O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti shahrisabz filiali
Download 3.33 Mb. Pdf ko'rish
|
fayl 1045 20210522
3. Aqliy tarbiya vazifalari Bolani maktab ta'limiga tayyorlashda aqliy tarbiyaning ahamiyati kattadir. Bolani bilimlarini egallab olishlari ularni aqliy faolligini rivojlantirish aqliy malaka va ko‘nikmalarini egallab olishlari ularni maktabda muvofaqqiyatli o‘kishlari uchun bo‘lajak mehnat faoliyatiga tayyorlanishida manba bo‘lib xizmat qiladi. Odamning aqliy faoliyati – bu umumiy ham maxsus aqliy harakatlar xilma- xil sistemalarining katta miqdoridir. Ko‘pgina vazifalarni hal etishda qo‘llaniladigan keng ko‘lamdagi aqliy harakatlarni shakllantirish ayniqsa muhimdir. Bunday harakatlarga tahlil, qiyoslash, umumlashtirish kiradi. Ham umumiy, ham maxsus aqliy harakatlarni egallash aqliy faollik va mustaqillikning rivojlanishini ta'minlaydi. Aqliy faoliyatning moslashuvchanligi va jo‘shqinligini, hodisalarni xilma-xil aloqalar va munosabatlarda ko‘ra bilishni shakllantirishga yordam beradi. «Aqliy mehnat madaniyati» tushunchasiga aqliy faoliyatning umumiy tartibliligi, rejaliligi, vazifani qabul qilish va o‘rtaga qo‘yish, uni hal etish usullarini tanlash, ishlab chiqilgan harakat rejasini izchil amalga oshirish natijalarini baholash mahorati kiradi. Aqliy mehnat madaniyati aqliy faoliyatning maxsus malakalari va ko‘nikmalarini, kitob bilan ishlash ko‘nikmalarini egallash darajasi, ilmiy bilish usullari va metodlarini, turli yordamchi vositalardan foydalanish bilan ham bog‘liqdir. Aqliy tarbiya vazifalaridan har biri maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashni tashkil etishda hisobga olish lozim bo‘lgan bir qancha vazifalarni o‘z ichiga oladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat. Мактабгача ёшдаги болаларни ақлий тарбиялашнинг асосий вазифалари Болаларда табиат ва жамият тўғ- рисидаги билимлар ситемасини илмий дунёқарашини шакл- лантириш. Бола теварак атроф- даги нарсалар уларнинг вазифа- си баъзи сифатлари баъзи ҳосса- лари ҳақида қайси материалдан тайёрланганлиги тўғрисида аниқ тассаввурга эга бўлиши керак. У табиат ҳодисалари уларнинг ўзаро боғлиқлиги ва қонуният- ларини билиб олади. Жонсиз та- биат ўсимликлар ҳайвонларни кузатиш жараёнида болаларда борлиқ тўғрисидаги тасаввур- лар шаклланиб боради. Ақлий малака ва кўнималарни ривожлантириш. Ақлий кўник- ма ва малакаларни ривожланти- риш, яъни энг оддий фаолият усуллари, предметларни текши- ришни улардаги муҳим ва му- ҳим бўлмаган белгиларни ажра- тиб кўрсатиш, бошқа предмет- лар билан таққослаш мактабгача тарбия ёшидаги болаларга ақлий тарбия бериш вазифаларидан биридир. Бу кўникма-малакалар билиш фаолиятининг таркибий қисмлари бўлиб, боланинг би- лимларини чуқур эгаллаб олиш- га ёрдам беради. Билишга доир руҳий жараёнлар- ни ривожлантириш: сезги, идрок хотира, хаёл тафаккур нутқ. Би- лишга доир рухий жараёнларни ривожлантириш ақлий тарбия- нинг муҳим вазифасидир. Билишга қизиқиш ва ақлий қоби- лиятларни ақлий меҳнат мадания- тини ривожлантириш. Ақлий тар- биянинг вазифаси болалар қизиқув-чанлигини улар ақлининг синчков-лигини ривожлантириш ва шулар асосида билишга қизиқиш ҳосил қилишдан иборат. Болалар боғчаси олдида болаларнинг ақлий қоби-лиятларини ривожлантириш вазифаси турибди. Boladagi qiziquvchanlik va aqliy faollikning qay darajada rivojlanganligini bolaning aqliy ko‘rsatkichining yuqoriligida ko‘rish mumkin. Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling