O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi sаfаrоvа Nаsibа Irаnkulоvnа Аmаnbаevа Ziyodа Аbdubоisоvnа
-rasm. Mineral o’g’itlar ishlab chiqaruvchi asosiy davlatlar
Download 1.5 Mb.
|
portal.guldu.uz-MODDIY ISHLAB CHIQARISH АSOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-jadval Mineral o’g’it ishlab chiqaruvchi mamlakatlar (XXI asrning birinchi o’n yilligi)
- Fosforli o’g’itlar ishlab chiqarish Azotli o’g’itlar ishlab chiqarish
- Ishlab chiqarish (mln t) T/r mamlakat lar
- Ishlab chiqarish (mln t)
4-rasm. Mineral o’g’itlar ishlab chiqaruvchi asosiy davlatlar
Fosforli o’g’itlar uchun xom-ashyo fosforit va apatitlar hisoblanadi. Fosforit zahiralari va uni qazib olishda Marokash, AQSh, Tunis, Qozog’iston, Xitoy va boshqalar, apatit bo’yicha Rossiya, Braziliya va Vyetnam kabi mamlakatlar ajralib turadi. Fosforitlardan o’g’it ishlab chiqarish joylashuvning xom-ashyo omiliga ega bo’lsa, apatitlardan o’g’it olish iste’mol omiliga suyanadi. Fosorli o’g’itlar ishlab chiqarish dunyo bo’yicha yiliga 35 mln tonnani tashkil etadi, ishlab chiqarish bo’yicha yetakchi davlatlar quyidagilardir: AQSh (8 mln t.); Xitoy (8 mln tonna atrofida); Hindiston (4 mln tonna atrofida). 2-jadval Mineral o’g’it ishlab chiqaruvchi mamlakatlar (XXI asrning birinchi o’n yilligi)
Azotli o’g’it ishlab chiqarish odatda xom-ashyosi koks gazlaridan olinadigan ammiak bo’lganligi uchun metallurgiya markazlari yoki asosiy neft va gaz konlari atrofiga to’planadi, binobarin bu tarmoq joylashuvning iste’mol omiliga egadir. Azotli o’g’itlar ishlab chiqarish dunyo bo’yicha yiliga 90 mln tonnani tashkil egani holda bu sohada yetakchi davlatlar: Xitoy (20 mln tonnadan ortiq); Hindiston (10 mln tonnadan ortiq); AQSh (10 mln tonna atrofida). Kaliy o’g’iti ishlab chiqarish kaliy tuzining yirik zahiralari mavjud bo’lgan mamlaaktlarda shakllanadi. Dunyo bo’yicha yiliga 30 mln tonna kaliy o’g’iti ishlab chiqariladi. Kaliy o’g’iti ishlab chiqarishda: Kanada (10 mln tonna); Rossiya (5 mln tonnadan ortiq); Belorussiya (4 mln tonna) kabi davlatlar alohida jaralib turadi. Ta’kidlash kerakki, zamonaviy kimyo sanoatida organik sintez va polimerlar kimyosi hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Bu tarmoqlar ko’p suv va energiya talab qiladi, shuning uchun ham bunday tarmoqlar yuksak rivojlangan davlatlarda yaxshi shakllangan. 3- jadvaldan ko’rinib turibdiki, polimerlar kimyosi sanoati yuksak rivojlangan davlatlarda, shuningdek Hindiston, Tailand, Braziliya kabi resusrslarga boy mamlakatlarda yaxshi shakllangan. Mahsulotlarning ishlab chiqarilishi bo’yicha AQsh va Yaponiya, shuningdek Germaniya, Tayvan va Rossiya yetakchilik qiladidar, Yevropaning Belgiya va Niderlandiya kabi kichik hududli mamlakatlari ham kimyo sanoatining bunday energiyatalab tarmoqlarini rivojlantirishga e’tibor qaratganlar. So’nggi yillarda ro’y bergan moliyaviy va iqtisodiy krizis Yevropa davlatlariga ancha ta’sir ko’rsatib ishlab chiqarish hajmini kamaytirgan bo’lsa, aksincha Xitoy, Hindiston va boshqa Osiyo davlatlarida kimyo sanoatini kengaytirish imkoniyatlarini bermoqda, xususan Xitoy energiya manbalari bo’lgan qo’shni Rossiya va MDH davlatlari bilan qo’shni munosabatlaridan endilikda Afrika, Janubiy-g’arbiy Osiyo mintaqalariga sarmoyalar kiritmoqda. Bu o’z navbatida Xitoydagi kimyo sanoatining dunyo miqyosidagi ta’siri ham kuchayib borayotgani haqida xulosaga olib keladi. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling