O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’
Download 0.82 Mb.
|
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Profilaktikasi.
Klinik ko'rinishi. O'tkir nefrit ko'proq yoshlar kasalligi hisoblanadi, bolalar, ayniqsa o'smirldar ko'p kasallanadi, kasallik erkaklarda ko'proq uchraydi.Bemorlar shishib ketishdan, siydik ajralishi kamayishidan bosh og’rishi, hansirash, qusish, yurak, bel sohasidagi og’riqdan, ko’rish yomonlashishidan va umumiy holsizlikdan shikoyat qiladilar.Kasallik klinikasida uchta alomat xos: shish, areterial gipertenziya va siydikda o'zgarish qilishi.Shishlar kasallikning eng dastlabki va doimiy belgilaridan biri hisoblanadi. Shish 80-90 % bemorda kuzatiladi. U yuzda, ayniqsa qovoqlarda ko'rinib bemorni xuniklashtirib qo’yadi. Ko'z yumilib ketadi. Ko'zga ko'rinarli shishlar paydo bo’lguncha shishdan oldingi holat paydo bo'ladi. Unda to'qimalarda suyuqlik yig'iladi, uni faqat bemorni muntazam tortib turib aniqlash mumkin. Shish tanaga tez tarqaladi, plevra bo'shlig'ida perikardda ekssudat yig’ilishi hamda istisqo (astsit) bo'lishi mumkin.Arterial bosimning ko’tarilishi ham o'tkir nefritning erta paydo bo'ladigan belgilaridan hisoblanadi. Asosan diastolik bosim ko’tariladi, u arteriya devorining tarangligiga bog'liq. Shunday qilib maksimal bosim ham minimal bosim ham ortadi.Odatda o'tkir nefritdagi gipertenziya uzoq vaqt saqlanmaydi va me'yorgacha pasayadi.Siydik miqdori 700-400 ml va undan ham kamayadi. Og'ir hollarda bir kecha kun davomida anuriya bo'lishi mumkin. Siydikda qon bo'lishi va ularning rangi o'zgarishiga olib keladi. Qo’ng’ir qizg'imtir, go'sht yuvindisiga o’xshaydi.
Davosi. Bemor kasalxonaga yotqizilishiga muxtoj bo'ladi. O'rindan turmay yotish rejimiga amal qilish, sovqotishlarning oldini olish zarur.Parxez ovqatlari ahamiyati katta. Dastlabki kunlari bemorga bir stakan suv uzum sharbati, sut ichishga ruhsat beriladi.Osh tuzi ishlatish esa mutloqo man qilinadi, suyuqlik miqdori chegaralanadi.Keyingi kunlari dieta № 7 - osh tuzi chegaralangan yoki tuzsiz ovqatlar tayinlanadi, oqsillar keskin chegaralanadi, ziravorlar va ta'sirlantiradigan maxsulollar butunlay man qilinadi. Profilaktikasi. Organizmdagi surunkali yallig’lanish o’chog'iga (surunkali tonzillit, gaymorit, adneksid, tish kariesi) qarshi kurashishdan iborat.Ishlab chiqarishda mehnat gigienasi organizmni mustaxkamlash, chiniqtirish, jismoniy tarbiya, alkogolni ko'p iste'mol qilishdan voz kechish muxim profllaktik tadbir hisoblanadi. Pielonefrit - buyrak va buyrak jomi yaallig’lanishiga aytiladi. Kasallik o'tkir, surunkali ko'rinishida kechadi. Pielonefrit bir yoki ikki tomonlama bo'lishi mumkin. O'tkir pielonefrit ko'pincha yoshlarda uchraydi. Qo’zg'atuvchilari jomchadagi o'tkir infeksiyalar hisoblanadi, qo’zgatuvchilar limfa va qon orqali tushishi mumkin. Ko'pincha kasallikdan oldin sovqotish ,asboblar yordamida urologik tekshirishlar o'tkazilganligida rivojlanadi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling