T/r
|
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
|
Schyotlarning bog‘lanishi
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Qarz majburiyatlari bo‘yicha foizlar
|
4830
|
9530
|
2
|
Hisobot davri oxirida qarz majburiyatlari bo‘yicha foizlar ko‘rinishida olingan daromadlarni yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotga o‘tkazildi
|
9530
|
9910
|
9540-“Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” schyotida valyuta schyotlari, shuningdek xorijiy valyuta muomalalari bo‘yicha ijobiy kurs farqlaridan olingan daromadlar/ aks ettiriladi. 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” schyotida balansning valyuta moddalari bo‘yicha ijobiy kurs farqlaridan olingan daromadlar aks ettiriladi. Chet el valyutasidagi operatsiyalar bo‘yicha ijobiy kurs farqi, shu jumladan buxgalteriya balansini tuzish sanasiga qarzlarni qayta baholash farqlari 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” schyotiga o‘tkaziladi. Valyuta schyotlari, shuningdek chet el valyutalaridagi muomalalar bo‘/yicha ijobiy kurs tafovutlari. Chet el valyutasi bilan sodir bo‘/ladigan muomalalar 22-sonli BHMSga muvofiq amalga oshiriladi. Unga ko‘ra xo‘/jalik yurituvchi sub’ektlar har oyda balansning valyuta moddalarini hisobot oyining oxirgi kuniga va Markaziy bank kursi bo‘yicha xo‘jalik operatsiyalarini sodir yetish sanasiga qayta baholashni amalga oshiradilar. Ushbu BHMSda qayta baholash va kurs farqini belgilash maqsadida balansning valyuta moddalariga quyidagilar kiritiladi:26
a) kassadagi, bankning depozit va ssuda hisob raqamlaridagi valyuta mablag‘lari, shu jumladan akkreditivlar;
b) chet yel valyutasidagi pul hujjatlari;
s) chet yel valyutasida ifodalangan qisqa muddatli va uzoq muddatli investitsiyalar;
d) chet yel valyutasida ifodalangan debitorlik va kreditorlik qarzlari, kredit va zayomlar.
Valyuta schyotlari, shuningdek xorijiy; valyuta muomalalari bo‘/yicha ijobiy kurs farqlaridan olingan daromadlar 9540- “Kurs farqlaridan olingan daromadlar” schyotida hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |