O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim


 Parda devorlarning konstruktiv yechimlari


Download 242.69 Kb.
bet25/36
Sana15.11.2023
Hajmi242.69 Kb.
#1775957
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
Bog'liq
Нинг ўзгаришига олиб келади , ћаво оќими йўналишининг таъсири х-hozir.org

2.5.3. Parda devorlarning konstruktiv yechimlari 
Parda devorlarni o‘rnatishda ularning tovush o‘tkazmaslik xususiyatlarini
yaxshilash uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim. Birinchidan, parda
devorlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri toza pol satxiga hamda pol lagasi ustiga o‘rnatilmasligi
kerak. Ular to‘sinlar ustiga yoki temir-beton ora yopma plitalari ustiga o‘rnatiladi.
Bunda devor ostiga qorishma to‘shaladi. Polning parda devorga tutashgan joylariga
ham tovush o‘tkazishini kamaytirish uchun yumshoq to‘shama qatlami to‘shaladi
(2.56-rasm).
Parda devorlarning o‘zaro yoki asosiy devorlar bilan tutashtirilgan joylari
zich birikkan bo‘lishiga jiddiy e’tibor beriladi. Buning uchun yoriqlarga kanop
tolalari tiqilib, ustidan loy bilan suvaladi. Parda devorlar shiftdan 10-15 mm
pastroq qilinadi, hosil bo‘lgan yoriqlarga kanop tolasi tiqilib, ustidan 25-30 mm
qalinlikda loy surtib chiqiladi.
Parda devorlarni shiftga qotirish uchun ora yopma plitalari orasiga
kiritiladigan maxsus xalqalardan yoki po‘lat plastinkalardan foydalaniladi. Shu
maqsadda plitaning shift qismida bolg‘alar bilan chuqurligi 10-15 mm bo‘lgan
o‘yiqlar, plastinalarni o‘rnatish uchun panel karkasining yuqori reykasiga mix yoki
shuruplar yordamida qotiriladi. Shu usul bilan parda devorlarning har bir tomoni 2-
3 joyidan shiftga yoki devorga qotiriladi. Agar parda devor o‘rtasi ora yopma
plitalari orasidagi chokka to‘g‘ri kelsa, u holda po‘lat simlarning bir uchi parda
devordagi ko‘tarish xalqasiga bog‘lanib, ikkinchi uchi ora yopma plitasi orasidan
yuqoriga o‘tkaziladi va ankerlar bilan qotiriladi.
Agar parda devorlar progon to‘sinining ikki tomoniga po‘lat plastinalarni
o‘rnashtirilib, plastinalar boltlar yordamida tortib qo‘yiladi. Ko‘pchilik hollarda
binokorlik to‘pponchalari yordamida platsinalarni shiftga yoki devor
konstruksiyasiga qotirish usullari ham qo‘llaniladi.


79
2.56-rasm. Parda devorlar detallari:


a – temir-beton ora yopmalarga o‘rnatilgan; b – parda devorni
ko‘taruvchi devorlarga mahkamlash; v – ora yopma plitalarga mahkamlash; g –
ichki ora yopma plitasi o‘rtasiga mahkamlash; d – parda devor progon to‘siniga
mahkamlangan; ye – kvartiralar oralig‘idagi parda devor; d – devorlarni o‘zaro
biriktirish; z – havo qatlami; 1 – qorishma; 2 – yumshoq materialdan prokladka; 3
– po‘lat qotirgichlar; 4 – devor yoki progon; 5 – devor; 6 – “yersh” qoziq; 7 –
“yersh” qozig‘ining uchi joylashadigan o‘yiq; 8 – parda devor paneli; 9 – yog‘och
vkladish; 10 – po‘lat plastina; 11 – kanop tolasi va surtilgan loy; 12 – ora yopma
plitasi; 13 – ilmoq; 14 – loy; 15 – anker; 16 – sim; 17 – shurup; 18 – progon; 19 –
belbog‘; 20 – po‘lat tasma.

Download 242.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling