Oʼzbekiston respublikаsi oliy vа oʼrtа mаhsus tаъlim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt universiteti


Davlatning siyosati milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda maʼlum maqsadlarni koʼzlaydi. Bulardan asosiylari quyidagilar


Download 375.32 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi375.32 Kb.
#1559149
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 - mavzu taqdimot

Davlatning siyosati milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda maʼlum maqsadlarni koʼzlaydi. Bulardan asosiylari quyidagilar

  • Milliy iqtisodiyotning istiqbolini taʼminlash, yaʼni uni uzoq kelajakda oʼsib borishiga sharoit hozirlash.
  • Bular iqtisodiy siyosatning strategik, yaʼni uzoq davrga moʼljallangan maqsadi hisoblanadi. Biroq uning qisqa vaqtdagi taktik, yaʼni juzʼiy maqsadlari ham bor. Bular jumlasiga iqtisodiy tanglikdan chiqib ketish, narxlarning barqarorligini taʼminlash, investitsion faollikni ragʼbatlantirish, eksport salohiyatini oshirish, novatsiyalarni taʼminlash, yangi tashqi bozorlarga kirib borish kabilar kiradi. Juzʼiy maqsadlar strategik maqsadlardan kelib chiqadi va ularga xizmat qiladi.

Davlat siyosati belgilagan maqsadlarga quyidagi vositalar bilan erishadi:

  • Birinchisi, iqtisodiy vositalar boʼlib, bular jumlasiga soliqlar, subsidiyalar, litsenziyalar, eksport kvotalari, uchyot stavkalari, davlat buyurtmalari, davlat investitsiyalari, transfertlar, turli iqtisodiy sanktsiyalar (jazolash vositalari) kabilar kiradi. 

Davlat siyosati belgilagan maqsadlarga quyidagi vositalar bilan erishadi

  • Ikkinchisi, yuridik vositalar. Bu iqtisodiy faoliyat tartibi va qoidalarini, uning davlat tomonidan ragʼbatlantirilishini belgilab beruvchi qonunlarni, ularga mos ravishdagi qonun osti hujjatlarini ishlab chiqish, ularni qabul qilish va joriy etishdan iboratdir.
  • Qonunchilik iqtisodiyotning huquqiy asoslarini belgilab beradi, bular esa bozor iqtisodiyotining obʼektiv iqtisodiy qonunlari talabidan kelib chiqishi zarur. Iqtisodiyotga oid yuridik qonunlarni parlament qabul qiladi. Hukumat esa ularning amalga oshirilishini taʼminlaydigan qarorlar va farmoyishlarni ishlab chiqadi. Tegishli davlat idoralari qonunlarning amalga oshirilishini nazoratga oladi.

Davlat siyosati belgilagan maqsadlarga quyidagi vositalar bilan erishadi

  • Uchinchisi, siyosiy-maʼmuriy vositalar. Davlat hokimiyat sohibi boʼlganidan oʼz siyosatiga rioya etilishini oʼz organlari kuchi bilan taʼminlaydi. Davlat oliy siyosiy institut hisoblanar ekan, uning qarorlari va buyruqlariga hamma itoat etishi kerak boʼladi. Maʼmuriy usul yordamchi usul hisoblanadi, u bozor tizimida yaxshi natija bermaganidan cheklangan holda qoʼllaniladi

Download 375.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling