O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti
Insоn sаlоhiyati, ijtimоiy vа ishlаb chiqаrish infrаstrukturаsi
Download 2.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jаhоn hаmjаmiyati bilаn хаlqаrо hаmkоrlik.
Insоn sаlоhiyati, ijtimоiy vа ishlаb chiqаrish infrаstrukturаsi.
O‗zbеkistоnning hаqiqiy bоyligi vа mulki uning mеhnаtsеvаr, sахiy vа mеhmоndo‗st хаlqidir. Jаmiyatning eng оliy bоyligi bulgаn хаlq аbаdiy qаdriyatlаri, qudrаtli sаlоhiyatni o‘zigа jаmlаgаn. Bu sаlоhiyatni yuzаgа chiqаrish jаmiyatimizni rivоjlаntipish vа tаrаqqiy ettirishning judа kuchli оmili bo‗lib хizmаt kidаli. Insоn sаlоhiyati eng fаоl, eng bunyodkоr оmil bulib, u mаmlаkаtning islоhоtlаr vа tub o‗zgаrishlаr yo‗lidаn tinimsiz ilgаrilаb bоrishini tа‘minlаb bеrаdi. Jаhоn hаmjаmiyati bilаn хаlqаrо hаmkоrlik. Markaziy Osiyo respublikalarining integratsiyalashuvi uchun haqiqatan ham bir qator dastlabki shart-sharoit va sabablar mavjud. Bular jumlasiga iqtisodiy rivojlanishning boshlang‗ich darajasi baravarligi, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning bir xilligi ham, yagona transport - energetika kommunikatsiyalari, suv zaxiralari ham kiradi. Bundan tashqari, ushbu mintaqada yashayotgan barcha xalqlarning xavfsizligi uchun mushtarak bo‗lgan tahdidlar ham mavjud. Bular - Orolning qurib borayotganligi, narkotik moddalar, qurol-yarog‗, terrorizm, diniy 125 fundamentalizmning kirib kelishi, Afg‗oniston tomonidan keskinlik va beqarorlikning yoyilish xavfi hamda bir qator boshqa omillardir. Bu tahdidlar, garchi tarqoq tuyulsa-da, birlashtiruvchi omillardir, chunki ularning birontasini ham alohida, o‗z kuchiga ishongan holda yengib bo‗lmaydi. Markaziy Osiyo hamdo‗stligi biz uchun shunchaki integratsiya udumiga ergashish emas, ustun bo‗lib olish yoki o‗z ta‗sir doiramizni kengaytirishga intilish ham emas. Bu XXI asrda bizning mustaqillik va taraqqiyot yo‗limizdir. Ishonchim komilki, bu birlikni amalga oshirish, hech shubhasiz, xalqlarimizning manfaatlariga to‗la mos keladi, mintaqamizda barqarorlik va tinchlikni mustahkamlashga yordam beradi. Markaziy Osiyo davlatlari, garchi ijtimoiy- siyosiy, etnik va madaniy jihatdan xilma - xil bo‗lsa-da, birgalikda kuch - g‗ayrat sarflab, xavfsizlikka tashqaridan tug‗ilayotgan tahdidlarga qarshi turish uchun, butun mintaqani barqaror rivojlantirish uchun qulay muhitni yaratadi, amalda bu mintaqani xavfsizlik va barqarorlik mintaqasi sifatida shakllantiradi. Shu tariqa bu mintaqa davlatlari butun dunyo ko‗lamida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga munosib hissa qo‗shadi. Xulosa tariqasida quyidagi fikrlarni ilgari surish mumkin: Birinchidan, Birinchi Prezident I.Karimovning O‗zbekiston XXI asr bo‗sag‗asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari asarida esa yangi ming arafasida insoniyatni kutayotgan keng qamrovli global muammolarni ilgari surilishi, tahlil etilishi, ularni oldini olish mexanizmlarini ishlab chiqish, ularni bartaraf etish borasidagi vazifalarning yoritilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Klassik geosiyosatning vakillari asarlarida esa muayyan mintaqaning manfaatlari oldingi o‗ringa surilgan. Ikkinchidan, biz yashayotgan mintaqaning geostrategik, geosiyosiy manfaatlari nuqtai nazaridan har bir masalaning yechimiga e‗tibor qaratiladi. Uchinchidan, tarixni mojarolar va adovat emas, balki xalqlar o‗rtasidagi hamkorlik va ishonch olg‗a harakatlantirishiga alohida urg‗u berilgan, va bu hamkorlikni ta‗minlashdagi vazifalar, uning istiqbollari keng yoritilgan. To‗rtinchidan, hozirgi dunyoda xavfsizlik va barqarorlik faqat harbiy-siyosiy jihatlarnigina nazarda tutib qolmaydi. Iqtisodiy, ekologik, madaniy, ma‗naviy, axborot havfsizligi jabhalari ham juda muhim bo‗lib, xoh mintaqa bo‗lsin, xoh butun sayyoramiz bo‗lsin bizning tinch, gullab-yashnayotgan umumiy uyimiz ana shulardan tashkil topadi. Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling