Xalqogenlar
Oltingugurt sanoatda va qishloq xo`jaligida keng ko`lamda ishlatiladi. Qazib olinadigan oltingugurtning yarmiga yaqini sulfat kislota olishga sarflanadi. Oltingugurtdan kauchukni vulkanlashda foydalaniladi: bunda kauchukning puxtaligi va elastikligi ortadi. Oltingugurt guli (mayin kukun) holida oltingugurt tok va g`o`za kasalliklariga qarshi kurashda ishlatiladi. U o`q–dori, gugurt, shu`lalanadigan tarkiblar olish uchun ham ishlatiladi. Tibbiyotda teri kasalliklarini davolash uchun oltingugurtli surkov dorilar tayyorlanadi.
Piniktogenlar
Azot, asosan, ammiak sintez qilish uchun, ammiak esa nitrat kislota va tarkibida azot bo‘ladigan boshqa moddalar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Suyuq azot kimyoviy jarayonlarni o‘tkazishda inert muhit yaratish maqsadida va sovitish sistemalarida ishlatiladi. Azotli o`g`itlar tarkibida bog`langan azot bo`ladi. Bular selitralar (NaNO3, KNO3, NH4NO3, Ca(NO3)2), ammoniy tuzlari, suyuq NH3, NH4OH, mochevina–CO(NH2)2–bular fosfat kislotaning Ca li va NH4 li tuzlaridir. Fosforit talqoni, fosforitlarni mayda tuyish yo`li bilan olinadi, tarkibida Ca3(PO4)2 bo`ladi. Oddiy superfosfat, apatit va fosforitlarga H2SO4 bilan ishlov berish orqali olinadi.
Ca3(PO4)2 + 3H2SO4 Q Ca(H2PO4)2 + 2CaSO4
Qo`sh superfosfat–tarkibi Ca(H2PO4)2 bo`lgan konsentrlangan fosforli o`g`it.
Ca3(PO4)2 + 4H3PO4 Q 3Ca(H2PO4)2
Presipitat–tarkibi CaHPO4•2H2O bo`lgan fosforli o`g`it.
H3PO4 + Ca(OH)2 Q CaHPO4•2H2O
Suyak talqoni, uy hayvonlarining suyaklarini qayta ishlab olinadi, tarkibida Ca3(PO4)2 bor.
Ammofos–tarkibida fosfor va azot bo`ladigan o`g`it. H3PO4 ni NH3 bilan neytrallanganda hosil bo`ladi. Odatda tarkibida NH4H2PO4 va (NH4)2HPO4 bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |