  Juvayniy 

Mahmud  Tarobiy  haqida  shunday  deb  yozgan  edi:  “U  akobir,  boy- 

badavlat  kishilami  haqorat  qildi,  sharmandasini  chiqardi,  o ‘ldirtirdi, 

ularning  bir  qismi  esa  undan  qochib  qutildi.  U  oddiy  xalqqa  va 

darbadarlarga,  aksincha,  iltifot  va  marhamat  ko'rsatdi”.  Darhaqiqat 

Mahmud  Tarobiy  Buxoro  ahliga  muruvvat  namunaJarini  ko‘rsatdi. 

Buxorodan  qochgan  mo'g'ul  harbiylari 

va  buxorolik  zodagonlar 

Karmanaga  kelib  panoh  topgan  edilar.  Bu  yerda  ular  ma’lum  kuch 

to‘plab,  Mahmud  Tarobiy  ustiga  harbiy  yurishni  boshlaydilar.  Bundan 

xabardor  boMgan  Mahmud  Tarobiy  dushmanga  qarshi  kurashisb 

maqsadida  shahar  chetidan  Karmana  yoMiga  katta  harbiy  kuch  bilan 

chiqadi.  Ikki  o ‘rtadagi  qattiq  jangdan  so‘ng  istilochilar  yengilib  orqaga 

chekindilar.  Qo‘zg‘olonchilar  mo‘g [ullarni  to  Karmanagacha  quvib 

bordilar.  Ushbu jangda  mo‘g ‘ullardan  Г0000  kishi  qirib  tashlandi.  Lekin 

bu  zafarli  jangda  qo‘zg‘olonchilar  rahbarlari  Mahmud  Tarobiy  va 

Shamsiddin  Mahbubiylar  halok  boMdilar.  Q o‘zg‘olonchilar  endilikda 

shahid ketgan  Mahmud Tarobiyning o ‘rniga uning  ukalari  Muhammad  va 

Alini  rahbar  etib  saylaydilar.  Lekin  bu  yangi  rahbarlarning  harbiy 

tajribalari yo‘q,  xalq ularni yaxshi tanimas,  omma ichida ular nufuzga ega 

emas  edilar.  Bu  esa  qo‘zg‘olonning  borishiga  salbiy  ta’sir  o‘tkazdi. 

Oradan  bir  hafta  oMmay  mo‘g‘ullarning  Yelduz  no‘yon  va  Chag'an 

qo‘rchi  boshchiligidagi  yangi  qo‘shini  qo‘zg‘olonni  bostirib  uchun  yetib 

keldi.  Ikki  tomonlama  jangda  Mahmud  Tarobiy  tarafdorlari  butkul  tor- 

mor qilinib, ikkala tomondan 21  mingdan oshiq jangchi  halok boMdi.

Mahmud  Tarobiy  boshchiligidagi  ushbu  xalq  ozodlik  qo‘zg‘oloni 

xalqimiz  ozodlik  kurashlari  tarixida  o'ziga  xos  iz  qoldirdi.  U,  avvalo, 

istilochilar  va  ular  tomoniga  oMib  ketgan  mahalliy  zodagonlarning

210


umumiy  zulmiga  qarshi  ko‘tarilgan  kurash  edi.  Bu  ozodlik  qo'zg'oloni 

mo‘g‘u1  istilochilariga  ular  qajichalik  shavqatsiz  tuzum  o'matmasinlar, 

xalq  hamisha  o‘z  ona  vatani  ozodligi  yo‘lida  kurashdan  cho'chimasligini 

namoyon  qildi.  M o‘g‘ullar  bu  qo'zg’olondan  so‘ng  bosqoqlar tomonidan 

yig‘iladigan  soliq  va  o‘lponlarni  tartibga  keltirishga  harakat  qildilar. 

Mahmud 


Torobiy 

qo‘zg‘olonidan 

keyin 

Chig’atoy 



qo'zg'olonni 

bostirishda sustkashlik  qilgan,  degan inaqsadda,  Mahmud  Yalavochni  o‘z 

amalidan  chetlashtirib,  uni  Movaraunnahrdan  chiqartirib  yubordi.  Tez 

orada  xoqon  uni  Dasin  (Pekin)ga  shahar  noibi  etib  jo‘natadi.  Shundan 

so'ng 

Movaraunnahr 



noibi 

hamda 


ijaradori 

sifatida 

Mahmud 

Yalavochning  o ‘g‘li  M a’sudbek tayin  etiladi.  U  o‘limiga  qadar (1289  y.) 



shu  lavozimni  egallab turadi.

ХШ  asrning  ikkinchi  choraklaridan  boshlab,  mo'g'ullarning  ichida 

ham  endilikda  m a’lum  siyosiy  nizolar,  parokandaliklar  kelib  chiqa 

boshlaydi.  1241-yilga  kelib  bosib  olingan  Rusiya,  Volga  bo‘yi,  Ural  va 

boshqa yerlardan  Oltin  0 ‘rda davlati  tashkil  topadi.  Mo‘g‘ullar  1256-yili 

Xulagu  boshchiligida  Eron,  Kurdiston,  Iroq  va  Yaqin  Sharqning  boshqa 

yerlariga  hujum  qiladilar.  Mo‘g‘ul  xonlari  o'rtasida  oliy  hukmdorlik 

uchun  kurash  avj  oladi.  Ayniqsa,  buyuk  hoqon  Guyukxonning  (1246- 

1249)  o‘limidan  so‘ng  bu  kurash  keskin  kuchayadi.  1251-yili  hokimiyat 

tepasiga  Botuxon  va  Berkaxoniaming  qo‘lfab-quvvatlashlari  bilan 

Tulining to 'n g ‘ich o‘g‘li  Munqa (1251-1259) ulug‘  xon sifatida saylanadi. 

U  dastlab  Chig‘atoy  ulusini  mulk  sifatida  tugatadi  va  uni  Botuxon  bilan 

bo'lib  oladi.  Keyinchalik  Munqaning  oiimidars  so‘ng  Chig'atoyning 

nevarasi  01g‘uxon  (1261-1266) Oltin  0 ‘rdaga qarshi  kurashib,  Chig‘atoy 

ulusini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ladi.

XIII 


asrning  60-70-yillariga  kelib,  rasman  yagona  hisoblangan 

mo‘g ‘ul.  imperiyasi  aslida  Brondagi  Xulagiylar,  Movaraunnahrdagi 

Chig‘atoy!ar,  Oltin  0 ‘rda deyarli mustaqil qismlariga boMinib ketgan edi. 

lia r  bir  ulus xoni  o ‘zini  tamomila mustaqil  sanab,  payt  kelganda qo‘shni 

uluslarga  o‘lja  uchun  hujum  ham  qilib  turar  edilar.  Masalan  1272-yili 

Xulagiylarning  Oqbek  boshchiligidagi  askarlari  Kesh  va  Nahshab 

shaharlarini,  1273-yil  yanvarida  Buxoroni  talon-taroj  etadiiar.  Buxoro 

dahshatli  qirg‘in-barotni  boshdan  kechirib,  yetti  yilgacha  vayrona  tarzda 

yotadi.  M o‘g‘ullar  to'g'risida  so‘z  ketganda  yana  bir  muhim  xususiyatni 

e’tiborga  olmoq  kerak  bo'ladi.  Bosib  olingan  yerlarda  mo‘g‘ul  harbiy 

sarkardalari,  no‘yonlari,  zodagonlari  orasida  siyosiy  dunyoqarash  o‘zgara 

boshlaydi.

211


Ba’zi  n o 1 yon,  xonlar,  harbiy  m a'm urlam ing  kichik  qismi,  ularga 

;rgashgan  m ahalliy  zodagonlar,  savdogarlar,  diniy  ulamolar  va  boshqalar 

n'troq  hayotga  o4ish,  markaziy  hokimiyatni  kuchaytirib,  savdo-sotiqni 

rivojlantirish  tarafdorlari  edi.  Dehqonchilik  va  savdo-sotiq  xazinaning 

asosiy  manbayi  bo'lishi  mumkin  edi.  Buning  uchun  esa  shahar  va 

qishloqlam i  tiklash,  ekinzorlami  o'zaro  payhon  etishga  chek  qo'yish, 

soliqlami  tartibga  tushirish,  shaharlar  -rivoji,  savdo,  hunarmandchilikka 

hom iylik  qilish  darkor  edi.  Yuqorida  la’kidlangan  madaniylashish 

tarafdorlari  safiga  Munqaxon  (1251-1259)  va  C hig'atoy  noibi,  hoqonning 

yaqin  m aslahatchisi  M a’sudbek  (1238-1289)  ham  kirar  edilar.  Munqaxon 

shubhasiz  tadbirli  va  zehnli  Movaraunnahr  noibi  M a’sudbekning  ta’siri 

ostida b a’zi bir ijobiy  o'zgarishlarni amalga oshirdi.

B utun m o 'g 'u lla r  imperiyasida soliqlar bir xil  tarzda undirilmas edi. 

M asalan,  Xitoyning  shimoli,  M ovarounnahrda  badavlat  kishi  10  dinor. 

kam bag'al  1  dinor  to'lasa,  Xurosonda  badavlal  kishi  7  dinor,  kambag'al 

esa  1  dinor  to"lar  edi  va  xakozo.  Munqaxon  soliq  va  xashar  ishlarini 

tartibga  solish  borasida  maxsus  farmon-yorliq  chiqardi.  Unga  к о т а 

Chingizxon  o'lim idan  so'ng  berilgan  pay/a  va  yorliqlar  bekor  etildi, 

yom lar  bo'ylab  aloqa  vositasi  uchun  ajratiladigan  otlar  soni  belgilanib. 

aholidan  ortiqcha  ot-ulov  talab  etish,  yomlar  uchun  belgilangan  otlarda 

shaxsiy 

m aqsadda 

foydalanish 

ta ’qiqlab 

qo'yildi. 

Munqaxoning 

qonunlashtirib  qo'ygan  chora-tadbirlari  aholini  behisob  soliq  va 

yig'inlardan  ozod  etib,  ularning  tinchlik-osoyishtaligini  bir  muncha 

ta ’m inladi,  shahar  hayotining,  ichki  va  tashqi  savdoning  rivojlanishiga 

qisman  imkon  yaratib  berdi.  Bu  islohotlar  natijasida  mamlakatning 

ayniqsa shim oliy-sharqiv rayonlari, jumladan  Farg’ona vodiysida xo'jalik, 

iqtisodiy hayotda jonlanish  sodir bo'la boshlaydi.

A yniqsa,.xo'jalik-iqtisodiy  hayotni  bir m e’yorga tushirish, savdo  va 

pul  muomalasini  izga  solishda  C hig'atoy  ulusi  noibi  M a’sudbekning 

xizmati  v a  islohotlari  katta  o'rin  tutgan.  M a’sudbek  m o 'g 'u l  qoonlariga 

shaxsan  yaqinligi  ham  uning  islohotlar  o'tkazilishga  imkon  ham  bergan 

edi.  1271-yili  m o'g'ullarning  madaniy,  o'troq  hayot  tarafdorlari  madadi. 

Talas  qurultoyi  (1269-y.)  qarorlariga  tayanib,  M a’sudbek  yangi  pul 

(m oliyaviy)  isiohot  o'tkazishga  kirishdi.  Unga  k o 'ra,  har  qanday  shaxs 

o 'z ig a  kerakli  tangalam i  zarbxonalarga  olib  borib,  uni  xohlagan  tarzda, 

lekin  bir xil  hajm,  qiymat,  vaznda zarb  etish  muitikin edi.  Avval  boshida 

qiyinchilik  bilan  kechgan  bu  jarayon  XJII  asrning  80-yillariga 

kelgandagina faoilasha bordi. Tez orada 16 ta yirik shahar va viloyatlarida 

bir  xil  vazn  va  yuqori  qiymatga  ega  sof  kumush  tangalar  zarb  etilib,

212


rnuomalaga  kiritildi.  Garchi  atrofdagi  islohotlarga  qarshi  mo'g'ul 

harbiylari 

Erondan,  .Yettisuvdan  Movaraunnahrga  vayronagarchilik 

keltirib chiqaruvchi  kurashlarni  amalga oshirib tursalarda,  lekin  islohotlar 

borishiga  to'sqinlik  qila  olmadilar.  Ma’sudbek  1273-1276-yillari  qayta 

talangan  Buxoroning tiklanishiga  o'zi  bosh  qosh  bo'ldi.  1282-83-yillarda 

Buxorodagi  zarbxonalar  to'laqonli  ishlashga  kirishdi.  Savdo-iqtisodiy 

munosabatlar  rivojlanib  borayotgan  Farg'ona  vodiysida  esa  Chig'atoy 

xoni  Duvaxon (1291-1306) davrida Andijon shahriga ham asos solindi.

XIV 


asrning  1-yarmiga  kelib,  Chig'atoy  ulusida  mo‘g‘ullaming 

o'troqJashuv  jarayoni  kuchayib,  m o'g'ul  zodagonlarining  katta  qismi 

savdo  doiralari  bilan  yaqinlashib,  islom  madaniyati  ta’siriga  berilishi 

kuchayib  bordi.  Movarounnahr  madaniy  o'lkasi  bilan  yaqin  aloqa 

o'rnatib,  o'troq  hayot  kechirishga  intilgan  Chig'atoy  xonlaridan  biri 

Kebekxon  (1309,  1318-1326)  bo'ldi.  U  butunlay  Movarounnahrga 

ko'chib  kelib,  o 'z   qarorgohini  N asaf  shahri  yonida  barpo1  etdi. 

Keyinchalik bu saroy o'rnida yangi Qarshi shahri yuzaga keldi.  Kebekxon 

davlatni  idora  etish,  uning  m a’muriy  tuzilishini  qayta  tashkil  etish, 

iqtisodiy  hayotni  tartibga  solish  maqsadida  2  xil  ma’muriy  va  moliyaviy 

islohot  o'tkazdi. 

Ma’muriy  islohotga  ko'ra  mahalliy  tuzilmalar 

tumanlarga, 

viloyatlarga 

aylantirildi. 

Mahalliy 

hokimlar-maliklar, 

sadrlam ing  o'rinlari  turkiy-m o'g'ul  urug'  boshliqlari  qo'liga  o'tdi. 

Noiblik  esa  merosiy  bo'lib  qoldi.  Bu  islohot  davlatni  birmuncha 

mustahkamlashda o'zining ijobiy samarasini  berdi.

Ma’sudbek  davrida  pul  islohoti  amalga  oshirilgan  bo'lsa-da, 

Kebekxon  uni  takomillashtirmoqchi  bo'ldi.  Jumladan,  u  Xulagiylar  va 

O ltin O 'rda tangalari  namunasida 2  xil  pul: yirik kumush tanga-"dinor” va 

mayda kumush tanga “dirham” lar zarb ettiradi.

Dinor (2 misqol, 8 gr. atroflarida) 6 ta dirhamdan iborat bo'lib qoldi. 

Kebek  nomidan  tangalar  asosan  Buxoro  va  Samarqandda  zarb  etilar edi. 

Shuningdek, 0 ‘tror zarbxonasi ham faol  ishlay boshladi.

Kebekxonning islohotlar!  anchadan beri o'troq hayot, mahalliy aholi 

madaniyati  bilan  yaqinlashuviga  qarshi  bo'lgan  guruhlarning  ham 

faoliyatini 

kuchaytirib 

yuboradi. 

Kebekxoning 

ukasi 


Oloviddin 

Tarmashirin (1326-1334) akasining  siyosatini  davom  ettirib,  o'troq  hayot 

a n ’analarini  qattiq  turib  himoya  qiladi.  U  islom  dinini  qabul  qilib,  islom 

dinini  Chig'atoy  ulusining  rasmiy  diniga  aylantiradi.  Tarmashirin 

siyosatidan norozi ko'chmanchi  m o'g'ul zodogonlari  isyon ko'tarib  1334- 

yilda  uni  o'ldirishadi.  Tarmashirindan  so'ng  hokimiyat  tepasida  boMgan 

Changshi  (1334),  Bo'zan  (1334-1338),  Eson-Temur  (1338-1342),

213


[viunammad  (1J42-1343)lar  davrida  Movarounnahrning  ijtimoiy-siyosiy, 

iqtisodiy  hayotida  sezilarli  o'zgarishlar  boMganligi  yo'q.  Aksincha, 

mahalliy qabilalar hokimiyati,  urug‘  boshliqlarining ta’siri  bu paytga kelib 

yanada kuchayib,  C hig‘atoy  hokimiyatining qudrati  pasaya boshlaydi.



Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling