O'zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amir Temur vafotidan song Temuriylar davlatidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat
- Lekin hech qancha otmasdan Abdullatif va Alouddavla ortasidagi munosabatlar yana keskinlashadi. Abdullalifning oz holicha Hirotga
sh im o liy qismi)da turgan paytda To'xtam ish Kavkazorti viloyatlariga hujum qildi. Amir Temur Shekidan chiqib Qura daryosi bo'ylab yurdi. Oltin 0 ‘rdaliklar Amir Tem ur qo'shinlari kelayotganini eshitib chekinishga majbur bo'ldilar. 1395-yil aprelida Amir Temur va To'xtam ish o'rtasida urush harakatlari yana boshlanib ketdi. Jangning asosiy qismi o 'n g qanotda bo'ldi. Ushbu qanotda mushkul vaziyat paydo bo'lgan. Amir Tem ur zahira qo'shin bilan jangga kirdi va dushmanni chekinishga majbur qildi. To'xtam ish uchinchi jangdan keyin hokimiyatdan ajraldi. To'xtam ish qo'shinining Terek daryosi bo'yida tor-mor etilishi va 1395 yilda Saroy Berkaning xaroba qilinishi Oltin O 'rdaga juda kuchli zarba bo'ldi. Shundan keym u o'zini o'nglay olmadi. Amir Temurning bir mamlakatga qilgan yurishlari uning boshqa mamlakatlarga qilgan yurishlari bilan ketma-ket borganligini urush voqcalari ko'rsatib turadi. Am ir Temur Ozarbayjonga bir necha marotaba hujum qilib bordi va 1387-yiida uni bo'ysundirishga muyassar bo'ldi. Armaniston va Gruziyani Amir Temur 1392 yilda bo'ysundiradi. Temurning uzoq Hindistonga yurishi 1398-yilda tamomlandi. Sohibqiron Amir Temurning harbiy mahorati shunda ediki, u o 'z dushmanlarini erkin nafas olishga qo'ymagan. 1400-yilda Am ir Temur qo'shinlari turk sultoni Boyazid I va Misr sultoni Faraj bilan kurash olib 222
ix)idilar. 1402-yilda Amir Temur Anqara yonida Boyazid bilan ikkinchi m arta to'qnashdi va uni tor-mor etdi. A m ir Tem ur o 'z qo'shinlari bilan 1404-yilnmg oxirida Xitoyga qarab y o 'lg a chiqqandi. O 'sha yili qish O 'rta Osiyo tarixida eng qahraton qish bo'lgan. Sirdaryoning suvi 1 metga muzlagan, askarlardan ko'pini cjuloq-burunJarini, qo'1-oyoqlarini sovuq olgan edi. Amir Temurning o'zi ham k o 'p o'tm ay shamollab qoladi. 1405-yil yarvvar oyining o'rtalarida O 'tro rd a to'xtashga qaror qilishadi va bu erda 18-fevral kuni buyuk j.ihongir Sohibqiron Amir Temur vafot etdi. A m ir Tem ur 35 yil davomida harbiy yurishlar qiladi. Bu yurishlar natijasida u buyuk davlat tashkil qilishga erishdi. Uning tarkibiga M ovarounnahr, Xorazm, Kaspiy
atrofidagi viloyatlar, hozirgi A fg‘oniston, Eron, Turkiya, Hindiston, Iroq, Janubiy Rossiya, Kavkaz va G ‘arbiy Osiyoning bir qator mamlakatlari kiradi. Amir Temuming muvalTaqiyatiga avvalo uning nodir harbiy iste’dodi sabab bo'ldi'. Amir T em ur qo'shinida qat’iy tartib va intizom o'm atilgan edi. Har bir jang rejasini va barcha qismlar uchun yo'l-yo'riqlam i o'zi ishlab chiqardi. Uning harbiy iste’dodi Anqara yaqinida Sulton Boyazidga qarshi jangda ayniqsa yorqin namoyon bo'ldi. Armiyaning yuragini va qo'inondonlik o '/a g in i barlos urug'i vakillari tashkil etardi. Shu davr voqealarining shohidi
bo'lganlarning guvohlik berishicha barloslar harbiy qo'nim sizlik ka nihoyatda chidamli, yoydan o'q uzishga juda usta, o’z hukm dorlariga sodiq va sabr-toqatli bo'Iganlar. M ustaqiliik sharotati hamda Respublikamiz Prezidenti 1.Karimov tashabbusi bilan sovetlar davrida unut bo‘lgan buyuk Sohibqironning pok nomi qayta tiklandi. Tarixiy adolat qaror topib, 1996 yili Sohibqironning 660 yillik tavaliud yoshi butun jahonda keng miqyosda nishonlandi.
Sohibqiron Amir Temur Xitoyga qilinayotgan harbiy yurish vaqtida qattiq og 'rib, 1405-yil 18-fevral'kechasi O 'tror hokimi Berdibekning saroyida vafot etadi. O 'z davrining mohir tabiblari va ularning sardori bo lmish taniqli tabib Fayzulloh Tabriziyning davo-korlari buyuk hukm dor tanasidagi ogMrlikka davo bo 'la olmadi. Qazosiga qadar ixtiyori o'/.ida bo'lgan Sohibqiron Amir Temur o'ziga voris va taxt valiahdi etib nevarasi Pirmuhammad Jahongirni vasiyat qilib qoldiradi. Amir Temur barpo etgan buyuk saltanat (jami o 'z ichiga 27 ta o'lka va viloyatlarni jam 223
etgan) garchi Tem urning mahorati va kuch-qudrati ila mustahkam lurgan bo'lsa-da, lekin u ichki jihatdan siyosiy ancha zaif, umumiqtisodiy asosga ega bo'lm agan edi. O 'g 'illar, nabiralarga mamlakatni qism-qismlarga bo'lib berilganligi va suyurg‘ol tartibi ham Tem ur davlati parokandaligini kuchaytirar edi. Tem ur jasadi Sam arqandda dafn etilishi va motam marosimlari tugamasdanoq, toju-taxt uchun shahzodalar o ’rtasida o'zaro kurash kuchayib ketdi. Kobul
va shimoliy Hind m ulklaming hokimi bo'lm ish, Pirmuhammadni ko'pchilik taxt egasi sifatida ko'rishni xohlamas ham edi. Buning ustiga u ancha uzoqda bo’lib, Samarqandga tezlik bilan etib kelish uchun imkoni ham yo'q edi. Tem ur vafotidan so'ng Movarounnahr, Xuroson, Eron, Ozarbayjon, Iroq va boshqa yerlarda notinchlik boshlanib, g‘alayonli vaziyatlar yuzaga kela boshladi. Sekin asta Temur kuch-qudrati bilan barpo etilgan buyuk saltanatga putur yeta boshladi. Fosih Havofiy Temurdan so'ng tirik qolgan uning o 'g ‘il va nabiralarini sanab, jami ularning soni 36 taga etishini ta’kidlagan edi. Ayniqsa ular orasida Shohruh (1377-I447)ni va uning o 'g i i Ulug‘bek (1394-1449) alohida hurmat bilan tilga olib o'tilgan. Shu davr muarrixlari taxt egaligiga ko’proq Shohruhni m a’qul ko'rib, uning insoniy sifatlariga yuqori baho berar edilar. Shohruh taxt egasi bo'lishidan avvalroq ham o ’zining oqil va ilmli, zukko va taqvodorlik sifatlari bilan hurmat qozongan edi. Shuningdek, bu vaqtda Temurning boshqa bir o 'g ‘li Mironshoh (1366- 1408) ham hayot bo'lib, u ham asosiy taxt da’vogarlaridan biri hisoblanar edi.
Temurning sadoqatli amirlaridan ko'pchiligi, jumladan Shohmalik va Shayx Nuriddinlar ham toju taxt Shohruh Mirzoga tegishi tarafdori edilar. Shunday bir vaqtda M ironshoh M irzoning o ’g i i , shimoliy yerlar (Toshkent, Sayram, Turkiston) hokimi Xalil Sulton (1384-1409) shoshilinch ravishda, o'zining m ing chog'Ii askari bilan 1405 yilning 18 mart kuni Samarqandni egallaydi va o'zini Movarounnahr hukmdori deb e ’lon qiladi. Hatto u Pirmuhammadga tegishli Amudaryoning o 'ng betidagi yerlarni ham o 'z tasarrufida deb e ’lon qiladi. A w al boshda uni qo'llagdn M ovarounnahr amirlari, harbiy sarkardalar ko'p o'tm ay undan ixloslari qayta boshlaydi. Xalil Sulton va ayniqsa uning xotini Shodimulk poytaxtda ko'plab nojoiz ishlarga izn berishadi, Tem ur davridayoq nufuzli bo'lgan ba’zi amaldor, zodagonlar mulklarini tortib ola boshlashadi. Davlat xazinasi o 'z holicha sovurila boshlanib, hokimiyatga ko'plab nomaqbul kishilar kela boshlaydi. Shohruh bilan birinchi o'zaro nizodan so 'n g Xalil Sulton garchi uning oliy hukmdorlik huquqini tan olsa-da, 224
............. « и ш Ь i u u v f v n a j a g i m m r t l u m ^ t i d U l . y v c U U O U t l U l l l l l iroq tomonidan boshqa bir kuch otasi Mironshoh Mirzo ham qo'llab- quvvatlay boshlaydi. Siyosiy kaltabinlik yo'lini tutgan Xalii Sultondan norozilik tobora kuchaya boshlaydi. Farg‘ona hokimi Amir Xudoydod Xalil Sultonga qarshi bosh ko'taradi. Shohruhning sadoqatli kishisi bo'im ish Shayx Nuriddin O 'tror hokimi, o 'z ukasi bo'imish Berdibek bilan birga boshqa bir isyon ko:tarilishiga sababchi bo'ladi. Xalil Sultonning ukasi Mirzo Sulton Husayn Amudaryo bo'ylarida o 'z akasiga qarshi bosh ko'taradi. Xorazm esa Oltin O'rdalik taniqli sarkarda Amir Idiku o'zbek tomonidan ishg'ol etiladi. 1405-1406-yillarda Xalil Sultonning Shohruh, Pirmuhammad qo'shinlari bilan Movarounnahr taxti uchun bir necha bor
to'qnashuvi sodir bo'ladi. Butun Temur saltanati o'zaro toju taxt kurashlari domiga tortiladi. Yagona hisoblangan saltanat Shohruh boshqarayotgan Xuroson, Balxdan to Hind yerlarigacha bo'lgan yerlarga lioktra Pirmuhammad, G 'arbiy eron, Ozarbayjon, Iroq tasarrufida bo'lgan Mironshoh va uning avlodlari (Umar Mirzo. Abu Bakr) yerlariga bo'linib ketdi. Movaraunnahr Xalil Sultonga rasman qarashli deb hisoblansa-da, Turkiston, O 'tror, Sayramda Amir Berdibek, Farg‘onada esa Amir Xudoydod hukmronlik qilishar edi. Barcha Temuriylarni saltanatning yuragi bo'im ish, Movaraunnahrni egallash istagi tark etmas edi. Movaraunnahr hokimi Xalil Sultonning o 'z holicha ish tutishi, lemuriy zodagon, amirlarning kamsitilishi, musulmon ulamolari, jumladan naqshbandiya tariqatining taniqli shayxi
Muhammad Porsoning tahqirlanishi m uxolif kuchlaming dushmanligini kuchaytirib yubordi. Shu vaqtning o’zida o'zaro fitna g‘alayonlarning navbatdagi qurbonlari ham paydo bo'ladi. 1407 yil 22 fevralda taxt valiahdi hisoblangan Pirmuhammad o'zining vaziri Pirali Toz tomonidan suiqasd natijasida o'ldiriladi. (Keyinchalik o'zini Pirmuhammadning ‘'qasoskori” deb e'lon qilgan Shohruh Pirali Tozni Hirotda qatl etadi). 1408-yil 22-aprelda esa qoraqo'yunli turkmanlar bilan jangda hokimiyat uchun boshqa bir da’vogar Mironshoh Qora Yusuf tomonidan Ozarbayjon va Iroq uchun bo’lgan jangda o'ldiriladi. Natijada Ozarbayjon va Iroq temuriylar tasarrufidan chiqadi. 1409-yil boshida esa siyosiy vaziyat yanada keskinlashadi. Amir Xudoydod shu vaqtda Xalil Sultonni Samarqand yonidagi Sheroz qishlog‘ida mag*lubiyatga uchratib, uning o'zini asirlikka oladi. Xuroson hokimi Shohruh esa o'ziga qarashli bo'lgan Mozandaron va Mashhadda, so'ngra uning ilkiga o'tgan Seyiston va Kirmonda o 'z hokimiyatini 225
mustahkamlaydi. So'ngra butun e ’tiborini Movaraunnahrga qaratadi. Sheroz jangidan bir oz avval Shohruh Xalil Sultonga Movaraunnahr taxti uchun jang qilish xususida yoriiq ham yuborgan edi. Shohruh saltanat markazidagi bedodliklarga bundan buyon befarq b o'la olmasligini e’lon qildi. 1409-yiI 25-aprelida u Amudaryodan o'tib Samarqand tom on jadal y o 'l oladi. Xalil Sultonni qo'lga olgan Amir Xudoydod qo'shinlarini Shohruh yuborgan harbiy qism -tor-m or etib, Xalil Sultonni asirlikdan ozod qilishadi. Oliyjanob insoniylik sifatlariga ega bo'lgan temuriy Shohruh Mirzo o'zaro gina-kudratlarni unutib, uni yaxshi kutib oladi. Amir Xudoydod esa mamlakatdan qochib ketadi. 1409-yiining dekabriga qadar Shohruh Mirzo Movaraunnahrda tinchlik osoyishtalik o'rnatib, Xalil Sulton va boshqa temuriy shahzodalar tarafdorlariga qarshi keskin choralar ko'radi, izdan chiqqan xo'jalik hayotni, savdo-sotiqni tiklaydi. Temuriylar saltanatining taqdiri oydinlashib, Xuroson hokimi bo'lm ish Shohruh Mirzo (1405-1409) temuriylar davlatining oliy hukmdori (1409-1447) sifatida e’tirof etildi. Tarixda esa Shohruhning deyarli 40 yillik barqaror hukmronlik davri boshlanadi. O 'zaro nizo va fitnalardan, iqtisodiy, savdo munosabatlarini chippakka chiqargan vayronagarchilik urushlardan charchagan xalq, markazlashgan kuchli davlat sari intilayotgan Shohruh Mirzoning hatti-harakatlarini qo'Hab- quvvatlar edi. Chunki faqatgina kuchli, markazlashgan davlatgina o'zaro osoyishtalik, iqtisodiy barqarorlikni ta ’minlashi mumkin edi. Shohruh Tem ur davlati o'zagini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi. Shu bilan birga u deyarli barcha o'lka, viloyat noiblarini o 'z lavozimlaridan chetlashtirib, o'ziga ishonchli hisoblagan qarindosh-urugiarini bu lavozimlarga qo'ya boshlaydi. Jumladan, Balx va Badaxshon-Ibrohim Sultonga, Sheroz- Suyurg‘atmishga, Qobul va Qandahor-Qaydu Mirzoga, Xurosonning bir qismi - Boysunqur Mirzoga, G ‘arbiy Eron hamda Iroqi Ajamning bir qismi - Sulton Muhammadga, Fors viloyati-Abdullo Mirzolarga suyurg‘ol tarzida bo'lib beriladi. Shu yo'l bilan Shohruh boshqaruv tizimi qulay va ixcham bo'ladi deb o'ylagan edi. Lekin keyinchalik ishonchli qondoshlar ichidan ham isyonkor noiblar chiqa boshlaydi. Xususan, Shohruhning nevarasi Sulton Muhammad Eron noibi etib tayinlangach, markazga bo'ysunishdan bo'yin tovlay boshlaydi. So'nggi marotaba Shohruh isyonkor nevarasini o'lim idan sal avval (1446-y.) Eronga yurish qilib, uning jazosini berib qo'yishga m ajbur bo'lgan edi. Yagona Shohruh davlatida Movaraunnahr qismining alohida o'rni bor edi. Davlatning markaziy poytaxti Hirot shahri hisoblansa, Movaraunnahrning markazi Temur poytaxti bo'lmish 226
qadimiy bamarqand shanri hisoblanar edi. Movarounnahr yerlarining boshqaruvi esa Ulug‘bek qo'liga topshirilgan bo'lib, u umrining oxiriga qadar (1449-y.), 40 yil mobaynida bu yerlarni boshqarib keldi. 1409-yili Movaraunnahr qo'lga olingandan so'ng Shohruh lilug'bekni shu o'lkaning noibi etib tayinlaydi. 15 yoshli o'sm ir davlat boshqaruvi ishlari uchun yosh ekanligi hisobga olinib, taniqli amir Vlunoriziddin Shohmalikni unga otaliq etib tayinlab, boshqaruv ishlari amalda otaliqning qo'lida mujassamlashadi. Movaraunnahrlik amirlarning ba’zilari Ulug‘bek va Shohmalik hokimivatiarini tan olishni istashmaydi. Jumladan, 1410-vilda qayta bosh ko’targan Shayx Nuriddin g'alayoni faqatgina Shohruh Mirzo rung aralashuvi tufayli bostirilib, noiblik o'm i Ulug'bekning o'ziga qoldiriladi. 1411 -yili Movaraunnahrda ancha muxolif kuchlariga ega bo'lgan va Ulug'bekning mustaqil xatti-xarakatlariga to'sqinlik qilayotgan M uborraddin Shohmalik Shohruh bilan birga Hirotga qaytib, keladi. Ulug‘bek Mirzo esa shu yildan boshlab Movaraunnahrning “Yagona va qonuniy sultoni” sifatida hokimiyatni boshqaradi. Shohruh va uning o 'g 'li Ulug'bek o'z siyosatlarining ustuvor yo naiishlari etib avvalo mamlakat hududlarini kengaytirish hamda markaziy hokimiyatni mustahkamlash deb bildilar. Shohruh 1413 yili Eronni o 'z q o'li ostiga oladi. O 'sha yili Shohruh qo'shini yordamida Ulug'bck Oltin O 'rda xonlari ixiiyoridagi Xorazmni tortib oladi. Bu kurashda faol ishtirok etgan Shohmalik Xorazm noibi etib tavinlanadi. Ulug'bek 1414-1415-yillarda o’z amakivachchasi amirzoda Ahmad hukmron bo'lib turgan Farg'onani uning qo'lidan tortib oladi. Shuningdek, uning Qoshg'arga nisbatan siyosati ham muvaffaqiyatli tarzda hal bo'ladi. Avval boshda sobiq Farg'ona hokimi Ahmad Qoshg'ardan panoh topgan edi. Lekin temuriylar bilan munosabatlarni keskinlashtirmaslikni lozim deb hisoblagan Qoshg‘ar hokimi Shayx Ali T o'g'ay Ulug‘bek bilan o'zaro muzokaralar olib boradi. Natijada, 1416- yili u ' ‘Buyuk amirning ruhi, nimovasiga" o'lish istagini bildirib, Qoshg‘am i Uiug‘bek yuborgan vakillar Siddiq va Alilar qo'liga topshiradi. Ulug'bek shimoldagi qo'shnilari bo'lmish Dashti Qipchoq va M o'g'ulistondagi ichki siyosiy ahvol barqarorligi va u yerlarda o'ziga ittifoqchi bo'lgan kishilarni hokimiyat tepasida bo'lishini istar edi. Shu sababdan ham uning aralashuvi hamda harbiy ko'magi bilan Dashti Qipchoqda O ‘rusxonning nabirasi Shahzoda Baroqxon hokimiyat tepasiga keladi. M o 'g ‘ulistonda esa Ulug'bekning yordami bilan Shermuhamadxon 227
aqibi Vatsxonni engib M o'g‘uliston taxtini egallaydi. IJlug'bek bu xonlar )rqa!i shimolda va sharqda o 'z ta’sirini o'tka/.ishga va o'ziga ishonchli itifoqchilarga ega bo'lishini ko'zlagan edi. Avval Shermuhammadxon Vlovaraunnahr ichki ishlariga aralashishga harakat qilib, o 'z valine’matiga lisbatan nohaq munosabatda bo'la boshlaydi. 1424-yili noyabr oyida Shohruhning rizoligi bilan Ulug'bek M o'g‘uliston ustiga yurish ooshlaydi. Uning asosiy kuchlari 1425-yil erta bahorida Chu daryosidan :)'tib, Issiqko'l yaqinida m o'g‘u!lami tor-mor keltiradi. Bu jang Ulug'bek olib borgan jiddiy urushiarning birinchisi va io nggisi edi. Tez orada shimoldan yana boshqa bir xavf paydo bo'ladi. Ulug'bek yordami bilan avval Dashti Qipchoq. so'ngra Oltin O 'rda hokimiyatini qo'lga olgan Baroqxon Movaraunnahr su’itoni muruvvatini yoddan chiqardi. U Sirdaryo bo'yidagi yerlar va shaharlarni (O 'tror, Sabron. Sig‘noq) talab, u yerlarga o 'z da’vosi bilan chiqadi. 1427-yilning boshida Ulug‘bek Dashti Qipchoqqa harbiy vurishga otlanadi. Bu yurishda Ulug‘bek qo'shini mag'lubiyatga uchrab o'zi Toshkentga chekinadi. Dashti qipchoqliklar bilan bo'lgan jang mag‘lubiyati Ulug‘bekka shunchalik katta ta ’sir ko'rsatadiki. u otasining o'lim igacha shaxsan o'zi harbiy qo'shinga bosh bo'lib, yurishlarni boshqa amalga oshirmaydi. 1428-yili Mirzo Ulug'bek tomonidan amalga oshirilgan pul islohoti Movaraunnahr ichki iqtisodiy hayotida muhim rol o'ynadi. Shuningdek, zamondosh tarixchilaming ma'lumotlariga ko'ra, jumladan Davlatshoh Samarqandiyning yozishicha. Mirzo Ulug‘bck hukmronligi davrida soliqlar miqdori ham bir muncha pasaytirilgan ekan. Mirzo Ulug‘bek, shunday qilib, otasi tiriklik vaqtida garchi tashqi siyosat borasida birmuncha mustaqil harakat qilgan bo'lsa-da, lekin u haqiqalua otasi Shohruh Mirzoning Movaraunnahrdagi ishonchli va itoatkor hokimi bo'lib qoladi. Ulugsbek ichki va tashqi siyosat borasida otasi bilan bamaslahat ish tutar, soliqlarning bir qismini muntazam Hirotga jo'natar, xutba va tangalarda otasining nomi zikr etilardi. Shuningdek, u vaqti-vaqti bilan otasiga hisob berib turar. harbiy yurishlar! vaqtida unga moddiy va harbiy ko'mak yetkazib berishga majbur edi. Shohruhning keksayishi bilan toju taxt uchun zimdan paydo bo'lgan nizolar ham faollasha boradi. Ulug‘bekning onasi Gavharshodbegim (1457-y. vafot etgan) siyosiy ishlarga faoi aralasha borib, nevarasi Alouddavlani taxt vorisi sifatida ko'rishni istar edi. Shohruhning yana bir hayot bo'lgan o 'g ‘li Muhammad Jo'ki (1402-1444) ham o'zini taxt egasi sifatida ko'rishga haqli deb hisoblar edi. Toju-taxt uchun zimdan boshlangan kurash 1444-yili Shohruh og‘ir xasta bo'lib qolganda ayniqsa 228
yaqqol namoyon bo'lgan edi. Shohruh xastalikdan tuzalib, 1446-yilning so'ngida o'zining oxirgi harbiy yurishini amalga oshiradi. Fors va Iroq Ajamda uning nevarasi Sulton Muhammad bobosiga qarshi qo'zg‘olon ko'tarib, Hamadon va fsfahonni bosib oladi. Garchi Shohruh isyonni bostirib, q o 'z g ‘oIonchilami ja/.olasa-da. lekin yana xastalanib 1447-yil 12-martda Ray viloyatida olamdan o'tadi. Shohruhning o'lim i Xuroson va Movaraunnahrda o'zaro temuriy shahzodalar o'rtasida toju-taxt uchun kurashni boshlab yuboradi. Mamlakat yana sarosima, tahlika, beqarorlik dom iga tortiladi. Shariat va urf-odatga ko'ra o'z-o'zidan oliy hukmdorlik yagona voris Mirzo Ulug‘bek qo'liga o'tishi kerak edi. Lekin Boysunqur Mirzoning o 'g ‘illari Alouddavla va Abulqosim Bobur Ulug‘bekka qarshi harbiy
harakatni boshlab yuboradi. Xuroson-Alouddavla qo'liga, M ozandaron va Jurjon Abulqosim Bobur ixtiyoriga o'tadi. Sulton M uhammad esa G 'arbiy Eron va Forsda o'zini mustaqil hukmdo.r deb e ’lon qiladi. Muhammad Jo'kining o ’g‘li Abu Bakr esa Balx, Shibirg^n, Qunduz, B ag:lonni bosib oladi. Mamlakatning talon-taroj, parokanda bo'lishini oldini olish maqsadida Ulug‘bek muammolami linch-muzokara y o 'li bilan yeehmoqehi bo'ladi. jumladan u AJouddavla bilan o‘zaro muzokaralarni boshlaydi. Alouddavla Ulug‘bekning o 'g 'li Abdullatifni asir olib, uni Hirotdagi Ixtiyoriddin qal’asiga qamab qo'ygan edi. U lug'bek yuborgan vakil
sadr Nizomiddin Mirak Mahmud,
M ovaraunnahr sultonining Hirotga yurish niyati yo'q ekanligi va bu da’vodan u voz kechishini bildiradi. Ikki o'rtadagi chegara Murg‘ob vohasi deb belgilanib, Abdullatifga Balx hokimligi lavozimi beriladi.
Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling