O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim


Download 242.69 Kb.
bet18/36
Sana15.11.2023
Hajmi242.69 Kb.
#1775957
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
Bog'liq
Нинг ўзгаришига олиб келади , ћаво оќими йўналишининг таъсири х-hozir.org

2.3.6. Alohida tayanchlar 

Devori mayda elementlardan tashkil topgan binolarda qavatlararo yopma


yoki tom yopmasi konstruksiyalarini ko‘taruvchi ichki, aloxida tayanchlar g‘isht
yoki toshdan, temir-betondan, metalldan va asbosementdan ko‘tariladi. Bunday
vertikal tayanchlar g‘ishtdan terilgan bo‘lsa ularning ko‘ndalang kesim yuzasi unga
tushadigan yuk miqdoriga, tayanchlar oralig‘iga, bino qavatlari soniga va umumiy
konstruktiv yechimiga bog‘liq bo‘ladi.
Ko‘taruvchi g‘isht ustunning minimal ko‘ndalang kesimi 510x360 mm ga
teng bo‘ladi. Bunda g‘ishtlar sifatli bo‘lishi bilan bir qatorda uning markasi 100
dan, terishda ishlatiladigan qorishma markasi esa 50 dan kam bo‘lmasligi kerak
(2.32-rasm).
2.32-rasm.
G‘ishtin
ustunlar:
a – g‘ishtin ustunlarning terilish
sistemasi;
b – temir-beton to‘sinlarning
g‘isht ustunlarga tayanishi;
v – ustunlarga yog‘och
to‘sinlarning tayanishi;
1 – temir-beton to‘sin;
2 – plita;
3 – yog‘och to‘sin;
4 – pona;
5 – po‘lat nakladka;
6 – konsol plita.
G‘ishtin ustunlarning yuk
ko‘tarish qobilyatini oshirish maqsadida diametri 5-6 mm bo‘lgan po‘lat simlardan
katakchalari 100-150 mm bo‘lgan to‘rlar yasalib, har 2-4 qator g‘ishtdan so‘ng
qo‘yib boriladi.


54
Ko‘p hollarda g‘ishtin ustun yuk ko‘tarish qobilyatini oshirish uchun ustun


qirralari uchburchak yoki tekis po‘lat lentani payvandlash yordamida hosil qilingan
karkaslar orasiga olinib, ustidan metall to‘r qoplanadi va suvoq qilinadi.
Agar ustunga tushadigan yuk katta bo‘lsa, u holda g‘ishtin ustunlar o‘rniga
temir-beton ustunlar ishlatilib, ular to‘sin bilan birgalikda bino karkasini hosil
qiladi. Ustunlar kesimi to‘g‘ri to‘rtburchakli yoki doira shaklida bo‘lishi mumkin.
To‘sinlarni ustunlarga ulashda ularning uch qismida qoldirilgan po‘lat zakladk
detallari bir-biriga payvandlanadi.
Asbosement quvur va metall tayanchlar ichi odatda beton bilan to‘ldirilib,
pavilyon xilidagi binolarda ishlatiladi. Tayanchlar sirti odatda moyli bo‘yoqlar
bilan moylanadi.

Download 242.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling