2.3. Ona tili fani bo`yicha “ Sifat – so’z turkumi ” mavzusi yuzasidan dars ishlanma
Sifat – so’z turkumi
Sinf: 3-sinf
Mavzu: Sifat — so‘z turkumi.
Darsning maqsadi: A) ta’limiy: o‘quvchilarga sifat — so‘z turkumi ekanligi, uning so‘roqlari, gapdagi vazifasi haqida ma'lumot beriladi. B) tarbiyaviy: ta'sirchan so‘zlash, go‘zallikka intilish kabi his-tuyg‘ularni tarbiyalash. D) rivojlantiruvchi: Sifatning nutqimizdagi roli, sifatlardan nutqda o‘rinli foydalanish, shaxs va narsalarning belgi xususiyatlarini yaqqol ko‘ra bilish, sifatlarga so‘roqlarni to‘g‘ri qo‘ya bilish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning metodi: suhbat.
Darsning jihozi: narsalar rasmi.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
- o’quvchilar bilan salomlashish;
- davomatni aniqlash;
- xona tozaligini tekshirish.
II. O‘tgan mavzuni so‘rash va mustahkamlash.
Savollarga javob bering
1. Qanday so‘zlar ot deyiladi?
2. Otlar qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?
3. Qaysi otlar kim? so‘rog‘iga, qaysi otlar nima? so‘rog‘iga javob bo‘ladi?
4. Birlikdagi otlar qanday so‘roqqa javob bo‘ladi? Ko‘plikdagi otlar-chi? Bu otlar bir-biridan qanday farqlanadi? Ularga misollar keltiring.
5. Qaysi so‘z yasovchi qo‘shimchalar yordamida otlar hosil qilinadi?
6. Qanday otlar bosh (katta) harf bilan yoziladi?
III. Yangi mavzuning bayoni.
Narsa-shaxs belgisini bildirgan so‘zlar sifat deyiladi. Sifatlar Qanday?, Qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘ladi.
Mavzuga doir mashqlar bajarildi.
257-mashq. O’qing. Narsa-buyum belgisini bildirgan so’zlarni aniqlang va ularni o’zi bog’lanib kelgan ot bilan birgalikda ko’chiring.
Namuna: ( qanday?) ko’rkam fasl.
Mashq xuddi shu tartibda bajarildi.
Saylanma diktant. Saylanma diktant quyidagi gaplar bilan o‘tkaziladi:
1. Moviy osmonda oppoq bulutlar sayr qilmoqda. 2. Musaffo osmonda qushlar galasi qanot qoqmoqda. 3. Oq, sariq, qizil kamalaklar quyoshda tovlanmoqda. 4. Quyoshli o‘lkamizning go‘zal tabiati kishini o‘ziga tortadi.
O‘qituvchi gaplarni birma-bir o‘qiydi.
O‘quvchilar gapni diqqat bilan tinglab, sifatlar bilan bog‘lanib kelayotgan so‘zlarni aniqlab, ularni birgalikda yozadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |