Mavzu: bank siri va bank axborotining maxfiyligiga rioya qilish talablari
Download 1.22 Mb.
|
Lutfullayeva Maftuna bank huquqi fanidan maruza mavzusi bank siri va axborotning maxfiligiga rioya qilish talablari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Bank siri va bank axboroti maxfiyligi tushunchalari
- 3. Bank faoliyatiga oid axborotlar va bank sirini huquqiy himoya qilish
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA TA'LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI Bank ishi fakulteti MAVZU:BANK SIRI VA BANK AXBOROTINING MAXFIYLIGIGA RIOYA QILISH TALABLARI Fan nomi: Bank huquqi Guruh: 90 k-2/22 Bajardi:Lutfullayeva Maftuna Tekshirdi:_________________ Toshkent-2022 1.Bank siri va bank axboroti maxfiyligi tushunchalariMAVZU:BANK SIRI VA BANK AXBOROTINING MAXFIYLIGIGA RIOYA QILISH TALABLARI 1.Bank siri va bank axboroti maxfiyligi tushunchalari2. To‘lov tizimida axborot xavfsizligi va muhozafasini ta’minlash3. Bank faoliyatiga oid axborotlar va bank sirini huquqiy himoya qilishMamlakatimizda bozor munosabatlarining jadal taraqqiy qilib borishi sharoitida O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishga yo‘naltirilgan Harakatlar Strategiyasining34 qabul qilinishi va unda tijorat banklarining moliyaviy barqarorligi va likvidliligini ta’minlash, ular faoliyatini xalqaro talablar darajasiga olib chiqish masalalarining ustivor vazifalar sifatida belgilab olinganligi bank tizimini yanada jadal rivojlanirishga asos bo‘lmoqda. Tijorat banklari faoliyatining tijoratlashuvi, ularning foyda olish maqsadida o‘z faoliyatini olib borishi faoliyati natijalari va jarayonlarini sir tutishni taqazo etadi. Bu nafaqat bank faoliyati, balki bank mijozlarining faoliyati, pul mablag‘larining saqlanishi va xavfsizligi uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Banklar faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar va axborotlarining sir tutilishini ta’minlashning huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasining “ Bank siri to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Tijorat siri to‘g‘risida”gi, “Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi va boshqa qator qanunlarda mujassamlangan. Ushbu qonunlar bank siri, tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni olish, saqlash, muhofaza qilish, e’lon qilish va taqdim etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.
Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling