O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Download 0.82 Mb.
bet34/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

Klinik manzarasi. Kasallik et uvishishi, yuqori harorat, bosh og'rishi, yurakni tez-tez urishi, hansirash bilan o'tkir boshlanishi mumkin.Reflektor ravishda ko’ngil aynishi, qusish, qorin dam bo’lishi mumkin. Siydik ajralishi tezlashadi va og'riqli bo'ladi. Belda ko'pincha qovuq ustida simillagan og'riq bo'ladi. Tekshirilganda til quruq karash bog'lagan.O'tkir pielonefritda shish va arterial bosimning ko’tarilishi kuzatilmaydi. Kasallik ba'zan zimdan boshlanadi va rivojlanadi.Belda og’riq va dizurik holatlar bo’lmasligi mumkin. Harorat subfibrilgacha ko’tariladi. Faqat siydikka ko’p miqdorda leykositlar bo'lishi mumkin.Bu ko'pincha bolalarda va xomilador ayollarda uchraydi.O’tkir pielonefritning kechishi 1-2 xaftagacha cho’ziladi, ba'zan u surunkali turga o'tadi.
Davosi. O’rinda yotish rejimi. Dieta № 7. Ko’p suyuqlik ichish tayinlanadi: bir necha stakandan mineral yoki oddiy suv, kompot, sut, meva sharbatlari har kuni kundalik normal ichimlik rasionidan ortiq miqdorda ichiladi. Antibiotiklar va sulfanilamid preparatlari qo'llaniladi.
Profilaktikasi. Bu avvalo siydik chiqaruv kanali, qovuqdagi yallig'lanish kasalliklarini o’z vaqtida davolash oldini olishdir. Gigienik qoidalarga rioya qilish muhim rol o'ynaydi.


BUYRAK TOSH KASALLIGI.
Buyrak konkrementlari odam organizmida avitaminoz, xususan avitaminoz A da modda almashinuvi (tuz mineral) jarayonlarining buzilishi natijasida buyrak jomidagi dimlanish hodisalarida siydik turib qolganda, konkrementlar hosil bo'lishi uchun asos hisoblangan siydik kislota tuzlari (uratlar) kristallaridan hosil bo'lishi mumkin.Buyгак toshlarining tarkibi tirlicha bo'lishi mumkin. Ularning rangi va zichligi shunga bog’liq. Oksalat toshlari silliq,to’q qo’ng’ir , qattiq yuzasi g'adir-budur bo'ladi. Fosfor toshlari och kul rang, urat toshlari sariq, qizil, silliq, oksalal konkrementlarga qaraganda qattiqligi kam .Buyrak toshlar yakka-yakka va ko'p sonli bo'lishi mumkin, qum zarrasidan yirik tuxum kattaligigacha bo'ladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling