O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni aks ettirish
Download 5.72 Mb.
|
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni aks ettirish
Barchaga ma’lumki har qanday xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda moliyaviy faoliyat xarajatlari doimo vujudga keladi. Chunki, barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati davomida turli hildagi moliyaviy sarflarni amlga oshirish orqali o‘z faoliyatini yuritadi. Korxona o‘z faoliyatini to‘/la moliyalashtira olmay qolganda kredit resurslari uchun moliyaviy sektorga murojat qiladi. Bank institutlari esa so‘ralgan va kerakli pul mablag‘/ini belgilangan foizlar olish tartibida iste’molchiga beradi. Misol uchun, olingan kredit, moliyaviy lizing yoki qisqa va uzoq muddatli qarz uchun foizlar to‘lash va shu kabilar. Kredit va qisqa va uzoq muddatli qarz uchun foizlar korxonalarning moliyaviy faoliyatidagi sarflari bo‘/lib ular yakuniy moliyaviy natijaga o‘z ta’sirini sezilarli tarzda ko‘rsatishi mumkin. Shunig uchun ham korxona hisob tizimida ushbu masala jiddiy tarzda ko‘/rib chiqiladi va ilmiy asosda amalga oshiriladi. Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar ham “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘/risida”gi Nizomda batafsil belgilangan. Ushbu Nizomga muvofiq moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarga quyidagilar kiradi: 1. Banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlari kreditlari bo‘yicha foizlar (investitsiya davrida kapital qo‘yilmalar tarkibiga kiruvchi investitsiyalarga olingan bank va boshqa moliya-kredit tashkilotlari kreditlari bo‘yicha foizlardan tashqari), shu jumladan, muddati o‘tgan va uzaytirilgan ssudalar bo‘yicha foizlar. 2. Mol-mulkni moliyaviy ijaraga olish (lizing) bo‘yicha foizlarni to‘lash xarajatlari. 3. Chet el valyutasi bilan operatsiyalar bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari va zararlar. 4. Sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, sho‘‘ba korxonalarga va hokazolarga) mablag‘larni qayta baholashdan ko‘rilgan zararlar. 5. O‘z qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog‘liq xarajatlar. 6. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan salbiy diskont. Moliyaviy faoliyat bo‘/yicha xarajatlarni hisobda aks yettirish uchun quyidagi hisobvaraqlar ochilgan: 9610-“Foizlar ko‘/rinishidagi xarajatlar”; 9620-“Kurs farklaridan zararlar”; 9630-“Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha xarajatlar”; 9690-“Moliyaviy faoliyat bo‘/yicha boshqa xarajatlar”. Ushbu hisobvaraqlar tranzit bo‘lib, aktiv hisobvaraq tavsifiga yega. Ularning debet aylanmalari sodir bo‘/lgan moliyaviy xarajatlarni, kredit oboroti yesa ularning hisobdan chiqarilishini ko‘/rsatadi. 9610 “Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar” schyotida Banklar, mol yetkazib beruvchilarning kreditlari va qarzlar, uzoq muddatli ijara bo‘/yicha foizlar va boshqa foiz to‘/lovi xarajatlari aks ettiriladi. To‘/lanadigan foizlar buxgalteriya hisobida quyidagicha hisobga olinadi: 19.3-jadval Kredit foizlarini buxgalteriya yozuvlarida aks yettirilishi
Download 5.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling