O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


B'rinchi tibbiy yordam ko’rsatish


Download 0.82 Mb.
bet40/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

B'rinchi tibbiy yordam ko’rsatish. Bemor xurujining boshidan oxirigacha yordamga muhtoj bo'ladi. Xuruj tutgan vaqtda bemorni ushlab qolishga urinish va bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish yaramaydi Boshi tagiga yumshoqroq narsa qo’yish, nafas olishiga xalaqit beradigan kiyimlari tugmalarini bo’shatish, tilini tishlab olmasligi uchun tishlari orasiga buklangan ro’molcha yoki qoshiq qiyish lozim. Bemorning yuziga suv sepish, atrofida shovqin qilish, nashatir spirti bug’larini hidlatish mumkin emas .
Tutqanoq- ko’chada ro'y bergan taqdirda xuruj tugagandan so’ng bemorni uyga yoki davolash muassasasiga olib borish kerak. Dori moddalaridan talvasaga qarshi ta’sir ko'rsatadigan preparatlardan fenobarbital, benzonal, geksamiddin, difenin, xlorakon hammadan ko’ra ko'proq ishlatiladi.
Tayanch so’z va iboralar
Asab tizimi haqida tushuncha ,markaziyva pereferik nerv sistemasi,kasalliklari ,nevrozlar, nevrosteniya, isteriya, psixosteniya, insult,miyaga qon quyilishi ,falajlik ,birinchi tibbiy yordam ko’rsatish, epliepsiya,sababi ,tutqnoq hurujlari,auralar, epileptik status,tuqanoq xurujida birinchi tibbiy yordam korsatish.
Savollar .
1.Asab tizimi deb nimaga aytiladi ?
2.Nevrozlar qanday kasallik ?
3.Tutqanoq xurujlari haqida nimalarni bilasiz?
4. Epileptik tutqanoq nima ?
5.Insult deganda nimani tushunasiz?
6.Aura deb nimaga aytiladi?
Mavzu: Epidemiologiya asoslari.Immunitet. Nafas yo’llari infekstiyasi
R e J A :
1. Yuqumli kasallik haqida tushuncha va uning qisqacha turixi.
2. Epidemiologiya fani haqida ma'lumot va uning vazifalari.
3. Yuqumli kasalliklarni oldini olish va ularga qarshi kurash chora-tadbirlari.
4. Immunitet va uning turlari, immunitetni kuchaytirish yo’llari.
5. Nafas yo’llari kasalliklari haqida ma’lumot
6. Gripp ,paragripp etiologiyasi ,epidimiologiyasi ,klinik manzarasi , da’vosi va profilaktikasi.
Yuqumli kasalliklar insoniyatga qadim zamondan ma'lum. Chinchechak, vabo, o’lat kabi xatarli yuqumli kasalliklar vaqti-vaqti bilan keng tarqalib, millionlab odamlarning yostig'ini quritgan. Yuqumli kasalliklarni kelib chiqish sabablari uzoq vaqt noma'lum bo'lib kelgan. Tabobat ilmining hobokaloni Abu Ali Ibn Sino (980-1037) o’zining “Tibbiyot qonunlari" kitobida "Kasalliklardan ba'zilari yuqumli bo'ladi, bular deb yozadi u moxov, qo’tir, chinchechak, vabo isitmasi, yo'ringlagan yaralar kabi xaslaliklardir".Yuqumli kasalliklar deb, yuqumli (patogen) mikroorganizm bilan makroorganizm (odam, hayvon) o'rtasidagi tashqi muhit omillari ta'siri natijasida bo'lib o'tadigan munosabatlardan kelib chiqadigan kasallikka aytiladi. Mikroorganizm bilan makroorganizm o'rtasidagi munosabat turlicha yakunlanishi mumkin:
1) Mikrob makroorganizm himoya vositalari ta'sirida tezda halok bo'ladi; 2) Mikrob o’ziga qulay sharoit topib ko'payadi va organizmning qarshiligiga bardosh berib, uzoq saqlanadi. Organizmda mikrob bor ekan yuqumli kasallikka xos o'zgarishlar oz bo’lsada, yuz beradi, lekin kasallik latent yashirin shakllarda kechadi; 3) patogen mikrob organizmda tez ko'payadi va uning himoya kuchlarini yengib, o'zining patogenlik xususiyatini namoyon qiladi. Organizmda kasallik avj olib boradi.Yuqumli kasalliklar boshqa kasalliklardan farqli ravishda o’ziga xos kechish xususiyatlariga ega.
l. Yuqumli kasalliklarni tirik patogen (yuqumli) mikroorganizm qo’zg'atadi.
2.Yuqumli kasallikni tarqatuvchi manbai bo'lib, kasallikni boshqalarga tarqatishi munikin.
3.Yuqumli kasalliklarning yuqish va tarqalish yo’llari mavjuddir.
4.Yuqumli kasalliklar muayyan davrlar bilan kechadi.
5. Bemor qaysi yuqumli kasallik bilan og'rib o’tsa, uning organizmida o’sha kasallikka
qarshi immunitet hosil bo'ladi.
6.Yuqumli kasalliklar mavsumiy tarzda uchraydi.
Infeksiya so'zi lotin tilidan olingan bo'lib. "ifloslanish" degan ma'noni anglaladi. tor ma'noda olinganda mikroorganizmning makroorganizmga kirishidir. Infeksion jarayon esa patogen omil kirgan organizmda yuz beradigan fiziologik va patologik o'zgarishlar yig'indisidir.Y'uqumli kasalliklarni bakteriyalar, viruslar, sodda jonivorlar, parazitlar, rikketsiyalar kabi mikroorganizmlar qo’zg'atadi.Yuqumli kasalliklar sog’lom odam yoki hayvonga bemor sog’lom mikrob tashuvchilar, rekonvalessentlardan yuqishi munikin.Yuqumli kasalliklar quyidagi yo’llar bilan tarqaladi 1.xavo tomchi yo'li orqali; 2.alimentar yo’l: 3. fekal-oral yo'li; 4.kontakt yo’l; 5. transmissiv yo’l; 6. parenteral; 7. suv orqali;8. transplasentar yo’l orqali.
Yuqumli kasalliklarning kechishida davriylik xos bo'lib, ular quyidagilardan iborat: 1.yashirin va inkubatsion davri; 2. boshlang'ich yoki prodromal davri; 3. avj olish davri; 4. tuzalish (rekonvalesensiya) davri; 5. sog'ayish davri;
Yuqumli mikroorganizm odam organizmiga tushgandan keyin kasallik alomallari darxol yuzaga chiqmaydi. Bu davr yuqumli kasalliklarda turlicha bo'lib yashirin davr deb ataladi.
Keyingi davr boshlang'ich (prodromal) davri deb yuritiladi. Bunda kasallikning boshlang'ich belgilari yuzaga chiqib rivojlanib boradi.Kasallikning avj olish davrida kasallikka xos bo’lgan klinik belgilar paydo bo'ladi. Kasallik alomatlari kamaya borib, bemor o’zini yaxshi xis qo'la boshlashi bemorda tuzalish (rekonvalesensiya) davri boshlaganligidan darak beradi. Bu davr ko'pincha sog'ayish davri bilan tugallansa, ayrim hollarda kasallik zurayishi munikin.Yuqumli kasalliklarda to’la sog’ayish faqat kasallik alomatlarining butunlay yo’qolishi emas. Balki bakterologik sog'ayish bilan aniqlanadi. Ba'zi kasalliklarda, masalan ich terlamada bemor tuzalib ketganidan keyin ham uning organizmidan yuqumli mikroblar ajralib turadi. Bu xolat kacallikdan keyin bakteriya tashuvchilik xolati deb ataladi. Bu holat 3 oygacha davom etsa, o'tkir bakteriya tashuvchilik hisoblanadi.Yuqumli kasalliklardan so’ng bemor organizmida shu kasallik mikroblariga nisbatan immunitet paydo bo’ladi. Bu immunitet orttirilgan tabiiy immunitet bo'lib, himoya xususiyati turli muddatgacha saqlanib qoladi. Yuqumli kasalliklar yo’l davomida mavsumga qarab ko'payib va kamayib turadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling