O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’


Download 0.82 Mb.
bet44/110
Sana26.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1297161
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   110
Bog'liq
Hujayra va to\'qima. Moddalar va energiya almashinuvi.

Etiologiyasi. Paragripp infeksiyasini qo’zg'atadigan virusni ko'p turi ma'lum.
Epidemiologiyasi. Paragripp infeksiyasining manbai bemor odamdir. Infeksiya havo-tomchi yo'li bilan yuqadi. Kasallik yil bo'yi sporadik tarzda uchrab turadi va kuz-qish mavsumlarida ko'payadi. U ayniqsa bog'cha yoshidagi bolalarda ko'proq uchraydi.
Klinik manzarasi. Inkubasion davri 2-7 kun. Kasallik ko'pincha asta-sekin rivojlanadi. Bemorni tinkasi qurib, ozgina boshi og'riydi, eti uvushadi, badani qaqshaydi. Tana harorati ko'pincha normada yoki subfebril bo'ladi. Kasallik boshlanishidayoq bemor quv-quv yo’taladi, ovozi xirillab qoladi, ba'zan ovozi butunlay chiqmay qoladi, bemor pichirlab gapiradi, burun avval bitib qoladi, so’ngra burundan shir-shir suv oqaveradi.Burun-tomoq shilliq pardasi qizarib shishadi Ba'zan bemorlarning yumshoq tanglayida mayda qizil nuqtalar ko'rinadi Kasallik 1-3 hafta davom etadi.
Davosi. Kasallikni davolash asosan organizmning himoya kuchlarini oshirishga qaratilgan.
Remantadin barvaqt ishlatilsa. yaxshi natija beradi. Paragripp asoratlari paydo bo’lganda antibiotiklar va sulfanilamid preparatlari buyuriladi.
Profilaktikasi. Xuddi grippdagiga o’xshash chora tadbirlar kiritiladi. Bolalar jamoasida
paragripp aniqlangandan so’ng boshqa sog'lom bolalarga leykositar interferon bundan tashqari burun shilliq pardasiga oksalinli malham surtiladi.
Tayanch so’z va iboralar.
Yuqumli kasalliklar, epidemiologiya, epidemik jarayon, epedemik o’choq,yuqumli kasalliklar
qo'zg'atuvchilari, manbalari, kasal odam, xayvon, bakteriya tashuvchi, rekonvalessentlar, tarqalish yo'llari, havo tomchi, alementar, fekal-oral, kontakt, suv, parenteral, transmissiv, epidemiya, pandemiya, endemiya, epizootiya, infeksiya manbai: antropozoonoz, antroponoz. Immunitet, turlari, tug'ma, orttirilgan, doimiy, vaqtinchalik, sun'iy, tabbiiy, vaksinalar, anatoksin, immun zardoblar, profilaktik emlash, emlash taqvimi, muddati, asoratlar,.
gripp,paragripp.
Savollar .
1.Yuqumli kasalliklar deb nimaga aytiladi?
2.Epidimiologiya fani deb nimaga aytiladi?
3.Yuqumli kasalliklar qanqay yuqadi?
4.Epidemik jarayonga nimalar kiradi?
5.Immunitet deb nimaga aytiladi ?
6.Profilaktik emlash deb nimaga aytiladi?



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling