O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’
Download 0.82 Mb.
|
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klinik manzarasi
Klinik manzarasi. Sifatsiz ovqat iste'mol qilgandan 3-4 soat o’tgach to’satdan boshlanadi. Umumiy holsizlik, ishtahaning yiqolishi, qorinda og'riq kuzatiladi, bunga ich ketishi qo’shiladi. Ich ketish kuniga 3 martadan 10-20 martagacha bo'lishi mumkin. Najas ko'p miqdorda va ko'pikli, nordon hidga ega bo'ladi. Ko'pincha qorinda quldirash, ko’ngil aynishi, qusish, kekirish, chanqash kuzatiladi. Ko'zdan kechirishda teri qoplamlari oqargan, tili quruq, oqimtir parda bilan qoplangan, qorin dam bo’lgan, palpasiya qilinganda og’riydi,arterial bosimi pasaygan, puls tezlashgan bo'ladi. Vaqtida davo qilinsa, bemor tez tuzalib ketadi, ayrim hollarda surunkali turga o’tib ketishi mumkin.
Davosi. O'tkir enteritda o’rinda yotish rejimi, tuz surgi (magniy sulfat bir qabul 20-25 g dan), ko’p suyuqlik (iliq choy), qoringa issiq qo’yish, tozalash klizmasi tayinlanadi.Dori moddalaridan sulgin (0.5 gdan kuniga 4-6 marta), enteroseptol va boshqalar buyuriladi. Kolit- yig’on ichak shilliq pardasining yallig’lanishi. Kolitning sababchisi infeksiya (dizenteriya), parazitar kasalliklar (lyamblioz, gelmintoz), haddan tashqari ta'sirlovchi va noto'g'ri tayyorlangan ovqat iste'mol qilish hisoblanadi. Kolit rivojlanishida qorin bo’shligining boshqa organlaridagi yallig'lanish prosesslari: surunkali xolesistit, gastrit, enterit va allergik omillar muhim ahamiyatga ega.Kolit kechishiga ko’ra o'tkir va surunkali bo’ladi. Klinik manzarasi. O'tkir kolitning harakterli belgilari qorinning pastki qismida og'riq bo'lishi, tez-tez ich buzilib turishi, tana haroratining ko’tarilishi, tenezmalar (defekasiya og'riqli, soxta, qisqa bo'lishi) hisoblanadi. Ich ketishi kuniga 20 marta va undan ortiq takrorlanadi. Kuchanishlar bezovta qiladi.Axlat har xil konsistensiyali - qattiq, suyuq, shilimshiq va qon aralash bo'ladi. Ular ko'p miqdorda leykosit va epiteliylar topiladi. Davosl. Ichakda muayyan mikroblar topilganda (dizenteriya qo’zg'atuvchilari) maxsus davo olib boriladi. Ovqat to’la qimmatli, oqsillar yetarli miqdorda, uglevodlari va yog’lari bir muncha chegaralangan, lekin mexanik va kimyoviy jihatdan chegaralaydigan bo'lishi kerak. Kasallikda tetrasiklin yoki levomisitin, shuningdek sulfanilamid preparatlari tayinlanadi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling