O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi buхоrо dаvlаt univеrsitеti


Download 1.11 Mb.
bet28/39
Sana31.01.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1142122
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39
Bog'liq
AmalMAshg\'TArqatma

Material va jihozlar. 1. Botanik klassifikatsiya jadvali – 2 ta. 2. Har xil qovun navlarining rasmlari – 2 ta. 3. Qovun o‘simliklari, gerbariylari, 7-8 ta qovun navlari mevalari – 2-3 ta. 4. Pichoq, lagan, chizg‘ich va shtangentsirkul – 8-10 ta. 5. Rayonlashtirilgan navlar katalogi


16-Amaliy mashg’ulot. Tarvuz sabzavot ekinlari navlari bilan tanishish - 4soat
Topshiriqdan maqsad. Tarvuzning rayonlashtirilgan navlarini er ustki qismi va
mevasining morfologik belgilarini o‘rganish.
Uslubiy ko‘rsatma. T. B. Fursa (1982) tasnifi bo‘yicha tarvuz – Citrullus Schrad. turkumi to‘rtta turga bo‘linadi:

  1. Oddiy tarvuz (Citrullus lanatus (Thunb.) Matsum. et Nakai) ham ho‘raki, ham hashaki navlarni o‘z ichiga oladi;

  2. Kolotsint (Citrullus colocynthis (L.) Schrad.);

  3. Tumshuqchasiz tarvuz (Citrullus ecirrhosus Cogn.);

  4. Noden tarvuzi (Citrullus naudinianus Hook .f.).

Tarvuzning ho‘raki va hashaki xillari eng ko‘p tarqalgan. Qolgan uch turi yovvoyi holda o‘sadi va faqat selektsiya ishlarida ahamiyatga ega.
Ho‘raki va hashaki tarvuz morfologik belgilari bo‘yicha bir-biridan kam farq qiladi. Hashaki tarvuzning palagi ancha uzun bo‘lib, kam shoxlanadi, urug‘i tishchasiz, mevasining eti dag‘al, och yashil-oq, bemaza bo‘ladi.
Ho‘raki tarvuzning palagi uzun, sershox, yerga yotib o‘sadigan bo‘lib, uzunligi 4-5 m ga etadi. Barglari oddiy, qirqilgan, barg bandi uzun, kulrang – yashil bo‘ladi. Bir tup o‘simlikda 2000 ta va undan ortiq barg bo‘ladi. Barglari qo‘ltig‘idan mo‘ylar chiqadi.
Tarvuz bir uyli ikki jinsli o‘simlik hisoblanadi. Tarvuzning mevasi har xil shaklda bo‘lib, po‘chog‘ining rangi va qalinligi bilan ham farq qiladi. Eti parenximadan iborat bo‘lib, yupqa devorli yirik hujayralardan tashkil topgan. Etida po‘chog‘i bilan qo‘shilib o‘sgan platsenta bo‘ladi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling