Uyushgan gapdagi umumiy bo`lak Pm ni har bir shakllanmagan W ga alohida-
alohida qo`shish bilan osongina qo`shma gap hosil qilish mumkin:
Qiyoslang:
1.Chakkasi tirishib, ko`zi qizarib ketdi - uyushgan gap.
2.Chakkasi tirishib ketdi va ko`zi qizarib ketdi - qo`shma gap.
Ayrim hollarda uyushgan gaplarda ham Pm nol shaklda bo`lishi mumkin: U
baroqqosh, ko`zi ChaqChaygan, afti ishshaygan. Gap mazmundan nol shakl oxirgi
so`z shaklda ekanligi sezilib turibdi. Bunga gapni o`tgan zamonga aylantirish bilan
amin bo`lish mumkin: U baroqqosh, ko`zi ChaqChaygan, afti burishgan edi.
Uyushgan gaplar tarkibidagi sodda gaplarning o`zaro umumiyligi (va Shu
asosda umumlashtiruvchi bo`lagi) turli xil bo`ladi:
Hamma qismlari xususiy (farqli) bo`lib, faqat [Pm] qismi umumiy bo`lgan
uyushiq gaplar: Jamshid yozar, Isroil o`qir edi.
Hamma qismlari xususiy bo`lib, faqat kesimning lug`aviy qismi va kesimlik
qo`shimchalari umumiy bo`lgan uyushgan gaplar: Jamshid tez, Isroil sekin yozar
edi.
[WPm] va uning kengaytiruvchi bo`laklari umumiy bo`lib, faqat ega va
[WPm] kengaytiruvChsining kengaytiruvchisi bilan farqlanuvchi uyushgan gaplar:
Jamshid oq, Isroil qizil gul oldi.
[Pm] uyushtiruvchisi vosita sifatida. 1.Kun qaytgan va bahor kunlarining
uchdan ikki qismi o`tgan edi. (S.A.) 2.Erta yog`ib o`tgan yomg`ir Chang va
g`uborni yuvib ketgan, daraxtlarning yaproqlari tiniq va toza edi. 3.Paxta dalalarida
endi salqin kuchaygan, tunggi yellar esar..edi. (Oybek.) 4.Siddiqjon o`ziga bundoq
savol bermas va bundoq savol xayoliga ham kelmas edi. (A.q.) 5.Sayyora birinchi,
ukam ikkinchi ekan. («Tong yulduzi».) 6.Ahmad tikuvchi, Salim bog`da qorovul
emishmi? 7.AlpomiShu Rustamlar sizga yor, Ravshanbek va Avazxonlar madadkor
bo`lsin. 8.Doklad ishning borishi, munozara esa butunlay boshqa masala haqida.
[WPm] uyushtiruvchi vosita sifatida. 1.YAxshi topib, yomon qopib so`zlar.
(Maqol.) 2.Onasi o`qisin, opasi ishlasin dedi. (M. Ismoiliy.) 3.Savr oyining bulutlari
havoda o`kirib, sellar quyib utdi. (Oybek.) 4.Jamshid bittalab, Jahongir juftlab
sanay boshladi. 5.Nilufar kitob, Feruza jurnal o`qib o`tirardi. 6.Mehnatdan do`st,
g`iybatdan dushman ortar. 7.qiziq, Irodani Akbar, Akbarjonni GulChehra sevadi.
8.Seni endi Azroil ham uradi, shayton ham. 9.Uning kelganini na qurbon ota
payqadi, na Siddiqjon (A.q.)
Do'stlaringiz bilan baham: |