O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim


II. BOB. Turar joy binollari va ularning konstruksiyalari


Download 242.69 Kb.
bet6/36
Sana15.11.2023
Hajmi242.69 Kb.
#1775957
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
Нинг ўзгаришига олиб келади , ћаво оќими йўналишининг таъсири х-hozir.org

II. BOB. Turar joy binollari va ularning konstruksiyalari 

2.1. Turar – joy binolarining asosiy elementlari va konstruktiv 
sxemalari 

2.1.1. Binoning konstruktiv elementlari 
Turar-joy binolarining yer ustki va yer ostki qismlari bo‘lib, ular binoning
asosiy konstruktiv elementlaridan, ya’ni poydevorlar, devorlar, qavatlaaro
yopmalar, alohida tayanchlar, tom, deraza, eshiklar, zinalar hamda ichki to‘siq
(parda) devorlardan iborat bo‘ladi (2.1-rasm). Birinchi qavatning poli sathidan
pastda joylashgan konstruktiv elementlar-poydevor, yerto‘la, texnik maqsadlarga
mo‘ljallangan yerto‘la devorlari binoning yer ostki qismi hisoblanadi. Birinchi
qavat poli sathidan balandda joylashgan konstruktiv elemetlar binoning yer ustki
qismini tashkil etadi.
Poydevorlar binoning yer ostki qismi bo‘lib, ular bino og‘irligini o‘ziga
qabul qilib, uni asosga uzatuvchi konstruksiyadir.
Devorlar o‘z vazifasiga va joylashishiga ko‘ra ichki va tashqi to‘siq, ya’ni
xonani tashqi muhit ta’siridan himoyalovchi yoki xonalarni bir-biridan ajratib
turuvchi bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ular yuk ko‘taruvchilik vazifasini ham bajaradi.
Devorlar yuk ko‘tarib turuvchi va yuk ko‘tarmaydigan turlarga bo‘linadi.
Ko‘taruvchi devorlar yuqorida joylashgan konstruksiyalar, jihozlar, mebellar va
shu kabilardan tushadigan og‘irlikni ko‘tarib turadi. Ham ichki ham tashqi devorlar
ko‘taruvchi bo‘lishi mumkin. Binolarni kichik-kichik xonalarga ajratuvchi to‘siq
(parda) devorlar yuk ko‘tarmaydigan hisoblanadi. Bunday devorlar poydevorlarga
yoki poydevor to‘siniga qo‘yilgan, o‘zini ko‘tarib turuvchi va ustunlarga ilingan
osma devorlar tarzida ham bo‘lishi mumkin.
Ilingan devorlar har bir qavat balandligida gorizontal joylashgan
elementlarga tayangan bo‘ladi.
2.1-rasm. Turar joy binolarining
konstruktiv elementlari:
1 – poydevor;
2 – devor;
3 – ora yopma;
4 – parda devor;
5 – chordoq;
6 – tarnov;
7 – tom;
8 – deraza;
9 – eshik;
10 – zinapoya.


14
Alohida tayanchlarning (ko‘taruvchi vertikal elementlar – ustun, tirgovich,


sinch) vazifasi qavatlararo yopmalardan tushadigan yuklarni poydevorga
uzatishdan iborat.
Qavatlararo yopmalar binoning ichki bo‘shlig‘ini qavatlarga bo‘ladi va
ustunlarga maxsus mahkamlangan rigel progon deb ataluvchi to‘sinlar ustiga
yotqiziladi, ayrim hollarda esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ustunga mahkamlanadi.
Qavatlararo yopmalar doimiy va vaqtinchalik yuklarni ko‘tarish bilan birga
devorlarni o‘zaro bog‘laydi va ularning ustivorligini ta’minlaydi va butun binoning
fazoviy bikirligini oshiradi. Ora yopmalar binoda joylashgan o‘rniga qarab
qavatlaaro yopmalar (binolarni qavatlarga ajratadi), podval usti ora yopmasi
(birinchi qavatni podvaldan ajratib turadi) va chordoq ora yopmasiga (tepa qavatni
chordoqdan ajratadi) bo‘linadi. Tomlar bino va uning konstruksiyalarini atmosfera
yog‘in-sochin ta’siridan saqlovchi konstruktiv elementdir. Ular tom yopish uchun
ishlatilgan material va uni ko‘tarib turuvchi konstruksiyalardan iborat bo‘ladi.
Tomlar konstruktiv tuzilish jihatidan chordoqli va chordoqsiz tomlarga bo‘linadi.
Chordoq binoning tepa qavati bilan tom yopmasi orasida joylashgan bo‘shliq
qismidan iborat. Chordoqsiz tomda binoning tepa qavati yopmasi bilan tomi
birlashgan bo‘ladi. Tomlar nishabli va tekis bo‘lishi mumkin. Tekis tomlardan dam
olish maydoni sifatida va boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin.
Zinalar (qavatlararo) bino qavatlarini o‘zaro bog‘laydi va odamlarni binodan
evakuatsiya qilish vazifasini ham o‘taydi. Zinalar joylashgan maydonga zinaxona
deb ataladi. Zinalar ikki konstruktiv element,zinaning ikki sahni va ular orasidagi
qiya joylashgan marshdan iborat bo‘ladi. Zina marshida harakat xavfsizligini
ta’minlash uchun marsh chekkasiga zina panjarasi o‘rnatiladi.
Derazalar xonalarga yorug‘lik, quyosh nuri tushishi hamda xonalarni
shamollatish uchun xizmat qiladi. Ular deraza o‘rni, deraza kesakisi va deraza
tabaqalaridan iborat bo‘ladi.
Eshiklar xonalarni bir-biri bilan bog‘laydi, shuningdek binoga kirish va
undan chiqish yo‘li hisoblanadi. Ular devordagi yoki parda devordagi eshik o‘rni,
eshik qutisi (kesakisi) va tabaqasidan iborat bo‘ladi. Turar-joy binolarida bulardan
tashqari boshqa konsturktiv elementlar, ya’ni daxliz, ayvon, eshik usti soyaboni va
boshqalar ham bo‘lishi mumkin.
Ekspluatatsiya va sanitariya-gigiyena shartlarini ta’minlash uchun binolar,
sanitariya-texnika va injenerlik qurilmalari bilan jihozlanadi. Bularga isitish
qurilmalari, issiq va sovuq suv ta’minoti, ventilatsiya, kanalizatsiya, axlatni
chiqarish, gazlashtirish, energiya bilan ta’minlash, telefonlashtirish va boshqalar
kiradi. Binolarning tipiga, asosiy parametrlariga, qurilish rayonlariga qarab, u yoki
bu konstruktiv elementni o‘rnatishga ko’ra sarf bo‘ladigan mablag‘lar miqdori ham
o‘zgarib turadi.


15



Download 242.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling