O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti
Afg„onistondagi mojaroni rivojlanishi davrida tashqi kuchlarning
Download 2.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Afg„onistondagi mojaroni rivojlanishi davrida tashqi kuchlarning
ustuvor yo„nalishlari evolyutsiyasi (1990-2020). XX asrning ikkinchi yarmida dunyoning ikki tizimi qarama-qarshiligi sharoitida Afg‗oniston geopolitik kurash obyekti bo‗lishda davom etdi. ―Katta o‗yin‖ asosiy o‗yinchining almashishi bilan boshlandi, bu yerda va boshqa ko‗plab geopolitik teatrlardagi kabi Buyuk Britaniyaning o‗rnini AQSH egalladi 4 . 1 Ovinnikov.R. Maxfiy xavfli siyosat. –T.: O‘zbekiston, 1983. – B.41. 2 Kenneth Katzman Afghanistan: Post-Taliban Governance, Security, and U.S. Policy. – New York: Congressional Research Service, 2013. – P.3. 3 Спольников В. Н. Афганистан: исламская контрреволюция. – М.: Наука, 1987. – С.28. 4 Афганистан и безопасность Центральной Азии. Вып. 1/ Под ред. А.А. Князева. – Бишкек: Илим, 2004. – С.3. 270 Najibullo hukumatining qulashidan keyin hukumat mujohidlar partiyalari o‗rtasida tashlab qo‗yildi. Kichik partiya (Afg‗on Milliy Liberal Front)ning rahbari, islomiy olim Sibhatullo Mujadeddi 1992-yil aprel may oyigacha mamlakat prezidenti bo‗ldi. 1992-yil boshida Qobul partizanlar tomonidan egallandi va 50 ta boshqaruv kengashidan tashkil topgan yangi hukumat tuzildi. Asosiy partiyalar o‗rtasidagi kelishuvlar natijasida 1992-yil iyun oyida Rabboni presidentlik lavozimini egalladi. U mamlakatni 1994-yil dekabr oyiga qadar boshqardi. Siyosiy hokimiyat yaxshi vakilsiz qulashini aytib, u o‗sha vaqtda iste‘foga chiqishni rad etdi. Bu qaror mujohid liderlariga, shu jumladan, pashtun va konservativ islomiy partiya hisoblangan Hezb Islom partiyasining rahbari Gulbuddin Hekmatyorga ham qarshi qaratilgan edi. G‗olib partizanlar birlasha olmasligi ayon bo‗ldi va partizan kuchlari rahbari Gulbuddin Hekmatyor yangi hukumatga qarshi kurashni boshladi. Turli fraksiyalar o‗rtasida kurash davom etayotgan vaqtda Afg‗oniston har qaysi o‗zining boshqaruvchisiga ega bo‗lgan bir necha mustaqil mintaqalarga bo‗linib ketdi. Hekmatyor va turli ittifoq fraksiyalari Rabboniyni qulatish uchun kurash boshladilar. Agar Hekmatyor Qobulning g‗arbiy qismini vayron qilgan o‗qqa tutish ishlarini to‗xtatsa, Rabboni uni primer ministr bo‗lishiga rozilik bildirdi. Biroq, Hekmatyorning Rabboniyga nisbatan ishonchsizligi sababli u Qobulda bu lavozimni egallashini hechqachon taxmin qilmagan edi. 1994-yil boshlarida islom fundamentalist talabalarning Pashtun harbiylari, ya‘ni Tolibonlar katta kuch sifatida vujudga keldi. 1996-yil 23-iyunda Florensiyada Yevropa Ittifoqiga (YI) a‘zo mamlakatlarning davlat va hukumat boshliqlari bilan bo‗lib o‗tgan uchrashuvda Birinchi Prezidentimiz I.Karimov afg‗on muammosini tartibga solishda YIni faol ishtirok etishga chaqirgan 1 edi. 1996-yil boshlarida Tolibonlar Afg‗oniston boshqaruviga ega bo‗lish uchun harakatni davom ettirayotgan bir vaqtda Rabboniy Hekmatiyorni bosh vazir etib tayinlash bo‗yicha hujjatni imzoladi. Sentabrda Tolibonlar Qobulni egalladilar va o‗zlarini Afg‗oniston Islom Amirligining qonuniy hukumati deb e‘lon qildilar. Ular o‗zlari egallab turgan mamlakatning uchdan ikki qismida islom qonun- qoidalarining qisman puritan (puritanlar ingliz XVI-XVII asrlardagi Protestantlarining mashhur guruhlari. Puritanlar bu ma‘noda 1558-yildagi Elizaveta I ning ruxsatidan keyin ruhoniylarning Angliya cherkovini o‗z ichiga olgan harakat sifatida Marian surgunlarlaridan tashkil topgan) 2 shaklini joriy qilishdi. 1998-yil avgustda Tolibonlar butun mamlakatni boshqaruvini qo‗lga olish arafasida turib qolgan bir vaqtda 1998-yilda AQSHning Kenya va Tanzayadagi 1 Акмалов Ш. Национальная стратегия Республики Узбекистан в вопросах мирного урегулирования афганского конфликта. –Т.:2009. –С.14. 2 http://en.wikipedia.org/wiki/Puritan 271 elchixonalarini portlatgan, Saudiya Arabistonida tug‗ilgan Tolibonlarning harbiy yetakchisi Usama bin Lodenning terroristik harakati AQShni diqqatini poytaxt Qobulga qaratdi. 1999-yil mart oyida BMTning tinchlik kelishuvi xati Tolibonlar va ularning asosiy dushmani bo‗lib qolgan etnik tojik va sobiq mujohidlar rahbari va Shimoliy Ittifoq kuchlari rahbari Ahmad Shoh Mas‘udga yetkazildi. Noyabr oyida BMT Afg‗onistonga iqtisodiy sanksiyalar qo‗lladi; 2000-yil dekabrda BMT sanksiyalarga qo‗shimcha ravishda Tolibonlarga qurol-yaroq sotishni ta‘qiqlovchi sanksiya ham joriy qildi. 2001 yilga kelganda Tolibonlar davlatning deyarli 90 % ini o‗z nazoratlari ostiga olishdi. Sentabr oyida Shimoliy Ittifoq rahbari Mas‘ud arab junalisti sifatida niqoblangan yollanma qotil tomonidan o‗zini portlatishi natijasida halok bo‗ldi. Mazkur hujumdan ikki kun o‗tib, AQSH prezidenti tomonidan bin Lodenning hibsga olinishi talabi javobi sifatida Tolibonlar tomonidan egizak Dunyo Savdo Markazi binosi va Pentagon binosi portlatildi. 2001-yil 11-sentabrdan keying haftalarda AQSH hukumati terroristik harakatga Usama bin Lodenning Al Qoida guruhi javobgar ekanligini ta‘kidladi. Al Qoida Afg‗onistoning Tolibonlar nomi bilan mashhur eng ashaddiy islomiy hukumati tomonidan qo‗llab-quvvatlangan, ma‘qullangan va mamlakatdan bohpana bergan. Prezident Bush Tolibonlardan bin Lodenni topshirishni va Al Qoida guruhini bo‗lib tashlashni talab qildi 1 . Qachonki Tolibonlar bin Lodenni topshirishdan bosh tortishgandan so‗ng AQSH 2001-yil oktabrida Tolibon va Al Qoida kuchlariga (bin Lodenning tashkiloti) qarshi harakatlarni boshladi. AQSH shunigdek, Shimoliy Ittifoq va boshqa oppozitsion guruhlarga moliyaviy ko‗mak berishni ham boshladi. Barcha jihatlar bo‗yicha vaziyat ancha yomon edi. Mamlakatga joylashtirilgan 20 ming amerikalik harbiylarning shaxsiy tarkibi tinch aholi xavfsizligini ta‘minlash uchun emas, balki bin Lodenni va toliblarni qidirishga tashlandi. Amerikalik harbiy qismlardan tashqari mamlkatda Xalqaro ISAF 2 ning Qobul atrofida joylashtirilgan 6500 kishilik tarkibi va Qunduzda joylashtirlgan 250 kishilik Germaniyaning harbiy xizmatchilari mavjud edi 3 . 1 www.choices.edu -U.S. Policy in Afghanistan 2 Izoh –―International Security Assistance Force‖ (ISAF) NATO rahbarligida 2001-yil dekabr oyidagi Birlashgan Millatlar Xavfsizlik Kengashining 1386-rezolyutsiyasi tomonidan asos solingan Afg‘onistondagi xavfsizlik missiyasi. 3 Izoh –Harbiy xizmatchilar, ijtimoiy sohadagi ishchilar, injenerlar, shifokorlar va mintaqalarga yuborilgan davlat departamenti vakillaridan iborat bo‘lgan Birlashgan mintaqaviy qo‘mindonligini (JRT) tuzish, AQSH qo‘mondonligi fikri bo‘yicha, Hamid Karzayga uning hokimiyatini Kobul chegaralariga yoyish uchun yordam edi. JRTni butun mamlakat bo‘ylab joylashtirish ko‘zda tutildi – jumladan, Bomiyon, Mazori-Sharif, Hirot, Gardez, Jalolobod va Qandahorda. Ularning tuzilishi 2003-yil bahorida boshlandi. AQSHning Iroqqa hujumi arafasidagi Afg‘onistonning turli mintaqalariga JRT ning joylshtirilish qarori amerikaliklarning Afg‘onistonni tashlab chiqib ketmoqchi emasligini ham namoyon qilardi. 272 Soʼnggi yillarda roʼy bergan voqealar Аfgʼoniston Markaziy Osiyoning uzviy qismi ekanligini yana bir karra tasdiqladi. Geosiyosiy nuqtai nazardan bu yerda Аfgʼoniston uchun ham, mintaqaning boshqa mamlakatlari uchun ham muhim ahamiyatga ega boʼlgan mushtarak jarayonlar va tendentsiyalar roʼy bermoqda. Buning isboti tariqasida Аfgʼonistondagi mojaroni tartibga solishga xalqaro hamjamiyatni jalb qilishda muhim rol oʼynagan tuzilma - 6+2, 6+3, 5+1 guruhlarining eng faol aʼzolari Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh, Rossiya davlatlari boʼlganini eslashning oʼzi kifoya deb oʼylaymiz. Ushbu guruhning mohiyat eʼtiborli anjumani 1997 yil Toshkentda boʼlib oʼtdi. 90-yillar oxirida quvgʼinda boʼlgan afgʼon arboblari - qirol Zokirshoh tuzgan «Rim guruhi» aʼzolari Hamid Karzay, eng obroʼli harbiy komandirlardan biri Аbdulhaq Toshkentda maʼnaviy va siyosiy jihatdan qoʼllab-quvvatlanishi Аfgʼonistondagi «Tolibon» harakatiga qarshi kuchlarni birlashtirishda muhim omil boʼldi. 2001 yil 11 sentyabr voqeasidan soʼng xalqaro terrorizmga qarshi ittifoqning shakllanishida Аfgʼoniston bilan chegaradosh boʼlgan Markaziy Osiyo mamlakatlari, avvalo Oʼzbekiston muhim rol oʼynadi. Bu mamlakatlar toliblar tuzumini va «Аl Qoida» terroristik tashkilotining Аfgʼonistondagi tarmogʼini tor- mor keltirgan harbiy kuchlar harakatining yagona zonasiga aylandi. Аfgʼoniston qiroli Zokirshoh 2002 yil boshida 30 yillik quvgʼindan soʼng oʼz vataniga aynan Toshkent orqali qaytib keldi. Bu ikkala mamlakat ham bir geosiyosiy makonga mansubligining oʼziga xos ramzi boʼldi. Oʼzbekiston va Tojikiston delegatsiyalarining taklifiga koʼra 2002 yil dekabrda Porto shahri (Portugaliya)da Аfgʼonistonga Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining hamkori maqomi berildi. Oʼzbekiston rahbariyatining taklifiga koʼra Hamid Karzay 2004 yil iyunda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Toshkentda boʼlib oʼtgan sammitida ishtirok etdi. Bularning barchasi Аfgʼoniston Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida roʼy berayotgan jarayonlar doirasiga jalb qilinganligidan dalolat beradi 1 . Xalqaro ahamiyatga molik tahdidlar va xavfsizlik muammolari ham shubhasiz umumiy xususiyatga ega. Markaziy Osiyoning narkobiznes bilan shugʼullanadigan barcha korchalonlarini birlashtiruvchi va Аfgʼonistonda giyohvandlik moddalarini keng miqyosda yetishtirishga asoslangan narkobiznesning yagona tarmogʼi buning yorqin dalilidir. Bu ofatni biron-bir mamlakat yolgʼiz yenga olmaydi. Muammoning yechimi butun mintaqa mamlakatlari bahamjihat harakat qilishini taqozo etadi. Mintaqada ekstremistlar va terrorchilar tashkilotlari oʼrtasida aloqa va oʼzaro yordam yoʼlga qoʼyilganligi ham shubhasizdir. Oʼzbekiston islom 1 Сафоев С.С Марказий Осиѐдаги Геосиѐсат. Жаҳон иқтисодиѐти ва дипломатия университети,Тошкент – 2005. 42-43бетлар. 273 harakatining asosiy kuchlari aynan Аfgʼoniston hududida jangari guruhlarga birlashgani va oʼqitib-oʼrgatilgani tasodifiy hol emas. Geografik, etno-lingvistik va madaniy jihatlar Аfgʼonistonga Markaziy Osiyoning uzviy qismi sifatida qarash imkonini beruvchi muhim omillar hisoblanadi. Mintaqa mamlakatlarini umumiy foydalanishdagi daryolar, yagona tizma togʼlar birlashtiradi. Аfgʼoniston aholisining katta qismini Markaziy Osiyo davlatlarining titul millatlari hisoblangan etnik guruhlar – tojiklar (Аfgʼoniston aholisining 27%), oʼzbeklar (10%) va turkmanlar (3%) tashkil etadi. AQSHning Afg‗nistonni tark etishiga bir qancha faktorlar ta‘siz ko‗rsatdi. Birinchidan, AQSHning bu mamlakatdagi harbiy harakatlari unga qarshi munosababni kuchaytirdi. AQSHning mazkur mamlakatdagi harbiy harakatlarning 9-yili butun mamlakat bo‗ylab unga qarshi munosabatlar kuchayib ketdi. Ikkinchidan, Afg‗onistondagi muammo noharbiy yechimlarni talab etmoqda. Afg‗oniston dunyoning to‗rtinchi qashshoq davlati hisoblanadi, bunga 30 yillab davom etgan urush va uning oqibatlari sabab bo‗ldi. Uchinchidan, AQSH harbiylarining mamlakatdagi mavjudligi Tolibonlar harakatini yanada kuchayishiga sabab bo‗ldi. To‗rtinchidan, Afg‗onistonning mudofaa va xavfsizlik kuchlarining shakllantirilishi qolmaslik sababidir. AQSH harbiylari va NATO rejalari eng kamida 2-3 yil davomida Afg‗on harbiylarini va xavfsizlik kuchlari mashg‗ulotlarini davomiyligini ta‘minlash. Ular mahalliy mudofaa kuchlarini 300- 400,000 ga yetkazish tavsiya qildilar. Biroq Afg‗onistonning yillik davlat budjeti 750 million dollarni tashkil qilgan holda, hukumat buncha harbiy xizmatchining oylik maoshini bera olmaydi. AQSH mudofaa vaziri Leon Panetta va NATOdagi hamkasbi 2014-yildan keyin Afg‗onistonda qoladigan harbiylar sonini 8,000 dan 12,000ga oshirishni ko‗rib chiqdilar. ―Biz Lissabon sammitida kelib olganimizdek, 2014-yil oxirlariga qadar barcha majburiyatlarimizni to‗laligicha Afg‗on xavfsizlik kuchlariga topshiramiz. Bizning maqsadimiz o‗zgarmaydi‖ 1 . «Tolibon» harakati 2021 yil iyul-avgust oylarida АQSh oʼz armiyasini Аfgʼoniston hududidan olib chiqish fonida qisqa muddatda, bir necha hafta ichida deyarli butun Аfgʼonistonda oʼz hokimiyatini oʼrnatdi. Qiziq jihatlaridan biri shuki, АQSh va Gʼarb davlatlari bu jarayonga deyarli aralashmadi. Toʼgʼri, ushbu masala boʼyicha BMT Xavfsizlik kengashi yigʼilishi oʼtkazildi, Gʼarb mamlakatlarining baʼzilari oʼz tashqi ishlar mahkamalari orqali muammo tinch yoʼl bilan hal qilinishi boʼyicha chaqiriqlarini eʼlon qilishdi. Lekin real ishlaydigan mexanizmlardan foydalanilmadi. Masalan, АQSh bu jarayonni toʼxtatish niyatida 1 NATO Secretary General Anders Fogh Rasmussen, 2 April 2012 274 boʼlganida «Tolibon»ga nisbatan keskin pozitsiyasini eʼlon qilishi va turli sanktsiyalar yoki «Tolibon»ni qoʼllab-quvvatlashi gumon qilinadigan mamlakatlarga qarshi iqtisodiy va siyosiy choralar belgilashi ham mumkin edi. Bu esa jarayonni toʼliq toʼxtata olmasa ham, sekinlashtirgan boʼlardi. Boshqa tomondan, АQSh oʼz harbiylari chiqib ketishini oldindan eʼlon qilgandi va bu aynan Jo Bayden administratsiyasining keskin qarori emas, balki federal darajada kelishilgan masala edi. Pokiston 90-yillarda «Tolibon» shakllanishida katta rol oʼynagan, uning rahbariyatini tayinlash, mafkurasini ishlab chiqishda bevosita taʼsir koʼrsatgan. «Tolibon» paydo boʼlgan davrdan beri 27 yil oʼtib ketdi. Hozirgi «Tolibon» oʼsha 90-yillardagi kuch emas, maʼlum transformatsiya jarayonlari roʼy berdi. Ular oxirgi paytlarda koʼplab davlatlar bilan rasmiy uchrashuvlar ham oʼtkazdi. Shu sabab «Tolibon»ni Pokistonga toʼliq bogʼlanib qolgan kuch sifatida eʼtirof etishmoqda Ikkinchidan, «Tolibon»ning ichida ham boʼlinishlar mavjud. Harakat tarkibida taʼsirga ega boʼlgan rahbariyatdagilar maʼlum hududlarda oʼz taʼsiri va ofislariga ega. Hozirda ularning tasdiqlanganlari 3ta: Peshavor shuʼbasi, Kvetta shuʼbasi (bular Pokistonda) va Mashhad shuʼbasi (2010 yilda Eron hududida ochilgan). Bulardan tashqari «Tolibon» ichida harbiy operatsiyalarga javob beradigan, bu ishlarga jalb qilinadigan, Haqqoniy boshchiligidagi guruh mavjud. Bu guruh ham harakat doirasida oʼz avtonomiga va soʼziga ega. Koʼpchilik manbalarga koʼra, aynan Kvetta shuʼbasi va Haqqoniy boshchiligidagi guruh bevosita Pokiston bilan aloqalar oʼrnatgan. Shuni unutmaslik kerakki, «Tolibon» harakati shakllanishidan bugungi kundagi faoliyatigacha Pokiston juda katta taʼsirga ega, lekin uni toʼliq nazorat qiladi, degan qarashlarga qoʼshilmayman. Sababi, «Tolibon»ning ichida ham boʼlinishlar bor, harakat vertikal ierarxiya emas, balki gorizontal ierarxiya. Bu shuni anglatadiki, maʼlum bir rahbariyat bor, lekin ular markazlashtirilgan boshqarish qobiliyatiga ega emas. Umumiy mafkura va strategiya ishlab chiqiladi, hududlarda uni amalga oshirish bilan joylardagi mahalliy qoʼmondonlar shugʼullanadi. «Tolibon» hali rasmiy ravishda hokimiyatni toʼliq olgani ham yoʼq. Kobulni egallashdi va de-fakto Аfgʼoniston hududining 95 foizi «Tolibon» nazoratida. Yuridik jihatdan esa hali ularning hukumati tasdiqlanmadi, yaʼni olti kishidan iborat oʼtish davri hukumati tuzildi. Legitimizatsiya jarayoni toʼliq tugamadi. Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling