O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti
Asarda buyuk davlatchilik shovinizmini va agressiv millatchilik
Download 2.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Asarda buyuk davlatchilik shovinizmini va agressiv millatchilik nima,
uning hozirgi ko‗rinishlari nimalardan iborat degan masalaga e‗tibor qaratiladi. Tarixiy tajribaga asoslanib, bu hodisani muayyan kuchlar va davlatlar tomonidan bo‗ladigan siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy hukmronlik deb yoki millatlararo va davlatlararo, mintaqaviy munosabatlarda unga intilish deb ta‗riflash mumkin. Shovinizm ba‗zi ko‗p sonli millatlarning nafaqat ko‗p millatli imperiya doirasida, balki uni o‗rab turgan jo‗g‗rofiy - siyosiy makonda o‗zining qator imkoniyatlaridan foydalangan holda o‗zining mutlaq hukmronligini o‗rnatish uchun kurashida namoyon bo‗ladi. Odatda, hudud jihatidan kichik bo‗lgan va eng asosiysi - iqtisodiy imkoniyatlari zaiflashgan va ichki beqaror davlatlar ana shunday kuchlarga nishon bo‗ladi. 116 Asarda buyuk davlatchilik shovinizmi boshqa millatlar va mamlakatlar bilan o‗zaro madaniyatli hamkorlik qilishga tayyor emaslikdan kelib chiqadi konseptual fikr ilgari suriladi. Bizning o‗lkamiz ham ana shunday qismatdan qochib qutulolmadi. Buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik tahdidi haqida fikr yuritganda biz quyidagi xavfni nazarda tutamiz: birinchidan, xalqaro, davlatlararo va elatlararo qarama - qarshilikni keltirib chiqarish; ikkinchidan, xalqaro - huquqiy va ichki davlat suverenitetimizni ro‗yobga chiqarishga qarshilik ko‗rsatish; uchinchidan, O‗zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini chegaralashga, ularni teng huquqli bo‗lmagan sharoitga solib qo‗yishga urinish; to„rtinchidan, Mamlakatimiz aholisiga axborot orqali va mafkuraviy yo‗l bilan tazyiq o‗tkazish, jahon afkor ommasida O‗zbekiston haqida noto‗g‗ri tasavvur tug‗dirishga intilish; beshinchidan, agar buyuk davlatchilik shovinizmi bilan ekstremistik millatchilik abadiy hamrohlar ekani nazarda tutiladigan bo‗lsa, u holda millatlar o‗rtasida o‗zaro ishonchsizlikni keltirib chiqarish, millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish; oltinchidan, yangi mustamlakachilik va yangi imperiyachilik yondashuvlarini zo‗rlab qabul qildirish, hamma sohalardagi o‗zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlikni sekinlashtirish xavfi. Gapning sirasini aytganda, Rossiyada imperiyacha fikr yuritishdan voz kechish va O‗zbekiston bilan ana shunday hamkorlikka tayyorlikni izhor etish buyuk qo‗shnimiz uchun g‗oyat samarali imkoniyatlar ochib beradi. Avvalambor, ochiq ko‗rinib turgan bir haqiqatga e‗tiborni qaratmoqchiman. Mustaqil va kuchli sherikka ega bo‗lish "ukani boqish" yoki "kichik ittifoqchini chegaralab turish"ga qaraganda arzonroq va ishonchliroqdir. Boshqacha aytganda, zaif ittifoqchidan ko‗ra kuchli va barqaror sherik bilan ish olib borgan afzalroq. Ikkinchidan, bir - birimizning manfaatlarimizni hisobga olish va muvozanatda saqlab turishga asoslangan teng huquqli, izzat - ikromli munosabat mamlakatimizning siyosiy rahbarlaridagina emas, balki butun xalqimizda ham hurmat hissini uyg‗otadi. Xalqning ezgu his - tuyg‗ulari va munosabati, aytish mumkinki, rossiyalik siyosatchilar bizning mintaqada topishlari mumkin bo‗lgan eng yirik kapitaldir. Va aksincha, xalq aksariyat qismining his - tuyg‗ulari "nafrat" degan birgina so‗zga jamlanganda nimalarga olib kelishi mumkinligini Chechenistondagi mojaro yaqqol eslatib turuvchi yorqin misoldir. Nihoyat, mintaqaviy qalqon vazifasini bajarishga qodir bo‗lgan mustaqil, yetarli darajada barqaror davlatlarni shakllantirish Rossiyaning jeografik - siyosiy manfaatlariga mutlaqo mos tushib, chiqimi ham ancha kam bo‗lishini tushunish juda muhimdir. Iqtisodiyoti barqaror bo‗lgan mintaqa Rossiya yoki o‗zga birorta davlatga tahdid 117 solmaydi. Aksincha, bu hol juda ulkan iqtisodiy va boshqa istiqbollarga yo‗l ochadi. Eng muhimi - bu mintaqaning hech qachon sivilizatsiyalar to‗qnashadigan joyga aylanmasligiga, balki ular bir - biriga ta‗sir etib, bir - birini boyitishning ibratli namunasi bo‗lib xizmat qilishiga kafolatdir. O‗zbekiston Respublikasi ana shunday olijanob va tarixiy vazifani bajarishga har jihatdan tayyor. Rossiyada mamlakatlarimiz o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarning ana shunday istiqbolini ma‗qullayotgan odamlar va sog‗lom fikrli siyosatchilar tobora ko‗paymoqda. Ular kelajagimizni faqat bir - birimizning manfaatlarimizni hisobga olgan holda, teng huquqli va o‗zaro foydali hamkorlik asosida tashkil etishimiz zarurligini tushunib yetayotganligi muayyan darajada umid uyg‗otmoqda. Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling