Sun’iy pardozbop toshlar


Download 0.62 Mb.
Sana16.10.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1705141
Bog'liq
SUN’IY PARDOZBOP TOSHLAR

SUN’IY PARDOZBOP TOSHLAR


Reja:

  1. Tabiiy toshlarni zamonaviy usullarda qayta ishlash texnologiyasi.

  2. Toshlarga ishlov berishda O‘zbekiston tajribasi.

  3. Foydalanılgan adabiyotlar.



  1. Tabiiy toshlarni zamonaviy usullarda qayta ishlash texnologiyasi

Tabiiy tosh materiallari va buyumlari tog‘ jinslarini turli mexanik usullarda qayta ishlab olinadi. Bularga maydalash, yorish, arralash kabi birlamchi qayta ishlash usullari kiradi. Xususiy xollarda tog‘ jinslari portlatish usullarida qazib olinadi (1-3 - rasmlar).



1-rasm. Marmar tosh kar’eri. Vibroponalar vositasida tosh bloklarni ajratib olish jarayoni.




2-расм. Тош блокларни
автомашинага юклаш.
3-расм. Тош блоклардан пластиналар қирқиб олиш.

Profilli buyumlar (karniz, zinapoya, deraza osti plitalari va boshq.) toshga ishlov berish zavodlarida frezerli va profil beruvchi universal mashinalarda tayyorlanadi.


Tosh yuzasini jilolash shliflash stanoklarida abrazivlar (korund, korborund, olmos kukunlar va boshq.) yordamida, mo‘yli disk vositasida mastika va xrom, qalay, temir oksidlari kukuni sepilib amalga oshiriladi.
Tabiiy toshlarga zavodda mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan tizimlarda ishlov beriladi.
Tosh yuzasi pnevmatik asbob yordamida tirnalib (urib) yoki abraziv usulda silliqlanib ishlanadi; tosh yuzasi to‘lqinsimon (qabariq-chuqur), riflangan, egatsimon, g‘adir-budir (nuqtasimon) ko‘rinishda qayta ishlanishi mumkin. Toshga abraziv ishlov berish qirqish, frezerlash, shliflash va polirovkalash jarayonlarini o‘z ichiga oladi (4-rasm).




4-rasm. Toshlarning fakturali ko‘rinishi.


a- to‘lqinsimon (qabariq-chuqur); b- riflangan; v- egatsimon; g- g‘adir-budir (nuqtasimon).
Marmar, ohaktosh kabi yumshoq toshlar ramkali arralash uskunalarida qirqiladi. Odatda arra olmos, korborund yoki qattiq qotishmalar bilan qoplangan bo‘ladi. Olmos keskichlar yordamida toshni juda yupqa (5-10 mm) qirqilib, 1m3 toshdan 40-45 m2 plita tayyorlanadi. G‘ovak toshlardan donali devorbop tosh va bloklar tosh qirqish mashinasida qirqib olinadi.

Toshlarga ishlov berishda O‘zbekiston tajribasi


O‘zbekiston tog‘li xududga joylashgani uchun tabiiy tosh materiallari zaxiralariga boydir. Hozirgi kunda respublikamiz tosh konlarida 80 mln. m3 dan ko‘proq qoplama (bezak) tosh zaxiralari mavjud, shu jumladan 25,2 mln. m3 marmar, 17,3 mln. m3 granit va gabbro, 2,2 mln. m3 qumtoshlardir. Bundan tashqari ohaktosh, chig‘anoqli ohaktosh, gips toshi, travertin, kvarsitlar va boshqa toshlar zaxiralari bir necha milliard m3 kubni tashkil etadi. 2000 yilda respublikamizda 1 mln. 400 ming m2 qoplama tosh materiallari ishlab chiqarildi, shu jumladan 700 ming m2 marmar va 170 ming m2 granit bezak plitalaridir.
Xozirgi kunda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida va Qoraqalpog‘istonda 30 yaqin yirik va o‘rta quvvatli, 70 dan
ko‘proq kichik korxonalarda bezak tosh plitalari ishlab chiqarilmoqda. 1998 yildan e’tiboran “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi va boshqa tashkilotlar tasarrufida bo‘lgan korxonalar Italiya, Gretsiya, Avstraliya va boshqa chet ellardan keltirilgan tabiiy toshlarga ishlov berish uskunalar majmualari bilan jihozlandi.
CHig‘anoqli ohaktoshlar zaxiralari Qashqadaryo va Surxondaryoda, Ustiyurt va Mangistauda ko‘plab uchraydi. Ularning o‘rtacha zichligi 450 – 500 kg/m3 atrofida bo‘lib, oson arralanadi. Toshning teksturasi chiroyli bo‘lib, bezak qoplama plitalari va devorbop bloklar ishlab chiqarish samarali hisoblanadi. Ohaktosh zaxiralari Toshkent viloyati Ohangaron vohasida (qatlam qalinligi 5– 20 m), Buxoro shahri yaqinida (qatlam qalinligi 150 m) va boshqa viloyatlarda mavjud.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati





  1. А.А. Тулаганов, Х.Х.Камилов, М.М. Вохидов, А.А. Султонов. Замонавий қурилиш материаллари, буюмлари ва технологиялари. Ўқув қўлланма. – Самарқанд. Zarafshon, 2015. -140 б.

  2. Қосимов Э. Қурилиш ашёлари. Т.: Меҳнат, 2004.

  3. Тулаганов А.А. и др. Нанотехнологии в производстве цемента и бетона. Ташкент, 2008. -44 с.

  4. Микульский В.Г., Сахаров Г.П. и др. Строительные материалы (Материаловедение. Технология конструкционных материалов). Учебное издание. –М.: Издательство Ассоциации строительных вузов, 2007. -520 с.

  5. Современное высотное строительство. Монография. М.: ГУП “ИТЦ Москомархитектуры”, 2007.-440 с.

  6. Современное здание. Конструкции и материалы. Коллектив авторов.

2006. 620 с.

  1. Самойлов В.С. Справочник строителя. М., Аделант, 2002. 37.Хворостухина С.А. Утепление квартиры и дома современными

материалами. РИПОЛ классик. 2011. -256 с.

  1. Лысенко У.И. и др. Современные отделочные и облицовочные материалы. Учебно-справочное пособие. – Ростов н/Д: “Феникс”, 2003. - 448 с., цв. илл.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling