Turkiston qovog‘i (ssp. moschata) mevalari cho‘ziq shaklda sal segmentlangan. 6 ta tur-xilga: barmoqsimon, ingichka bel qovoq (Palov kadi, Qashqar 1644 navlari shu kenja turga kiradi), xi-toy qovog‘i, noksimon qovoq, ko‘zasimon qovoq, neopolitan qovoqlariga bo‘linadi;
Shimoliy Amerika qovog‘i (ssp. boreali americanika). Asosan mevalari dumaloq va yassi bo‘ladigan shakllarni birlashtiradi. 5 ta tur-xiliga: ellipssimon, dumaloq, yassi qovoq, seminal, kanada qovoqlariga bo‘linadi;
Yapon qovog‘i (ssp. japonica) mevalari chuqur-chuqur segmentlashgan, juda burishgan yoki g‘adir-budir. Bu kenja tur kuchsiz o‘sadigan o‘simliklardan iborat. Ertapisharligi bilan ajralib turadi. 4 ta tur-xilga: yassi qovoq, etli g‘altaksimon qovoq, kan-talupasimon qovoq, pakana qovoqlarga bo‘linadi;
Hind qovog‘i (ssp. indica) barglari yirik va mevalari dumaloq hamda tuxumsimon shaklda bo‘ladigan, uzun palakli kechpishar qovoq xillarini birlashtiradi. 3 tur-xilga bo‘linib: yassi yi-rik mevali, dumaloq mevali, tuxumsimon mevali qovoqlar shular jumlasidandir;
Meksika qovog‘i (ssp. mexicana) uzun palakli kechpishar qovoq xillarini birlashtiradi. Mevalarining po‘sti qalin, yog‘ochlan-gan, eti unsimon, shirin bo‘ladi. 7 ta tur-xilni: bosiq, yassi-so‘galli qovoq, shishasimon qovoqlarini o‘z ichiga oladi;
Kolumbiya qovog‘i (ssp. columbiana) palagi ingichka uzun, barglari mayda va mevalari barmoqsimon bo‘ladigan kechpishar qovoq xillarini birlashtiradi. 4 ta tur-xili: cho‘zinchoq, barmoqsimon, tuxumsimon, dumaloq yassi qovoqlarini birlash-tiradi.
Nav xususiyatlari: mamlakatimizda yetishtiriladigan qovoq navlari 141 ta bo‘lib (jumladan, muskat qovoqning 57 ta, yirik mevali qovoqning 45 va qattiq po‘stli qovoqning 38 ta navlari mav-jud), ulardan faqat 6 ta nav rayonlashtirilgan. Qovoq navlari o‘zaro bir qancha morfologik va xo‘jalik belgilari bilan bir-biridan farq qiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |