O`zbekiston respublikasi oliy va maxsus ta`lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston


O`quvchilarni darsdan tashqari fan to`garaklari va fizik kechalarini tashkillashtirish


Download 0.73 Mb.
bet4/5
Sana15.03.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1269336
1   2   3   4   5
Bog'liq
kurs ishi 1

2.3 O`quvchilarni darsdan tashqari fan to`garaklari va fizik kechalarini tashkillashtirish.
O`quvchilar bilimini oshirish va yetuk kadrlar tayyorlash, o`quvchilar ongini rivojlantirish albatta o`qituvchi zimmasida bo`ladi. Darsda va darsdan tashqari vaqtlarida o`quvchilar vaqtini samarali o`tkazish va ularni fanga qiziqtirish juda ham muhim. Hozirgi davrda rivojlanib borayotgan O`zbekistonimizda yoshlarga juda ham keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Maktablarda turli xil fan to`garaklari, qiziqishlari bo`yicha tashkillashtirilmoqda. Men ham kurs ishim mavzusi bo`yicha TDTU qoshidagi akademik litseyiga tashrif buyurdim. Fizika fanidan dars jarayonlarini kuzatdim va Qahramonov Alisher ustozning darslariga kirdim. Ular bilan darsni tahlil qildim va o`quvchilarning darsdagi faolligini, bilim darajasini o`rgandim. Darsdan keyin o`quvchilar bilan “Zakovat” o`tkazishni rejalashtirdim. Zakovat o`yinida samarali dars o`tish texnikasi, savol javob metodi, aqliy hujum metodi, fizik formulalardan tashkil topgan damino o`yini metodlaridan foydalanish samarali deb
Birinchi bo`lib o`quvchilar 2 guruhga bo`linib olishdi. O`quvchilar fikrlash olish doirasini rivojlantirish maqsadida ularga mantiqiy savol berdim. Bunda Aqliy hujum metodidan foydalandim.

“Aqliy hujum metodi: Bu metod biror mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo`llaniladi. Mazkur metod o`quvchilarni muammo xususiga keng va har tomonlama fikr yuritishga undaydi. ”Aqliy hujum” metodi yordamida qo`yilgan muammo yuzasidan bir necha yechimlarni topish imkoniyati yuzaga keladi.

  1. Savol quyidagicha: Bir ayiq 17.66 m balandlikdan 2 soniyada yerga yiqildi. Ayiqni rangi qanday?


O`quvchilarga savolga javob topishlari uchun 5 daqiqa vaqt berdim. Bu vaqt davomida o`quvchilar bir - birlari bilan kelishgan holda javob berdilar.Ikkala guruh ham to’g’ri javob berishdi.
Savolning javobi quyidagicha topiladi: Bu savolga javob topishimiz uchun g ni aniqlab olishimiz kerak bo`ladi va quyidagi formula bilan aniqlaymiz. H=g*t formuladan g ni topsak g=H/t bo`ladi. Endi balandlik va vaqtni qiymatlarini qo`yib hisoblasak, g=17.66/2=8.83 ga teng bo`ladi. Qutbda erkin tushish tezlanishi g=8.83 bo`ladi va qutbda oq ayiqlar bo`ladi.
Keyin esa har ikkala guruhdan bittadan o`quvchini doskaga chiqarib fizik formuladan tashkil topgan damino o`yinini tashkillashtirdim. “Fizik formuladan tashkil topgan damino o`yini “da o`quvchilar 2 guruhga bo`linib, formula yozadilar ya`ni formula oxiri qaysi harfda to`xtasa shu harfdan formula yozish.

Bunda S=v*t formulani berdim. Ikkala guruh a`zolari ham faol qatnashishdi va teng hisobda formula yozishdi. G`olib jamoani aniqlash maqsadida guruh sardorlari o`rtasida savol-javob o`tkazdim.Bu savol-javobda ikkinchi guruh savollarga to`liqroq javob bergani uchun ikkinchi guruhni ustoz bilan maslahatlashgan holda g`olib deb topdik.

“Samarali dars o`tish texnikasi”ning birinchi strategiyasidan foydalandim.
“Samarali dars o`tish texnikasi” 4 ta strategiyadan iborat;

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling