O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim


 Eshiklar va ularning konstruktiv yechimlari


Download 242.69 Kb.
bet27/36
Sana15.11.2023
Hajmi242.69 Kb.
#1775957
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36
Bog'liq
Нинг ўзгаришига олиб келади , ћаво оќими йўналишининг таъсири х-hozir.org

2.6.2. Eshiklar va ularning konstruktiv yechimlari 
Eshiklar bino ichiga kirish va birdan biriga o‘tiladigan xonalarni o‘zaro
izolatsiya qilish uchun xizmat qiladi. Ularning soni va o‘lchamlari xonaga to‘g‘ri
kelgan kishilar soni, binoning ko‘rinishi va boshqalar asosida bo‘yicha aniqlanadi.
Eshiklar devorlarga mahkamlanadigan rom ko‘rinishidagi kesaki va ularga ilingan
tavaqadan iborat bo‘ladi.
Tabaqalar soniga qarab eshiklar bir, bir yarim va ikki tavaqali bo‘lishi
mumkin. Binoda joylashishiga ko‘ra eshiklar ichki, tashqi va shkaf eshiklariga
bo‘linadi. Odatda bir tavaqali eshiklarning kengligi 600, 700, 800, 900 va 1100
mm, ikki tavaqalikniki esa 1200, 1400 va 1800 mm ga teng qilib olinadi. Turar-joy
binolari eshiklarining balandligi 2000 va 2300 mm ga teng bo‘ladi. Evakuatsiya
uchun mo‘ljallangan maxsus xonalar va xizmat eshiklarining balandligi (podval,
shkaf eshiklari) 1200 va 1800 mm bo‘lishi mumkin.
Eshik kesakisida tavaqani ilintirish uchun chuqurligi 15 mm, eni eshik
tabaqasi qalinligiga teng bo‘lgan o‘yiq bo‘ladi. Ayrim hollarda eshik tepasida
ochilmaydigan deraza-framugalar ham bo‘lib, ular daxliza tabiiy yorug‘lik tushishi
uchun qilinadi. Uni o‘rnatish uchun eshik romiga qo‘shimcha gorizontal o‘rtalik
qo‘yiladi.
Ichki devor eshiklarida ostona qo‘yilmaydi. Eshik kesakisi devorlarda
qoldirilgan maxsus yog‘och probkalarga mixlar bilan qotiriladi. Eshik kesakisi
chirishga qarshi ishlov berilgan bo‘lib, o‘rnatishda chetlariga (devor bilan kesaki
oralig‘iga) tol o‘raladi. Parda devorlarda eshik kesakisi bilan devor konstruksiyasi
oralig‘idagi yoriq “nalichnik” bilan berkitiladi (2.60-rasm).
Konstruktiv yechimlarga ko‘ra eshiklar taxta shitli va filyonkali bo‘lishi
mumkin. Taxta shitli eshik tabaqasida brusoklardan tuzilgan rom va yaxlit
to‘rsimon shchit ikki tomonidan faner yoki yog‘och qirindi plitasi bilan
qoplangan
bo‘ladi.


84
2.60-rasm. Eshik konstruksiyalari:


a – g‘ishtin devorlarda joylashgan eshik qutisi
(kesakisi); b – parda devorlarda joylashgan
eshik qutisi; v – eshik tavaqasi shchitli; g –
filyonkali eshik; g – filyonkali eshik; d –
ramkali shchitlar eshik detali; ye – ramkasiz
shchitli eshik; j, z – yog‘och filyonkalar; i – terilgan yog‘och; k – filyonkasi
chiqarilgan; l – yonma-yon taxtalar o‘zaro shpokalar bilan biriktirilgan; m –
yonma-yon taxtalar taxtagachalar yordamida biriktirilgan; 1 – chaspak (palichnik);
2 – kursicha; 3 – duradgorlik plitasi; 4 – faner; 5 – romka; 6 – chaspak (nalichnik);
7 – quti; 8 – kleylangan nagel; 9 – filyonka; 10 – terilgan yog‘och; 11 – chiqarilgan
filyonka; 12 – shponka; 13 – taxtacha (planka).
Flyonkali eshik tabaqasi o‘rab turuvchi belbog‘, o‘rtama (ora element) va
ular orasini to‘ldiruvchi filyonkalradan iborat bo‘ladi. Filyonkalar taxta, faner,
yog‘och qirindi plitasi kabilardan tayyorlanadi. Tashqi eshiklarga issiqlik
o‘tkazmaydigan materiallar, ya’ni mineral, tola, voylok va boshqalar puxta
o‘rnashtirilgan bo‘lishi kerak.
Muvaqqat binolarda duradgorlik eshiklari (taxtalarni yonma-yon
joylashtirilgan) o‘rnashtiriladi. Brandmauer devorida, zinapoya kataklarida va
chordoqlarda qiyin yonuvchi eshiklar o‘rnatiladi. Shu maqsadda eshik
konstruksiyasiga asbest elementlari kiritilib, hamma tomoni po‘lat tunuka bilan


85
o‘raladi. Eshiklarning asosiy jihozlari metall oshiq-moshiq, tutqich, qulf va eshik


lo‘kidoni hisoblanadi. Keyingi paytlarda ayrim jamoat binolarida qalin oynali (10-
15mm) eshiklar ham qo‘llanilmoqda.



Download 242.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling