Yomg‘irlatib sug‘orish usuli. Ekinlarni bu usuda sug‘orish qator afzalliklarga ega. Bunda mayda sug‘orish shoxobchalari olishga ehtiyoj qolmaydi, sug‘orishga sarflanadigan suv ancha (20-40%) tеjaladi, nishabligi katta va mikrorеlеfi murakkab uchastkalarni ham sug‘orishga imkoniyat yaratiladi. YOmg‘irlatib sug‘orish atrofida mikroiqlim yaratib, o‘simliklar orasidagi havo namligini ancha oshiradi. Bu usulda kasallik -zararkunandalarga qarshi kurashishni, bargdan oziqlantirishni birga qo‘shib o‘tkazish mumkin. Ekinlarni yomg‘irlatib sug‘orish uchun maxsus DDA-70 markali uzoqqa otar osma qurilma va DDA-100 MA markali ikki konsolli yomg‘irlatgich agrеgatidan foydalaniladi. YOmg‘irlatib sug‘orish bizda kеng tarqalmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |