O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi Toshkent moliya instituti


Download 4.79 Mb.
bet7/7
Sana20.10.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1712102
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AUDITORLIK javobgarligi SHERZOD

Auditorlik tashkilotlarining majburiyatlari. Auditorlik tashkilotlarining majburiyatlari «auditorlik faoliyati to’g’risida» gi qonunning 7-moddasida belgilangan. Unda ta’kidlanishicha, auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyati bilangina shug’ullanishi mumkin. Ushbu qonunning 3-moddasiga muvofiq «auditorlik faoliyati deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish va boshqa shu bilan bog’liq professional xizmatlar ko’rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati tushuniladi» shuningdek, auditorlik tashkilotining zimmasiga quyi-dagi majburiyatlar yuklatiladi: auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganida ushbu qonun hamda boshqa qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi; auditorlik tekshiruvi o’tkazishga doir shartnoma tuzishdan oldin buyurtmachining talabiga binoan auditorlik faoliyatini o’tkazish huquqini beruvchi tegishli litsenziyani, auditor (auditorlar)ning malaka sertifikatini taqdim etishi; auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan axborotlarning maxfiyligiga rioya etishi; auditorlik hisobotida moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarining qonuniyligi buzilishi faktlarini hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni aks ettirishi;

Auditorlik tashkilotining javobgarligi. «Auditorlik faoliyati to’g’risidagi» qonunning 8 moddasiga muvofiq auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari, xo’jalik yurituvchi sub’ekt va moliyaviy hisobotdan boshqa foydalanuvchilar oldida moliyaviy hisobot hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektning boshqa moliyaviy axboroti to’g’risida noto’g’ri yakundan iborat bo’lgan auditorlik xulosasini tuzish oqibatida ularga etkazilgan zarar uchun javobgar bo’ladi. Auditorlik tekshiruvini sifatsiz o’tkazganlik yoki lozim darajada o’tkazmaganlik oqibatida xo’jalik yurituvchi sub’ektga va (yoki) auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga etkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi shart.


«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunga muvofiq auditorlik tekshiruvini o’tkazmay tuzilgan yoxud auditorlik tekshiruvi natijalari bo’yicha tuzilsada, lekin auditorlik tekshiruvi davomida auditor (auditorlar) tomonidan olingan va o’rganilgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt hujjatlari mazmuniga muvofiq bo’lmagan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi qasddan soxta tuzilgan hisoblanadi.
Auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi qasddan soxta tuzilganligi auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaning amal qilishini belgilangan tartibda tugatishga, shuningdek aybdor shaxslar qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishiga sabab bo’ladi.
Auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi uchun javobgarlik.
Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling