O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Download 0.82 Mb.
bet28/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

Klinik manzarasi. Yara kasalligining muhim belgilaridan og'riq, qusish, qon oqishi hisoblanadi. Og'riq ovqat is'temol qilgandan so’ng paydo bo'ladi, paydo bo’lish vaqtiga qarab ular erta (1,5 -2 soatdan so’ng) va kechki (2-4 soatdan keyin) og'riqqa ajratiladi. Og'riq yuqoriga va chapga (yara yuqori joylashganda), orqada o’ng ko'krak va o’ng qovurg'a ostiga tarqaladi. Og’riq davomliligi, kasallikning og’irligi, asoratiga qarab har xil bo'ladi.Ovqat egandan so’ng issiq qo'llash yoki qusishdan so’ng og’riq kamayadi. Qusish ko’pincha og’riq avjiga chiqqan paytda paydo bo'ladi. Shuni ta'kidlab o’tish kerakki, qusish ko’p hollarda kasal ahvolini tez yengillashtiradi. Shuning uchun ular qusishni ba'zan sun'iy ravishda chaqiradilar. Qon oqishi ochiqdan-ochiq yoki yashirin bo'lishi mumkin. Ochiqdan-ochiq qon oqishi 25 % hollarda kuzatiladi. Ko'p qon ketganda qon to’q qizil rangda bo'ladi yoki sekin qon oqqanda qon xlorid kislota ta'sirida o'zgarishga ulguradi va kofe quyqasi ko'rinishida bo'ladi. Qon ketgandan biroz keyin qoramoysimon ich keladi, qon yuqotish belgilari bo'lishi mumkin.Yashirin qon ketish 80% hollarda kuzatiladi. Uni bemorning ahvoliga va maxsus kimyoviy reaksiyalar orqali aniqlanadi. Bemorda jig'ildon qaynashi, ko’ngil aynishi, so'lak oqishi, kekirish kuzatiladi. Ishtaha saqlanib qoladi, ko'pincha baland bo'ladi, ammo bemor og'riq va qusishdan qo’rqib ovqat emaydi, tez charchash, uyqu buzilishi, jahldorlik belgilari ko'rinadi. Kasallikning kechishida mavsumiylik kuzatiladi. Kasallik zo’raygan vaqtida bemor ozib ketadi.
Davosi. Yara kasalligi kompleks davo qilish zarur ya'ni tayinlangan dori-darmonlarni parxez ovqatlar, fizioterapiya va davolashning boshqa usullari bilan qo’shib olib borish kerak.Yara kasalligida fizioterapiya parafin bilan davolash, balchiq bilan davolash, shuningdek markaziy nerv tizimini tinchlantiradigan turli shifobaxsh vannalar (igna bargli, natriv xloridli) eng muhim davo tadbirlari hisoblanadi. Davolashda barjom, yesentuki singari mineral suvlar katta rol o'ynaydi. Medikamentoz davolashda teri ostiga atropinning 0,3 - 1ml 0,1 % li eritmasi yuboriladi yoki tomchilar holida ichiladi (ovqatdan oldin 5-6 tomchi suv bilan), vikalin, gangleron, vitaminlar qo'llaniladi.
Profilaktikasi. Ovqatlanish rejimini to'g'ri tashkil etish, har kuni toza havoda sayr qilish, jismoniy tarbiya mashqlari kompleksini bajarilishi lozim. Bizning mamlakatimizda yara kasalligiga qarshi ovqat rasionlari. № 1 deb atalgan dietalar ishlab chiqilgan. Ular uchta rasion: № la,1b va 1 dan iborat Yara kasalligi bo’lgan bo’lgan bemorlarning ovqatlanish rasionlari asosini oshqozon va ichak shilliq pardasini imkon boricha ehtiyotlash (mexanik, kimyoviy, termik) prinsiplari tashkil qiladi.
Enterit - bu ingichka ichak shilliq pardasining yallig’lanishi. Kasallik har xil infekstiya (ich terlama, paratif), gelmintoz ta'siri ostida zaharli va ba'zi bir dori moddalar ta'siri, to’la qimmatli ovqatlanmaslik oqibatida paydo bo'ladi. Enterit rivojlanishiga ichkilik ichishga ruju qo’yish va chekish yo’l ochadi. Me'da faoliyatining buzilishi, me'da osti bezi kasallanganda o’z vaqtida davo qilmaslik ham bu kasallikning vujudga kelishiga sabab bo'ladi.O'tkir va surunkali enterit farq qilinadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling