O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Download 0.82 Mb.
bet39/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

EPILEPSIYA. Epilepsiya so'zi yunoncha bo'lib. "birdan yiqilib tushish" degan ma'noni bildiradi. Epilepsiya ya'ni quyonchiq kasalligi surunkasiga davom etib boradigan dard bo'lib o’ziga xos talvasa tutqanoqlari bo'lib turishi va bemor shaxsiyatining harakterli tarzda o’zgarib qolishi biIan o'tadi. Bu kasallikning etiologiyasi uzil-kesil aniqlangan emas. Hozirgi vaqtda irsiy omillarga muayyan ahamiyat beriladi.Epilepsiya tutqanog’i odatda qanday bo’lmasin biror tashqi sababiz, to’satdan boshlanadi. Bemor o’zidan ketib yiqilib tushadi.Yiqilib tushishining sababi shuki, muskullarning hammasi keskin aniq taranglik holatiga keladi.Tonus kuchayib barcha muskullarda barovar boshlanmaydigan bo’lgani uchun bemor ko'pincha oldi va bir yon tomonga, gohi orqasiga yiqilib tushadi.
Yiqilayotgan paytida ba'zan qatliq baqiradi. Tonik talvasalar o’ziga xos bo'ladi muskullari keskin taranglashib, qo'l va oyoqlar tortiladi: gavda muskullari ham taranglashgan bo'ladi. 20-40 sekunddan keyin tonik talvasalar klonik talvasalar bilan almashinadi, bu qo'l-oyoq muskullarining ritmik tarzda qisqarib va bishashib turishi bilan ifodalanadi. Bemorning yuzi oqarib ketadi so’ngra ko’kimtir tusga kiradi. Ko'z qorachiqlari kengayadi, yorug'likka reaksiya bermaydi. Pay reflekslarini xosil qo'lib bo'lmaydi. Og’zidan ko'pik chiqadi, tili yoki lunjining ichki yuzasini tishlab olgani uchun bu ko'pik qon aralash bo'ladi. Aksari odam. g'ayri-ixtiyoriy suratda siyib qiyadi. Goho ichi o'tadi. klonik talvasalardan keyin muskullar bo’shasha boshlaydi. Bemorning es-hushi kirarli-chiqarli bo'lib turadi va ko'pincha uxlab qoladi. Tutqanoqning hammasi ko'pi bilan 2-3 minut davom etadi. Tutqanoqlar kunduzi ham, tunda, uyqu vaqtida ham tutib qoladi. Tutqanoqlar har xil vaqtni oralab har kuni, xaftasiga, oyiga bir marta va bundan ham ko’proq vaqt oralab tutib turadi. Ba'zan tutqanoqlar bir necha soat davomida to’xtamasdan ketma-ket tutaveradi. Tutqanoqlar orasida shu qadar kam vaqt o'tadiki, bemorlar es-shushi o’ziga kelishiga ulgura olmay qoladi. Epilepsiya holati (status-epilepticus) deb shunga aytiladi. Epilepsiya holatida shoshilinch choralar ko’rish kerak bo'ladi, chunki u o’limga olib borishi mumkin. Ba'zi bemorlar tutqanoq tutishini oldindan bilishadi. Ularrning ahvoli o’zgarib umuman, darmoni quriydi, kayfi-ruhiyati yomonlashib qoladi. Tutqanoqni ancha oldindan keladigan darakchilari deb shularni aytiladi. Ko'pchilik bemorlarda tutqanoqlar bir necha sekund davom etadigan aura (shabada) dan boshlanadi. Bunda bemor turli sezgilar sezadi. U terga botadi, rangi oqarib yoki qizarib ketadi, og'iz bo'shlig'ida quruqlik sezadi, badanida chumolilar o’rmalab ketayotgandek uvishib qolgandek bo'lib tuyuladi. Tutqanoq boshlanishidan oldin bemorlar ko'ziga ravshan yorug'lik dog’lari, yong'in shu'lalari ko'rinishi, qulog’iga qing'iroq ovozi, shovin-suron, baqiriq-chaqiriqlar eshitilishi, dimog'iga qo'lansa hid, g'alati maza ta'mlar urayotgandek bo'lib tuyo’lishi mumkin.Yuqorida tasvirlab o’tilgan katta tutqanoqlardan tashqari, kichik tutqanoqlar ham uchraydi. Kichik tutqanoq odatda bir necha sekunddan ortiq davom etmaydi. Ayni vaqtda bemor yiqilib tushmaydi, ularga katta tutqanoqda bo’lganidek talvasa tutmaydi.Ular bir lahza ma'lum holatda guyo qotib qolgandek bo'ladi. Yuzi oqarib ketadi. Ayrim muskul guruhlari uchib turishi mumkin.
"Absans" o’zbekchaga tarjima qilganda "yo’qlik, o’zdan ketib qolish" degan ma'noni bildiradi. Bemor qisqa vaqtda (bir necha sekundga) o’zini bilmay qoladi.
Masalan. Biror ish yoki suhbat vaqtida bemor guyo qotib qoladi, ko'zi bir nuqtaga qadalib turadi, keyin esa u boshlagan ishni davom ettiraveradi. Bunday holatlarni bemorlani o’zi, odatda, sezmaydi, atrofdagilar ham buni payqasha bermaydi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling