O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim
Mayda blok va tabiiy toshdan terilgan devorlar
Download 242.69 Kb.
|
Нинг ўзгаришига олиб келади , ћаво оќими йўналишининг таъсири х-hozir.org
2.3.3. Mayda blok va tabiiy toshdan terilgan devorlar
Devor materiali sifatida g‘ishtlar bilan bir qatorda sopol va mayda yengil beton bloklar ham keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Sopol blok toshlar mayin loydan quyiladi va ichi kovak (7; 15; 21 va 29 kovakli) bo‘ladi. (2.24-rasm). ularning o‘lchamlari: oddiysi 250x120x133 mm; yiriklashtirilgani - 250x250x133 mm; modulli – 288x138x138 mm bo‘ladi. 2.23-rasm. Ichak kovak sopol bloklar: a – 7 kovakli; b – 15 kovakli; v – 21 kovakli; ye – 28 kovakli; d – kovaklarning ikki boshi ochiq bo‘lgan yirik blok; e – kovaklarning ikki boshi ochiq bo‘lgan modul blok. Mazkur binolarning markasi 75- 300, zichligi 1400 kgm3 ga teng bo‘ladi. Bunday sopol bloklarning g‘ovaklari ochiq yoki bir tomoni berk bo‘lishi mumkin va ular g‘ishtga nisbatan issiqlikni kam o‘tkazadi. Shu sababli devor qalinligini kamaytirishga imkon beradi. Ichi kovak sopol toshlardan devor qurishda choklar bir qatorli sistemada bog‘lanadi. Bunda toshlar kovaklarini yuqoriga qatorli sistemada bog‘lanadi. Bunda toshlar kovaklarini yuqoriga qaratib yotqiziladi. Terilgan bloklarning kovaklari issiqlik oqimiga nisbatan tik, ya’ni devor o‘qi bo‘ylab joylanishi zarur. Ular ham kam qavatli, ham ko‘p qavatli binolar uchun yaroqlidir. Yengil beton mayda bloklardan terilgan devor g‘ishtin devorlardan yengilligi va issiqlikni kam o‘tkazuvchanligi bilan farq qiladi. Bu xususiyatlar devor qalinligini qisqartirishga imkon beradi. O‘lchamlari 390x190x188 mm bo‘lgan uch kovakli (ochiq yoki berk) yoki yaxlit bloklar ko‘proq ishlatilib, uch 46
solingan bo‘lib, ularni markasi 25-250 ga teng bo‘ladi. Devor qurish ishlarini qo‘lda bajarish mo‘ljallangan hollarda bloklarning massasi 32 kg dan ortiq bo‘lmasligi lozim. Qurilishda boshqacha yengil beton bloklar, ya’ni kovaklari tirqishsimon va bir boshi ochiq bo‘lgan bloklar ham uchrab turadi. Bunday bloklardan terilgan devorlar blok tirqishlari bir-biri bilan tutashmaganligi va tirqishlardan havo almashinuvi bo‘lmaganligi sababli uch kovakli bloklardan terilgan devorlarga nisbatan iqtisodiy jihatdan samarali bo‘ladi. 2.24-rasm. Sopol bloklardan terilgan devorlar: a – bo‘ylamasiga terish uchun; b – ko‘ndalang terish uchun; v – bir qatorli devor; g – 1, 5 qatorli devor. Bunda tirqishlar yuqori tomonidan yopiq bo‘lib, bloklarni o‘zaro bog‘lash uchun qorishma yaxlit toshlarni terishdagi kabi yoyiladi. Uch kovakli blokni terishdagi qiyinchilik bu yerda uchramaydi. Mexanik ishlov berish oson, g‘ovak strukturaga ega va zichligi kam yengil tog‘ jinslari bor rayonlarda bino devorlarini tabiiy toshlardan terish maqsadga muvofiqdir. Tabiiy g‘ovak toshlardan bloklar o‘lchamlari yengil beton bloklar kabi, ya’ni 390x190x188 mm qilib arralab olinadi. Bu bloklarni terish ikki va uch qatorli sistemada olib boriladi. Bu toshlarning tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘lganligi uchun qo‘yshimcha koshinlashga xojat qolmaydi. Noto‘g‘ri shakldagi ohaktosh, qumtosh va boshqa zich tog‘ jinslari bo‘laklari xo‘jalik binolari qurishda asosan xarsangtosh plita sifatida ishlatiladi. Mahalliy devor materiallari orasida ma’lum darajada birikkan, kuydirilmagan tuproqlardan qilingan devor materiallari tabiiy toshlar bilan bir qatorda turadi. Bu materialdan asosan o‘rmonsiz, quruq iqlimli va yoki uzoq bo‘lgan rayonlarda (O‘rta Osiyo, Shimoliy Kavkaz, Qrim, Ukraina) uylar quriladi. Tuproq materillaridan devorlar quyma (maxsus toshlar yordamida) yoki oldindan tayyorlangan yig‘ma tuproq bloklardan ko‘tariladi. Bunday devorlarga 47
tayyorlangan xom g‘ishtlardan ko‘tarilgan devorlar misol bo‘lishi mumkin. Bunday materillarni suvga chidamliligini oshirish uchun ularga ohak, saqich yoki karton qo‘shiladi. Bunday bloklar terrolitli deb ataladi. Tuproq bloklar terilgandan so‘ng 5% gacha, quyma devorlarda 18% xajmi kichrayishini nazarda tutish kerak. Tuproq bloklardan odatda tashqi devor 1,5 blok, ichki devor esa 1 blok qalinlikda teriladi. Tuproq bloklar odatda 380x185x120; 390x190x140; 330x160x120 mm o‘lchamlarga ega bo‘ladi. Devorlarning ustivorligini ta’minlash uchun devor qalinligi kamida 50 sm bo‘lib, devor oralig‘i (prolyoti) devor qalinligining 20 baravaridan oshiq bo‘lmasligi kerak. Tuproq blokdan qurilgan binolar unchalik chidamli bo‘lmaydi. Download 242.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling