O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim


Download 242.69 Kb.
bet16/36
Sana15.11.2023
Hajmi242.69 Kb.
#1775957
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
Bog'liq
Нинг ўзгаришига олиб келади , ћаво оќими йўналишининг таъсири х-hozir.org

2.3.4. Tosh devor detallari 
Devor satxi ham gorizontal, ham vertikal bloklardan iborat bo‘lib, bu
bo‘laklar devorning asosiy elementlarini tashkil etadi.
Poydevor ustiga quyilgan devorning ostki qismi sokol deb ataladi (2.25-
rasm).
2.25-rasm. Bino sokol qismining tashqi ko‘rinishi.
G‘ishtin devor sokoli yaxlit pishiq g‘ishtlardan teriladi.
Bunday g‘ishtlarni sovuqqa bardoshlik markasi 50 dan kam bo‘lmasligi
kerak. Sokol binoning ostki qismini yog‘in-sochin ta’siridan va tasodifiy
shikastlanishdan saqlaydi (28-rasm).


48
2.26-rasm. Sokol konstruksiyalarining turlari:


a – pardoz g‘ishtli; b – pardoz blok toshli; v – plitali;
g – suvoqli; d – beton blokli; ye – temir-beton panelli;
1 – poydevor; 2 – otmostka; 3 – pishiq g‘isht;
4 – devor; 5 – suv izolatsiyasi; 6 – pol konstruksiyasi;
7 – sokol tosh bloki; 8 – bort toshi; 9 – qoplama plita;
10 – suvoq; 11 – tunuka; 12 – beton blok; 13 – poydevor devori paneli.
Shuning uchun ham uni pishiq va mustahkam, atmosfera ta’siriga chidamli
sopol plitalar, manzarali beton plitalar hamda tabiiy tosh plita yoki bloklar bilan
koshinlanadi. Koshinlash devor g‘ishtlarini terish paytidayoq bir yo‘la bajariladi
yoki tayyor devor koshinlanadi (2.27-rasm).
Sokolning yuqori qismi (kordon) odatda birinchi qavat poli satxi baravarida
olinadi. Bino otmostka qismidan 15-20 sm balandlikda bino devorini namlanishdan
saqlovchi gorizontal gidroizolatsiya – ruberoid, tol yoki sement qorishmasidan 2 –
3 sm qalinlikda to‘shaladi. Binoni sokol qismining gorizontal gidroizolatsiyasidan
yuqorida silikat, kovakli va yengil g‘ishtlarni hamda yengil beton toshlarni
ishlatishga koshinlash ishlari amalga oshirilgandan so‘nggina ruxsat etiladi.
.


49
2.27-rasm. Koshinlash uchun ishlatiladigan sopol buyumlar:


a – och rangli sirti silliq g‘isht; b – sirlangan g‘isht;
v – devorga suyab o‘rnatiladigan koshin tosh;
g, ye – binoning old plitkalari.
Tashqi devorda deraza va eshik o‘rni ikki yonidan vertikal holda joylashgan
chorak g‘ishtlar chiqarilgan bo‘ladi. Bu chorak g‘ishtlarga deraza yoki eshik romi
tayanadi va devor bilan rom orasidan o‘tishi mumkin bo‘lgan sovuq havo yoki
shamol yo‘lini to‘sadi. Tabiiy
toshdan terilgan devorlarda
bunday
chorak
g‘isht
bo‘rtmalar bo‘lmaydi deraza
va eshik o‘rnining tepa qismi
har xil kombinatsiyalangan
bir necha (temir-beton, armo-
g‘ishtli,
armo-toshli)
elementlardan iborat ravoqlar
bilan bekitiladi.
2.28-rasm.
Yig‘ma
temir beton ravoqlar.
a - b – g‘o‘la choki; v –
plitali; g – balkali.


50
2.29-rasm. Peshtoqli va ponasimon ravoqlar:


1 – qulflovchi tosh; 2 – ravoq plitasi.
Deraza va eshik o‘rni tepasidagi g‘ishtin devor og‘irligini ko‘taruvchi va
rom tayanadigan past-baland qilib qo‘yilgan temir-beton ravoqlar o‘z navbatida
qavatlararo yopmadan tushadigan vertikal yukni ham ko‘tarib turadi. Yig‘ma
temir-beton ravoqlar standart o‘lchamli, ya’ni 120x75; 120x150mm va 120x300
mm, uzunligi 1,5 dan 3,2 m gacha bo‘lgan to‘sinlar xolida ishlab chiqariladi.
Ravoqlar ponasimon, tekis va arkassismon (peshtoqli) bo‘lishi mumkin.
Devor tashqi sirti pardoz g‘ishtlar bilan bezalganda temir beton ravoqlar
binoning old qismidan ko‘rinmasligi mumkin.
Yog‘in-sochin suvlari tomdan tashqariga oqiziladigan bo‘lganda tashqi
devorning yuqori qismi tugallanganligini ko‘rsatuvchi profillangan do‘ng joyi
bo‘g‘ot (piramon) deb ataladi. Agar yog‘in-sochin suvlari tomdan bino ichi orqali
maxsus qurilmalar yordamida tushurib yuboriladigan bo‘lsa, u xolda devorning
tepa qismi tomdan yuqoriga chiqariladi va devorni bu qismini parapet deb ataladi.
Ularning balandligi 0,5-1,0 m ga teng bo‘lib, u bino atrofini ikki yoki uch
tomondan o‘rab turadi.
G‘ishtin binolarda bo‘g‘otlar ko‘pincha g‘ishtdan terib chiqiladi, ayrim
hollarda esa temir-beton plita yoki yog‘ochdan ishlangan bo‘lishi ham mumkin.
G‘ishtin bo‘g‘otlar devor satxidan devor qalinligining yarmi barobarida
chiqariladi. Temir-beton plita ishlatilganda bo‘g‘otlar devor satxidan nisbatan ko‘p
chiqarilishi mumkin (2.30-rasm).


51
2.30-rasm. Bo‘g‘otlar konstruksiyasi:


1 – starapil oyog‘i; 2 – sim boylagich; 3 – anker to‘sini;
4 – bo‘g‘ot plitasi; 5 – po‘lat anker.
Devor parapet qismining qalinligi devor qalinligidan 1 g‘isht kam, lekin 300
mm dan kichik bo‘lmasligi kerak. Parapetni namlanishdan yoki zax tortishdan
saqlash uchun uning ustki qismi tunuka yoki temir-beton plita bilan berkitiladi.
Parapetlarni o‘rnatishdan maqsad, tomdan chiqib turuvchi mo‘ri,
shamollatish shaxtalari, chordoq tuynuklari va boshqa konstruksiya elementlarini
berkitib, binoning tashqi ko‘rinishini ko‘rkam qilib ko‘rsatishdan iborat. Keyingi
paytlarda tomlarda parapet o‘rniga o‘rab turuvchi yengil metall konstruksiyalar
ishlatilyapti. Bu qurilishni arzonlashtirish bilan birga, tomdan yog‘in-sochin
suvlarini oqizib yuborishni osonlashtiradi.
Devor sirtida, qavatlararo yopma tekisligi bilan bir satxda joylashgan,
do‘ngligi kichik bo‘lgan oraliq bo‘g‘otlarni ham uchratish mumkin. Bunday
bo‘g‘otlar deraza osti hamda eshik ustida ham o‘rnatiladi va “belbog‘” deb ataladi.
Eshik va deraza ustdagi, zavodlarda tayyorlangan yig‘ma bloklardan qilingan,
alohida bo‘g‘otlar “sandrik” deb ataladi.
Ikki nishabli, atrofi bo‘g‘ot bilan o‘ralgan tomlarda chordoq to‘ri qismi
bo‘shliqlarini berkitadigan uchburchakli devor “fronton” deb ataladi. Bunday
devorlar bo‘g‘oti bo‘lmaganda “ombir” deb ataladi. Ko‘pincha devorlarga javon,
quvur, issiqlik batareyasi va hokazolar o‘rnatish uchun tokchalar qoldiriladi.
Agar devorlar bino balandligi bo‘yicha har xil qalinlikka ega bo‘lsa, devor
ichkarisidan sirtiga tomon pog‘ona-pog‘ona shaklida ingichkalashib boradi.
Devor mustahkamligini oshirish uchun uning ayrim joylarida to‘g‘ri
to‘rtburchak shaklida turtib chiqqan “pilyastr” qilinadi. Pilyastrlar ko‘rinishi yarim
doira shaklida bo‘lishi ham mumkin.
Devorlarni gorizontal zo‘riqishlar ta’siriga chidamliligini oshirish uchun
kichik qirrasi tomon qiyalatib qalinlashtiriladi. Devorning bunday do‘ng joyi
“kontr-fors” deb ataladi.


52


Download 242.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling