O`zbekiston respublikasi oliy va maxsus ta`lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston


Download 0.73 Mb.
bet2/5
Sana15.03.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1269336
1   2   3   4   5
Bog'liq
kurs ishi 1

Kurs ishi mavzusining maqsadi: O`quvchilarni fizika o`qitishda darsda va darsdan tashqari ishlarga rahbarlik qilishni tashkil etish usullari va mazmu-ni,shakli metodlarni aniqlash.
Kurs ishi mavzusining vazifalari: Kurs ishi maqsadidan kelb chiqib quyidagi vazifalar belgilandi :

  1. O`quvchilarni fizika darslarida mustaqil ishlashini o`rgatish usullari va fizikadan fakultativ kurslarni tashkil etishni yoritib berish.

  2. Fizikada darsdan tashqari mashg`ulotlarni turlari vazifalari va maqsadini yoritib berish.

  3. O`quvchilarni darsdan tashqari fan to`garaklari va fizik kechalarni tashkillashtirishni tahlil qilish.

Kurs ishining hajmi: Kurs ishi kirish, asosiy qismi tashkil etuvchi 3 ta mavzu, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, jami 28 sahifadan iborat. Kirish qismida mavzu haqida dastlabki fikrlarni bayon etilgan. Asosiy qismda rejalarni yoritib berish kerak. Xulosada esa mavzuni yozish mobaynida nimalarni tushinganini bayon qilish kerak.
II. Asosiy qism
2.1 O`quvchilarni fizika darslaridan tashqari mustaqil ishlashini o`rgatish va fizikadan fakultativ kurslarni tashkil etish.
Maktab fizika kursining umumiy ta`lim predmetlari orasidagi o`rni uning boshqa fanlarga nisbatan tutgan mavqeiga ko`ra aniqlanadi.Fizika kursi nazariy fan bo`lib,uning asosini fundamental nazariyalar, qonunlar va ilmiy tushunchalar tashkil etadi. Fizika tez sur`atlar bilan rivojlandi, jumladan,Nyuton mexanikasi, relyavistik mexanika, kvant mexanikasi, elektron nazariyasi, klassik va kvant statistikasi kabi fundamental nazariyalar yaratildi. Bu esa, birinchidan hozirgi fizika o`rganadigan hodisalarning sonini ko`paytirib yubordi.Ikkinchidan, fanning rolini ko`tardi. Fizik nazariyalar boshqa, tabiiy fanlarning masalan, ximiya, elektrotexnika, radiotexni-ka, gazlar dinamikasi, elektronika kabilarning asosi bo`lib qoldi. Ularning ko`pchili-gi alohida fan bo`lib ajralib chiqdilar.Fizika ochgan qonunlar universal bo`lib, bu uni hozirgi tabiiy fanlar ichida yetakchilik darajasiga ko`tardi.
Yuqorida aytilganlardan ko`ramizki, fizikani bilmasdan to`la qiymatli o`rta ma`lumotni tasavvur qilib bo`lmaydi.
Boshqa predmetlar kabi fizikani o`qitish ham didaktik maqsadlarni, ya`ni ta`lim, tarbiya va o`quvchilarning rivojlanishini amalga oshiradi. Ko`rinib turibdiki, maktabda fizika o`qitish katta ahamiyatga egadir. Fizika o`qitish jarayonida o`quv-chilar fizikani sanoatda,qishloq xo`aligida, transportda,tibbiyotda va boshqa soxalarda qo`llanishlari bilan tanishadilar; o`lchov asboblari bilan ishlash malakasiga ega bo`ladilar va foydali mexnatga tayyorlanadilar.
Fizikani o`rganish orqali o`quvchilar tabiatdagi qator xodisalar va ularning ilmiy asoslanishi bilan tanishadilar, ularda dunyoning moddiyligi haqidagi ishonch shakllanadi, dunyoni o`rganishda insonning imkoniyatlari katta ekanini biladi-lar.Bular esa o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini to`g`ri shakllantiradi, ularning mantiqiy fikrlashlari va bilish qobiliyatlari rivojlanib boradi.
Fizikani o`rganish orqali o`quvchilar ilg`or fizik-olimlarning ishlari bilan, fan va texnika yutuqlari bilan tanishadilar. Bularning tarbiyaviy ahamiyati kattadir.
Maktab fizika kursi hamma vaqt zamonaviy va elementar bo`lishi, fundamental nazariyalarni, fizika uslublarini, qonunlarini to`g`ri shakllantirishi, o`quvchilarga politexnik ta`lim berishi, ilmiy dunyoqarashlarini, fikrlashlarini to`g`ri shakllantirishi lozim.
Fizika kursining mazmuni va xajmini aniqlab beruvchi asos bu dasturdir. U o`quvchilar o`rganadigan asosiy bilimlarni aniqlab beradi. Dastur davlat ta`lim standarti talablariga asosan tuziladi.
Fizikadan o`quv materiali tanlashda asosan quyidagilarga ahamiyat berilishi lozim:
-mazmunining ilmiyligiga va metodologik yo`nalishiga;
-fanning mantiqiy va o`quvchilarning yosh xususiyatlariga mos kelgan holdagi o`qitish sistemaliligiga;
-nazariya va amaliyotning birligiga, hayot bilan bog`lanishiga;
-fizika o`qitishda boshqa predmetlar bilan bog`lanishini ta`minlashga.
O`quv materiali tanlangandan keyin uni yillar bo`yicha taqsimlash muammosi tug`iladi.Fizika o`qitish tarixida o`quv materialini yillar bo`yicha taqsimlashda kursning tuzilishini uchta varianti vujudga keldi: radial, konsentrik va boqichli variantlar.
Kursning radial tuzilishida material shunday joylashtirildiki, bunda bo`limlar bir-biridan qat`iy ajratib qo`yildi. O`tilganlarga qaytish bo`lmaydi. Fizika kursining radial ko`rilishini kamchiligi shundaki, unda o`quvchilar sodda masalalarni ko`rish bilan birga, o`zlashtira olmaydigan materiallarni ham o`rganishlariga to`g`ri keladi.Bir bo`limni og`ir masalalaridan ikkinchi bo`limni yengil masalasiga birdaniga o`tiladi.
Fizika kursining konssentrik ko`rilishida har bir bo`lim maktabda ikki marta ko`rib chiqiladi, ya`ni butun o`quv materiali ikkita konsentrga bo`linadi.Birinchi konsetr fizika kursining deyarli hamma bo`limi bo`yicha boshlangich elementar tushunchalarni o`z ichiga oladi, ikkinchi konsentr butun kurs bo`yicha bilimlar sistemasini o`z ichiga olib, bu material birinchi konsentrdagi o`quv materialini to`la yoki qisman o`z ichiga oladi. Kursni konsentrik tuzilishida material o`tishdagi qiyinchilik sekin-asta ortib boradigan qilib o`quvchilarning aqliy o`sishiga va imkoniyatlariga moslashtirilgan holda joylashtiriladi.Konsentrik ko`rilishning kamchiligi shuki, unda o`quv materiali takrorlanganligi uchun vaqt ko`p sarf bo`ladi va o`quvchilarning qiziqishlarini kamaytiradi.
Fizika kursining bosqichli tuzilishida bu kurs ikki bosqichda o`rganilib, ular birgalikda yagona sistemali fizika kursini tashkil etadilar.
Yuqorida ko`rilgan fizika kursining tuzilishlaridan eng yaxshisi bosqichli ko`rilishidir.U pedagogika va didaktika talablarga to`la javob beradi. Bunga ko`ra maktab fizika kursining mazmuni quyidagilarni o`zichiga oladi:
A. Tayyorlov davri 3-5 sinflarda tabiatshunoslik, tabiiy geografiya va mehnat darslarida fizika elementlarini o`rganish.
B. Kursning birinchi bosqichi 6-9 sinfdarda fizikani o`rganish.
Kursning ikkinchi bosqichi kasb-hunar kollejlari va Akademik litseylarda fizikani o`rganish.
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida fizika ta`limining asosiy vazifalari:
-O`quvchilarni fizik xodisalar, tushunchalar, kattaliklar, modellar, qonunlar, o`lchashlar, fizikaning amaldagi tatbiqlari, olamning fizik manzarasiga oid bilimlar bilan tanishtirish;
-O`quvchilarni fan-texnika taraqqiyoti, fizika qonuniyatlarining amalda qo`llanilishi bilan tanishtirish;
-Koinot tuzilishi va undagi xodisalar haqidagi bilimlar berish orqali ilmiy dunyoqarashi rivojlantirish;
-Buyuk mutafakkirlarimiz va hozirgi davrdagi vatanimiz fizik olimlarining faoliyatlari bilan tanishtirish, ta`lim mazmunini tevarak atrofdagi maxalliy va tarixiy materiallar bilan boyitish orqali o`quvchilarni miliy va vatanparvarlik ruxida tarbiyalash;
-Ta`lim mazmunini ijtimoiy hayot va texnika taraqiyoti bilan bog`lash orqali o`quvchilarni ongli ravishda kasbga yo`naltirish, o`rta maxsus yoki kasb- hunar ta`lim muassasalarida o`qishni davom ettirishlari uchun zamin tayyorlash;
-fizikaga oid asbob uskunalardan foydalanish, sodda o`lchov va tajriba ishlarini bajarish, ularning natijalari asosida xulosalar chiqarish, qoidalariga rioya qilish malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Shu vazifalarni amalga oshiruvchi, ya`ni "Umumiy o`rta ta`lim maktablari uchun fizikadan davlat ta`lim standarti"ga asoslangan xolda dastur tuzildi.O`rta ta`lim maktablarida fizika o`qitish shu dastur asosida olib boriladi.
O`zbekiston respublikasining "Ta`lim to`g`riisida"gi qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi",vazirlar mahkamasining "O`zbekiston respublikasida o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limini tashkil etish chora-tadbirlari tog`risida " gi 1998 yil 13-may 204-son va davlat standarti talablariga asoslangan holda Akademik litseylarning fizika-matematika va boshqa bo`limlari uchun, hamda kollejlar uchun fizikadan o`quv dasturlari tuzildi.Bu dasturlarda fizika o`qitishning maqsadi va vazifalari ko`rsatib o`tildi.
Akademik litseylarda fizika o`qitishning asosiy maqsadi: umumiy o`rta ta`lim asosida umumiy fizikadan o`rta ta`lim berishga: fizikaviy nazariya, kuzatishlar va hodisalar haqidagi ta`limotlarni umumlashgan shakli ekanligini ko`rsatishga, nazariya bilan amaliyotning uzviy bog`likligini ko`rsatishga, fizikaning texnologiyadagi, texnikadagi, tibbiyotdagi va hayotdagi ahamiyatini ta`kidlashga, fanga nisbatan qiziqish uyg`otish va uni o`rganishni davom etdirishga zamin yaratishdan iboratdir.
-fizika kursining o`qitish izchilligini ta`minlash,
-fizikaning barcha bo`limlari bo`yicha asosiy fizik qonunlar, qonuniyatlar va ularning formulalari bilan tanishtirish,
-fizik jarayon, hodisa, tushuncha, hamda qonunlarning o`rganish ketma-ketligi mantiqiy to`gri va oddiydan murakkablikka qarab borish tamoyiliga rioya qilish;
-fizik xodisalar va jarayonlarni kuzatish usullari bilan tanishtirish;
-tajriba o`tkazish, uning natijalarini hisoblash, xatoliklarni hisoblash ko`nikmalarni xosil qilish:
-asosiy fizik qonun va xodisalarni to`g`ri talqin qilish, ularni masala yechishga tatbiq etish va tajribada tekshirib ko`rish ko`nikmalarini hosil qilish:
-oliy o`quv yurtiga kirish uchun zarur bo`lgan bilim, malaka va ko`nikmalarni hosil qilish:
-o`quvchilarning fizikaviy tafakkurini rivojlantirish, fikrlash qobiliyatini oshirish, hamda hayotda bo`layotgan xodisa va jarayonlarni to`g`ri talqin qilishga o`rgatish:
-hozirgi zamon fizikasining fandagi, hayotdagi, texnikadagi, ekologiyadagi va boshqa tarmoqlardagi muammolarni yechish yo`lidagi roli bilan tanishtirish kabi mavzu va muammolarni xal kilish kerakligini ko`rsatishdan iboratdir.
Aniq fanlar yo`nalishi bo`limlarida fizikani o`qitish uchun 720 soat, maxsus kurslarni o`rganish uchun 148 soat, fakultativ kurslarini o`rganishga 222 soat vaqt ajratilgandir.
Fizikani o`rganish uchun,Ximiya ,biologiya yo`nalishdagi bo`limlariga 280 soat, boshqa yo`nalishdagi bo`limlarga 160 soatdan vaqt ajratilgandir.
Kasb-hunar kollejlarida fizikani o`rganish uchun 160 soat vaqt ajratilgan bo`lib, uni o`qitishdan asosiy maqsad bizni o`rab olgan dunyoning tabiiy ilmiy manzarasini o`quvchilar ongida shakllantirish, politexnik ta`lim berish, kasbiy predmetlarni o`rganishga nazariy baza yaratib berish va ilmiy dunyoqarashlarini to`gri shakllantirib borishdan iboratdir.
Fizikani kasbga bog`lab o`qitish kasbga yo`naltirishning eng yaxshi vositasi-dir.Uni quyidagi yo`llar bilan amalga oshirish mumkin.
A. Maxsus predmetlarda fizik tushuncha, xodisa, qonunlarni qo`llash;
B. kasb mazmuniga ega bo`lgan fizik masalalar yechish;
V. Ishlab chiqarishga mo`ljallangan asboblar yordamida kompleks laborotoriya ishlari bajarish va fizik hodisalarni namoyish kilish;
G. Hunar-texnikassiklidagi predmetlarda fizik tushunchalardan foydalangan xolda masalalar yechish;
D. Fizika kursi va hunar-texnikassikli predmetlaridan ayrim mavzu va bo`limdagi bilimdan foydalanib kompleks topshiriklar bajarish;
E. O`quvchilarning texnik ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni talab qiluvchi masalalar yechish;
J. Turli asbob va qurilmalarni tuzilish prinsiplarini tushuntirish uchun zarur bo`lgan fizik bilimlarni qanday o`zlashtirganligini aniqlash maqsadida fizikadan uyga vazifalar berish;
Z. Ishlab chiqarish korxonalariga kompleks ekskursiyalar uyushtirish
va ular bo`yicha o`quvchilarga hisobot tuzishni topshirish;
I. darsdan tashqari ishlarni bajarish to`garaklar, konferensiyalar, kechalar va boshqalar
K. Ma`lum programma asosida fakultativ kurslar o`tish;
Fizika o`qitishda kasbga yo`naltirish prinsipiga amal qilganda o`quvchilar-ning o`zlashtirishi ortadi.
Akademik litseylarning va kasb-xunar kollejlarining va o`rta umumta`lim maktablarining fizikadan dasturlarida Nyuton mexanikasidan boshlab elementar zarralar fizikasigacha bo`lgan barcha bo`limlari ma`lum darajalarda o`z aksini topgandir.
Fakultativ kurs, ixtiyoriy kurs - oliy o`quv yurtlari talabalari va o`rta maxsus o`quv yurtlari o`quvchilari uchun nazariy bilimlarni kengaytirish hamda chuqurlashtirish maqsadida o`tiladigan majburiy bo`lmagan mashg`ulot turi. Fakultativ kurslar fan, texnika va madaniyatning eng yangi muammolari, shuningdek, biror o`quv fanini o`rganish davomida talaba (o`quvchi)larni qiziqtirib qolgan mavzu yoki bo`lim yuzasidan tashkil etiladi. Tavsiya etilayotgan Fakultativ kurslarning taxminiy ro`yxati, odatda, o`quv rejalarida aks etadi. Oliy o`quv yurtlarining ilmiy kengashlari hamda o`rta maxsus o`quv yurtlari pedagogik kengashlari talaba (o`quvchi)lar qiziqishlari hamda mintaqaviy ehtiyojlardan kelib chiqqan holda Fakultativ kurslarni tashkil etish huquqiga egadirlar. Fakultativ kurs praktikum, seminar, labaratoriya mashg`uloti singari shakllarda ham uyushtirilishi mumkin. O`rta maxsus ta`lim tizimida Fakultativ kurslarni o`tish uchun oliy maktab shuningdek, xalq xo`jaligi va madaniyat tarmoklari mutaxassislari jalb etiladi.
O`quvchilarning shaxsidagi tipik farqni hisobga olib tashkil etilgan o`quv-tarbiyaviy jarayonni tabaqalashtirish,bunday hollardagi o`qitish esa tabaqalashtiril-gan o`qitish deb ataladi. O`qitishni tabaqalashtirish o`quvchilarni kasbga yo`nalti-rishni yaxshi yo`lga qo`yish imkonini beradi, chunki u o`quvchilarda yetarlicha qiziqish uyg`otgan fanlarni chuqur o`qitishga asoslanadi.
O`qitishni tabaqalashtirish ichki va tashqi tabaqalashtirishga bo`linadi.
O`quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilishda, agar o`quvchilarning xususiyatlarini hisobga olish o`qituvchining oddiy sinfdagi ish sharoitida amalga oshirilsa, o`qitishni ichki tabaqalashtirish deb ataladi.
Tashqi tabaqalashtirish o`quvchilarning alohida xususiyatlarini hisobga olish uchun ularni maxsus (maktab, sinf) guruhlariga birlashtiriladi.
Zamonaviy pedagogika amaliyotida o`qitishni tabaqalashtirishning quyidagi turlari ma`lum:

Qiziqishlari bo’yicha





Zamonaviy pedagogika amaliyotida o’qitishning turlari





Layoqati bo’yicha



Qobiliyati bo’yicha







Balog’at yoshida rejalashtirayotgan kasbiga qarab

Fizikani o`qitishni tabaqalashtirishni 14-15 yoshdan boshlash maqsadga muvofiq.


Hozirgi vaqtda fizikani tabaqalashtirishni uch shakli mavjud:



1

fakultativ mashg’ulotlar


1.



2

fizikani chuqur o’rganiladigan sinflar

2.


3

fizikani chuqur o’rganadigan ixtisoslashtirilgan litsey

3.


Fakultativ kurslar 1967-yildan boshlab tashkil qilina boshladi. Ularda berilgan fanga yuqori qiziqish bildirgan o`quvchilar qatnashadi. Fakultativ mashg`ulotlarda o`quvchilar fizika va unig texnikadagi asosiy qo`llanishlari asosida tayyorgarlik ko`rishadi. Fakultativlar tizimini ikki guruhga ajratish mumkin:

  1. fizika kursiga qo`shimcha bob va masalalar;

  2. maxsus kurslar.

Fakultativlar (“Qo`shimcha bob va savollar”) asosiy fizika kursining dasturiga moslashtiriladi va uncha ko`p bo`lmagan chuqur o`rganish uchun tanlab olingan, ilmiy yoki amaliy sohadagi muhim mavzulardan iborat.
Maxsus fakultativ kurslar bitta bo`limga, yoki amaliy xususiyatga taalluqli savollarni qamrab oladigan qilib tuziladi. Bunday kurslar asosan fizika va matematika chuqur o`rganiladigan maktab va sinflarda yo`lga qo`yiladi, oddiy maktablarda esa asosiy fizika kursi bilan yaqindan bog`liq fakultativlar afzal ko`riladi.



asosiy fizika kursi bilan uzviy bog’langan yuqori saviyadagi fakultativ kurslar





Fizikadan fakultativ mashg’u-lotlar uchun 4 tipda kurslar ishlab chiqilgan

fizik-texnik modellashtirish bo’yicha fakultativ kurs





fizikaning birorta bo’limini chuqur o’rganuvchi fakultativ maxsus kurslar



amaliy fizika fakultativ kursi fizik qonun va hodisalardan foydalanishning asosiy yo’llari va metodlari bilan tanish-tirish, zamonaviy texnikaga qiziqishni rivojlantirish bu kursning asosiy vazifasi hisoblanadi

Fakultativ mashg`ulotlarni tashkil qilishda ularning ixtiyoridan kelib chiqish lozim, bu narsa o`qituvchiga qo`shimcha ma`suliyat yuklaydi; u o`quvchilarda fizikaga qiziqishni uyg`otishi va rag`batlantirib borishi, ularda mustaqillikni rivojlantirishi kerak. fakultativ mashg`ulotlar uchun guruh 15 kishidan kam bo`lmagan ishtirokchilardan tuziladi.


Guruhlarni tuzishda o`quvchilar uchun hech qanday tanlov sinovlariga yo`l qo`yilmaydi.
O`quvchilar o`zlari uchun u yoki bu fakultativni ixtiyoriy tanlaydilar, lekin bundan so`ng hamma mashg`ulotlarni bajarish, sinovlarni tekshirish va hokazolarga majburdirlar. Fakultativ mashg`ulotlardagi bilimlarni baholashda faqat o`quvchilarning yutuqlari qayd etiladi, kamchiliklari emas. O`qituvchining yo`qlamasi bo`yicha og`zaki javobdan ko`ra referatlar, xabarlar, masala va asboblarni loyihalashtirishning original yechimlari bilim olishdagi ixtiyoriylik ruhiga ko`proq javob beradi. Bu narsa fakultativ kursni o`rganishga qiziqish va hohishni oshiradi, vaziflarni yaxshi bajarish uchun rag`bat uyg`otadi.
Fakultativ mashg`ulotlarda o`quvchilar bilan ishlashning turli shakllaridan foydalanish kerak; o`qituvchining bayoni va ma`ruzasi, o`quvchilar qisqacha bayonot beradigan seminarlar, suhbat davomida kursning alohida savollarini muhokama qilish; o`quv spravochnik va ilmiy-ommabop adabiyot bilan mustaqil ishlash, referatlar tayyorlash, laboratoriya ishlari va eksperimentlarni bajarish, uncha murakkab bo`lmagan loyihalashlarni bajarish, masala yechish, o`qituvchining kirish va umumlashgan ma`ruzalari, yirik bo`limlarni o`rganib bo`lgach yakunlovchi anjumanlarni o`tkazish mumkin. Hamma hollarda mashg`ulotlarning jamoa, guruh va yakka-yakka shakllarini bir vaqtning o`zida har bir o`quvchining o`ziga xos xususiyatlarini maksimal hisobga olgan holda qo`shib olib borish zarur. O`quvchilarning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, mustaqil ishlash uchun vazifalarni qiyinligiga qarab tabaqalashtirish muhim.
Yuqori saviyadagi fizika kursi oddiysidan hajmi bilan emas, balki qaralayotgan hodisalarning chuqur o`rganilishi bilan farq qiladi.


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling