O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim
Parda devorlarning konstruktiv yechimlari
Download 242.69 Kb.
|
Нинг ўзгаришига олиб келади , ћаво оќими йўналишининг таъсири х-hozir.org
2.5.3. Parda devorlarning konstruktiv yechimlari
Parda devorlarni o‘rnatishda ularning tovush o‘tkazmaslik xususiyatlarini yaxshilash uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim. Birinchidan, parda devorlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri toza pol satxiga hamda pol lagasi ustiga o‘rnatilmasligi kerak. Ular to‘sinlar ustiga yoki temir-beton ora yopma plitalari ustiga o‘rnatiladi. Bunda devor ostiga qorishma to‘shaladi. Polning parda devorga tutashgan joylariga ham tovush o‘tkazishini kamaytirish uchun yumshoq to‘shama qatlami to‘shaladi (2.56-rasm). Parda devorlarning o‘zaro yoki asosiy devorlar bilan tutashtirilgan joylari zich birikkan bo‘lishiga jiddiy e’tibor beriladi. Buning uchun yoriqlarga kanop tolalari tiqilib, ustidan loy bilan suvaladi. Parda devorlar shiftdan 10-15 mm pastroq qilinadi, hosil bo‘lgan yoriqlarga kanop tolasi tiqilib, ustidan 25-30 mm qalinlikda loy surtib chiqiladi. Parda devorlarni shiftga qotirish uchun ora yopma plitalari orasiga kiritiladigan maxsus xalqalardan yoki po‘lat plastinkalardan foydalaniladi. Shu maqsadda plitaning shift qismida bolg‘alar bilan chuqurligi 10-15 mm bo‘lgan o‘yiqlar, plastinalarni o‘rnatish uchun panel karkasining yuqori reykasiga mix yoki shuruplar yordamida qotiriladi. Shu usul bilan parda devorlarning har bir tomoni 2- 3 joyidan shiftga yoki devorga qotiriladi. Agar parda devor o‘rtasi ora yopma plitalari orasidagi chokka to‘g‘ri kelsa, u holda po‘lat simlarning bir uchi parda devordagi ko‘tarish xalqasiga bog‘lanib, ikkinchi uchi ora yopma plitasi orasidan yuqoriga o‘tkaziladi va ankerlar bilan qotiriladi. Agar parda devorlar progon to‘sinining ikki tomoniga po‘lat plastinalarni o‘rnashtirilib, plastinalar boltlar yordamida tortib qo‘yiladi. Ko‘pchilik hollarda binokorlik to‘pponchalari yordamida platsinalarni shiftga yoki devor konstruksiyasiga qotirish usullari ham qo‘llaniladi. 79
a – temir-beton ora yopmalarga o‘rnatilgan; b – parda devorni ko‘taruvchi devorlarga mahkamlash; v – ora yopma plitalarga mahkamlash; g – ichki ora yopma plitasi o‘rtasiga mahkamlash; d – parda devor progon to‘siniga mahkamlangan; ye – kvartiralar oralig‘idagi parda devor; d – devorlarni o‘zaro biriktirish; z – havo qatlami; 1 – qorishma; 2 – yumshoq materialdan prokladka; 3 – po‘lat qotirgichlar; 4 – devor yoki progon; 5 – devor; 6 – “yersh” qoziq; 7 – “yersh” qozig‘ining uchi joylashadigan o‘yiq; 8 – parda devor paneli; 9 – yog‘och vkladish; 10 – po‘lat plastina; 11 – kanop tolasi va surtilgan loy; 12 – ora yopma plitasi; 13 – ilmoq; 14 – loy; 15 – anker; 16 – sim; 17 – shurup; 18 – progon; 19 – belbog‘; 20 – po‘lat tasma. Download 242.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling