O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Rezerv kapitalini shakllantirish va ishlatishni hisobga olish


Download 5.72 Mb.
bet103/307
Sana18.07.2023
Hajmi5.72 Mb.
#1660889
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)

18.5. Rezerv kapitalini shakllantirish va ishlatishni hisobga olish.
Rezerv kapitali – bu xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ta’sis hujjatlarida, odatdagidek‚ uzoq muddatli aktivlarni qayta baholashda yuzaga keladigan inflyatsion rezervlarga muvofiq, foyda hisobidan tashkil qilinadigan rezerv tushuniladi.
8510 “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar”
8520 “Rezerv kapitali (fondi)”
8530 “Tekinga olingan mulk”.
Aksiyadorlik jamiyatlari rezerv kapitali ustavida belgilangan miqdorda unga qadar har yili sof foydadan ajratmalar yo‘li bilan shakllantiriladi:
Rezerv kapitali operatsion faoliyatdan kelib chiqqan zararlarni qoplash va/yoki sof daromad yetarli bo‘lmagan holatlarda dividendlar to‘lash uchun foydalaniladi. Rezerv kapitali uning zararlarini qoplash‚ imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividentlar to‘lash‚ aksiyadorlar talablariga ko‘ra aksiyalarni sotib olish‚ jamiyat obligatsiyalarini so‘ndirish‚ qarzni hisobdan chiqarish hamda boshqa so‘ndirish imkoniyatlari mavjud bo‘lmaganda boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan
8510 - «Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyoti qayta baholash natijasida aktivlar qiymatini oshishini hisobga oladi.
Mulkni qayta baholashdan rezerv hisobi qayta baholash natijasida qiymati oshgan mulklarni aks ettiradi.
Agar qayta baholash natijasida mulkning qiymati kamaysa, kamaygan summa o‘sha mulkning navbatdagi qiymati oshishi hisobiga qoplanadi. Mulkni qayta baholash bo‘yicha jamlangan summaning ta’sischilar o‘rtasida taqsimlanishi 8510 “Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotning debetida 6620 “Chiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarzlar” schyoti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Asosiy vositalarni qayta baholash, odatda, hukumat qaroriga ko‘ra, nomoddiy aktivlar, qimmatli qog‘ozlar va boshqa uzoq muddatli investitsiyalarni bozor qiymatigacha qayta baholash aktivning bozor qiymatini aniq belgilashi mumkin bo‘lgan sharoitda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt hisob siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda, qayta baholashni shunday amalga oshirish kerakki, har bir hisobot sanasidagi aktivning balans qiymati uning bozor qiymatidan keskin farqlanmasin.
Qayta baholash natijasida qiymati oshgan mulklarni aks ettirish.
MChJ ning “MAN” rusumidagi transport vositasi boshlang‘ich qiymati 650 mln. so‘m, eskirish qiymati 180 mln. so‘mga teng.
Transport vositasining qiymatini 1,2 koeffitsiyent oshirish yo‘li qayta baholash natijasida qayta tiklash qiymati 780 mln. so‘m (650 000 000 x 1,2)gacha oshgan.
Transport vositasining eskirishi esa 216 mln so‘m (180 000 000 x 1,2)gacha oshgan. Ushbu muomalalar hisobda quyidagicha aks ettiriladi
D-t 0160 130 000 000 so‘m;
K-t 8510 130 000 000 so‘m,
D-t 8510 36 000 000 so‘m;
K-t 0260 36 000 000 so‘m.


Download 5.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling