O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti
Asosiy vositalar xarakatini hujjatlashtirish
Download 5.72 Mb.
|
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)
15.5.Asosiy vositalar xarakatini hujjatlashtirish.
Asosiy vositalar harakatini hujjatlarda rasmiylashtirish tartibi.Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy vositalar harakatini hisobga olishda quyidagi shakllardan foydalaniladi: AV-1 shakli. Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi. Dalolatnoma har bir ob’ekt uchun yozilib, buxgalteriyaga beriladi va asosiy vositani hisobga olish inventar kartochkalariga yozish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. AV-2 shakli. Ta’mir qilingan, tiklangan va takomillashtirilgan ob’ektlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi. AV-3 shakli. Asosiy vositalarni tugatish to‘g‘risida dalolatnoma. AV-4 shakli. Avtotransport vositalarini hisobdan chiqarish dalolatnomasi. AV-6 shakli. Asosiy vositalarni hisobga olish inventar kartochkasi. Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomalari va ushbu ob’ekt texnik hujjatlari asosida har bir ob’ektga inventar kartochkasi ochiladi. AV-7 shakli. Asosiy vositalarni hisobga olish bo‘yicha inventar kartochkalari ro‘yxati. AV-8 shakli. Asosiy vositalar harakatini hisobga olish kartochkasi. Turkum guruhlari bo‘yicha asosiy vositalar harakatini hisobga olish uchun ko‘llaniladi. Kartochka ma’lumotlari asosida asosiy vositalar harakati haqidagi hisobot to‘lg‘aziladi. AV-9 shakli. Asosiy vositalar inventar ro‘yxati. Asosiy vositalar xo‘jalik yurituvchi sub’ektga kelib tushganda rahbar tayinlagan komissiya har bir ob’ekt bo‘yicha alohida qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (yukxat)ni rasmiylashtirishi lozim (AV-1 shakli). Dalolatnomada ob’ekt tavsifi, turgan joyi, sotib olingan manbai, chiqarilgan yoki qurilgan yili, ishga tushirilgan sana, ob’ektning sinov natijalari, uning texnik shartlarga muvofiqdigi va boshqalar ko‘rsatilishi lozim. Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish umumiy dalolatnomasi bilan bir turdagi va narxi bir xil xo‘jalik inventari, asboblar, stanoklar olinganligini rasmiylash-tirishmumkin. Qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga pasportlar, ishlatish tartibi, yo‘riqnomalar ilova qilinadi. Hisobga qabul qilingan asosiy vositalar har bir ob’ektiga inventar raqami (soni) beriladi, masalan 001 dan 099 gacha inventar raqamlari binolarga, 100 dan 199 gacha inshootlarga, 100 dan 299 ga qadar bo‘lgan raqamlar uzatish qurilmalariga beriladi va hokazo. Berilgan inventar raqami asosiy vositalar ob’ektiga elektron shtrix kodlar, metall jetonni biriktirib qo‘yish, bo‘yoq bilan belgi qo‘yish va boshqa usullarda belgilab qo‘yiladi. Bu belgi ob’ekt foydalanishda bo‘lgan jami davr uchun saklanadi va buxgalteriya hisobining barcha boshlang‘ich hujjatlari hamda registrlarida ko‘rsatiladi. Ob’ekt chiqim qilinganda uning inventar raqami yangi kirim qilingan asosiy vositalarga berilmaydi. Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolat-nomasi ilova hujjatlar bilan birga xo‘jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriyasiga topshiriladi. Buxgalteriya dalolatnoma asosida belgilangan namunadagi inventar varaqasi ochadi (AV-6 shakli). Bu varaqada ob’ekt haqidagi barcha malumotlar qayd etiladi (dastlabki yoki tiklanish qiymati, amortizatsiya ajratmalari me’yori, kirim qilingan paytdagi eskirish darajasi). So‘ngra inventar varaqalari asosiy vositalarning tasnif guruhlari bo‘yicha maxsus ro‘yxat tuziladi (AV-7 shakli). Ro‘yxatda qayd qilingan varaqalar asosiy vositalar kartotekasida tarmoq tasnif guruhlariga, guruh ichida esa turgan joyi, foydalanish joyi va turlari bo‘yicha guruhlangan tartibda saqlanadi. Harakatsiz asosiy vositalar ob’ektlari varaqalari alohida guruhlanadi. Asosiy vositalarning chiqimi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va bu haqida inventar varaqasiga qayd qilinadi, so‘ngra varaqa kartotekadan olib ko‘yiladi. Qayta baholangan asosiy vositalar ob’ektlari tiklanish qiymati bo‘yicha varaqaning «tamirlash, modernizatsiyalash» bo‘limiga yoziladi. Qayta baholash chog‘ida belgilangan eskirish summasi varaqaning tegishli bo‘limida ko‘rsatiladi. Asosiy vositalar ishlatiladigan joylarda (xo‘jalik yurituvchi sub’ekt sexlari, uchastkalari, bo‘limlari) hisob asosiy vositalarning inventar ro‘yxati bo‘yicha olib boriladi (AV-9). shakli). Bunda hamma moddiy javobgar shaxslar bilan belgilangan namunada va ikki nusxada moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuziladi. Shartnomaning bir nusxasi har bir moddiy javobgar shaxsning buxgalteriya (shaxsiy) delosi (hujjatlari majmui)da, ikkinchi nusxasi shu xodimlarning o‘zida saqlanadi. Hamma moddiy javobgar shaxslar asosiy vositalarni o‘z javobgarligiga olganini inventarizatsiya ro‘yxatiga imzo qo‘yib tasdiqdab beradi, asosiy vositalarning keyingi tushumlarida esa birlamchi hujjatlarga imzo ko‘yadi. Asosiy vositalarning har qanday ko‘chishi (boshqaga berish, tugatish va boshqalar) moddiy javobgar shaxslarning ishtirokida rasmiylashtiriladi. Olingan, hisobdan chiqarilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ichida joyi o‘zgartirilgan (ko‘chirilgan) asosiy vositalarning inventar varaqalari tegishli qaydlar o‘tkazilganidan keyin oy oxirigacha joy-joyiga qo‘ymay, alohida saqdanadi. Chunki har oyda shu varaqalar asosida asosiy vositalar amortizatsiyasi (eskirish) hisob-kitoblari tuziladi, ularning har bir turi bo‘yicha kirim, chiqim oborotlari jamlanadi va asosiy vositalar harakatini hisobga olish varaqasi to‘ldiriladi. Asosiy vositalar harakatini hisobga olish varaqasi (AV-8 shakli) joriy yil uchun yanvar oyi boshida ochiladi. Varaqada dastlab asosiy vositalarning borligi, turlari bo‘yicha ma’lumot 1 yanvar holatiga ko‘rsatiladi, so‘ngra har oyda oy davomidagi oborotlar yozuvidan keyin keyingi oyning 1 kunidagi holat bo‘yicha asosiy vositalarning mavjudligi qayd etiladi. Shu malumotlar asosida asosiy vositalarning harakatining oborot ro‘yxati (vedomost)tuziladi. Uning yakunlari asosiy daftardagi yakunlar bilan solishtirilib chiqiladi va shu asosda xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy vositalari mavjudligi va ularning harakati to‘g‘risida hisobot tuziladi. Asosiy vositalarning chiqib ketishi AV-1 va AV-3 shakllaridagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bu shakllarda chiqim qilinadigan ob’ektlarning dastlabki qiymati va eskirish summasi qayd etiladi. Inventar varaqasi kartotekadan olinib, dalolatnomaga ilova qilinadi. Asosiy vositalarning turgan o‘rni bo‘yicha inventar ro‘yxatida tegishli qaydlar qilinadi. Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobida hisobga olish uchun quyidagi schyotlar ochilgan: 0110 "Yer"; 0111 "Yerni obodonlashtirish"; 0112 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish"; 0120 "Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar"; 0130 "Mashina va asbob-uskunalar"; 0140 "Mebel va ofis jihozlari"; 0150 "Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi"; 0160 "Transport vositalari"; 0170 "Ishchi va mahsuldor hayvonlar"; 0180 "Ko‘p yillik o‘simliklar"; 0190 "Boshqa asosiy vositalar"; 0199 "Konservatsiya qilingan asosiy vositalar". Ushbu schyotlar aktiv bo‘lib, ularning debet tomonidagi saldo xo‘jalik yurituvchi sub’ektda mavjud asosiy vositalarning qiymatini aks ettiradi. Asosiy vosita ob’ektlarining ko‘payishi schyotlarning debet tomonida, kamayishi esa kredit tomonida aks ettiriladi. Mazkur schetlarning tarkibida analitik hisobning tashkil qilinishi respublika hududi va xorijdagi asosiy vositalarning mavjudligi va ularning harakati to‘g‘risidagi axborotlarni olish imkoniyatini ta’minlashi lozim. Download 5.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling