78
Bunday panellarning ostki qismi va ikki yoni 40x40 mm bo‘lgan reykalar
bilan o‘raladi. Vazifasiga va tovush o‘tkazmaslik darajasiga ko‘ra
ularni bir
qatlamli va oralarida havo qatlami bo‘lgan turlarga ajratish mumkin. Bunday
panellar qalinligi 80-100 mm, jamoat binolarida ishlatiladigan ko‘p qatlamli gips-
beton panellarning qalinligi esa 140-160 mm bo‘lishi mumkin.
Binokorlikda
suruluvchan (yig‘iluvchan) yoki shkaf parda devorlar ham ishlatiladi.
Suruluvchan parda devorlar xonalarni qo‘shni xona hisobiga kengaytirish
yoki, aksincha, ularni bir-biridan ajratish talab etilgan
xolatlarda ancha qulay
bo‘lib, ularni yog‘och yoki plastmassa materiallaridan yasash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: