Taqi 107-20 guruh talabasi Shodiyev Alisherning mustaqil ishi mavzusi sun’iy pardozbop toshlar


Download 0.96 Mb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1594932
1   2   3
Bog'liq
Shodiyev Alisher mustaqil ish

Dala shpati magmatik jinslarning 60-70% tashkil etadi. Dala shpatining Ortoklaz (K2O.Al2O3.6SiO2) va Plagioklaz (Na2O.Al2O3.6SiO2-albit, SaO.Al2O3.2SiO2-anortit) turlari mavjud. Dala shpatining mustahkamligi (120-170 MPa) va chidamliligi kvartsga nisbatan kamroq bo’ladi.
  • Temir-magnezialli silikatlarga olivin, piroksen, amfibollar, magnezialli silikatlarga ikkalamchi mineral-serpentinlar, xrizotil asbest va boshqalar kiradi.
  • Alyumosilikatlarga muskavit, flogopit va biotit, gidroslyudalar -gidromuskovit, gidrobiotit kiradi. Temir magneziallarni va alyumosilikatlarni rangli minerallar deb yuritiladi.
    • Slyudalardan tashqari bu guruh minerallar tog’ jinslariga yuqori mustahkamlik va nurashga chidamlilikni beradi.
    • Magmatik jinslar strukturasi va teksturasi bilan farqlanadi. Magmaning chuqurlikda asta-sekin sovushidan to’la kristalli struktura hosil bo’ladi. Donalar o’lchamiga qarab yirik donali (5 mm ko’p), o’rtacha donali (1-5 mm) va mayda donali (0,5-1 mm) hamda notekis donador va tekis donador bo’ladi (2.1-rasm).
    • Magmatik jinslar asosan massiv teksturaga ega bo’lib, o’ta yuqori zichlikka ega bo’lganligi sababli mustahkam, sovuqqa chidamli, suv shimuvchanligi juda kam bo’ladi. Ularning siqilishga mustahkamligi 100-300 MPa, o’rtacha zichligi 2600-3000 kg/m3, suv shimuvchanligi 1% kam (hajmiga nisbatan), issiq o’tkazuvchanlik koeffitsiyenti 3 W/(m.0С) atrofida bo’ladi.
    • 2.1-rasm. Struktura turlari (sxemasi).
    • notekis donador;
    • tekis donador.
    • Cho’kindi jinslar magmatik va boshqa jinslarning nurashi, yemirilishi, kimyoviy o’zgarishlari va o’simliklar chirishi natijasida hosil bo’lgan. Cho’kindi jinslar tarkibi va hosil bo’lish xarakteriga ko’ra mexanik, kimyoviy va orgonogen turlarga bo’linadi.
    • Mexanik cho’kindilarga giltuproq, qum, shag’al singari sochiluvchan jinslar, konglomeratlar, brekchiya va qumtosh singari sementlangan jinslar kiradi. Bu cho’kindilar suv, shamol, muz ko’chkilari yordamida bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi mumkin. Kimyoviy cho’kindilar (gips, dolomit, magnezit va boshqalar) tog’ jinslarining kimyoviy o’zgarishlari natijasida hosil bo’lib, suv vositasida eritma holda ko’chgan bo’ladi.
    • Orgonogen cho’kindilar o’simliklar, suv o’tlari, hayvonot dunyosi chirishidan hosil bo’lgan. Ularga bo’r, chig’anoqli ohaktoshlar, diatomitlar va boshqalar kiradi. Cho’kindi jinslar nisbatan g’ovak strukturaga ega bo’lishi sababli mustahkamligi kam, ba’zilari suvda eruvchan (gips, ohak) bo’ladi.
    1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling