O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


Download 1.67 Mb.
Sana03.05.2020
Hajmi1.67 Mb.
#102987
Bog'liq
Ф.У.Мухаммаджонов мус 1

  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI
  • ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
  • TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
  • OLMALIQ FILIALI
  • MUSTAQIL ISH
  • Bajardi: 39-16 a guruh talabasi Muhammadjonov F.
  • Qabul qidi: Nazarova M.
  • 2020 yil.
  • “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi
  • “Sotsilogiya” fanidan
  • Sotsial taraqqiyotni boshqarish.
  • Reja:
  • Sotsial taraqqiyot tushunchasi va uning turlari.
  • Boshqaruvning sotsial tabiati.
  • Sotsial menejment.
  • Xulosa.
  • Foydanilgan adabiyotlar.
  •  
  • Sotsiologiya fanida jamiyatning o‘zgarish (sotsial jarayon, sotsiall dinamika, sotsial o‘zgarish, sotsial taraqqiyot va boshq.) mexanizmlarini tahlil etish va tavsiflash uchun maxsus ibora yaratilgan. Sotsial jarayon (lot. processus — olg‘a siljish) — bu sotsial hodisalar va sotsial tizimlarning rivojlanish bosqichlari, holatlarining izchillik bilan almashib turishidir. Shuningdek, sotsial jarayon qandaydir natijaga erishish uchun izchii xatta-harakatlarning yig‘indisini ham anglatadi. Masalan, o‘quv jarayoni o‘quv mashg‘ulotlarining alohida turlarini izchillik bilan almashib turishini ifodalaydi: ma’ruza — mustaqil ish — amaliy mashg‘ulot — individual suhbat. Bu jarayonning natijasi ta’lim olayotganlarning u yoki bu darajadagi o‘zlashtirishi hisoblanadi
  • 1) sotsial harakat subyekti(shaxs, sotsial guruh, sotsial tashkilot);
  • 2) sotsial harakat obyekti(sotsial harakat yo‘nalgan sotsial hodisa);
  • 5) sotsial harakat natijasi(subyektning sotsial obyektga ta’siri natijasida
  • unda paydo bodadigan o'zgarishlar);
  • 3) sotsial harakatning kechishi uchun shart-sharoitlar(sotsial jarayon nafaqat subyektning obyektga ta ’siri, balki sotsial m uhitning xususiyatlari bilan tavsiflanadi);
  • 4) uning o'zini maqsadga muvofiq tarzdagi sotsial harakati;
  • 6) obyektning sifatiy o'zgarishining intensivligi(kuchayishi va tezlashishi) bo'yicha — evolyutsiyaviy (tadrijiy) va revolyutsiyaviy (inqilobiy).
  • Sotsial jarayonlarning turli asoslari bo'yicha uning ko'plab tasniflashlar shakllandi:
  • 1) namoyon bo'lish sohalari bo'yicha — iqtisodiy, siyosiy, ekologik va hokazo;
  • 2) paydo bo ‘lish mexanizmlaribo'yicha — o'z-o'zidan tabiiy ravishda, ongli ravishda, tabiiy-tarixiy;
  • 3) boshqaruvchanlik darajasib o'yicha — boshqariladigan, bo'sh boshqariladigan, boshqarib bo'lmaydigan;
  • 4) sotsial ta’sir obyektining funksiyalari bo'yicha — funksional va disfunksional (funksionalligi buzilgan);
  • 5) sotsial obyekt sifatiy holatining yo‘nalganligi bo'yicha — progressiv (o'sib boruvchi), regressiv (orqaga ketuvchi), neytral (betaraf, o'rtada turuvchi);
  • Sotsial o‘zgarishlar— bu qandaydir sotsial obyektning oldingi va hozirgi holati o'rtasidagi sezilarli farqlanishlar hosil qiluvchi sotsial jarayonlar natijasidir. Sotsiologiya tarixida sotsial o'zgarishlarning umumiy sabablarini aniqlashga doir ko'plab urinishlar yuz bo'lgan. Tarixiy rivojlanish texnologik rivojlanish, sotsial ixtiloflar, integratsiyalar, moslashuvlar, g'oyalar va ilohiy kuchlar ta’siri kabilar bilan bog'liq holda yuz beradi.
  • Sotsial o'zgarishlar manbalarida olimlarning fikri
  • O.Kont jamiyat rivojlanishining asosiy omili bilimlar taraqqiyotidir
  • E. Dyurkgeymbu o'zgarishlarni individlarning o'zaro o'xshashligi va rivojlanmaganligiga asoslangan mexanik birdamlikdan sotsial tabaqalashish va mehnat taqsimoti asosida organik birdamlikka o‘tishidir
  • X. Ortega-va-Gasset ijodkor avlodlar
  • G.Moskava V.Pareto ijodkor elitalar
  • Sotsial dinamika— bu jamiyat va uning sotsial strukturasining yangilanishlarga olib keladigan rivojlanishi, uning o’zgarish va amal qilish jarayonlarining yig’indisidir. Sotsial dinamikaning bir necha turlari mavjud — chiziqli(evolyutsiyaviy), siklli, spiralsimon.
  • 1) Sotsial o'zgarishlarning chiziqli turi. Evolyutsiya (lot. evolutio — kengayish, avj olish) — tirik va jonsiz tabiatda, shuningdek sotsial tizimlarda kechadigan o’zgarishlar jarayonlaridir; keng ma’noda — u rivojlanishning sinonimi hisoblanadi. Evolyutsiya murakkablashuvga, tabaqalashuvga, tizimni uyushtirish darajasining oshishiga olib kelishi mumkin. Tor ma’noda evolyutsiya o’z ichiga faqat bosqichma-bosqich o’zgarishlarni oladi (bu holatda evolyutsiya tushunchasi revolyutsiya (inqilob) tushunchasiga qarama-qarshi qo’yiladi). Jamiyatni tahlil etishda evolyutsiyaviy yondashuv hozirgi davrgacha qo’llanilmoqda. T.Parsons «evolyutsiyaviy o’zgarishlar» nazariyasini ishlab chiqib, unda evolyutsiyaga nisbatan jamiyatning strukturaviy-funksional differensiyaatsiyasi (tabaqalanishuvi) sifatida qaradi. Jamiyatning tabaqalanishi uning evolyutsiyasining muhim mezoni hisoblandi. Mashhur sotsiolog R. Bellning fikricha, «evolyutsiyaniorganizm, sotsial tizim yoki har qanday boshqa tuzilmalarning o‘z ajdodlariga nisbatan ko‘proq avtonom bodish uchun yangi muhitlarga moslashish qobilligi bilan ta’minlaydigan tabaqalashish va uyushishning murakkablashuy sari o‘sish jarayoni, deb tushunmoq lozim».
  • 2) Sotsial jarayonlaming siklli turi. Agar evolyutsiyaviy nazariyalar tarixni bosqichli darajalardan iborat, muayyan yo‘nalishni ifodalaydigan jarayon sifatida tavsiflasa, siklli jarayon nazariyotchilari alohida sivilizatsiyalar muqarrar ravishda tanazzulga uchraydi, degan qarashlarga asoslandi. U lar jamiyatni muayyan tartib bo‘yicha chiziqli tarixiy ko‘rsatkichlar doirasiga joylashtirishga urinmaydi. Ular uning o ‘rniga jamiyatning turli bosqichlaridagi o‘sishlar va inqirozlarni jamiyat bilan taqqoslab, ular ichidan o‘xshashlikni topishga harakat qildi. Agar evolyutsiyaviy o ‘zgarishlar nazariyotchilari vakillari insoniyatga nisbatan uning uzluksiz rivojlanib borishi xususiyatidan kelib chiqib unga umid va ishonch bilan qarasa, siklizm tarafdorlari har qanday sivilizatsiya tanazzulga yuz tutadi, degan qarashlardan kelib chiqib bu jarayonga umidsizlik bilan qaradi. Nemis olimi O.Shpengler(1880-1936) o'zining «Yevropaning tanazzuli» (1923) asarida m adaniyatning xuddi odam hayotida ro‘y berganidek, rivojlanish va tanazzul bosqichlaridan (paydo bodish, yetuklikka erishish, tanazzulga uchrash va halokat) o‘tishini isbotlashga urindi. U har biri ming yilga yaqin yashagan sakkiz turdagi m adaniyatni o‘rganib, g'arb madaniyatining yaratilganligiga deyarli 900 yil bodganligini, shuning uchun ham uning tanazzulga uchrashiga yaqin qolganligini bashorat qilishga harakat qildi. Ingliz tarixchisi A.Toynbi(1889-1975) o'zaro almashib turish asosidagi sivilizatsiyalarning rivojlanish qonuniyatlarini asoslash va uning prinsiplarini shakllantirishga urindi. U ning fikricha, sivilizatsiya qandaydir «da’vatlar yoki chaqiriqlar»ga javob berish oqibati sifatida vujudga keladi. Ana shunday da’vatlar jumlasiga tabiat kuchlari (og’ir iqlim) yoki insoniy omillar (urushqoq qo‘shnilar) kiradi. Sivilizatsiya o‘ziga qarshi turuvchi om illarning unchalik keskin bodm agan, ijodiy ozchilik (ziyoli elita) salbiy omillarning kuchiga yarasha kuch bilan qarshilik qilish qobiliyatiga ega bodsagina rivojlana oladi yoki ravnaq topishga erishadi.
  • 3) Sotsial о ‘zgarishlarniug spiralsimon turi. Spiralsimon model jamiyatda ro'y berayotgan ham evolyutsiyaviy, ham inqilobiy o'zgarishlarni hisobga oladi. Bu kabi o'zgarishlar marksizm asoschilari tomonidan ishlab chiqildi. Unga binoan, jamiyat rivojlanishining o'ziga xos pog'onalari sifatida ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar izchillik bilan o'zaro almashib boradi. Bunda jamiyatni o'zgartirishda evolyusiviy va inqilobiy omillarning birgalikda ta ’sir qilishi e ’tiro f etilsada, inqiloblarga katta ustuvorlik berildi. Jamiyatni o'zgartirishning asosiy shakli sifatida moddiy ishlab chiqarish, sotsial inqilob kabi am aliyotlar tan olinadi.
  • boshqaruvchi
  • boshqariluvchi.
  • Boshqaruvning sotsial tabiati.
  • Sotsiologik nuqtai nazardan yondashganda boshqaruv — odam larning o'zaro sotsial munosabatlarini muvofiqlashtirishga doir hokimiyatni amalga oshirish shaklidir.
  • Boshqaruv munosabatlari — ikkita subyektning o'zaro munosabatlarining alohida sohasidir:
  • Boshqaruvni ikkita jihati bo'yicha ikkiga bo'lish mumkin:
  • munosabatlar tizimi sifatida;
  • o'zaro munosabatlar shakli sifatida.
  • Munosabatlar tizimi sotsial ierarxiya (boshliq - bo'ysunuvchi), shuningdek hokim iyatning nazorat qilish va martabalar vakolatlarini amalga oshirish tartiboti mavjud bo'lishini taqozo etadi.
  • O'zaro munosabatlar shakli — bu rahbarlikka oid vakolatlarni amalga oshirishni ifodalaydi. Boshqaruv bir qism odamlarni (yoki odamni) boshqa odamlarga ochiq yoki yashirin bosim o'tkazishiga va jamiyatdagi mavjud sotsial iqtisodiy boyliklarni taqsimlanishidagi tenglikning yo'qligiga asoslanadi.
  • Boshqaruv tizimi avtoritar yoki demokratik shakl kasb etishi mumkin. Lekin, u muayyan jamiyat uchun qabul qilingan me’yorlar va qoidalar doirasida individlar va sotsial guruhlarning xatti-harakatlari erkinligini chegaralashning sotsial tizimidir. Har qanday boshqaruv tizimi imtiyozga ega bo'lmagan (ijro qiluvchi) odamlarga nisbatan imtiyozli mansabdor odamlarning ozligi asosida quriladi. Boshqaruvchilam i tayinlash jarayoni doimo bir yoki bir necha odamga tegishli bo'ladi, shuningdek boshqa ko'plab odamlarning bo'ysunuvchi sifatida bo'lishiga asoslanadi.
  • avtoritar
  • demokratik
  • Boshqaruv — har qanday oqilona tashkil etilgan va sivilizatsiyaga erishgan jaftiiyatdagi muhim sotsial institutlardan biri hisoblanadi. Olamlami boshqarish — bu odam larni muayyan xulqqa kirishga qo‘zg‘ash (yoki majburlash) demakdir. Xulosa qilib aytganda, boshqaruv— bir individning (yoki bir necha) boshqa (yoki ko'plab) individga maqsadga muvofiq ravishda to'g'ridan - to‘g‘ri ta’sir ko'rsatishidir. Yoki, boshqaruvning asosi boshqaruv subyektlari (boshliqlar) va boshqaruv obyektlari (boshqariluvchilar) o'zaro ta’sirlari va munosabatlaridan iboratdir. Bu subyektiv -obyektiv munosabat demakdir. Sotsial boshqaruvning murakkabligi shundaki, unda boshqaruv obyekti va subyekti sifatida bir bo'lgan individlar ishtirok etadi.
  • Shu bilan birga, bozor iqtisodiy munosabatlari sharoitida boshqaruvni menement deb qabul qilish odatga kirdi. Menejment aslida tijjoriy boshqaruv turi sifatida paydo bo'lgan edi. Ma’lumki, tijorat foyda olishni mo'ljallab amalga oshiriladi. Shuning uchun m enejer subyektiv-obyektiv munosabatlarni shunday tarzda tashkil etadiki, bunda bo'ysunuvchilarning o‘zaro munosabatlaridan iloji boricha k o'proq foyda kelishi ko'zlanadi. Foyda olish menejer xizmat faoliyatini baholashning mezoni hisoblanadi. Menejmentning birinchi pioneri (kashshofi) AQShda vujudga keldi. Bu mamlakatda 1880-yildayoq dastlabki menejment maktablari paydo bo'lgan edi. Hozirgi davrda menejerlik sohasi bo'yicha ta’lim olayotgan talabalar ko'plab sotsial-gumanitar fanlarni — sotsiologiya, falsafa, huquq, iqtisodiyot, psixologiya kabilarni o'rganadi. O'tgan davrlar ichida menejmentni rivolantirishga doir (ayniqsa, AQShda) ko'plab turli-tuman nazariyalar shakllandi.
  • Olimlar boshqaruvni umuman sotsial institut sifatida rivojlanishini beshta bosqichga bo'ldi: er.il. 2-3 m ing yillar oldin qadimgi sharqda paydo bo'lgan; er.il. 18 asrdan boshlab Bobilda paydo bo'lgan (Xammurapi hukmdorligi davrida 258 tadan iborat boshqaruv qonunlari Bobil qonunlar to'plamida ifodalangan); Bobil hukmdori Navuxodonosor II (er.il.605—562 yy.) g'alla omborlari va to'qim achilik sohasida ishlab chiqarish nazorati va boshqa boshqaruvga doir ko'plab qoidalarni amaliyotga kiritdi.
  • Menejer inqilobi AQShda mamlakat aholisining 60 foizini o'rta sinf darajasiga chiqishini ta’minlashga katta hissa qo'shdi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlarida o 'rta sinfning o'zagi menejerlar hisoblanadi. O'rta sinf ikkita qarama-qarshi qutblar — kambag'allar va boylarni bir-birlari bilan to'qnashuvlariga yo'l bermasdan ajratib turadi. 1990-yildan boshlab AQSh va G'arbiy Yevropaning yetakchi universitetlari o'quv dasturlariga ma’muriy davlat boshqaruvi nazariyasini o'rganish fan sifatida kiritildi. Ilmiy boshqarish — boshqaruv amaliyoti nazariy asosini tashkil etuvchi ilmiy bilimlar tizimidir Bu davrdan boshlab menejmentning g'arb amaliyoti quyidagi konsepsiyalami o'z ichiga olishni taqozo etdi: ilmiy boshqaruv konsepsiyasi (teylorizm , asoschisi — F.Teylor); ma’m uriy boshqaruv maktabi — (A.Fayol); insoniy munosabatlar m aktabi ( E .M eyo ); boshqaruvning psixologik maktabi (A.Maslou ); insoniy resurslar samarasini oshirish konsepsiyasi (o'tgan asrning 50-yillaridagi mualiflar nazariyalari yig'indisiga asoslandi). Mazkur konsepsiyalar sotsial-mehnat hayotining sifatlarini o'zgarishi, boshqaruvchilarning yetakchilik sifatlarini vujudga kelishi, hokimiyat va avtoritet, tashkilotda kommunikatsiyalarning namoyon bo'lishining xususiyatlari, motivlashish, o'zaro sotsial aloqalar turli jihatlarini taqozo etadigan rivojlanishning evolyutsiyaviy qirralarini ifodaladi.
  • Sotsial menejment sotsial boshqaruvning ostki tizimi sifatida umumiy boshqaruvni ifodalamaydi, balki sotsial tizimni boshqaradi. Sotsial menejmentnng asosiy vazifasi — bu ostki tizimlami oqilonalik, samaradorlik va barqarorlikda amal qilishini ta’minlashni qo'llab-quvvatlash, sotsial-texnologik harakatlarni samarali boshqarish shakllari va usullarini topish demakdir.
  • Sotsial menejment.
  • Quyidagi asosiy xususiyatni doimo nazardan qochirmaslik lozimki, sotsial guruhlar ko'pincha iqtisodiy afzalliklarga erishishga moyillikka amal qiladi. Barcha sotsial guruhlar, birinchi navbatda, iqtisodiy manfaatlardan (xususiy mulk, ishlab chiqarish vositasi, ulardan o'zining sotsial holatini yaxshilashda foydalanishi va hokazo) kelib chiqadigan iqtsodiy barqarorlikni xohlaydi. Sotsial guruhlar iqtisodiy m unosabatlar evaziga siyosiy barqarorlikka erishishni istaydi. Shu tariqa, sotsial menejmentning makrodarajasi— bu muayyan guruhlar uchun iqtisodiy barqarorlikni xohlashlaridir. Bu darajadagi m enejm ent bu kabi barqarorlikni qo'llab- quvatlash va ta’minlashning sotsial texnologiyalarini topish bilan shug'ullanishi lozim. Sotsial menejmentning megadarajasi— bu jamiyatdagi sotsial guruhlar va individlar o'rtasidagi o 'zaro kelishuvlar yo'llarini topishdan iboratdir. Bunda global tarzdagi sotsial texnologiyalar qo'llaniladi. Bu jarayonda o'zaro ta’sirlarning quyidagi uchta asosiy muhitida sotsial ta’sirning turli vositalariga zarurat tug'iladi: shaxslaro muhitda; maxsus ravishda tuziladigan e’tiqodlar muhitida (bu o'quv yurtlari, diniy muassasalar va boshqalarda o'zaro aloqalar o'rnatish qobiliyatini shakllantirish demkdir); OAVda (televidenie, radio, bosma nashrlar, elektron axbortlarva hokazo). Shu tariqa, sotsial menejmentning uslubiyoti individlar, sotsial guruhlar va bir butun jamiyat o'zaro boshqaruv munosabatlaridagi alohida yashash shakllariga va ulardagi farqlanishlarga tayanadi.
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • 1 .O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.:O‘zbekiston,2016.
  • 2.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo'shimcha choratadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni. 5.10.2016 // Xalq so'zi, 2016, 6-okt.
  • 3.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni// O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017- y., 6-son, 70- modda.
  • 4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’Iim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori.20.04.2017// http:// www.lex.iiz/Pages/GetAct.aspx?lact_id=3171590.
  • 5.Karimov I.A. Asarlar. 1-24 jild.-T,:0‘zbekiston, 1996-2016.
  • 6.Mirziyoev Sh.M. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi nutqi. 2016-y., 9-sentyabr // http:/ /parliament.gov.uz/uz/events/chamber/15789.
  • 7.Mirziyoev Sh.M. Demokratik islohotlarni izchil davom ettirish, xalqimiz uchun tinch va osoyishta, munosib hayot darajasini yaratish — barqaror taraqqiyot kafolatidir.//XXI asr,2016,20-oktyabr.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling