TAQI 107-20 guruh talabasi Shodiyev Alisherning MUSTAQIL ISHI MAVZUSI Sun’iy pardozbop toshlar. Umumiy ma’lumotlar - Tog’ jinsi muayyan tarkibga va tuzilishga ega bo’lib, geologik jarayonlar natijasida yer qatlamida hosil bo’lgan. Minerallar (ma’danlar) fizik va kimyoviy bir jinsli tabiiy jism bo’lib, yer qatlamida yuz bergan fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida paydo bo’lgan. Tabiatda minerallar turi 2000 dan ortiq bo’lsada, tog’ jinslari 50 yaqin minerallardan tashkil topgan. Tog’ jinslari monomineralli va polimineralli bo’lishi mumkin. Tabiiy tosh materiallari qurilishda mexanik qayta ishlangan holda va hom ashyo sifatida ishlatilishi mumkin. Sement ishlab chiqarishda ohaktosh, beton tayyorlashda esa qum va chaqilgan tosh millionlab m3 ishlatiladi. Marmar, granit, ohaktosh kabilar arralanib, tekislanib bezak material sifatida qo’llaniladi. Tabiiy tosh materiallari zahiralari ishlatilganda ekologik muhitni asrash qonun qoidalariga albatta rioya qilish zarur. Bunda chiqindi kam hosil bo’ladigan texnologiyalarni tanlash maqsadga muvofiq bo’ladi.
| | | - Granit, sienit, diorit, gabbro
| | | | - Porfir, kvarts, diabaz, traxit, porfirit, andezit
| | - Bo’laklangan (otilib chiqqan)
| | | | | | | | | | - Giltuproq, qum, shag’al, qumtosh, konglomerat, brekchiya
| | | | | | | | - Chig’anoqli ohaktosh, bo’r, diatomit, trepel
| | | - Gneyslar (granitsimonlar), gil, slanetslar, (giltuproqli), marmarlar (ohaktosh, dolomitlar), kvarsitlar (qumtoshlar)
| | - Tog’ jinslari shakllanish jihatidan uch genetik guruhlarga bo’linadi: silikatli qotishma (magma) ning qayta kristallanishidan hosil bo’lgan magmatik jinslar, tog’ jinslarining nurashidan hosil bo’lgan cho’kindi tog’ jinslari, yer qatlamida fizik-kimyoviy sharoitda qayta kristallanib, ko’rinishi o’zgargan metamorf tog’ jinslari.
- Kvarts (SiO2) kristall tuzilishga ega bo’lib, o’ta zich, mustahkam va agressiv muhitlarga chidamli. Kvartsning siqilishdagi mustahkamligi 2000 MPa gacha, cho’zilishdagi mustahkamligi esa 100 MPa gacha bo’ladi. Qattiqligi jihatidan topaz, korund va olmosdan keyin to’rtinchi o’rinda turadi. Erish harorati 17000С. Kvarts qum sifatida cho’kindi tog’ jinsini asosini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |