Vakuum-rostlagich quyidagicha ishlaydi. Dvigatel yuklamasi kamayganda drossel to‘siqchasi qiya berkitiladi va vakuum rostlagich naychasi 2 ulangan joyda, demak, diafragmaning o‘ng tomonidagi yarim bo‘shliqda havoning siyraklashishi ortadi. Natijada, ikkita yarim bo‘shliqlar orasida vujudga kelgan bosimlar farqi ta’sirida diafragma 4 prujina 3 kuchini yengib harakatga keladi va u bilan birga harakatlangan tortqi 6 qo‘zg‘aluvchi plastina 7 ni, unga joylashtirilgan uzgichni kulachok aylanishiga qarama-qarshi yo‘nalishda buradi. Bu o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini oshiradi. Dvigatel yuklamasi ortishi bilan drossel to‘siqchasi ham ochila boshlaydi, diafragmaning o‘ng tomonidagi bo‘shliqda havoning siyraklashishi kamayadi va prujina 3 diafragmani, u bilan bog‘liq bo‘lgan tortqini o‘ng tomonga harakatlantiradi. Tortqi qo‘zg‘aluvchi plastinani va uzgichni kulachok aylanishi yo‘nalishida burib, o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini kamaytiradi.
Dvigatel salt ishlaganda drossel to‘siqchasi naycha 2 ning karbyuratorga tutashgan teshikchasini berkitib qo‘yadi va vakuum-rostlagich ishlamaydi.
XULOSA
Dvigatelning hamma ish rejimlarida o‘t oldirish shami elektrodlari orasidagi tirqishini teshib o‘tish uchun yetarli bo‘lgan yuqori kuchlanishni avj oldirildi. O‘t oldirish shami elektrodlari orasida hosil bo‘ladigan uchqun dvigatelni ishga tushirish jarayonida va boshqa barcha ish rejimlarida yonilg‘i aralashmasini ishonchli o‘t oldirish uchun yetarli energiyaga ega bo‘ldi. İshchi aralashmaning aniq belgilangan daqiqada o‘t oldirilib, dvigatelning ishlash sharoitiga mos tushishini ta’minlandi. Dvigatelning me’yorida va tejamli ishlashini ta’minlashda alohida o‘rin tutganligi sababli, o‘t oldirish tizimi hamma qismlarining yuqori ishonchlilik darajasiga ega bo‘ldi. O‘t oldirish shami elektrodlarining yemirilish darajasi belgilangan chegarada bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |