O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Muhammad  Xorazmshoh  o'zining  yori-atrotdagi  (G'ur,  Xuroson


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/57
Sana11.02.2017
Hajmi5.06 Mb.
#183
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57

Muhammad  Xorazmshoh  o'zining  yori-atrotdagi  (G'ur,  Xuroson, 

Movarounnahr.  Mozandaron,  Ozarbayjon  va  boshqalar)  uncha  kuchli 

boMmagan  yerlarni  tezlik  bilan  o ‘z  qo'l  ostida  birlashtirib,  o'z 

g'alabalariga  juda  berilib  ketgan  edi!  Qoraxitoylar  ustidan  qozonilgan 

g'alabadan  (

1210


)  so'rig  esa  u  o'zini  mutloq  ycngilmas  (“Iskandari 

Soniy"’,  "Sulton  Sanjar’,  “Ollohning  yerdagi  soyasi”  va  boshqa 

unvonlarga  ega)  deb  hisoblab,  islom  olamiga  egaligini  ham  da’vo  qila 

boshladi.  Uning  armiyasi  soni  garchi  son  jihatdan  ko'pchilikni  tashkil 

etsada,  bu  qo'shin  harbiy  intizomi  uncha  mustahkam  bo'lmagan, 

salohiyati  ancha  past,  ko'proq  janubliklardan  olingan  yollanma  qo‘shin 

edi.  O'z navbatida  bu qo'shin  vatan mudofaasi  uchun emas, balki ko!proq 

istilo,  talon-taroj,  o'lja  olish  uchun  mo'ljallangan  qo'shin  edi.  Haqiqatda 

Xorazmshoh  kuchli,  o'ziga  munosib  keluvchi  raqib  bilan  kurash  olib 

borgani  yo‘q  hisobi,  bu  esa  yuqorida  qayd  etilganidek,  o'z  harbiy 

mahoratiga ulkan ahamiyat berishiga olib kelgan edi.

Joylarda  noib  va  hokimlik  lavozimidagi  Xorazmdan  bo'imish 

amaldorlar  oddiy  xalqqa  nisbatan  ko'pincha  zo'ravonlik,  tayziq  ila 

munosabatda  boMar,  bu  esa  Xorazmshohlar  davlatiga  nisbatan  aholining 

noroziligiga  sabab  b oiar  edi.  Soliqlar  miqdori  bir  me’yorda  turmas, 

mehnatkash  ommaning  ahvoli  ancha  og'ir  edi.  Masalan,  1219-yili 

Xorazmshoh  xiroj  solig'ini  bir  yo'la  uch  marotabagacha  undirib  olishga 

buyruq  bergan  edi.  1206,  1212-yillarda  Buxoro  va  Samarqanddagi  xalq 

g'alayonlar  zo'ravonlik  va  soliqlar  oshib  ketishiga  qarshi  qaratilgan  edi. 

Soliqlar va zo‘ravonlikdan ezilgan xalqning Sulton  Muhammadga e’tiqodi 

va  ishonchi  mo‘g ‘ullar  bosqini  arafasida  susayib  ketdi.  Shuningdek, 

sultonning  Bag'dod  xalifaligiga  yurishi  va  o‘z  holicha  termizlik 

sayidlardan  bo'imish  Shayx  Olamulk  Termiziyning  xalifa  deb  e’lon 

qilinishi  Movarounnahr  ulamolari  ichida  haqli  norozilikka  sabab  bo'ldi. 

Taniqli  movarounnahrlik  din  arbobi  Shayx  Majididdin  Bag‘dodiyning 

ta’qib  etilishi  esa  sulton  bilan  ruhoniylar  orasida  munosabatlami  mutloq 

keskinlashtirib yubordi.

Chingizxon  o'zining  yaxshi  tizimga  asoslangan  ayg'oqchilar 

tarmog‘i  orqali  Xorazmshohlar  davlatidagi  ushbu  ahvoldan  boxabar  edi. 

Shuningdek,  u  ushbu  qadimiy  madaniyat  va  yuqori  salohiyatga  ega 

Movarounnahr  ahtini  osonlikcha  bo'ysundirib  bo'lmasligini  ham  yaxshi

188


bilib,  bo'Iajak  mahorabaga jiddiy  tayyorgarlik  ko'rdi.  0 ‘tror  voqeasidan 

avvalroq  Chingizxon  qo‘shinlarining  Yettisuvga  qilgan  harbiy  ynrishlari 

sulton  M uhammadni  tashvishga  solib  qo‘ygan  edi.  Garchi  Xorazmshoh 

katta 


qo'shinga 

ega 


bo‘lsa-da, 

o'zaro 


ixtiloflar, 

sarkardalarga 

ishonchsizlik,  o‘z  hokimiyatidan  xavfsirash  Xorazmshoh  qo‘shinining 

zayiflashuvi,  intizomning  pasayishiga  olib  kelgan  edi.  Muhammad 

Xorazmshoh  m o‘g ‘ullarga  zarba  berish  xususida  Urganchda  harbiy 

kengash  chaqiradi.  Unda  ko'zga  ko‘ringan  davlat  arboblari,  aslzodalar, 

harbiy sarkardalar ishtirok etadilar.

Asli  xivalik  mashhur  fikhshunos  hamda  davlat  arbobi  Shahobiddin 

«1-Xivaqiy  bor  qo'shinni  Sirdaryo  bo'yiga  to‘plab,  uzoq  yoU  bosib 

kelayotgan  m o'g'ul  qo'shiniga  chegara  bo‘yidayoq  hal  qiluvchi  zarba 

berish  to ‘g ‘risida yagona  va  harbiy jihatdan  haq  fikrni  bildirdi.  Shahzoda 

Jaloliddin  ham  aslida  shu  fikrga  qo'shilgan  edi.  Lekin  Xorazmshoh  o'z 

sarkardalariga,  ayniqsa  qipchoq  harbiylariga  ishonchsizlik  bilan  qarar, 

katta  qo'shinnl  bir  joyga  to'plashdan,  qo‘shin  yig‘ilganda  esa  o ‘z.ini 

taxtdan  ag‘darib  tashlashlari  mumkin  ekanligidan  cho‘chir  edi.  Shuning 

uchun  sulton  va  uning  onasi  tazyiqi  bilan  Kengash  mudofaa  usuliga 

o vtishni  m a’qul  deb  topdi.  Jami  450  taga  yaqin  shahar  (qal’a)  va 

viloyatlardan  iborat  bo'lm ish  davlatda  qo'shin  katta  jangga  kirib  vatan 

sharafini  himoya qilish o ‘miga shahar va qal’alarga bo'lib tashlandi. Ba’zi 

markaziy  shaharlar,  jumladan  Buxoro  va  Samarqand  mudofaasini 

mustahkam lash zarur degan  fikrga kelindi, xolos.  Ammo bu mudofaa ham 

yaxshi  tashkil etilmadi.

Chingizxon  1219-yili  o‘z o‘g‘illari  boshliq  200  mingga yaqin  asosiy 

harbiy  kuchlari  bilan  anchadan  beri  puxta  tayyorlangan  Xorazmshoh- 

Anushteginiylar davlati  ustiga  harbiy yurishni  boshladi.  Bu kuchlar yozni 

Irtish  daryosi  b o ‘yida  o‘tkazib,  sentabr  oyida  chegaradan  o'tadi. 

Chingizxonga  uyg‘ur  ediquti  (xoni)  Baurchak,  qarluqlar  xoni  Arslonxon 

va  Olm aliq  hukmdori  Sig'noqteginlar  ham  o‘z  qo‘shini  bilan  kelib 

qo'shildilar.  Chegaradan  o‘tgan  Chingizxon  o‘z  qo‘shini  bilan  janubiy 

qozoq  cho ilarin in g   Sirdaryoga  tutashgan joyidagi  0 ‘tror  shahri  yaqinida 

to‘plab uni 4 qismga bo'ladi.

C hig'atoy  va O 'qtoy qo'shinning bir qismi  bilan O'trorni qamal etib, 

egallash  uchun  qoldirildi.  Ikkinchi  qism  esa  Jo‘chi  boshchiligida 

Sirdaryoning  yuqori  oqimidagi  Jand,  Yangikent,  Borchig'lig'kent, 

S ig'noq  shaharlarni  bosib olish  udiun yuborildi.  Uchinchi qismidagi besh 

ming  chog'li  qo'shinga  Uloq  no'yon  va  Suketu  Cherbi  bosh  bo'lib 

O ‘trordan  janubga,  X o'jand  va  Banokatni  egallash  vazifasi  topshirildi.

189


Chingizxon  o'zi  bosh  bo'lgan  to'rtinchi,  asosiy  qism  (uning  tarkibida 

taniqli  sarkardalar Jebe va Subutoy  ham  bor edi) Zarafshon vohasi tomon- 

Buxoro hamda Samarqandni istilo etish uchun yo‘l oldi.

Chegaradagi  O'tror mustahkam shahar qal’a bo'lib,  mo'g'ullarga olti 

oy davomida  mardonavor qarshilik  ko'rsatgan  edi.  O'tror  hokimi  lnalxon 

(G'oyirxon)  qo'lida  20.000  chog'li  suvoriy  bo'lib,  Xorazmshoh  unga 

yordam tariqasida 50.000 kishilik “lashkari birun”ni  ham yuborgan edi.

Qamal 

davomida 

qo'shimcha 

tarzda 

yana 

Qoracha 

Hojib 

boshchiligidagi  10.000 kishilik qo'shin ham yuborilgan edi. O'tror hokimi 

jasur  va  mard  sarkarda  lnalxon  unga  mahorat  bilan  boshchilik  qilar  edi. 

Ammo  ayrim  zotlarning xiyonatkorligi  tufayli  besh  oylik qamaldan so'ng 

lnalxon  deyarli  bir  oy  davomida  o'z  qo'shini  bilan  shahar  qal’asida 

qarshilikni  davom  ettiradi.  Oxir-oqibatda  lnalxon  deyarli  bir  o'zi  qolib, 

qal’a  tomiga  chiqib,  qo'liga  tushgan  narsasi  bilan  mo'g'ullarga  hujum 

qilgan. 

Mard 

sarkardani 

mo'g'ullar 

tiriklayin 

qo'lga 

tushirib, 

Samarqandga  Chingizxon 

huzuriga  yuborganlar. 

Chingizxon  esa 

manbalarning 

yozishiga 

ko'ra, 

“kumushni 

eritib 

o'z 

huzurida 

sarkardaning  quloq  va  ko'ziga  quyishni  buyurgan”.  lnalxon  shu  tariqa 

vahshiyona  ravishda  o'ldirilgan.  O'tror  shahri  o'z  jasorati  evaziga 

mo'g'ullar  tomonidan  butkul  buzib  tashlandi.  Buxoro  yo'nalishida 

ketayotgan  Chingizxonga  esa  Zarnuq  (Zerinuh)  va  Nur  qal’alari  jangsiz 

taslim bo'ladilar.

Chingizxon  1220-yilnrng fevral  oyi  boshlarida (ba’zi  adabiyotlarda 7 

fevralda deyiladi)  Sharqning qadimiy  go'zal  shahri,  Sharqdagi  islom  dini 

gumbazi,  “butun  musulmon  shaharlari  onasi”  nomini  olgan  “Islomiy 

ilmlar markazi”  Buxoro yaqinida paydo  bo'ldi.  Uch  kunlik shahar qamali 

boshlandi.  Buxoroda  bu  paytda  12.000  lik  shahar  gamizoni  va  20.000 

kishilik  “lashkari  birun”  mavjud  edi.  Lashkarlarga  nufuzli  sarkardalar 

Ixtiyoriddin  Qo‘shlu,  Inanchxon  Og'ulhojib,  Hamid  Pura  Qoraxitoy, 

Suyunchxon,  mo‘g‘ullardan  qochib  o'tgan  uyg'ur  sarkardasi  Ko'kxon 

(Go'rxon) bosh edilar.

Sarkardalardan  Inanchxon  bazo'r  Amudaryodan  o'tib  qutulishga 

muvaffaq  bo'ladi,  Hamid  Pura  Qoraxitoy  mardonavor  jangda  halok 

bo'ladi,  qolgan-qutgan  harbiylar  Buxoroga  qaytib  chekinishga  majbur 

bo'ladilar.  Ahli  Buxoro  o'z  himoyachilaridan  ayrilgandan  so'ng,  shahar 

ahli  jonini  salomat  saqlab  qolish  niyatida  shaharliklar  maslahatlashib, 

Buxoro  qozisi  Badriddin  qozi  boshchiligidagi  bir  guruh  oqsoqollami 

Chingizxon  huzuriga  yuboradilar.  10  fevral  kuni  Buxoroga  mo'g'ullar 

kirib  keladilar.  Buxoroga  kirib  kelgan  Chingizxonning  hatti-harakatlari

190


xususida  Rasbididdin 

shunday 

deb  yozgan  edi:  «Chingizxon  otda  masjidi 

jom e  oldiga  kelib  to'xtadi  va  shahaming  kazo-kazoiarini  o'z  huzuriga 

chaqirtirdi.  M o‘g'ul!ar  shahar  omborxonalarini  ochib,  g'allalami  tashib 

oldilar.  Qur’on  nusxalari  saqlanadigan  sandiqlami  otlarga  oxur  qildilar. 

rnasjidlarga  meshlarda sharob keltirib joylab qo'ydiiar,  shahar hofizlari  va 

o'yinchilarini  chorlab,  raqsga  tushirdilar.  M o'g'ullar  dol-guliga  keltirib 

o ‘z  ashulalarini  aytar  edilar.  Oqsuyaklar,  uiamolar  va  shayxlar otboqarlar 

o'rnida  otlami  qo'riqlash  uchun  otxonalarda  turar  va  o‘sha  qabila 

kelishiarini,  amr-famionlarini  bajo  keltirish  balan  mashg'ul  edilar.» 

Buxoro  talon-taroj  xususida  muarrix  ibn  Attor  shunday  yozgan  edi:  «Ul 

kun  haqiqatda  dahshatli  kun  bo'ldi.  Bori  manguga  ketgan  erlarining. 

xotinlarning,  bolalarning  lovushlarigina  eshitilib  turdi.  Vahshiylar 

xotinlarni.  qizlarni  ham  o‘zlarining  birodarlari  ko'z  oldida  tahqirladilar. 

Bu  taxqirlarga  ularda  ko'z  yoshlaridan  o‘zga  qurol  topilmadi.  Ko'plar 

dahshatli  manzaralardan  ko'ra  o‘litnni  ortiq  ko'rdilar.  Qozi  Badriddin, 

Imom  Rukniddin  va  uning  o :g‘li  bu  nomussiziik  manzaralariga  chiday 

olrnay,  g'azablanib,  o'zlari  teng  bo'imagan  dushmanga  hujum  qilib, 

halokat topdi lar.»

Aksariyat  shaharliklar  o 'z  qarshiiiklarini  davom  ettirdilar,  tunda  esa 

vashirincha askarlarga  yordam  berib,  m o'g'ul  askarlariga qarshi  hujumlar 

uyushtirdilar.  Chingizxon  bunga  javoban  shaharni  yoqib  yuborishga 

buyruq  berdi.  Ko‘kxon  boshchiligidagi  400  ta  mudofaachilar  Buxoro 

arkida  yana  12  kun  qattiq  qarshilik  ko'rsatdilar.  Arkni  egallash  uchun 

qilingan  mo‘g4illar  hatti-harakatlari  zoe  ketdi.  Qal'adagi  chuqurliklar 

odam  va havvon  oMiklari  bilan  to1 lib  ketdi.  Ko'kxon  va  u  boshchiligidagi 

mudofaachilar 

qahramonona 

hal ok 

boMganlaridan 



so'nggina  ark 

egallandi.  Buxoroliklar  qarshiligi  mo‘g‘ullarni  qattiq  g ‘azablantirdi.  Bu 

jasorat  evaziga  m o'g'ullar  shahar  ahlidan  30000  chog'li  kishini  qirib 

tashladilar.  Kelib  chiqishidan qat’iy  nazar  qolgan  aholi  qullikka  mahkum 

etildi.  M a’rifatli,  nozik  ta’b,  madaniyatli  va  ilmli  Buxoro  ahli  sahroilar 

tomonidan zulm va tahqirlanish girdobiga tortildi.

Buxorodan  so‘ng  Chingizxon  Samarqand  tomon  yo'l  oldi.  1220  yil 

mart  oyi  boshida  u  Samarqandga  yetib  kelib,  yon-atrofdagi  qishloqlarni 

yer  bilan  yakson  qildi.  Chingizxon  Samarqandni  egallashga  alohida 

ahamiyat  berdi.  Samarqandning  Movarounnahr  uchun,  Xorazmshohlar 

uchun  ahamiyati  beqiyos ekanligini  Chingizxon  yaxshi  bilar edi.  Shuning 

uchun  uni egallashga katta e’tibor bilan qaradi.  Shaharda  110.000  kishilik 

harbiy garnizon (tindan  60.000 tasi  turkiy,  50.000 tojiklar edi.), 20 ta harb 

ilmiga  o‘rgatilgan 



fil 

ham  mavjud  edi.  Sulton  Muhammadning  tog'asi

191


T o'g 'ay x o n   shahar noibi  bo'lib,  shahar mudofaaga birmuncha  tayyor ham 

edi.


Shahar  oziq-ovqat  zahirasi,  mudofaa  istehkomlarining  puxtaligi 

jihatidan  bir  necha  yillik  qamalga  ham  chidash  mumkin  edi.  0 ‘z 

qarorgohini  m o 'g 'u llar  bosqini  boshlanishi  bilanoq  sarosimada  Balxga 

k o ‘chirgan  Sulton  Muhammad  ham  Samarqand  mudolaasiga  umid  ko‘zi 

bilan  boqar edi.

Chingi/xonning  o‘zi  shahar  tashqarisidagi  Ko'ksaroy  qo‘rg‘onidan 

turib  shahar  qamaliga  boshchilik  qildi.  1220-yilning  mart  oyining 

boshlarida  shahar  qattiu  qamal  qilinib.  to'xtovsiz  hujum  boshlandi. 

Qam alning  3-kunidan  boshlab  shahar  qamaliga  Chingizxonning  shaxsan 

o ‘zi  boshchilik qila boshlaydi. Qamalning beshinchi kuni ulamo, zodagon. 

shahar  harbiy  boshiiqiari  keyingi  qarshilik  maqsadga  muvofiq  emas  va 

om m aviy  qirg‘in  boMishini  oldini  olish  kerak,  degan  maqsadda 

m o 'g 'u llarg a  taslim  bo'lishga  qaror  qiladilar.  Shahar  qozisi  va 

shayxulislom 

boshchiligida  Chingizxon 

huzuriga  Samarqand  ahli 

nomidan  elchilar  tashrif  buyuradilar.  M o'g'ullar  Samarqand  bosh  suv 

inshooti  -   «Jo'yi  arziz 

«Qo’rg'oshli  novasi»  ni  buzib  tashlab,  shaharni 

tashnalik  girdobiga  giriftor  qildilar.  Shahar  istehkomi  buzib tashiandi.  20 

000  chog'li  shahar  mudofaachilari  suv  toshqini  bois  taslim  bo'lishga 

m ajbur  bo'ldilar.  Taxminan  1000  nafarli  mudofaachilar  esa,  sulton 

tom onidan 

1211-1214  yillarda  qurilgan  Jome 

masjidiga  kirib, 

dushmanga  zarba  bera  boshladilar.  Mo‘g‘ullar  masjidiga  o ‘t  qo‘vib, 

mudofaachilarni  tirik  o‘limga  mahkum  etdiiar.  Shahar  qozisi  va 

shayxulislom   vakolati  bilan  tashqariga  olib  chiqib  ketilgan  50000  nafar 

kishidan  boshqa  barcha  aholi  qatlamlari  bchad  talon-taroj  qilindi.  30000 

nafar  hunarmand  ahli  Chingizxon  qarindosh-urugMariga  taqsim  qilib 

berildi.  Tirik  qolgan  shahar  ahliga  200000  dinor  o'lpon  majburiyati 

yuklatildi.  Sajnarqandda  jami  aholining  faqat  %  qismigina  tirik  qoldi. 

M o 'g 'u lla r  tomoniga  xiyonatkorona  o 'tib  ketgan  sobiq  shahar  noibi 

T o ‘g‘ay xon  tez orada o'zining 30000 kishisi  bilan  Chingizxon  buyrug'iga 

k o 'ra  qirib tashiandi.

Taslim  bo'lgan  shaharda  m o'g'ullar  qilgan  talon-tarojliklar  tufayli 

“sayqali  ro'yi zamin  ast" deb ulug'langan.  sharqning buyuk shaharlaridan 

biri  hisoblangan,  bir  paytlar  gullab-yashnab  turgan  Movarounnahr 

poytaxti  huvillab qoladi  va yer bilan yakson qilinadi.

Hukmdorning  subutsiz  va  m a’suliyatsizligi,  harbiy  boshliqlaming 

o 'z a ro   ittifoq  bo'lmaganligi  xalq,  mamlakat  taqdirini  o‘z  holiga  tashlab 

q o'yishi  oqibatida bu dahshatli  voqea sodir bo'lgan edi.  Bu  vaqtda Sulton

192


M uhamm ad  Xorazmshoh  janubda,  Balxdagi  o'7  qarorgohida  turib, 

voqelikni  befarq  kuzaluvchi  sifatida harakatsiz turar  edi.  M o'g'ullar kirib 

kelayotgan  vaqtdayoq  unga  Iroqqa  qarab  chekinishni  ba’zi  amaldorlar 

maslahat  berishgan  edi.  Ko!pgina sargardonliklardan  so‘ng  sulton  Kaspiy 

dengizining janubidagi  Ashuradi  oroliga borib  o'rnashadi.  flam jismoniy, 

ham  ruhiy,  m a’naviy  ezilgan  sobiq  hukmdor  bu  yerda  plevrit  (o‘pka 

qobigMga  suv  yigMlishi)  kasaliga  chalinib,  o‘z  o'g'iUarini  yoniga 

chorlaydi.  O 'z   gunohlariga  iqror  boMgan  holda  ushbu  orolda  xorlik  va 

azob-uqubat  bilan  1220-yilning  dekabr  oyida  vafot  etadi.  Oradan 

birmuncha  vaqt  oMgandan  so'ng  Jaloiiddin  otasining  murdasini  togMiq 

Ardahi  qal’asiga olib borib  dafn  etadi.  Ardahi  m o‘g‘ullar tomonidan zabt 

etilgaudan  so'ng,  o 'z  vaqtida  sultonni  tiriklaym  qoMga  tushira  olmagan 

alamzada  m o 'g 'u llar  uning  murdasini  kavlab  olib,  O'gedeyga  (O'ktoy) 

yuborishgan. O 'gedey esa lining murdasini  yoqib yuborishni  hamda kulini 

ko'kka  sovurishni  buyurgan.  Shuningdek,  xorazmshohlarning  o'z  vaqtida 

sulton  tomonidan  Ardahiga  yashirilgan  eng  qimmatbaho  10  ta  Sandiqqa 

joylangan javohirlari ham m o'g’ullar qoMiga o'lja bo'lib lushgan  edi.

Chingizxonning 

katta 

o 'g 'li 



Jo'chi 

boshchiligidagi 

m o'g'ul 

bosqinchilari  rcja  bo'yicha  Sirdarvoning  yuqori  qismidagi  yeriarni 

egallashi  lozim  edi.  Bosqinchilar  maMum  muddatdagi  qamaldan  so'ng 

S ig'noq  va  Borchilig'kenl  shaharlarini  egallaganidan  so‘ng  mustahkam 

qal’a hisoblangan X o'jandga hujum  boshlaydilar.  M o'g'ullar 20.000 nafar 

qo'shin  va  50.000  ming  chog'li  asirga  tushgan  hasharchilami  Xo'jand 

atrofiga 

yig‘adilar. 

Xo'jand 

hokimi 


Temur 

Malik 


asli 

turkiy 


sarkardalardan  bo'lib,  Xorazmshohlar  davlatida nom  chiqargan,  sulton  va 

uning  oilasiga  tanish  bo'lgan  shaxs  edi.  M o'g'ullarga  qarshi  tura  olish 

mumkin  emasligini  sezgan  Temur  Malik  (malik-hokim  ma’nosida) 

taxmman  1000  nafar  askari  bilan  X o‘janddan  bir  kilomctr  naridagi 

Sirdaryoning  mo'jazgina  orolida  joy lash ib  oladi.  Qulav  strategik 

ahamiyatga ega boMgan  orolga m o'g'ullar o'qlari,  palaxmon toshlari yetib 

bormas  edi.  Temur  Malik  buy rug" iga  ko'ra  12  ta  qayiq  yasatilib,  o'q 

o'tm asligi,  yonib  ketmasligi  maqsadida bu  qayiqlaming  usti  namat  bilan 

qoplanib,  sirka  bilan  shimdirilgan  loy  bilan  suvab chiqiladi. Temur Malik 

uzoq  vaqt  m udofaa  uchun  endilikda  orolchada  turish  maqsadga  muvofiq 

emasligini  tushunib,  bor  oziq-ovqat  zahirasi  va  askarlarini  70  la kemaga 

joylab,  tunda daryoning  quyi  oqimi  bo'ylab  suzib  ketadi.  M o'g'ullar  ikki 

sohil  bo'ylab  Temur  Malik  kemalariga  to'xtovsiz  hujumni  uyushtirar 

edilar.  Hatto  Banokat  bo'yida  daryoning  u  sohilidan  bu  sohiliga  zanjir 

ham  tortib  qo'yadilar.  Uzoq,  uzluksiz jang  bilan  ular Jandga  qadar yetib

193


keladilar.  M o 'g'u l  sarkardasi  Ulus  Idi  Borchilig‘kent  va  Jand  yaqinida 

m anjaniqlar  (tosh  otar  zambaraklar)  o'rnatib,  qayiqlarni  bir-biriga 

tutashtirib,  jasu r  sarkarda  yo:lini  to'sadi.  Uzoq  janglardan  so‘ng  Temur 

M alik  Urganchga  yetib  keladi  va  Urganch  himoyasida  qatnashib, 

Jaloliddinning  ozodlik  kurashida  faol  ishtirok  etadi.  Keyinroq,  uzoq 

sargardonliklardan  so‘ng  sarkarda  Temur  Malik  o 'z   yurtiga  darvesh 

sifatida  kelib.  qahramonona  ravishda  mo!g‘ul  harbiylari  qoMida  halok 

bo'ladi.  Chingizxon 

1220  yilning  yozini  Movarounnahr  janubida 

o'tkazm oqchi  bo'ldi. Chunki  u janub shaharlarini egallashga shaxsan bosh 

qo'shgan  edi.  Zero, janubda  hali  bosqinchilar  qadami  yettnagan  bir  qator 

boy  viloyat  va  shaharlar  mavjud  edi.  Avval  u  Nahshabga  bostirib  bordi. 

Shaharliklar  m o'g'ullam ing  mislsiz  zo'ravonlik  va  bosqinidan  yaxshi 

xabardor  edilar.  Nahshab  ahli  dahshatga  tushib,  shahami  m o'g'ullarga 

ixtiyoriy  topshiradilar.

Chingizxon yozni Nahshabda o'tkazib,  1220 yilning kuzida Tcrmizga 

yurishni  boshlaydi.  Termiz  Hindiston  va  O 'rta  Osiyo  savdo  yo'llari 

tutashgan  bir  qulay  yerda  joylashgan  bo'lib,  uning  Amudaryo  sohiliga 

tutashgan  qal’asi  o 'z   vaqtida  mustahkam  ravishda  barpo  etilgan  edi. 

Term iz  hokimi  Faxriddin  habash  m o'g'ullar  bosqiniga  mardonavor  turib 

javob  berishga  qaror  qildi.  Mudofaaning  o 'n   birinchi  kuni  shahar 

egallandi.  Shahar butkul talon-taroj  qiiinib, xonavayron etildi.  Shahar ahli 

esa  dashtga  haydab  chiqiiib  qirib  tashiandi.  Movaraunnahrning  asosiy 

qismlari-Sirdaryo  hav/.asi,  Zarafshon,  Qashqadaryo  vodiylari,  Buxoro 

vohasi,  Shosh  va  Farg'ona  vodiysi  egallangach,  Chingizxon  endilikda 

o'zining  asosiy  e'tiborini  Xorazmshohlar  davlatining  markazi  Xorazm 

o'lkasiga  qaratdi.  Bu  yurishga  o'g'iilari  Jo'chi,  Chig'atoy,  O'ktoy 

(Ugedey)lami  mas’ul  qildi.  Ayniqsa,  xon  musulmon  Sharqining eng  katta 

shahri  bo'lm ish,  madaniyat,  savdo  gullab  yashnagan  boy-badavlat 

qadimgi  Urganch  (Gurganj)  istilostga  katta  ahamiyat bilan  qaradi.  Ushbu 

yurish  1221  yilning boshida boshlandi.

1221  yilning  boshida  sulton  deb  e’lon  qilingan  Jaloliddin  va 

shahzodalar  Oqshoh,  O'zloqshohlar  bilan  Urganchga  keladi.  Lekin 

Urganchdagi  siyosiy  vaziyat,  sobiq  Jand  noibi  Qutlug'xonning  unga 

qarshi  suiqasdi,  qipchoq  sarkardalarining  xoinona  o'zlarining  tutishlari, 

Jaloliddinni  shahar  mudofaasiga  bosh  bo'Iish  fikridan  qaytaradi. 

Qipchoqlar  uni  hokimiyat  tcpasiga  kelishini  xohlamas  edilar.  Bunday 

vaziyatda  mudofaani  tashkil  etib  bo'lmasligi  aniq  bo'lib  qolgan  edi. 

Ushbu  voqealardan  so'ng Jaloliddin  Temur Malik bilan  birgalikda 300  ta 

kishi  bilan  shahami  tark etib Xurosonga yo'l  oladi.  Uning ortidan  esa, tez

194


orada  Oqshoh  va  O 'zloqshohlar  ham  yo‘l  olishadi.  Jaloliddinning 

faoliyatini  alohida  qayd  etib  oMish  maqsadga  muvofiq  boMgani  uchun 

keyinroq  bu  buyuk shaxs faoliyati to'g'risida batafsil to‘xtalinadi.

Urganchda esa  shanardagi  qipchoq sarkardalari-O'g'ui  Hojib,  Erbuqa 

pahlavon.  Ali  DarugMyniy  va  boshqalar  Turkon  xotunning  jiyani  yosh 

Xumortegmni  sulton  deb  e'lon  qiladilar.  Turkon  xolunning  o'zi 

Mozandarondagi  Hoi  qaPasiga  kelib  o’rnashib,  o'z hayoti  va  boyliklarini 

saqlash  taraddudiga  tushadi.  Q al'ada  suvsizlikdan  sillasi  qurilgan  sobiq 

malika  m o‘g4illarga  asirga  tushib.  xorazmshohlar  xazinasini  ular  qoMiga 

topshirdi.  Qoraqurumda  cho‘ri  bo'igan  Turkon  xotun  1233  yili  xor-u- 

zorlikda  vafot  etadi.  Xumortegin  layoqatsiz.  o‘z  fikriga  ega  boMmagan, 

qo ‘rqoq  shaxs  edi. 

Urganchga  Chmgizxonning  o'gMllari  Jo'chi, 

C hig'aloy,  0 ‘gcdcy.  taniqli  m o‘g‘ul  sarkardaiari  Tuiun  cherbi,  Ustun 

no‘yon.  Qozon  no'yon  boshqalar o ‘z harbiy kuchlari bilan yetib kcladiiar. 

Xorazm  Jo‘ehi  boshqaruvi  ilkiga tushganligi  uchun  ham,  Jo'chi  shaharni 

tinchlik  bilan m o'rfullarga topshirishni  talab etadi.  Lekin  nima boMganda 

ham  jasur  shahar  himoyachilari  mudofaaga  qat'iy  tayyorgarlik  ко'rib 

jonajon  shaharlarini  mo‘g‘ullarga  berishdan  qat’iy  bosh  tortdilar.  Poytaxt 

atrofini  100.000 dan ziyod m o‘g‘ullar qo‘shini  bilan o'rab olish boshlandi. 

Shahar  devoriarini  buzish  uchun  manjaniqlar  o'rnatiladi.  Mo‘g‘ullar 

shaharni  katta  kuch  bilan  zabt  ctishga  kirishdilar.  Yangi  '"sulton”  shahar 

mudofaasiga bosh  boMa olmaydi.  1221  yili  boshidan boshlangan  Urganch 

qamali  deyarli  7  oy  davom  etadi.  Shahar  ahli  mo‘g‘ullar  qurol-yarogM, 

paiahmon  toshlarni  otuvchi  manjaniqlar  zambaraklardan  cho‘chimay 

mardonavor  kurashga  kiradilar.  Nayza  o'qiaridan  qo'rqraay  shahar 

devorlarining  buzilgan  yerlarini  qayta  tiklay  boshlaydilar.  Bir  guruh 

urganchlik harbiy  navkarlar shahardan  deyarli  1  farsah uzoqlikdagi  Bog‘i- 

Xurram   degan  joyda  mo‘gMillarga  zarba  berishga  harakat  qilib, 

qahramonona  jang  qildilai'.  Lekin  Juvayniyning  yozishiga  ko‘ra,  jangda 

qo'shin  va  qurol  jihatidan  ustun  m o'g'ullar  shu  yerlik  tinch  ahoii 

jangchilar  bilan  birgalikda  100.000  dan  ziyod  aholini  qirib  tashlaydilar. 

Sulton  zobitlarining boshligM  Faridun  G'uriy o'zining 500 kishilik harbiy 

otryadi bilan mardonavor shahar devorlari  va darvozajari himovasiga bosh 

boMadi.  Lekin  qo'rqoq  “sulton"  Xumortegin  shahar  darvozasini  ochib 

berib,  o 'z   hayotini  saqlab  qolish  maqsadida  xiyonatkorona  ravishda 

m o‘g ‘ullarga 

taslim 


boMadi. 

Istilochilar  shaharga 

bostirib 

kira 


boshlaydilar.  Urganchda  tarixchilardan  an-Nasaviy,  Juvayniylaming 

yozishlariga  ko'ra,  hai-  bir  ko‘cha,  mavzeni  jon-jahdlari  bilan  himoya

195


qilganlar.  K o'prik  ustidagi  jangda  shaharliklar  3000  nafardan  ziyod 

m o'g'ul  askarlarini  qirib tashlashga ham muvaffaq boMadilar.

Shahardagi  janglarda  Xorazmlik  mashhur  alloma,  faylasuf va  olim, 

‘Kubroviya”  tariqatining  asoschisi  Ahmad  ibn  Umar  Abul  Janob 

Najmiddin  al-Kubro  al-Xevaqiy  (1145-1221  yy.)  ham  faol  qatnashdi. 

O 'ziga “ Yo Vatan,  yo  sharofatli  oMim” degan g‘oyani  shior qilib olgan bu 

76  yoshdagi  buyuk  shayx  m o‘g ‘u!larning  taslim  boMish  haqidagi 

takliflarini  rad  etib,  o‘zining  behisob  shogird,  do'st-yoron,  muxlis- 

safdoshlar  bilan  shahar  ichki  mudofaasida  ishtirok  etadi.  Uning jangovar 

chaqirig'iga  muvofiq  har  bir  qarich  yemi  shaharliklar  qahramonona 

tarzda,  bir  tomchi  qonlari  qolguncha  himoya  qiladilar.  Najmiddin  Kubro 

qahramonona tarzda jan g  qilib,  o 'lim  oldidan m o‘g‘ul navkariga tashlanib 

uni  avval  halok  qilib,  shahid  bo‘ladi.  Shahar  mudofaasi  cho‘zilib,  hatto 

Chingiz  o 'g 'illari  Jo'chi  va  C hig'atoy  o ‘rtasida  ham  ixtilof  chiqib, 

shaharni  egallash  boshqa  bir  o 'g 'il  -  Ugedeyga  topshirildi.  Behisob  qon 

daryo  bo'lib  oqib,  bundan  so'nggi  himoya  befoydaligini  sezgan 

shaharliklar qolganlarni  jonini  saqlab  qolish  maqsadida  taslim  boMishdan 

o‘zga  choralari  qolmaydi.  100000  dan  ko!proq  hunarmandlar  ajratib 

olinib,  M o‘g‘ulistonga j o ;natiladi.  Shahar  ahli  dashtga haydab  chiqarilib, 

bolalar  va  ayollar  b o 'lib   olinadi.  «Ortiqcha»  asirlar  haqoratli  o'lim ga 

mubtalo  etiladi.  Juvayniyning  yozishicha,  har  bir  m o‘g‘ul  askarga 

shaharliklardan 24  ta o ‘ldirilgan  askar to 'g 'ri kelgan ekan.  Qolgan  barcha 

narsalar beayov talon-taroj  qilindi.  Shahar qo'lga olingandan uning asosiy 

qismi  buzilgan,  xonavayron  boMgan  edi.  Shundan  keyin  ham  m o'g'ullar 

Amudaryo to‘g‘onini buzib,  shaharni  suvga bostiradilar.

Urganch  qamali  bilan  bir  vaqtda  Chingizxon  1221  yilning  bahorida 

o'zining  e’tiborini  Amudaryodan  janubdagi  yirik  savdo  yoMlari  ustida 

joylashgan  boy  madaniyat  markazlari  boMmish  Balx,  Hirot,  G‘azna. 

Qandahor,  Nishopur  va  boshqalarga  qaratdi.  Chingizxon  shaxsan  Balx 

yurishiga  boshchilik  qilib,  shaharni  zabt  etdi.  Balx  aholisini  esa  qirib 

tashladi.  Ba’zi bir janublik  Xorazmshoh noiblari, jumladan Amin-al muik 

ham  m o‘g'ullar tom oniga xiyonatkorona o 'tib  ketdilar.

Jaloliddinga qarshi kurash vaqtida qator qal’a, shaharlar qattiq janglar 

ila  ishg‘ol  qilindi  (Bamiyon,  G 'azna,  Qandahor,  Gardiz,  Valiyon  va 

boshqalar.)  Ularning  janubdagi  oxirgi  egallagan  shahri  Hindistonning 

shimoliy g‘arbidagi MoMton boMib qoldi.

Manbalarda  “Jahon  sultonlari  poytaxti”  va  ’’Insoniyat  buyuk 

farzandlari  beshigi”  nomini  olgan  Urganch,  Sharqdagi  “islom  tayanchi” 

Buxoro,  qadimiy  Afrosiyob  vatani  Samarqand,  masjidlarning  soni  (1200

196


taga  yetgan)  bilan  mashhur “qubbat-ul  islom”  Balx,  o‘z  madrasalari  bilan 

dong‘i  ketgan  Marv,  o'zining  nozikta’b  ilmli  kishilari  bilan  ma’lum 

Nishopur  va  ko‘plab  m a’lum  va  mashhur  shaharlar  talon-taroj  etilib 

vayron qilindi.  M o‘g‘ullarning kuchli  zarbasiga uchragan  ba’zi  shaharlar, 

masalan,  0 ‘tror.  Sig‘noq,  Borchilig‘kent  va  boshqalar  umuman  uzoq 

vaqtgacha  dasht-biyobonlarga  aylanib  qoldi.  Shu  davrda  yashagan  arab 

tarixchisi  Ibn  al-A sir (1160-1244)  mo‘g‘uI  bosqini  xususida shunday deb 

yozgan  edi:  ‘‘Ular  (ya’ni  mo‘g‘ullar)  hech  kimga  shavqat  qilmadilar, 

aksincha  xotinlar,  bolalar,  erkaklarni  ocIdirdilai,  homilador  ayollarning 

qorinlarini  yorib,  tug‘iimagan  go‘daklarni  nobud  qildilar...  Bu  musibat 

to ‘!qinlari  turii  tomonlarga tarqaldi  va uning  fojeasi  umumiy  boMib qoldi 

hamda  u  shamol  bulutlami  turli  tomonga  haydagani  kabi  butun 

viloyatlarga  yoyildi.  Xitoy  chegaralaridan  bir  xalq  chiqib  Turkistondagi 

Qashg‘ar va Bolasog‘un  kabi  viloyatlami,  Movaraunnahrdagi Samarqand, 

Buxoro  va  boshqa  shaharlarini  vayron  etib,  qirg‘in  qilib,  talon-taroj  qilib 

egalladi.  Tatarlar  hech  qaysi  shaharlarni  omon  qoldirmadilar  ketayotib 

hamma  yemi  vayron  etdilar.  Ular  nimaniki  yonidan  o‘tgan  bo‘fsalar 

o ‘zlariga yoqm agan barcha narsalarga o‘t  qo‘y d ilar\



Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling