O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi buхоrо dаvlаt univеrsitеti


Bodring Uzbekskiy-740 navini o’stirish va hosilini yig’ish bo’yicha texnologik xarita tuzish


Download 1.11 Mb.
bet34/39
Sana31.01.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1142122
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
AmalMAshg\'TArqatma

Bodring Uzbekskiy-740 navini o’stirish va hosilini yig’ish bo’yicha texnologik xarita tuzish
(maydoni-3,0 ga, rejalashtirilgan hosildorlik-250 kg/ga, o’tmishdosh-pomidor)



Tartib nomeri

Ishlar (tadbir­lar)-ning nomi

Ishlarning sifat ko’rsatkich-lari (haydash, ekish chuqurligi, me'yorlari, tashish uzoqligi kabi­lar)

Agregat tarkibi

Xizmatchi odam soni

O’lchov bir­ligi

Agregat ish unumi

Ish kuni­ning davo­miyligi, soat

Ishlarni bajarish muddat-lari

Agrotadbir bajariladi­gan
maydon

Kishi-kuni sar­f
lari

Ta'rif raz­ryadi

Yoqilg’i sarfi, kg (l) ga

Eslatma

Traktor, avtomashina tipi
Mashina, qurol markasi




Xizmat vaqtining
har so­atiga

Bir ish kuniga

Kalendar muddati

Ish kunlar soni

Bir gektarga

Barcha maydonga

19-Amaliy mashg’ulot. Qovoqcha va patisson sabzavot ekinlari navlari bilan tanishish - 4soat

Topshiriqdan maqsad:


Uslubiy ko’rsatma:
Halq xo‘jaligidagi ahamiyati va tarqalishi. Bodring, qovoqcha va kulcha qovoq ovqatga tuganaklari hamda mevasi ishlatiladigan oziq-ovqat sabzavotlariga kiradi.
Bodring mevasi asosan 7-10 kunligida yangi o‘zilgan holida iste’mol qilinadi. Marinadlab va konservalab ishlatiladi. 5 sm gacha bo‘lgan 2-3 kunlik hamda 5-9 sm uzunlikdagi 4-5 kunlik barra bodringlar marinadlanadi. Bodring kaloriyaliligi jihatidan ko‘pchilik sabzavotlardan keyin to‘radi. Biroq u yuqori mazaliligi hamda parhez xususiyati bilan er yuzida keng tarqalgan. Bodring mevasi 4-5% quruq moddaga, shu jumladan 2% atrofida shakar, 1% oqsil, 0,1% yog‘, 0,7% biriktiruvchi to‘qima, 0,4% kulga ega. Uning tarkibidagi ko‘l asosan kaliy va fosfordan iborat.
Bodring mevasi ishtahani ochadi hamda boshqa ovqatlarni hazm qilishga yordam beradi.
Qovoqchalarning 7-10 kunlik hosili yig‘ib olinib qovurish va ikra tayyorlashda foydalaniladi. Diametri 3-5 sm bo‘lgan 2-4 kunlik kulcha qovoqchalar marinadlash
uchun, diametri 6-10 sm bo‘lgan 5-10 kunliklari esa, tuzlash uchun ishlatiladi. Qovoqcha va kulcha qovoqchalarning pishgan hamda pishib o‘tib ketgan mevalari chorvaga oziq sifatida ishlatiladi.
Qovoqcha hamda kulcha qovoq 5-6% quruq moddaga, 2-3,5% shakarga, 20-40 mg% S vitaminga ega. Shuningdek pektin moddalariga boy. Ular parhez mahsulotlar sifatida katta ahamiyatga ega.
O‘zbekistonda bodring umumiy sabzavot ekinlari maydonining 4,3-4,8% (11-12 ming ga) ini egallaydi. Respublikamizda bodring o‘rtacha hosildorligi uncha yuqori bo‘lmay gektariga 10,5-11 tonnani tashkil qiladi. Biroq ilg‘or xo‘jaliklar ancha yuqori hosildorlikka erishmoqda.
Qovoqcha, ayniqsa kulcha qovoqlar asosan mamlakatimizning janubiy rayonlarida uncha katta bo‘lmagan maydonlarda yetishtiriladi. Ular erta yozda hosilga kirib, tezpishar serxhosil ekin sifatida qimmatlidir (18-rasm).





1

2

18-rasm. Qovoqcha (1) va patisson (2)

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling