O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’
Isterik tutqanoqda birinchi yordam ko’rsatish
Download 0.82 Mb.
|
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Insult (miyaga qon quyo’lishi)
Isterik tutqanoqda birinchi yordam ko’rsatish.
1. Bemorni tinch joyga ko’chirish kerak. 2. Burniga nashatir spirti bug'lari hidlatiladi. 3. Sovuq suv ichiriladi. 4. Bemor yotgan xona chirog i hiraroq qo'lib yoqib qo’yiladi. Isterik tutqanoq bemorda bartaraf etilgandan keyin uxlab qolish va xotirasini yo’qotish holatlari uchramaydi. Bemor bemalol ishini davoni ettirishi mumkin. Psixosteniya – ko’ngildan ko’tarilmaydigan hayollar bilan bo'ladigan holatlar nevrozi bo'lib, bu holatlar xilma-xil bo'ladi.Bemor fikri-zikrini band qilib oladi va turli klinik ko'rinishlarida namoyon bo’ladi. Bunday holatlarga vahimalar hayollar, qattiq harakatlar kiradi. Fikri-zikrini band qiladigan holatlar ko’pincha xavotirlanib, qo’rqish, yurak urishining tezlashuvi, terlash, arterial bosimning ko’tarilishi kabi vegetativ o’zgarishlar bilan birga kechadi. Bemor ko’nglini o’z hayoti uchun xavotirlanish, yurish-turishida, odob-ahloqida xato qilib qiyish vahimalari egallaydi. Ko'pincha bemorlarda og’ir kasallik bilan kasallanib qolish vahimasi paydo bo’ladi. Bu vahimalar o’lib qolish, o’z-o’zini o’ldirib qiyish, yaqin kishisiga nisbatan tajovvuzkorona hatti-harakat qilishdan qo’qish bilan birga davom etadi. Davolash. Psixoterapevtik vositalar va dori-darmonlar qo'llaniladi.Kasallikka davo qilinsa u yiqolib ketishiga, ovqatlanish va uxlash rejimiga qattiq rioya qilish kerakligiga bemorni qattiq ishontirish zarur. Vahimalar zo’rayib, uyquni juda buzib qo’yadigan davrlarda antideprisantlar trankvilizatorlar (elenium, relanium, seduksen) buyuriladi. Insult (miyaga qon quyo’lishi) Miyaga qon quyo’lishi gipertoniya kasalligi va bosh miya tomirlari aterosklerozi asoratidir. Kasallik to’satdan hech qanday alomatlarsiz bedorlik davrida ham, uyquda yotgan paytda ham paydo bo'ladi. Bemor hushidan ketadi, bu davrda qusish, beixtiyor siydik va axlat ajralishi mumkin. Yuz giperemiyalanib (qizarib) qoladi. burun-quloqlar ko’karadi. Nafasni buzilish harakterli bo'lib, nafas qisishi bilan birga shovqinli xirillab chiqadigan nafas olishni to’xtashi yoki har-xilda siyrak nafas olish bilan almashinadi. Puls birdaniga sekinlashadi - minutiga 60-70 marta uradi. Ko'pincha oyoq-qo'llarning falaj bo'lib qolganligi. yuz assimetriyasi (yuzning bir tomonida mimika muskullarining falaji) va anizakoriya (qorachiqlarning bir xil emasligi) kuzaliladi. Ba'zan insult juda jadal kechmasligi mumkin, biroq hamma vaqt oyoq-qo’llarning falajlanib qolishi, nutqning ozmi-ko'pmi buzilishi kuzatiladi. Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish. Avvalo, bemorni karovatga qulay vaziyatda yotqizish va tanasini qisib turgan kiyimlarining tugmalarini bo’shatish xonaga yetarlicha sof havo kirib turishini ta'minlash zarur. Boshiga muz solingan xaltachani qo’yish yoki sovuq suvga ho'llangan matoni bosish, oyoqlariga grelka qo’yish lozim. Bemorga mutlaqo osoyishta sharoit yuratish, yuta oladigan bo’lsa, tinchlantiradigan vositalar berish kerak (valeirana nastoykasi, bromidlar, qon bosimini pasaytiradigan vositalar - dibazol, papaverin) nafas olishni kuzalib borish, tilni orqaga ketib qolishini oldini oladigan choralarni ko’rish, og'iz bo'shlig'ini shilimshiq va qusuq massalaridan tozalash kerak. Vrach bemorni transportda olib yurish to'g'risida xulosa chiqargandan keyingina, karovatdan karovatga ko’chirish va kasalxonaga transportda olib borish mumkin. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling