O’zbekiston Respublikasi oliy va o


Kontaktli o‘t oldirish tizimining ishlash printsipi


Download 76 Kb.
bet4/11
Sana02.01.2022
Hajmi76 Kb.
#199017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O’t oldirish tizimi va uning asosiy elementlarning vazifalari. O’t oldirish tizimiga qo’yiladigan talablar va uning asosiy ko’rsatkichlari. Koktaktli o’t oldirish tizimining ishlash printsipi. Afzallik va kamchiliklari

Kontaktli o‘t oldirish tizimining ishlash printsipi. O‘t oldirish kaliti 2 ulanganda, tok akkumulatorlar batareyasi 1 ning musbat qutbi, o‘t oldirish kaliti 2, qo‘shimcha qarshilik 4, o‘t oldirish g‘altag 5 ining birlamchi chulg‘ami va uzgich kontaktlari 7, 8 (ular tutash bo‘lganda) orqali massaga o‘tadi va massadan batareyaning manfiy qutbiga qaytib keladi. Birlamchi chulg‘amdan o‘tayotgan tok uning atrofida magnit maydon hosil qiladi. Maydon kuch chiziqlari o‘t oldirish g‘altagining har ikkala chulg‘amini kesib o‘tadi va g‘altak o‘zagi orqali tutashadi. Aylanayotgan kulachok kontaktlarni uzganda, birlamchi chulg‘amdan o‘tayotgan tok zanjiri uziladi va natijada u hosil qilgan magnit maydon katta tezlik bilan yo‘qola boshlaydi. Yo‘qolib borayotgan magnit maydon har ikkala chulg‘amda o‘zinduktsiya EYUK hosil qiladi va elektromagnit induktsiya qonuniga asosan uning kattaligi magnit maydonning yo‘qolish tezligiga va chulg‘amlardagi o‘ramlar soniga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. Natijada, o‘ramlar soni juda ko‘p bo‘lgan ikkilamchi chulg‘amda, o‘t oldirish shami elektrodlari orasidagi tirqishni teshib o‘tishga yetarli bo‘lgan, 15000-20000 V kuchlanish induktsiyalanadi va taqsimlagich rotori 11 orqali o‘t oldirilishi lozim bo‘lgan navbatdagi silindrdagi shamga uzatiladi. YUqori kuchlanishli tok sham elektrodlari orasidagi tirqishdan uchqun sifatida o‘tib, massa, akkumulatorlar batareyasi va qo‘shimcha qarshilik orqali o‘t oldirish g‘altagiga qaytib keladi.

Kontaktlar uzilganda, birlamchi chulg‘amda ham kattaligi 200-400 V ga etadigan, yo‘nalishi birlamchi tok yo‘nalishida bo‘lgan va uning yo‘qolishiga qarshilik ko‘rsatadigan o‘zinduktsiya EYUKi hosil bo‘ladi. Bu EYUKi, uzgich kontaktlari uzilganda, ular orasida kuchli elektr yoyini hosil qilib kontaktlarning kuyishiga va ularning juda tez ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Bu zararli jarayonning oldini olish uchun uzgich kontaktlariga parallel ravishda kondensator 14 ulanadi. Bu holda birlamchi chulg‘amda hosil bo‘lgan o‘zinduktsiya EYUK kondensator 14 ni zaryadlaydigan tok hosil qiladi. Keyingi davrda kondensator o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘ami, qo‘shimcha qarshilik 4 va akkumulatorlar batareyasi 1 orqali, ya’ni birlamchi tok yo‘nalishiga qarama-qarshi yo‘nalishda razryadlanadi. Shunday qilib, uzgich kontaktlariga parallel ulangan kondensator, birinchidan kontaktlar orasida uchqun hosil bo‘lishini deyarli bartaraf qilib , kontaktlar ishlash muddatini oshirsa, ikkinchidan birlamchi zanjirdagi tokni va demak, magnit maydonni yo‘qolishini tezlatish hisobiga ikkilamchi chulg‘amda induktsiyalanadigan yuqori kuchlanishni ma’lum darajada orttirishga yordam beradi.

Qo‘shimcha qarshilik 4 dvigatelni ishga tushirish vaqtida o‘t oldirish tizimining me’yorida ishlashini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, starter ulanganda (ayniqsa, qishda) akkumulatorlar batareyasining kuchlanishi belgilangan chegarada, keskin kamayadi. Natijada, akkumulatordan tok iste’mol qiluvchi o‘t oldirish g‘altagida induktsiyalanadigan yuqori kuchlanish qiymati ham kamayib ketadi va bu silindrlardagi ishchi aralashmani o‘t oldirishda uzilishlarga olib kelishi mumkin. Bu hodisani bartaraf qilish maqsadida starter ulanishi bilan bir vaqtda o‘t oldirish kaliti yoki starter relesiga o‘rnatilgan qo‘shimcha kontaktlar 3 ulanib, qarshilik 4 qisqa tutashtiriladi. Shu tarzda, dvigatel starter yordamida ishga tushirilayotgan vaqtda, tok akkumulatordan o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘amiga qo‘shimcha qarshilik 4 orqali emas, balki qo‘shimcha kontaktlar orqali o‘tadi. Bu esa o‘t oldirish g‘altagida talab qilingan darajada yuqori kuchlanish induktsiyalanishini va o‘t oldirish tizimi-ning starter ulangan vaqtda ham ishonchli ishlashini ta’minlaydi.


    1. Download 76 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling